Vazir Samarqand shahridagi “Kunlik mehnat markazi”ga bordi
Vazir Samarqand shahridagi “Kunlik mehnat markazi”ga bordi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Xusanov Nozim Baxtiyorovich Samarqand shahrida joylashgan “Kunlik mehnat markazi”da olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Bugungi kunda “Kunlik mehnat markazi”da rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda. Rekonstruksiya ishlari uchun bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 3,1 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilgan. Qurilish ishlarini "ABDUMASAD STROY" MCHJ tomonidan olib borilmoqda.
Bu markazda kunlik ishchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida 90 kishi uchun yotoqxona va shu bilan birgalikda 40 kishi uchun xizmat ko‘rsatadigan oshxona ham barpo etilmoqda.
Ushbu bino bir kunda 350-400 nafar odamga хizmat ko‘rsatadi.