December 4, 2025

Alvon qon.

13-BOB.

Dekarbr oxirlab qoldi. Orziqib kutgan qorim shunday yogʻdiki, naqt tizzaga yetay dedi.
Saroydagi kunlarim avvalgidek qizlarni ermak qilish bilan oʻtmay, endilikda koʻp vaqtimni Vargo (oʻzi ismini aytishmga ruhsat berdi) bilan oʻtyabdi. U juda yaxshi ustoz. Menga eski lotin yozuvi va kamondan oʻq uzishni oʻrgatdi. Saroydagilar gʻiybatlari chinga aylanib ketganidan hayron boʻlishdi chamasi. Xizmatchi va kanizaklar hatto yuzimga tik qarashga ham botinmaydigan boʻlib qoldi. Anna esa oldingidek urishish oʻrniga meni yoʻqdek tutyabdi oʻzini. Bu hol umumman menga yoqmadi. Yolgʻon takalluf va mulozamatni oldindan hushlamasdim. Unday paytlarda yaxshisi, qochib qolaman. Bu tomondan Vargo bilan oʻxshashmiz.
Baʼzida miyyamda qochish fikri hali ham soʻnmaganini sezaman. Ammo Vargoga boʻlgan tuygʻularim va sevib qolgan yuragim qochish axmoqlik ekanligini aytib meni qaytaradi. Aynan shundan qoʻrgandim. Bazida Vargoga qarab turib bu tanlovim eng toʻgʻri qaror ekanligiga shubha qilmayman. Ammo yolgʻiz qoldim deguncha qochishdan voz kechganim uchun afsuslanmaymanmikin degan gumon ichimni kemiradi. Goho Vargoga nohaqlik qilayotgandek tuyuladi. Axir uni aldayabman. U meni oddiy dehqonning qizi sifatida biladi. Aslida kelajakdan qandaydir uzukni deb tushib qolgan, bir yolgʻonchiman. Vatanim hali tashkil topmagan. Xonliklar-u, pastak qishloqlar bor u yerlarda. Hatto moy chiroq hali kashf qilinmagan bir davrdaman. Ammo baxtliman.
Kim oʻylabdi deysiz, shuncha vaqt sevgiga bir bor qiziqib koʻrmay oʻtmishda yashagan bir grafga kelganda sevib oʻtirsam-a.
-Qor bola? -hayron boʻldi Vargo. Tortqilab olma daraxtining qarshisiga olib kelarkanman.
-Ha, qorbola yasymiz.
-Oldin, yosh bola paytlarimda ustozim bilan qor otib oʻynarik. Ammo qor bola... toʻgʻrisi eshitmagan ekanman.
-Oʻzim oʻrgataman.-dedim qorga zavq bilan qararkanman.
-Unda yosh boladek qordan haykal yashashga kirishamizmi?-Uzun yopinchigʻini yechib bir chekkaga tashladi Vargo.
-Birinchi boʻlib qor koʻptokcha yasab olish kerak.-qordan sharcha yasab koʻrsatdim. -Soʻng yumalatib, kattalashtiramiz. Katta, oʻzrtacha va kichikroq shar yasaymiz. Soʻng ustma-ust qoʻyamiz.
-Tushunarli.
Vargo koptokni boshida ishtiyoq bilan yasab, dumalatdi, lekin oxiri joniga tegib meniki bilan almashtirib qoʻymoqchi boʻldi. Yaxshiyam koʻrib qoldim. Endi yasagan sharimni unga uloqtirtmdim. Shu tariqa qor bola yasash musobaqasi qor boʻronga aylanib ketdi. To u sirpanib ketmaguncha...
Kechga borib kiyimlarimiz qorboʻron va qor bola yashash uchun qor kechganimiz tufayli jiqqa hoʻl boʻldi. Bir nima qilib qor bolalarni ham yasab oldik. Oshxonadan chelaklar va sabzilarni berkitib olayotganimizni payqab qolgan xizmatchilar angrayib qolishdi. Naqt grafning oʻzi oshxonadan sabzi oʻmarsaya. Ha kulguli. Endi hizmatchilarni yuzini tasavvur qilavering.
