November 20, 2021

"Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkalari davom etmoqda

2021-yil 16-noyabr kuni Nurobod tumani 1-sektor hududidagi joylashgan Yoshlar ishlari agentligi Nurobod tumani bo‘limi binosida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazildi.

O‘tkazilgan yarmarka davomida 20 ta davlat tashkilotlari va korxonalardagi 70 dan ortiq bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari taqdim etildi.

Yarmarkada 40 nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, shundan, 20 nafar yoshlar va xotin-qizlar tashkil etadi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 12 nafar ishga muhtoj fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi.

Yarmarkaga tashrif buyurgan fuqarolarga mehnat qonunchiligiga oid, kasbga-qayta tayyorlovga oid hamda mehnat migratsiyasini amalga oshirish uchun maslahatlar berildi.

Samarkand tumanida 2021-yil 18-noyabr kuni Samarqand tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi tomonidan Gulobod Agroboitexnologiyalar texnikumida binosida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tqakazishdi.

Yarmarka jarayonida tumanda faoliyat olib borayotgan 18 ta ishlab chiqarish va sanoat tashkilotlari o‘zlarida mavjud 78 ta bo‘sh (vakant) va zaxiradagi (kvotalangan) ish o‘rinlari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarkada 109 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ulardan 69 nafar yoshlar va 56 nafar ayollar tashkil etdi.

Tadbirda tegishli hamkor davlat tashkilotlari tomonidan sanoat, xizmat ko‘rsatish va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlarida ishga tushadigan loyihalar hisobiga yaratiladigan ish o‘rinlari bo‘yicha ma'lumotlar burchagi tashkil qilindi.

Qolaversa, yoshlarni egallagan kasb-mahorati va qobiliyatini namoyish etish uchun sharoitlar tashkil etildi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkada, 46 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun, 16 nafari kasb-hunarga o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi.

Bundan tashqari Ishtixon tumanida 2021-yil 18-noyabr kuni Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi rejasiga asosan tumandagi 2-sektor hududi Zarband MFYda joylashgan Ishtixon tuman 88-umumta’lim maktabi binosida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazdi.

Mehnat yarmarkasini o‘tkazishning asosiy maqsadi joylardagi band bo‘lmagan “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”, “Ayollar daftari”da ro‘yxatga olingan ishsiz xotin-qizlar, yoshlar va mehnat bozorida raqobatga kirisha olmaydigan aholi bandligini ta’minlashga, ichki mehnat bozori hamda tashqi mehnat bozorida talabi yuqori bo‘lgan kasb-hunarlarga o‘qitishni tashkil qilish va subsidiyalar ajratishga alohida e’tibor qaratildi.

Yarmarkaga tumanda faoliyat olib borayotgan 27 ta davlat tashkilotlari, xususiy korxona va muassasalar o‘zlarida mavjud 127 ta yangi tashkil etilgan ish o‘rini, bo‘sh (vakant) va zaxiradagi (kvotalangan) ish o‘rinlari hamda faoliyati davomida ishlab chiqarilgan tovar (xizmat) namunalari bilan ishtirok etdilar.

Yarmarkada 112 nafar fuqaro ishtirok etdi. Shundan 67 nafari xotin-qizlar, 63 yoshlar, 7 nafar mehnat migrantlari, 4 nafar tuman qurolli kuchlardan bo‘shaganlar va 9 nafar og‘ir turmush sharoitidagi xotin qizlar qatnashdi.

O‘tkazilgan mehnat yarmarkasida qatnashgan 28 nafar fuqarolarga ( xotin-qizlar 18 nafar) doimiy ishga yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek 84 nafar fuqaroga ishga joylashish, kasb-hunarga o‘qish, mehnat qonunchiligi va o‘z bizneslarini ochishga ko‘maklashish bo‘yicha maslahatlar berildi.

Hafta davomida o‘tkazilgan yarmarkalarda 86 nafar fuqarolar doimiy ishga joylashtirildi va 16 nafari kasb-hunarga yo‘naltirildi.