December 3, 2021

Mehnat yarmarkalari davom etmoqda...

Tayloq tumani Aholi bandligiga ko'maklashish markazi tomonidan Kunlik mehnat markazida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yarmarka davomida 25 ta davlat tashkilotlari va korxonalardagi 215 dan ortiq bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari taqdim etildi.

Yarmarkada 100 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, shundan, 54 nafar yoshlar va 28 nafar xotin-qizlar tashkil etadi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 12 nafar ishga muhtoj fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Yarmarkaga tashrif buyurgan fuqarolarga mehnat qonunchiligiga oid, kasbga-qayta tayyorlovga oid hamda mehnat migratsiyasini amalga oshirish uchun maslahatlar berildi.

Bundan tashqari Qo'shrabot tumanida Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rejasiga asosan tumandagi 4-sektor hududi Mustaqillik mahallasida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazdi.

Mehnat yarmarkasini o‘tkazishning asosiy maqsadi joylardagi band bo‘lmagan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da ro‘yxatga olingan ishsiz xotin-qizlar, yoshlar va mehnat bozorida raqobatga kirisha olmaydigan aholi bandligini ta’minlashga, ichki mehnat bozori hamda tashqi mehnat bozorida talabi yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitishni tashkil qilish va subsidiyalar ajratishga alohida e’tibor qaratildi.

Yarmarkaga tumanda faoliyat olib borayotgan 25 ta davlat tashkilotlari, xususiy korxona va muassasalar o‘zlarida mavjud 145 ta yangi tashkil etilgan ish o‘rini, bo‘sh (vakant) va zaxiradagi (kvotalangan) ish o‘rinlari hamda faoliyati davomida ishlab chiqarilgan tovar (xizmat) namunalari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarkada 55 nafar fuqaro ishtirok etdi. Shundan 23 nafari xotin-qizlar, 32 yoshlar va boshqalar qatnashdi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida qatnashgan 10 nafar fuqarolarga doimiy ishga yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek 45 nafar fuqaroga ishga joylashish, kasb-hunarga o‘qish, mehnat qonunchiligi va o‘z bizneslarini ochishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahatlar berildi.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik