November 26, 2021

Jomboy tumanida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazildi

Joriy yilning 23-noyabr kuni Jomboy tumani 1-sektor hudida joylashgan 2-son kasb-hunar maktabida "Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat" yarmarkasi o‘tkazildi

Ushbu mehnat yarmarkasida 32 ta korxona va tashkilotlar o’zlaridagi 241 ta bo’sh ish o’rinlari bilan qatnashishdi.

Tadbirda 71 nafar fuqarolar ishtirok etdi. Ishtirok etgan fuqarolardan 26 nafari “Temir daftar”ga, “Ayollar daftari”ga va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning mehnatga layoqatli ishsiz aʼzolari, jami ishtirokchilardan 31 nafari xotin-qizlarni, 28 nafari yoshlarni (o‘rta taʼlim maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji va oliy taʼlim bitiruvchilari) tashkil etdi.

“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida 28 nafar ishsiz fuqarolarga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilib ishga joylashtirildi. Ish bilan taʼminlanganlardan 17 nafari yoshlarni va 16 nafari xotin-qizlarni tashkil qildi.

Yarmarka davomida 43 nafar fuqarolarga ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga ishga joylashish bo‘yicha mehnat qonunchiligi, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar, tijorat banklari masʼullari tomonidan tadbirkorlikni boshlash va tadbirkorlikning yo‘nalishlari to‘g‘risida huquqiy maslahatlar berildi.

Kanalga ulanish: 👉@samarkand_bandlik