Vargo boshida qor kechishga uncha unamadi. Ammo berilib ketib huddi yosh bolaga aylanib qoldi. Tashqi tarafdan sovuqqon, badjahl, va hissiz boʻlib koʻringani bilan aslida mehribon, samiyiy hamda har ishini(hatto oʻzi hohlamaganini ham) ishtiyoq bilan bajaradigan shijoatli inson. Har qanday insonning koʻnglini topa oladi.
-Kasal boʻlib qolasan. Agar bir-ikki marta shunday qor oʻynasang.-mexribonlik bilan qalin va issiq yopinchiqni ustimga yopib qoʻydi.
-Oʻzingchi?
U javob oʻrniga balriga bosdi
-Mendan havotir olma. -jilmaydi u.
Xotiralarim yodimga tushib ketdi. Bir marta yomgʻirda otam ikkimiz uyga yetguncha rosa ivigandik. Shunda otam meni issiq koʻrpa bilan oʻrab, "kasal boʻlib qolmagin" deya boshimni silagandi. "Sizchi?" deb soʻraganimda " Mendan havotir olma" deya peshonamdan oʻpib qoʻygandilar. Shularni eslashim bilan Vargo ham peshonamdan asta oʻpdi. Oʻzimni tutolmay yegʻlab yubordim. Otamni judayam sogʻingandim. Bir bor toʻyib bagʻrimga bosib " sizni yaxshi koʻraman dada!" deyishni hohlardim.

-Nima boʻldi Leyla?-havotirlanib soʻradi Vargo.
Battar xoʻngrab yubordim.
-Menga aytishni istaysanmi?-yoshlarimni artdi u.
-Oilamni sogʻindim. Otamni.
Vargo gunohkorona boshini egdi.
-Bir bor toʻyib quchoqlasam edi!
-Ertaga-chuqur uh tortdi Vargo. -Oilangni yoniga oʻzim olib boraman. Hoʼpmi?
"Qaniydi qoʻlingdan kelganida." degim keldi. " Qaniydi oilamni koʻrishimga koʻmaklasha olganingda" Biroq ayta olmadim. Nima ham derdim?! Noiloj, kayfiyatini koʻtarish uchun rozi boʻlgandek bosh silkidim...
Tonda tepamda turgan xizmatchi ayolni koʻrib choʻchib ketdim.
-Hayrli tong xonim?-jilmaydi xizmatchi.
-Vargo qani? -yonimga qaradim. Uni joyi boʻsh.
-Graf saxarda qirollik saroyiga ketdilar.
-Sabab?
Xizmatchi bir zum indamay turdiyu, hali ham javob kutayotganimni koʻrib:
-Qirol Endryu lll bugun tong yorishmasdan vafot etdi.
Tarixni esladim. Darvoqe, bugun birinchi yanvar. Qirol 1301 yili birinchi yanvarda vafot etgan. Hammasi toʻgʻri. Bundan keyin nimalar boʻlishini ham bilaman.
-Vargoga hech narsa qilmaydi degan umiddaman. Graflar taxt talasha boshlashadi endi.
-Havotir olmang axir u yer qirol saroyi. Garf sogʻ-omon qaytadi. Ammo undan keyin...
-Meni eng qoʻrqitgan narsa ham shuda.
Yuragim tinmay gʻashlanardi. Xizmatkor olib kelgan nonushta ham yuragimga sigʻmadi. Vargoni kuta boshladim. Undan juda havotirlanardim. Bundan keyin nima boʻladi?! Endryu lll vafotidan keyin koʻp qon toʻkildi. Oʻsha qon ichida Vargoniki ham boʻlmasligini hohlardim. Mamlakatdagi graflarning koʻpi omon qolmaydi. Faqat sakkiztagina graf keyingi qirol taxtni egallagan vaqtgacha salomat yetib boradi. Taxtsiz qirollar payti kelyabdi. Hududlar parchalanib shu sakkizta lordlarga boʻlinib ketadi. Vengerya maʼlum vaqtgacha graflar hukmdorligi ostida boʻladi.
