November 27, 2021

"Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi eng chekka hududlarda ham tashkil etildi

Joriy yilning 25-noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on shahar ish bilan band bo‘lmagan fuqarolarni ishga joylashishida yaqindan ko‘maklashish, shunga ko‘ra ishsiz fuqarolarni, ayniqsa yoshlarni, xotin-qizlarni va boshqa ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslarni ishga joylashishlariga ko‘maklashish maqsadida 3-sektor hududi, Ingichka qo‘rg‘oni joylashgan 15-umumta'lim maktab binosida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazildi.

Ushbu mehnat yarmarkasida 14 ta korxona va tashkilotlar o’zlaridagi 82 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashishdi.

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga 98 nafar fuqarolar jalb qilinib, yarmarkada ishtirok etgan ishsiz fuqarolarning 10 nafariga ( 8 nafar yoshlar va 2 nafar xotin qizlar) ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar berildi.

Shuningdek ishsiz va band bo‘lmagan aholini qiziqishidan kelib chiqib 64 nafar fuqarolarga Kattaqo‘rg‘on shahar kasb-hunarga o‘qitish martkaziga, kasbga tayyorlash va qayta o‘qitish uchun yo‘llanmalar berildi. Shundan 46 nafar yoshlar va 18 nafar xotin qizlarni tashkil qildi.

Yarmarka yakunida 24 nafar fuqarolarga ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ishga joylashish bo‘yicha mehnat qonunchiligi, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, tijorat banklari masʼullari tomonidan tadbirkorlikni boshlash va tadbirkorlikning yo‘nalishlari to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berildi.

Kanalga ulanish: 👉@samarkand_bandlik