December 7, 2021

Yangi ish o‘rinlari bajarilishini holati qanday?

Joriy yilning 6-dekabr kuni Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i I.Jabborov navbatdagi apparat yig‘ilishi o‘tkazdi. Bandlik bosh boshqarmasi hamda tuman (shahar) aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari yil yakuniga qadar barcha dasturlarni bajarilishini va samaradorligini yana-da oshirish apparat yig‘ilishining asosiy mavzusi sifatida muhokama qilindi.

Hududiy investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar, Jomboy, Bulung‘ur va Kattaqo‘rg‘on tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari sustkashlikka yo‘l qo‘yayotgan bo‘lsa, Samarqand shahar, Narpay, Pastdarg‘om va Paxtachi tumani Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari dastur ijrosini ortig'i bilan bajargan..

Yig'ilish davomida davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qo‘llanilgan jarimalarning vaqtida undirilishini ta'minlash bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Apparat yig‘ilishi davomida barcha masʼullarga tanqidiy o‘rganishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar aytib o‘tildi.

Shuningdek, quyidagi masalalar alohida muhokama qilindi;

I. Barcha yo‘nalishlarda belgilangan rejaga asosan olib borilayotgan ishlarning ahvoli

II. Fuqarolarning barcha turdagi murojaatlari ijrosi taʼminlanish holati, doc.ijro.uz va qolgan dasturlarni ijrosini taʼminlash

III. Qurilish sohasida malakali mutaxassislar tayyorlash markaziga tinglovchilarni jalb qilish holati;

IV. Ishga joylashtirish bo‘yicha yillik rejaning bajarilishi;

- bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini o‘tkazish bo‘yicha belgilangan rejaning bajarilishi;

V. Yangi ish o‘rinlari dasturining yo‘nalishlar kesimida bajarilishi

VI. Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan qo‘llanilgan jarimalarning undirilishi;

VII. “Yagona milliy mehnat tizimi” ni yuritish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati

Kanalga ulanish:👉@samarkand_bandlik