November 16, 2021

Viloyat boshqarmalari boshliqlari bilan "hokim yordamchisi"ga tavsiya etilgan nomzodlar yuzasidan suhbat o‘tkazildi

Hammamizga maʼlumki mahallalarda "hokim yordamchisi" lavozimi joriy etilishi bo‘yicha ishlar olib borimoqda.

Joriy yilning 15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov va viloyat hokimligi tashkiliy-nazorat guruhi rahbari Begzod Raxmatullayev bilan birgalikda boshqarma boshliqlari bilan suhbat o‘tkazdilar.

Ushbu "hokim yordamchisi" lavozimlariga belgilangan tartibga ko‘ra vazifani amalga oshiruvchi shaxslar hududdagi tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bilan birga aholini kasb-hunarga o‘qitish, xonadonlardagi tomorqa va boshqa bo‘sh yerlardan unumli foydalanishni tashkil etadi.

Ana shu topshiriqlar ijrosini ta‘minlash maqsadida, viloyat bandlik bosh boshqarmasi, tijorat banklari, moliya, g‘azna va pensiya boshqarmalari, soliq, kasaba uyushmasi va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari hamda bo‘lim boshliqlari nomzodlari tanlab olindi.

Tanlab olingan nomzodlar bilan suhbat davomida amalga oshiradigan funksiya va vazifalari aniq tushuntirib berildi.

Suhbat yakunida "hokim yordamchisi" lavozimga o‘tayotgan hodimlariga mahallarni moslashuvidan kelib chiqib rivojlantirishni aniq strategiyalarini ishlab chiqish va berilayotgan imtiyozlar orqali kambag‘allikni qisqartirishga erishishi hamda boshqa masalalar yuzasidan tavsiya va tushunchalar berdi.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik