November 30, 2021

"Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi davom etmoqda...

Joriy yilning 29-noyabr kuni Payariq tumani ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashishida yaqindan ko‘maklashish, shunga ko‘ra ishsiz fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni, xotin-qizlarni va boshqa ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashishlariga ko‘maklashish maqsadida 2-son kasb-hunar maktabi binosida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu mehnat yarmarkasida 18 ta korxona va tashkilotlar o’zlaridagi 302 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashishdi.

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga 91 nafar fuqarolar jalb qilinib, yarmarkada ishtirok etgan ishsiz fuqarolarning 34 nafar yoshlar va 45 nafar xotin-qizlarni tashkil qildi.

“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida 17 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilib ishga joylashtirildi. Ish bilan taʼminlanganlardan 5 nafari yoshlarni va 3 nafari xotin-qizlarni iborat.

Yarmarka davomida 74 nafar fuqarolarga ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ishga joylashish bo‘yicha mehnat qonunchiligi, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, tijorat banklari masʼullari tomonidan tadbirkorlikni boshlash va tadbirkorlikning yo‘nalishlari to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berildi.

Kanalga ulanish: 👉@samarkand_bandlik