U-yoqdan bu-yoqga borib kelib bir kunni qanday oʻtkizganimni bilmay qoldim. Quyosh botish vaqtida ulkan qoʻngʻiroq chalinib Vargo askar va hizmatkorlari bilan saroyga qaytib keldi.
-Axvoling yaxshimi?!-taxt oʻrnatilgan xonaga ortidan yugurib kirdim.
U hamma chiqishini buyurdi. Eshik yopilgach menga jilmaygancha bosh silkidi.
-Havotir olma.-dedi u charchab, holsiz taxtga suyanarkan.
-Unday emas. Nima boʻldi?
-Qirol vafot etdi.
-Buni eshitdim. Qirol saroyida toʻpalon boʻlgan koʻrinadi.-tahmin qildim.
-Unchalik emas. Ammo shunga borishlariga oz qoldi. Apradlar sulolasida boshqa erkek qolmadi. Boshqa sulolalardan davogarlarni birlari yoqlasa, boshqalari yoqtirishmadi. Hullas hammasi oʻzining nomzodini taxtga chiqarishni istaydi. Ming shukurki, kechga yaqin bir qarorga keldik. Anarxiya boshlanadi. Agar ishimiz oʻngidan kelsa Slavakiyaning bir qismi menga oʻtadi. Aslida Mojaristonni koʻzlayotgandim. Ammo turklar sabab fikrimdan qaytdim. Oʻz hududimning muhofazasini kuchaytirishim darkor.
Ana, tarixiy voqealar boshlandi. Huddi tahmin qilganimdek. 1310- yilgacha hotirjamlik yoʻq endi.
-Bu ish oson boʻlmaydi. Nafaqat ichki tomondan balki, tashqi dushmanlar ham bunga qarshi boʻladi.-dedim koʻnglim battar notinch boʻlib. -Kuchli qoʻshnilar qayrab, nizolar chiqarish payiga tushishadi. Balki kuchlari yetsa, ochiqchasiga bostirib kelishar.
-Bilaman, ammo biz birlashmas ekanmiz bari foydasiz. Eng toʻgʻri yoʻl sulxdir.-charchagancha koʻzlarini ishqaladi. -Biroq koʻpchilik lordlar koʻnmayabdi. Tarqoq holda uzoqqa yetib bormasliklarini oʻylashganlari ham yoʻq.
Yoniga borib bagʻrimga bosdim.
-Balki hammasi yaxshi boʻlib ketar.-jilmaydim oʻzimni majburlab. -Bu mashaqqatni ham yengib oʻtolasan. Senga ishonaman!
-Yonimda boʻl. Menga shunday kuch berib tursang yengib oʻtolaman.
-Hech qayoqqa ketmayman...
Oʻn beshinchi yanvar. Nihoyat (Vargo bilan qoʻshganda) sakkizta garflar oʻrtasida katta sulx tuzildi. Har biri oʻz chegaralarini belgilay boshladi. Graflar istiloga mukkasidan ketishdi. Sulxga kirmagan lordlar nafaqat oʻz yerlarini himoya qilishga kirishishdi. Balki boshqalarning yerlarini oʻz chegaralariga qoʻshish uchun qoʻshin toʻplay boshlashdi. Ularni qoʻrqishlari bejiz emas. Chunki Sakkizta graflar kuchlarini birlashtirib boshqalarga zarba berishadi. Tarqoqlar bitta zarbadayoq yengiladi.

