Alvon qon.
Men saroy boʻylab navbatdagi sayrga rozi boʻldim. Kaylini qoʻltiqlagancha eski yoʻlaklar, yopiq-ochiq bogʻlar boʻylab keza boshladik. Grek ham ortimizdan ergashdi.
Tanish olma daraxti yoniga kelib, hohishimga koʻra oʻrnatilgan oʻrindiqlarga joylashdik. Har kungidek, Kayli kutubxonadan kitob tanlab keldi. U oʻqish-yozishni bilmasdi. Shunchaki muqovasi yoqqanini olib keladi.
-Bugungi kitob qaysi boʻlarkan?-dedim Kayli uzatgan kitobni koʻzdan kechirgach. -Hoʻsh, "Majnuntol nolasi" Qiziq asarga oʻxshayabdi.
-Bu kichik hikoyalar jamlanmasi.-dedi Kayli magʻzun yerga qarab.-Bu kitobni otam oʻqib berardilar.
-Otang haqida aytmaganding.
-Eh, xonim. Nimasini aytay?! Sakkiz yoshimda otam vafot etdi. Onam kayfu-safoga berilib ketdi. Unga men kerak emasdim. Oxiri joniga tegdimmi bilmayman...
Dalda boʻlish uchun qoʻlidan tutdim. Kayli mayus jilmaydi.
-Oʻz onam meni, badjahl va insoniyligini qullariga qoʻshib pullab yuborgan razil bir qulfurushga sotib yubordi. Agar otajonim tirik boʻlganidami? Hozir balki yaxshi oilaga kelin boʻlib, bolalarimning quchogʻida tinch-totuv hayot kechirayotgan boʻlarmidim.-unsiz yegʻlab, koʻz yoshi qoʻlimga tomdi.
Grek dastoʻmol tutdi. Kayli koʻrsatgan eʼtiborimizdan biroz hijolat tortib qoʻydi. Kulimsirab Grekga qaradi. Grek ham javoban jilmaygandek boʻldi. Ularni kuzatarkanman xotiralarim hayollarimni chulgʻadi. Koʻnglim sogʻinchning achchiq taʼmini tuydi.
-Sen ham oʻtmishing haqida aytib ber Grek.-dedim hayollarimdan biroz chalgʻish uchun.
-Menmi?-u oʻylanib qoldi. Va shoshmay xotiralarini esladi. -Boʻpti aytaman. Faqat Kayli kabi yegʻlashimni kutmang.
Ikkimiz ham uning hazilidan jilmaydik.
-Men esimni taniganimdan beri, kulollik hunari bilan oilamning qornini toʻygizdirardim. Ota-onam ijarachidan qarzlarini uzamiz deya bu olamdan erta oʻtib ketishgandilar. Ikki oʻgʻil ukamni katta qildim. Orada oʻzim ham ulgʻaydim. Ularni oʻzim uyladim. Soʻng uylandim ham. Hotinim - Emma juda yaxshi, irodali, mehnatkash, meni har qanday vaziyatda ham toʻgʻri tushuna oladigan ayol edi. Turmushimizdan nolimas, boriga qanoat qilardi. Biz baxtli edik. Biroz vaqt oʻtib bu shodligimizga yana bir shodlik kelib qoʻshildi. Qiz koʻrdik. Ammo asfufki qizimiz - Natali biroz nimjonroq edi. Bir kuni, oʻsha hudud quldorining askarlari kelib, qishlogʻimizni talon-taroz qila boshladi. Sotsa boʻladigan hammani ushlab olishdi. Meni boshqalarga qoʻshib zanjirband qilishyotganini koʻrgan ayolim, yashiringan yeridan yugurib chiqdi. Askarlar uni shunday hoʻrlashdiki.-Grek alamidan ustunga mushtladi.-Oʻsha kuni oʻlishga ham rozi boʻlgandim. Bolamni... hali chillasi ham chiqib ulgurmagan jajji murgʻak chaqaloqni...-u oʻzini majburlab gapirardi. -Nataliimni yaroqsiz deb bilishdi. U shunday shirin qizaloq ediki...-koʻzlaridan qalqiyotgan yoshlarni mushtlari tugilgan holda artdi. -Oʻsha la'nati olovda u emas men yonsam edi! U hali yashashi, bu hayotni koʻrishi kerak edi. Xotinim bilan meni qullikga topshirishdi. Xotinim qizimizning kuyugini koʻtara olmadi. "Qizimni yoniga ketishni istayman!" deya takrorlardi. Va niyyatiga yetti ham. -Ikki qoʻllariga qaradi.-Uni shu qoʻllarim bilan koʻmdim.
