Vazir Nozim Husanov Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil
25 yanvardagi “Vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun xorijiy davlatga ketayotgan shaxslarni va band bo‘lmagan aholini o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-4962-son qaroriga ko‘ra, Samarqand shahrida Qurilish sohasida malakali mutaxassislarni tayyorlash markazi tashkil etilgan edi.
Vazir va Mudofaa vazirligi podpolkovnik Raxim Suvanov birga tanishdi.
Ushbu markaz 1 apreldan faoliyatini boshlab, bugungi kunda 14 ta kasb bo‘yicha 458 nafar ishsiz fuqarolar va migrantlar o‘qitildi. O‘qitilgan fuqarolarga bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stependiyalar to‘lab berildi.
Hozirgi vaqtda markazda yangi o‘quv yili uchun o‘qish istagini bildirgan fuqarolarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni ketmoqda.
O‘qish joriy yilning 1 dekabr kunidan boshlanadi.
Vazir suhbat davomida o‘quv dasturidagi ayrim muammolar yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berdi hamda mavjud muammolarga yechim izlandi.