November 12, 2021

Vazir Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunarga o‘qitish markazida olib borilayotgan mukammal taʼmirlash ishlari bilan tanishdi

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Husanov Nozim Baxtiyorovich kuni kecha Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunarga o‘qitish markazining mukammal taʼmirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tender tanlov g‘olibi "7-sonli mexanizatsiyalashgan ko‘chma kalonna" MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining 6,4 mlrd.so‘m mablag‘lari evaziga mukammal taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.

Boshqarma boshlig'i I.Jabborov "7-sonli mexanizatsiyalashgan ko‘chma kalonna" MCHJ tomonidan tayyorlangan loyihalar bilan tanishtirdi

Tashrif yakunida loyihalar bilan tanishgan N.Husanov bu boradagi o‘z tavsiyalari va fikrlarini bildirdi.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik