November 17, 2021

Viloyat hokimi E.Turdimov Qo‘shrabot tumani “Urganji” mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Ushbu mahalla aholisi bandligini ta’minlash maqsadida 36-umumta’lim maktabida "bo‘sh ish o‘rinlari" mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 32 ta korxona va tashkilotlar 128 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, 35 nafar fuqaro bandligi ta’minlandi.

Shuningdek, ushbu maktab binosida tashkil etilgan "Urganji chevar qizlari" va “Sariovul Moxir Chevarlari" ishlab chiqarish kooperativlari faoliyatini takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish va kooperativ a’zolarining doimiy bandligini ta’minlash maqsadida Jomboy tumanidagi "777 AN- NUR 777" nomli ishlab chiqarish kooperativi bilan kelishuvga erishilib, kiyim-kechak mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati boshlandi.

"777 AN- NUR 777" nomli ishlab chiqarish kooperativi rahbari va mutaxassislari "Urganji chevar qizlari" nomli ishlab chiqarish kooperativida bo‘lib, maxsulot ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va zamonaviy kiyim-kechaklar tikish uslublari to‘g‘risida tushuncha va maslahatlar berdi.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik