December 4, 2025

Alvon qon.

12-BOB.

-Hmm, dehqon qizi uchun aqillilik qilmaysanmi?!-dedi graf qattiq tikilib.
Yana koʻzlariga asir tushmaslik uchun yerga qaradim. U shaxzoda! tabiyki benuqson va koʻrkam. Koʻzlari esa... kulrang koʻzlari har kimni oʻziga maftun eta oladi. Tikilsangiz bas. Shuning uchun yuziga kamroq qaramoqchi edim. Qoʻlimdan kelganicha urinyabman.
-Hozirgi vaqtda aqilli qizlar koʻp ham uchirayvermaydi. Ayniqsa...
-Ayniqsa kambagʻal oiladan chiqqan va qul boʻlgani. Shundaymi?-koʻzlariga chidolmay baribir qaradim.
-Ayniqsa aqilli boʻlishi yetmagandek xalol, dovyurak va quvnoq boʻlsa.-menga shundan samiymiy mexr bilan qaradiki. -Ha, unaqasi hozirda juda kam.
Qoʻrqganim sodir boʻldi. Yana koʻzimni uzolmay qoldim. Bu hol roʻy berishidan choʻchib, undan uzoqroq yurmoqchi edim. Ammo yaqinlashgudek boʻlsam koʻrinmas girdobi oʻziga ohangrabodek tortaveradi. Vaqt oʻtgani sari bu kuch meni butunlay yengishidan, qochish rejamdan uni deb voz kechishimdan qoʻrqaman. U holda butun umr u yonimda boʻlishi mumkin biroq, butun umr oilamni qumsab yashayman.
U menga uzoq tikilib qoldiyu, bir qoʻli bilan ikkilanib yelkamga tushib, yuzimni toʻsib turgan sochlarimni orqaga tashlab, qulogʻimning ortiga qistirib qoʻydi. Qoʻli yuzimga hiyol tegib turarkan barmoqlarining qaynoq tafti suyagimgacha kirib ichimga tariflab boʻlmas olovni solgandek boʻldi. Toʻsatdan choʻchib uyʼongan kishidek bir sapchib tushdi. Va yana jiddiy insonga aylandi. Qoʻlini olib, oʻrnidan turdi.
-Nima boʻldi?-soʻradim havotirlanib. Men ham turarkanman.
-Ortingga qaytishing kerak.-dedi negadir jahli chiqayotgandek. Chuqur-chuqur nafas olarkan.
Shoshib borib eshikni ochdi.Takror yonar qoʻngʻizlar havoga koʻtarilib, parvozdagi raqisini boshladi.
-Chiq, men seni kuzatib qoʻyaman.
-Ahvoling yaxshi emas. Koʻrinishing yomon. Kasal emasmisan?
-Chiq.
-Nega? men biror narsa qildimmi?
-CHIQ DEDIM SENGA! Qanaqa qizsan oʻzi?!
Qoʻrqib ketganim uch uni turtib bogʻdan yugurib chiqib ketdim. Oldin hech kim menga baqirib muomila qilmagan. Birinchi marta boʻlgani uchun qaltiroq bosdi. Ortimga qaramay qochdim. Yuragim qinidan chiqqudek boʻlib urardi. Yugirib soqchilardan ham oʻtdim. Ular allaqachon uyquga taslim boʻlishgandi. Yugirib oʻtganimda uygʻonib ketib, hech narsaga tushunmay choʻchib nayzalarini tushirib yuborishdi.
-Hoy, toʻxta!-dedi biri oʻzini yegʻib olib.
Holdan toygunimcha yugurdim. Ohiri tanish olma daraxti qarshisidan chiqib qoldim. Hansiragancha tagiga kelib, bitta ham bargi qolmagan shoxlarini silkitgancha chirmashdim...
-Daraxtda olma qolmagan.-taxminan yigirma daqiqalardan soʻng ortimdan grafning tovushi eshitildi. Menimcha ancha oʻzini bosib olgan.
-Buni bilaman.-dedim arazlagandek. Hatto qayrilib qaramay. Shoxga suyanib oʻtirarkanman.
-Unda bu safar nega chiqding?
-Bir qoʻrs va badjahl kishi meni hafa qilgani uchun chiqdim.
-Kechir-uh tortdi u.-Toʻgʻri aytganding. Ahvolim yaxshi emasdi.
Boshimni egib, darax tagida turgan grafga qaradim.
-Men shunchaki havotirlangandim.-dedim samiymiy, arazimni unutib.
Graf mayin jilmaydi.
-Buni bilaman. Shunchaki ayol kishining menga mehribonlik qilishiga oʻrganmaganman.
-Nahotki?
Graf bir bosh silkidiyu, yopinchigʻini yechib bir chekkaga tashlagancha ortimdan daraxtga chiqdi. Qulay oʻrnashib olgach, menga boshdan-oyoq razm solib ustidagi plashini menga tutdi.
-Bunchalik yupqa kiyinib nima, joningdan toʻydingmi?-tanbex bergan boʻldi.
Toʻgʻrisi bilintirmaslikga urinsam ham dir-dir qaltiragancha muz haykalga aylanishimga oz qolgandi. Issiq, kalta moʻynali plashni yopinib, shunday huzur qildimki, tashqarida bunday uzoq qolib ketishimni tush koʻribmanmi?!
-Nega ayollarni yoqtirmaysan?-soʻradim issiq plashga yaxshiroq oʻranib.
-Men ayollarga ishonmayman.-toʻgʻirladi u.
-Sabab?
U aytishni istamay jim boʻldi.
-Demak menga ham ishonmaysan shundaymi?
-Agar shunday boʻlganda hozir yoningda oʻtirmagan boʻlardim.-graf chuqur xoʻrsindi.-Koʻp yillar oldin, otamning zulmidan hamma bezigan paytda, onam meni dunyoga keltirdi. U tugʻilishimni hohlamagandi. Chunki otamga juda oʻxshardim. Soʻng meni... oʻz boʻlasini oʻldirmoqchi boʻldi.

Otamdan shunday nafratlanardiki, meni uning izidan borishimga ishonib, voz kechgan. Ammo otam kelib qolib, meni qutqardi. Onamni esa qamab qoʻydi. Shundan soʻng u oʻz joniga qasd qilgan. Yashashni istamagan. Onam boʻlishni lozim koʻrmagan.
Koʻzlarimdagi bir tomchi yoshni artib oldim. Grafning yuzida shunday gʻamni koʻrdimki, huddi hozirgina onasidan ayrilgandek edi. "Mana nima uchun ayollarga ishonmayman" degandek menga qaradi.
-Buni menga ustozim aytib bergan. U meni yoshligimdan katta qilgan. Huddi oʻz farzandidek. Otamni kam koʻrardim. Menga huddi, jazoga hukm etilgan mahkumga qaragandek qarardi. Hech qachon menga oʻgʻlim deya murojat qilmagan. Rafiqasini aybdor deya bilsada sevardi. Uni oʻlimida meni ayblab yashadi. Agar onam meni qabul qilganda bari boshqacha boʻlardi. Onam sabab yoshligim barbod boʻldi. Ayollarga ummuman ishonmay qoʻydim. Bolaligimdan yoqtirmasdan.
-Shuning uchun kanizaklaringni yoningga yaqinlashtirmagansan toʻgʻrimi?
-Ha, bundan tashqari haramimdagilar faqat bir narsani koʻzlaydi. Grafinya unvonini olish.
Payiti boʻlmasada kulib yubordim. Chunki rost aytgandi. Tun-u-kun barcha qizlar oʻzlariga oro berib, eshikni poylashar, qani endi graf kirib qolsa nima qilib boʻlsa ham koʻnglini olsam-u, grafinya boʻlib olsam deya halak boʻlishardi.
-Toʻgʻrida, ular bilan suhbatlashib boʻlmaydi. Har bir gapingni farqiga bormay maʼqullayverishi jonga tegadi. Undan koʻra bogʻimdagi yonarqoʻngʻizlarga skripka chalib berganim yaxshi.
-Men ham ular qatoridaman chamasi.
-Yoʻq!-dedi u.-Ilk bor koʻrganimdayoq "bu qiz qayerdan kelib qoldi ekan?" deya hayron boʻlgandim. Chunki shu paytgacha ayollarni daraxga irgʻishlaganini koʻrmagandimda. Yana bittagina olma uchun-a.
Toʻsatdan yuzimga qor parchasi kelib tushdi. Qor uchqunlay boshlagandi.
-Qani endi keta qolaylik.-daraxtdan sakrab tushdi graf.-Havo sovuq. Axir kasal boʻlishni hohlamaysanku, toʻgʻrimi?
Plashini uzatib, asta pastga tusha boshladim. Yerga oz qolganda nozikroq shoxga oyoq qoʻydim chamasi, sindiyu yerga quladim.
-Tuzukmisan?-yonimga kelib turishimga koʻmaklashdi graf.
-Ha.
Ammo oyogʻim ogʻriyotgandi. Turdimu, oyogʻimni bosolmay yana oʻtirib oldim.
-Oyogʻim chiqqan!-dedim yegʻlagudan beri boʻlib.
Graf poyabzalimni asta yechib, oyogʻimni paypaslab koʻrdi.
-Yoʻq-dedi u.-Chiqmagan, oyogʻing lat yegan. Menda ham koʻp shunday boʻlgan. Nima qilishni bilaman. Kel...
-Nega?-dedim ortga tisarilib, qoʻllarini yozganda.
-Oʻzing yura olmas ekansan, men seni koʻtarib olaman. Shu yerda qolib ketishni hohlaysanmi?
Oʻylab koʻrib noiloj koʻndim. Asta meni koʻtarib ortga yoʻlaklar tomon yurdi.
Kanizaklar uyiga meni koʻtargan holatida olib borishini hohlamadim. Qizlarning qiliqlariyu, uchirma gaplarini eshitishga hushim yoʻq edi. Keyin xonasiga olib borishini aytdi. Unga ham koʻnmadim. Ohiri oʻzining sirli bogʻiga qaytarib olib bordi. Xonadagi keng ravatga yotqizib. bogʻiga kirib ketdi. Zum oʻtmay savsanning gulbargidan ikki-uchta koʻtarib qaytdi.
-Bu -dedi graf.-Juda shifobaxsh gul. Tongacha ogʻriq ham, lat yeyishi ham qoladi.
U bargni oyogʻimga oʻrab, bogʻlab qoʻydi.
-Demak tabiblikni ham bilaman degin.-Shuncha vaqtdan beri koʻziga tik qaramaslikga urinayotgandim. Nima boʻldiyu koʻzlarimiz yana uchrashib qoldi. Koʻzlari mavhum, undan hech narsani anglab boʻlmasdi. Otogʻimni ushlagan qollaridan tanamga titroq kirardi goʻyo...
-Shunday.-dedi u menga tikilib. Yuzini yuzimga yaqin olib keldi. -Tarsaki tushirmaysan degan umiddaman.
Jilmaygancha yuzimni siladi. Va asta boʻsa oldi...