Paxtachi tumanida “hokim yordamchisi” lavozimiga tanlab olingan nomzodlarga ularning vazifalari tushuntirildi
Paxtachi tumanida 59 ta mahallaga “hokim yordamchisi” vazifasi uchun “Mahallabay” ishlash markazidan 3 nafar, tijorat banklaridan 23 nafar, moliya, g‘azna va pensiya bo‘limlaridan 15 nafar, soliq inspeksiyasidan 3 nafar va boshqa tashkilotlardan
15 nafar tanlab olingan nomzodlarga amalga oshiradigan funksiya va vazifalari aniq tushuntirib berildi.
Xulosa qilib aytganda hokim yordamchilari quyidagi vazifalarni bajaradi:
- “Xonadonbay” so‘rovlar o‘tkazish orqali mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish “portreti”ni ishlab chiqish;
- Mahallaning ixtisoslashuvi va “o‘sish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini ko‘rish, ishsiz aholini kasb-hunarga o‘qitish, ishga joylashish istagini bildirgan ishsizlar bandligini ta’minlash va aholini o‘zini o‘zi band qilishiga ko‘maklashish;
- “Ijtimoiy shartnoma” tizimi orqali tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan fuqarolarga, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar ajratish;
- Tadbirkorlik sub’yektlarining biznes loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, mavjud muammolarini “mijozbay” o‘rganish hamda hal etish orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam ko‘rsatish, mavjud instrument va resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- Hududiy va investisiya dasturlariga takliflar ishlab chiqish hamda mahallaning rivojlanishiga doir dasturlar ijrosini nazorat (monitoring) qilish.