Uni boʻynidagi gʻami chindan ham butun olamga tatiydigan. Miyyamdagi qochish gʻoyasi yana jonlana boshladi. Agar menda ham shunday boʻlsachi? Vargo jangda yengilsa, yoki saroyda yana unga suiasd uyishtirilsachi? Men qanday chidayman bu gʻamga?
Shu on hammasidan voz kechib qochib ketgim keldi. Biroq qayerga boraman? Nima qilaman? Agar qochish qoʻlimdan kelgudek boʻlsa ham, yana qul boʻlib sotilib ketmasligimga kim kafolat bera oladi? Birinchi safar qullik azoblarini uncha koʻrmadim. Shunda ham quldorimning koʻngli boʻshligidan emas, menga koʻp narx toʻlagani uchun.
Kayli xoʻrsinib yerga qaradi. Gerk allaqachon xotiralariga kirib ketgan. Ogʻir jimlik hukm surardi.
-Kullikda meni koʻproq omadim chopgan ekan.-dedim sukunatni buzish uchun. -Kelinglar bozorni aylanmaymizmi?
-Bizga ruhsat berisharmikin?-soʻradi Kayli.
-Men grafinya Leylaman! Endi oddiy kanizak emasman. Kim toʻsqinlik qila olardi?! Grek, foytun tayorlashlarini buyur.
Xoʻp xonim.-Grek tez-tez yurib ketdi.
-Tashqariga chiqishni anchadan beri hohlayotgamdim.-dedim menga tikilib turgan Kaylidan koʻzimni olib qochib. Vargoni tashlab ketishni aslo istamayman. Lekin bu yerlarda qolib ketish qoʻrquvi... Menimcha, men oʻtaketgan hudbinman. Nima qilib boʻlsa ham shu kafasdek saroydan chiqishim kerak...
Foytun ulkan darvozalardan chiqib, tepa-past yoʻllar boʻylab shoshilmay yura boshladi. Derazani toʻsib turgan qora pardani surib, atrofga nazar tashladim. Sovuq shabboda yuzimni silab oʻtdi. Koʻzimni yumib, ozodlikdan ruhim biroz yengillagandek boʻldi. Hech qachon ortga qaytmasam edi.
Bizga eng yaqin bozor -bandargoh boʻlib, tanish yerga ohirgi marotaba, qul sifatida kelgandim. Oradan vaqtlar oʻtdi. Baribir oʻsha-oʻsha. Foytundan asta tushib, bozor tomon oʻychan qadam bosdim.
-Yaxshi bozor.-dedi Kayli yonimga kelib.
-Menimcha ham.-dedim atrofga maqtalayotgan buyumlarga befarqlik bilan qararkanman.
Ularning hech biri meni qiziqtirmasdi. Qullarni koʻrmoqchi edim. Balki ularning qanday qiynalayotganliklarini koʻrib, qochish haqidagi oʻylarimda qatʼiyatliroq boʻlarman. Bu davrning eng chirkin yeriga oʻtdim - qul bozori. Oʻzimning osoyishta, betashvish oldingi tinch hayotimni qumsadim.
Grekning yuzi azobdan burishdi. U bunday yerlarni yoqtirmaydi. Xotiralari qayta esga tushib, yuragini tosh ezgandek qiynaladi. Kayli ham rastalarga qarashni istamay boshini egdi. Oʻz qoʻlida boʻlganda, umuman bu yerga qadam bosmasdi. Yaqiniga ham yoʻlamasdi.
Opa!-qulogʻim tagida menga tanish boʻlgan ovoz yangradi. Manbayini qidirib boshimni sarak-sarak qilib qidirdim.
-Opa! Safi...
Nihoyat topdim. Yugurib borib, eski "qadirdonimni" uchiratdim.
-Oʻ-oʻ-oʻ!-dedi Emerik. Menga boshdan oyoq razm solib. -Sen haqingda eshitgandim. Grafinya boʻlibsan. Meni bir yoʻqlab qoʻyay ham demaysan-a.-u oʻzini hafa boʻlgan koʻyga soldi.
-Safi opa!-rastada turgan ozgʻin, sochlari toʻzgʻigan, rangpar, koʻzlari katta-katta qiz men tomon talpindi.
Ammo Emerik uni toʻxtatib qoldi.
-Hoy-hoy-hoy! qayoqqa? Tez joyingga qaytmasang...-mushtini doʻlaytirib, qizga oʻqraydi.
Bechora qiz menga moʻltiragancha yalina boshladi:
-Opa! jon opa! meni qutqaring. Men Miliman.
-Mili? -uni esladim! U qiz mening... toʻgʻrirogʻi Safiyaning singlisi. Ammo bu yerda nima qilyabdi? Axir juda yosh-ku. Koʻrinishidan endi oʻn toʻrt, oʻn uchga kitgan qizga oʻxshaydi.
-Tort undan qoʻlingni olchoq!-Milini tortib olib, bagʻrimga bosdim.
-Yoʻq-yoʻq, xonimcha! -razilona irshaydi Emrik. -Qul meniki. Hohlagan ishimni qilaman.
-Ablah! -Grek kamarida olib yuradigan hanjarini uni boʻyniga tiradi. -Qarshingda grafinya turibdi. Joningdan toʻydingmi?!
-Oʻzingni bos mushtumi zoʻr. Men butunlay qonuniy ish qilyabman. Agar muhtaram grafinya singlisini olmoqchi boʻlsa... marhamat qilib pulini toʻlab qoʻysin. Hatto qirol ham oʻz-oʻzidan, menga tegishli boʻlgan qulni ozod qilolmaydi.
-Qanday razil, qanday jirkanch odamsan-a!-dedim undan jirkanib. -Men Milini olaman. Bundan koʻngling toʻq boʻlsin.
-Qanday omadlisan. Naq tosh yurak grafimizning koʻngliga yoʻl topa olding.-ikki yuzlamachilik qila boshladi Emrik. -Kechagina rastada sotilmay qolib ketgan, oddiy choʻri eding.
-Hoziroq ovozingni oʻchirmasang qasam ichamanki shu jin urgan rastalaring qoning bilan boʻyaladi!-oʻshqirdi Grek.
-Biz bozorda ekanligimizni yodingdan chiqarib qoʻyibsan chamasi qulvachcha.
-Tinchlikmi?-ikki askar yonimizga keldi.
-Grek, uni qoʻyib yubor.-buyurdim men.
U istamaygina hanjarini olib qamariga qayta ildi. Emrikga oʻqraygancha pishqirib, ortga tisarildi.
-Janoblar hammasi joyida.-iljaydi Emrik. -Shunchaki eski doʻstlarim bilan ozroq tortishdim.
Askarlar shubhali qarab nari ketdilar.
-Narxini ayt!
-Uch yuz marka.-dedi Emerik koʻzlarini loʻq qilib.
-Qancha?!-jahli chiqib letdi Kaylining. -Bu pulga beshta qulni sotib olsa boʻladi. Noinsof!
-Qoʻyib berdi deb, oʻgʻzingga kelganini gapiraverma choʻri!-soʻkdi Emrik. -Koʻnsalaring shu. Yoʻqsa joʻnanglar, askarlarni chaqirmasimdan. Bilasizlar-a, qul bozor boshligʻining askarlari egasidan boʻlak hech kimga, hatto Graf-u qirollarga ham boʻysunmasligini.
-Unga aytganini ber.-dedim jiddiy turib.
-Ammo xonim...
-Bas Grek! Bu buyruq.
Grek buqaqarash qilgancha qoʻrslik bilan qoʻynidan xaltacha chiqarib quldorga otdi.
-Eshitishimcha Graf Vargoshining ishlari yaxshi emasmish.-iljaydi Emrik xaltadagi kumush tangalarni sanab olarkan. -Yana shuni eshitdimki...
-Menga qara! Yelkangda turgan mana bu tovuq kallangni hamma yerga ham suqaverma. Ayrilib qolma tagʻn. -dedim toqatim toq boʻlib, unga oʻqrayarkanman. -Yoʻqsa is bosgan rastalaringda kim qullaringni sotadi?! Choy chaqalar oʻzingga buyursin!
Milini qoʻlidan tutib, tez-tez yurib ketdim. Jahlimni chiqargan narsa Mili qul qilingani yoki Emerikning qoʻpol muomilasi emas. Vargo haqidagi gap boʻldi. Undan havotir olaverib, yurak-bagʻrim qon boʻlgandi. Emrikni gapi oshib tushdi. Tezroq foytunga yetib olsam-u, bu gʻala-gʻovur yerlardan uzoqlashsam.
Foytun yoniga kelibgina toʻxtadim. Hansirarkanman, menga moʻltirab qarab turgan qizaloq qaradim.
-Axvoling qalay?-soʻradim undan.-Yaxshimisan?
U bosh silkidi. Va koʻnglimni hotirjam qilish uchun majburan jilmaydi.
-Sizni sogʻindim opajon!-u meni qayta bagʻriga bosdi. -Endi ketib qolmang. Hech qayoqqa ketmang.
Nega hamma meni qayoqqadir ketmasligimni soʻraydi. Shundogʻam bu yerlarda oʻtgan har kunim meni goʻyo ipsiz bogʻlab-chirmab borayotgandek. Qayoqqa ham borardim. Milini oʻzimdan uzoqlashtirib, yegʻlamaslik uchun labimni tishlagancha mayus jilmaydim. Bu orada Grek va Kayli ham yugurib kelishdi. Grek arava eshigini ochdi. Kayli men va Mili foytun ichiga, Grek esa haydovchining yoniga joylashdi.
-Oʻ-oʻ, opa!-dedi Mili foytun ichiga hayrat bilan razm solib. -Bular sizga qarashlimi?
-Deyarli...
-Opangiz grafinya!-yelkasidan quchdi Kayli, jilmaygancha. -Saroyda yashaydi. Malikadek gap.
-Voy!-ichiga sigʻmay qarshimdan yonimga oʻtdi. -Rostdanmi, rostdanmi, rostdanmi?!
-Ha,-beixtiyor tabassum qildim, uni boshini silarkanman. Menga aytchi Mili, bu... bozorga, ya'ni quldorni qoʻliga qanday tushib qolding? Axir akalaring... yoʻgʻe, akalarim bor ediku, ular yoʻl qoʻyishdimi shunga?
Hursand qizaloq darrov homushlandi. Hoʻrsingancha burnini tordi.
-Akalarim... ularni siz ketganingizdan keyin olib ketishdi. Qul boʻlib sotilishgan. Bechoragina onam! Bu dardga chidolmay osmonga ketdilar. Ularni sogʻindim.-koʻzidan achchiq yosh oqdi. -Otam sogʻinganingda tushingga kiradi deyishgandi. Yolgʻon ekan. Opa, onamni, otamni, akalarimni sogʻindim!-qiz xoʻngragamcha bagʻrimga otildi.
Qoʻshilishib yegʻladim. Kayli ham bildirmaslikga urindiyu, baribir yegʻlayotganini sezdirib qoʻydi. Grek nima boʻlayotganini bilish uchun foytunni toʻxtatib, eshikni ochdi. Va hammamizni yegʻlayotganimizni koʻrib, nima boʻlayotganiga tushunmay, hayron boʻlgancha turib qoldi...