November 13, 2021

Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkalari o‘tkazildi

Kuni kecha Pastdarg‘om va Bulung‘ur tumanlarida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkalari bo’lib o’tdi. Yarmarka maqsadi ishsiz aholi bandligini ta'minlash.

Jumladan Bulung‘ur tumanidagi 1-sektor hududidagi 1-son kasb-hunar maktabi binosida ‘’Bo’sh ish o’rinlari mehnat yarmarkasi’’ bo’lib o’tdi.

Ushbu mehnat yarmarkasida 12 ta korxona va tashkilotlar o’zlaridagi 84 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashishdi.

Yarmarkada 62 nafar fuqarolar ishtirok etdi, shundan 22 nafari yoshlar, 38 nafari xotin-qizlarni tashkil etdi. Yarmarkada qatnashgan fuqarolardan 10 nafariga turli soxalarga ishga kirish uchun yo’llanma berildi. Shu bilan birga 1-son kasb-hunar maktabiga qisqa muddatli tikuvchilik kursiga o‘qish istagini bildirgan 12 nafar xotin-qizlarga yo’llanmalar berildi, shundan 7 nafari yoshlarni tashkil etdi. Qolgan 40 nafar fuqarolarga turli sohalarga ishga joylashish uchun huquqiy maslahatlar berildi.

Pastdarg’om tuman Xalq demakratik partiyasi hamda tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda 32-son musiqa va san’at maktabi binosida "Bo‘sh ish o‘rinlar mehnat" yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu yarmarkda 39 ta tashkilot 107 ta bo’sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi. Yarmarkada qatnashgan 94 nafar ishsiz fuqarolardan 12 nafariga korxona va tashkilotlarga ishga joylashish uchun yo‘llanma berildi.

Bundan tashqari "Ishga marhamat" monomarkaziga tikuvchi va elektromontaj kasblariga 4 nafar fuqarolar o’qishga yo‘naltirildi. Undan tashqari 5 nafari haq to’lanadigan jamoat ishiga jalb qilindi.

Qolgan 73 nafar fuqarolarga turli sohalarga ishga joylashish, kasbga o‘qitish, mehnat migrasiyasi va mehnat qonunchiligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik