November 12, 2021

HOKIM YORDAMCHILARI SUHBATDAN O‘TDI

Ma’lumki, Prezidentimiz tavsiyasi bilan mahallalarda hokim yordamchisi lavozimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan.

Belgilangan tartibga ko‘ra ushbu vazifani amalga oshiruvchi shaxslar hududdagi tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga aholini kasb-hunarga o‘qitish, xonadonlardagi tomorqa va boshqa bo‘sh yerlardan unumli foydalanishni tashkil etadi. Lavozimga har bir mahallaga hokimiyat, iqtisodiyot, investisiya, soliq, moliya, bank idoralaridan oliy ma’lumotli, tajribali hamda mahallaning shart-sharoitini yaxshi biladigan iqtisodchilar tanlov asosida ishga olinadi.

Kattaqo‘rg‘on shahrida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Xusanov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi shahar hokimi G.Alimova ishtirokida shahardagi 36 ta mahallaga hokim yordamchisi lavozimiga hujjat topshirgan nomzodlar bilan suhbat o‘tkazdi.

Suhbatlashish asnosida munosib nomzodlar mahalla yordamchisi lavozimiga tanlab olindi.

Mahallalardagi hokim yordamchilarining asosiy vazifalari, ish yuritish tartibi borasida yana bir bor tushuntirishlar berildi va suhbat davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik