December 4, 2025

Alvon qon.

16-BOB.

Qaror.

Grek, Ustoz Jastin tayyorlab bergan quvvat malhamini koʻtargancha xonamga kirarkan Kaylining havotirli yuziga yoʻliqdi.
-Xonim qani?-soʻradi u.
-Balkonda. Ammo hech narsa yedirolmayabman. Saxar turib olganlar-u, "uzugim qani?" Deya baqirib ketishdi. Keyin singlisi bergan uzukni bagʻriga bosib qotib qolishdiyu, oʻzlarini balkonga urdilar. Nima qilay Grek?
Grek patnisni Kayliga uzatdiyu, sekin yurgancha koʻrpani olib balkonga chiqdi.
Men sovuq boʻlishiga qaramay, uzukni koʻksimga bosib, hayolchan turardim.
-Sizni nima qiynayapti mis?-Grek ohista koʻrpani yelkamga tashlab qoʻydi. -Men yangilikni eshitdim. Siz uchun hursandman.
-Men... Qoʻrqandim.
-Nimadan mis?
-Shu zamonda qolib ketishdan. Ikkilanish ichimni kemirayotgandi. Huddi daraxtni qurt yemirgani kabi. Biroq...
Qoʻllarimni tushirib qornimga qoʻydim.
-...Biroq men nihoyat qaror qildim. Vargo va bolam uchun ham qolishim eng toʻgʻri tanlov.
-Mis... Men gaplaringizni magʻzini chaqishga noʻnoqlik qilyabman chamasi.
Chuqur nafas olarkanman uzukni choʻntagimga solib, unga jilmayib qaradim.
-Qoʻyaver. Endi bu muhim emas.
Shaxdam qadamlar bilan ichkariga kirib ustindagi koʻrpani uloqtirdim. Kayli choʻchib koʻrpani olib olishga urindiyu bekor ketdi.
-Aytchi Grek, mamlakatdagi eng ogʻir uqibat nima?
-Eng ogʻirimi?
-Men men aytay.-dedi Kayli.-Oʻlim, och qplish va...
-Boʻldi boʻldi. Shoshilma Kayli. Menimcha bu yaqin insondan judolik.
-Toʻgʻri topding. Hoʻsh Grafligimiz hududida qullik avjiga chiqqanidna habaring bor. Osongina bunga barham berolamiz. Ammo qolgan yerlarchi?
-Qirol aralashmasa iloji yoʻq.
-Ha, ammo qirol yoʻq. Shunday ekan. Uni oʻrniga mamlakatni boshqarib turganlar bu masalani koʻrib chiqoladi.
-Mis... Aytingni nimani boshlamoqchisiz.
-Modomiki shu yerda qolar ekanman. Farzandim uchcun yorqin kelajak va tinch mamlakatni taʼminlashim zarur. Buning uchun eng avvalo qullik botqogʻini quritamiz.
-Bu ilojsiz ishdei koʻrinyabdi xonim.
-Kayli... Men uchun ilojsiz ishni oʻzi yoʻq! Men axir togʻ echkisiman.
Kayli jilmayib qoʻydi.
-Grek
-Labbay mis?
-Men bilanmisan?
-Umrimning soʻngigacha.
-Unda Ustoz Jastinni chorla. Gaplashadigan gaplarimiz bor...