Tarix zarvaraqlarining qonga botgan qismlari eshik qoqib keldi. Urush - isnon oʻzi yaratgan qirish vositasi. Uni koʻpdan-koʻp yolgʻonlar-u baxonalarga chirmab oʻrashsada, baribir urush bosqin-u, oʻlimni keltirib chiqaradigan jirkanch talonchilikdir! Nima uchun hamma tinchlikda yasholmaydi. Oyogʻimiz tagidagi shu bir qarich tuproqni talashish jonlarning behuda qurbon boʻlishiga arziydimi?! Oltin-u zarlar, mol-mulklar, hukmronlik qilish, bari ahamiyatsiz. Baribir ularni goʻrimizga xarshlab olib ketolmaymiz. Shunday ekan urush qilishni nima hojati bor?
-Birodarlikdagilar (Sulxning nomi shunday edi) urush xabarini yetkazishdi.-dedi Vargo asabiy.
-Nega axir? Sulxga qatnashmagan lordlar zaif ediku. Urush boʻlmaydi deyishgandi.
-Qoʻshni davlatlar ularga yordam beryabdi. Oʻsha axmoqlar bizni yenib, bemalol hukmronlik qilamiz deb oʻylashyabdi. Ammo yordamning badali borligi haqida qaygʻurishmayabdi ham. Tarnsilvaniya grafi boshqa uch grafni oyoqqa turgizgan. Lord Ladislausdan kutsa boʻladi. U sobiq qirolning eng yaxshi grafi edi. Oʻz davrida kuch-qudrat toʻplagan.
-Agar...-shu soʻzni aytishni hohlamayotgandim. Biroq aniqlashtirib olishim kerak. -Mobodo, urush jiddiylashsa, sen... ketasan shundaymi?
U mayus jilmayib bosh silkidi. Hafa boʻlib hoʻrsinganimni koʻrib peshonamdan oʻpdi.
-Havotir olma.
- Har safar "Havotir olma" deganingdan soʻng yanada havotir ola boshlayman.-yegʻimni bazoʻr tiydim.
Xonaning eshigi taqqilladi.
-Kiring!-buyurdi Vargo.
-Salomatlik sizga yor boʻlsin, grafim!-koʻksiga urib qoʻydi askar, xonaga kirib.
Vargo bir bosh silkib qoʻydi.
-Nima maqsadda kelding? Birodarlik tinchlikmi?-soʻradi u.
-Yetakchi graf -Lord Celja sizga maktub yoʻllab, meni yubordi.-askar qoʻynidan uzunchoq idishga solingan xatni chiqardi.
-Ketishing mumkin.
Askar chiqib ketgach, Vargo idishni qopqogʻini ochib, sargʻish jildni chiqardi. Jim oʻqidida, jahl bilan gʻijmlab, bir chekkagan uloqtirib tashladi. Qovogʻini solgancha oʻylanib turarkan, lablari bilinar-bilinmas qaltirardi. Mushtlari tuguldi.
Yuzidan tutib ,oʻzimga qaratdim.
-Axvol shunchalik yomonmi? Iltimos! "shunchaki kichik koʻnggilsizliklar holos" degin! "Hammasi joyida" de!
U indamadi. Faqat menga "kechir!" degandek qarab turardi. Koʻzlarini yumgancha bagʻriga bosdi.
-Urush boʻladi! Ovoz berish natijasida meni bosh sarkarda etib tayinlashibdi.
-Yoʻq!-koʻksiga yuzimni bosib, xoʻngrab-xoʻngrab yegʻladim.
U qaddini gʻoz tutgancha, yegʻlab olishimni kutdi. "Yegʻlama, biz osongina gʻalaba qozonamiz. Bir pastda yoningga qaytib kelaman." deyolmadi. Chunki tashqi hududlardan olingan yordam va Lord Ladislausning qoʻllab-quvvatlashi orqasidan dushmanlarimizni kuchiga-kuch qoʻshilgandi...

Grafinya Leyla.

-Boʻldi qilsangchi arazingni?-dedi Vargo yonimga kelib.
-Arazlaganim yoʻq. Baribir bundan foyda chiqmaydi. Agar shuni deb qolganingda ishonaver arazlagan boʻlardim.
-Unda qovogʻingni och. Bir marta jilmay. Xat kelganidan beri yigʻlab, xoʻmrayishdan nariga oʻtmading.
-Nima, hursand boʻlishim kerakmidi?! Axir seni oʻlimga kuzatyabman.-yegʻimni bosolmadim.
U tizzalab olib, qoʻlimdan tutdi.
-Koʻzimga qara.-muloyimlik bilan buyurdi u.
Mayus boqdim.
-Menga ishonasanmi?
-Albatta.
-Unda qaytib kelishimga ham ishon.
-Mobodo unday boʻlmasachi? Men nima qilaman?!
-Agar taqdirim jang maydonida oʻlish boʻlsa, hatto ming yil qasrimdan chiqmasam ham bu sodir boʻlishi mumkin. Shunday ekan ketish oldidan bir jilmay. Menga kuch boʻlishi uchun, moboda umrim oʻsha yerlarda poyoniga yetsa, koʻz oldimda jlmaygan holating gavdalanishi uchun. Bir bor kul.-oʻtindi Vargo.
Hohlamay yerga qaradim. Vargo gʻovogʻini uydi.
-Mendan samiymiy kulgingizni qizgʻonyabsiz-a miss Leyla. Oh yuragim!-bir qoʻli bilan chap koʻksini ushlab boshini tizzamga qoʻydi. -Agar kulmasangiz hozirni oʻzida jon taslim qilaman xonim.-bir koʻzini yumib, ikkinchisini ochdi.

Uning bolalarcha qiligʻini koʻrib beixtiyor yuzimga tabassum yugurdi.
-Ana shunday. Menga va'da ber. Qaytgunimcha nima boʻlsa ham yegʻlamaysan. Doimo kuchli va irodali boʻlasan. Menga va'da ber.
Men bosh silkidim.
-Bu javob oʻrniga oʻtmaydi. Eshitmadim.
-Va'da...
Toʻsatdan eshik taqilladi.
-Kim?-soʻradi Vargo.
-Graf, yoʻl uchun hammasi taxt.-dedi erkak kishining ovozi.
-Kuting!-Vargo oʻrnidan turib, ogʻir sovutini kiydi. Men ham koʻmaklashib yubordim. Belbogʻini bogʻlab, kamariga qilichini osdi.
-Qoʻrqmayabsanmi?-soʻradim. uzatarkanman.
-Yoʻq, qoʻrquv men uchun emas. Ayniqsa hozirgi vaqtda.-u jilmayib qarab turdiyu, asta peshonamdan oʻpib qoʻydi.-Ketgan vaqtimda saroy jang maydonidan koʻra xavfliroq boʻlib qoladi. Iltimos oʻzingni ehtiyot qil... Yana
Vargo stol ustida turgan qutini olib ichini ochdi.
-Buni onam taqqan.-dedi menga zumrat koʻzli, bejirim yasalgan uzukni koʻrsatib. -Aslida uzukni oilangni yoniga olib borganimdan soʻng bermoqchi edim. Boʻlib oʻtgan hodisalar tufayli na olib bora oldim, na senda bera oldim. Buning uchun uzr soʻrayman.
-Hechqisi yoʻq.
-Bu uzukni barmogʻingga taqqanimdan soʻng mening qonuniy rafiqamga aylanasan.-Vargo choʻkkaladi.-Mening grafinyam boʻlasanmi? Umrimning soʻngigacha yonimda boʻlishingni hohlayman. Sen kabi jasur va xalol oʻgʻlimiz, yoki sendek chiroyli qizimiz boʻlishini, ularni katta boʻlishini birgalikda kuzatishni, sen bilan birga qarishni istayman.
Takror koʻzim yoshlandi. Bu safar quvonchdan. Menimcha har bir qiz oʻrnimda boʻlib qolishni hohlardi. Mening eng baxtli soniyalarim.
-Men ham hohlayman. -yegʻlagancha oʻrnidan turgizdirarkanman.
Uzunki nomsiz barmogʻimga taqdi.
-Seni sevaman.-ilk marta Vargo menga sevgi izhori qildi. Bagʻriga bosgach shivirladim.
-Men ham seni sevaman...
-Salom ustoz Jastin. Hurmatini qilib kelganingiz uchun tashakkur.-dedi Vargo. Taxtli xonaga kirganimizdan soʻng. Taxt yonida turgan Ustozni koʻrib.
-Iltifotni qoʻysangchi oʻgʻlim.-qoʻl siltadi ustoz.
-Ustozimni menimcha taniysan Leyla.
-Ha, axvolingiz yaxshimi ustoz.
-Hudoga shukur-ki, yaxshiman.-jilmaydi ustoz.
-Ustozim yoʻqligimda saroyni nazorat qilib turadi.-tushuntirgan boʻldi Vargo. Soʻng ustozga qarab -Grafinya Leyla sizga omonat.-deya qoʻlimdan tutdi.
Saroy tashqarisidan karnaylar yangradi. Ortidan doʻmbiralar.
-Men ketishim kerak. Leyla, oʻzingni ehtiyot qil!
Eshik ochilib, bir qiz va bir yigit kirib keldi.
-Bular senga. Sadoqatli qullar. Sening xavfsizliging uchun. Bundan tashqari xizmatingni qilishadi.
-Bu shart emasdi.-dedim hijolat chekib.
-Sen grafinyasan, albatta shart.-Vargo dubulgʻasini kiydi. Va menga bir oz jilmaygancha tikilib turdida, ustozga bosh silkib qoʻyib shaxdam qadamlar bilan zaldan chiqib ketdi. Yugirib borib, markaziy chiqish darvozasi koʻrinadigan ulkan derazadan pastga qaradim.
Vargo otga mindi-da, piyoda va otliqlarning oldiga tushdi. Ikki tabaqali ogʻir temir darvozalar mashaqqat bilan ochildi. Xizmatchi va boshqa kishilar ularga oq yoʻl tilash uchun hovliga toʻplanishib, kuzata boshlashdi. Ayolar roʻmolchalarini silkitgancha xayrlashdilar. Vargo eshikdan oʻtishdan oldin oʻgirilib bir menga qaradi-yu, asta qamchi urdi. Ot egasining hohishini tushungandek joyidan qoʻzgʻalib saroydan chiqdi. Keng ammo havosi urushning isi bilan bulgʻangan yerlar tomon oshiqdi.
Yegʻi kelib, tiyish uchun labimni tishladim. Gʻamnok bosh egdim.
-Hafa boʻlmang ledi.-dedi ustoz yonimga kelib. -Bu kunlar oʻtadi. Hali Vargo zafar qozonib qaytadi yonimizga. Unga ishonaman!
Boshimni koʻtarib, mayus jilmaydim.-Aytganingiz kelsin ustoz, aytganingiz kelsin...
Yanvar oxirlab, fevral kirib keldi. Qattiq sovuq biroz ortda qolib, kiyimlar bir qavatga qisqardi. Ammo urush qadaridan hamon darak yoʻq.
Suyukligim Leyla...
Urushdan yomoni yoʻq. Sharqiy graflar: Lord Bruno va lord Kelvin taslim boʻlishmayabdi. Ularga yordam kelmaganida allaqachon yengan boʻlar edik. Biroq tashqi qoʼshnilar, ularni zabt etishimizni hohlashmay, yoʻlimizga toʻsiq boʻlishyabdi. Lord Ladislaus ikki yuzlamachilik qilib, suvdan quriq chiqmoqchi. Urushga aralashmayabdi ammo jim oʻtirgani ham yoʻq.

Dushmannki quvvatlab, bizga ham yordam berishda urinyabdi. Juda pastkash nusxa!
Urush boshlagan toʻrtta graflardan ikkitasi magʻlub etildi. Bu yogʻiga bardosh berib, qolganini ham maʼlub etish soʻngra ortimga qaytib, sening jamolingga erishish mening yagona istagim.
Saroydan ketganimdan soʻng sogʻinch yuragimni ezib tinim bermay qoʻydi. Seni shunday sogʻindim-ki...
Nasib qilsa yoningga gʻalaba bilan qaytaman. Yuzim yorugʻ holda.
Hurmat ila seni soʻngi nafasigacha sevib qoluvchi, oshigʻing Vargo.
Uning xatini oʻqib boʻlib, javob yozishga kirishdim. Peroimni siyohga botirib, yozuv darslarida oʻrgangan koʻnikmalarimni ishga soldim. Husnixatim avvaldan chiroyli boʻlmagan. Undan uyalmaganman ham. Aksincha, bundan faxrlanardim. Axir "xati hunuklar daho boʻlishadi" deyiladi-ku.
Saroyda hammasi yaxshi. Ustoz menga yozishni oʻrgatgani juda yaxshi boʻldi. U juda ajoyib inson. Menga shunday qiziqarli afsona-yu, asotirlar aytib beradi-ki. Qaniydi yonimda boʻlsang...
Men ham seni juda sogʻindim. Sensiz qanotsiz qushdekman. Oʻzimni dunyodagi eng ojiz va eng yolgʻiz insondek his qilyabman. Tezroq qaytishingni shunday hohlayman-ki, urushni yomon koʻraman! Iltimos men uchun oʻzingni asra! Seni kutaman...
Leylang...
-Xonim, yuring. Saroyni aylanamiz.-dedi Kayli.
Menga tuhfa qilingan qul qizning ismi shunday edi. Kayli sariq sochli, koʻk koʻzlari katta-katta chiroyligina qiz edi. U ogʻir-bosiq, muloyim, koʻzlari, hursand payitida ham mungli boqardi. Grek (qul yigitning ismi) ikkisi allaqachon yaqin sirdoshlarimga aylanishgan edilar. Grek boshida juda kam gap va shunday hafa boʻlib yurardi-ki, uni koʻrgan kishi "butun olam tashvishi uni yelkasiga tushganmikin?" deya oʻylanib qoladi. Keng yelkali, baland boʻyli, qora sochlari kalta, koʻkimtir koʻzli mexribon bu yigit saroydagi hammaning hayolini oʻgʻirlashga ulgurdi. Ammo Grak hech biriga parvo qilmas. Oʻz ishi bilan band boʻlib yurardi. Qizlar tutib olib gapga solishmoqchi boʻlib savol berishganda quruqqina qilib javob berar. Sovuqqonligi tufayli muhlisalarini hafa qilardi.
Saroyda men qadrlaydigan kishilar juda kam. Barmoq bilan sanoqli. Shuning uchun ularning qadri menga juda bilinadi. Qisqa fursat ichida ularning samiymiy va toza qalbini koʻra bildim. Kun boʻyi uchalamiz yosh bola kabi oʻyinlar oʻynardik, kitob oʻqib berardim, soʻng uning ustida muhokamaga berilib ketardik. Kechga yaqin Ustoz Jastin bizga ertaklar aytib berardi. Ular koʻpincha yomon ishlarning oqibati, oʻgʻirlik, yolgʻonchilik, gʻalamislik, va boshqa yomon ishlar insonga qanchalar kulfat keltirishi haqida boʻlardi. Ertaklarida mard, jasur, baʼzan pahlavon, baʼzan esa kuchda uncha omadi chopmagan boʻlsada, aqlli va mehnatkash qahramonlar yuksaklanib, qadri osmongacha yetardi...