November 13, 2021

VAZIR HAMDA HOKIM NOMZODLARNI SUHBATDAN O‘TKAZDI

Hammamizga ma`lumki, Prezidentimiz tomonidan mahallalarda "hokim yordamchisi" lavozimi joriy etilishi bo`yicha topshiriqlar berilgan edi.

Belgilangan tartibga ko‘ra ushbu vazifani amalga oshiruvchi shaxslar hududdagi tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga aholini kasb-hunarga o‘qitish, xonadonlardagi tomorqa va boshqa bo‘sh yerlardan unumli foydalanishni tashkil etadi.

Ana shu topshiriqlar ijrosini ta`minlash maqsadida, Ishtixon tumaniga O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi tashrif buyurib, tuman hokimi Shuhrat Negmatov bilan birgalikda tumandagi 62 ta mahallaga hokim yordamchisi lavozimiga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi.

Mahallalardagi hokim yordamchilarining asosiy vazifalari, ish yuritish tartibi borasida yana bir bor tushuntirishlar berildi va suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik