December 13, 2021

«2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi prezident farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

Unda 2022 yil 3 yanvar — dushanba, 4 yanvar — seshanba qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilanishi kutilmoqda.

Bu haqda «Mehnat huquqi kanali yozgan.

Farmon qabul qilinsa, o‘zbekistonliklar Yangi yil bayrami munosabati bilan ketma-ket 5 kun (31 dekabrdan 4 yanvargacha) dam oladi.

Xususan:

2021 yil 31 dekabr (juma) – 2021-yil 10 maydagi PF-6222-sonli prezident farmoniga asosan qo‘shimcha dam olish kuni;

2022 yil 1 yanvar (shanba) – Mehnat kodeksi 131-moddasiga ko‘ra, ishlanmaydigan kun (Yangi yil bayrami);

2022 yil 2 yanvar — yakshanba dam olish kuni;

2022 yil 3 yanvar (dushanba) va 4 yanvar (seshanba) kunlari – qabul qilinishi kutilayotgan farmonga asosan qo‘shimcha dam olish kuni.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik