November 4, 2021

Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunarga o‘qitish markazini mukammal taʼmirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov kuni kecha Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunarga o‘qitish markazining mukammal taʼmirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

Tender tanlov g‘olibi "7-sonli mexanizatsiyalashgan ko‘chma kalonna" MCHJ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasining 6,4 mlrd.so‘m mablag‘lari evaziga mukammal taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan.

Bugungi kunda binoning tom qismida va ichki xonalarini taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Tashrif yakunida mukammal ta'mirlash ishlarini sifatli qilib bajarish va belgilangan muddatda topshirilishi bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik