December 13, 2025

Alvon qon.

18-BOB.

Fevral oyining ohiri. Farsang (Qish ohirida bahor chaqirish maqsadida oʻtkaziladigan ommaviy niqoblar bali) munosabadi bilan butun Vengerya Slavakiya butunlay chiroqlarga burkandi.
Aholi qullik tugagani haqidagi habardan boshlari koʻkga yetgudek hursand boʻlishdi. Biroq qonunning bir tamoni bor. Allaqachon sotilib boʻlgan, egasiga hizmat qilishni boshlagan qullar majburan ozod etilmaydi. Bu sohibning himmatiga bogʻliq. Odamlar shunisiga ham shukr qilib koʻnggillari hotirjam boʻldi. Qul bozori yopilib, rastalardagi qullar oʻz uylariga qaytishdi. Qonunga qarshi chiqqan va qoʻzgʻalon boshlashi kutilayotganlar qamab qoʻyildi. Qambagʻallar yayradi.
Qasrda bal oldi tashkiliy ishlar avjiga chiqib, hamma jilmayib yelib yugurar, hirgoyi qilishar, bayram shukuhi butun qasrni egallab olgandi.
Bu safargi bayram bizning qasrimizda oʻtkaziladigan boʻldi. Graflar meni nutqimdan soʻng qasrimga taahrif buyirishni hohlab qolishganmish.
-Tentaklar uyushmasi. -dedim Ustoz Jastindan bal haqida eshitib oʻturarkanman. -Ertaga kelishib olib ketimni poylashadi. Hatta harakatimdan min topib, mayda gap koʻpaytirishadi. Aniq bu.
-Birinchi oʻrinda qizalogʻim, ular yonida muloyim boʻling. Nima qilsa ham ularsiz qullikni bekor qilolmasdik. Va yana...
Toʻsatdan ustoz toʻxtadiyu ogʻir-ogʻir yoʻtala boshladi.
-Ahvolingiz yaxshimi ustoz?
-Ha bolam yaxshiman. Biroz yoʻtal holos, eʼtibor berishga arzimaydi. Qarilik endi nimayam qilardik.
-Darhol tabibga uchrangda davolanishga tushing! Siz kasal boʻlmang. Hozir emas. Umuman hech qachon.
Ustoz kulib qoʻydi.
-Qizim mendna havotur olmang. Koʻp oʻylanmang axir tirik jonni olib yuribsiz. U haqida mendan koʻproq qaygʻuring.
-Hop... Ustoz...
-Labbay?
-Vargo... Undan xat kelmayabdi. Havotir olyabman. Ayting nima qilgan boʻlishi mumkin?
-Urish... Urush doim falokatlar bilan kelgan. U huddi oʻlatga oʻxshaydi. Keldimi qurbonlarsiz ketmaydi. Ammo Vargo mohir jangchi. U avval ham jangga kirgan, va sogʻ qaytgan. Ishonchim komil. U omon ammo mavrid topolmayotgandir. Bilasiz urush maydoni oʻyinchoq emas.
-Muhimi u omon qaytsa boʻldi. Sabr bilan kutaman.
Ustoz mehr bilan boshimni silab qoʻyarkan taʼzim qilib chiqishga ruhsat soʻradi...
Bal... Saroy tanib boʻlmas darajada oʻzgarib chiroqlar yogʻdusi ostida yorishib ketdi. Katta zalda stollar usti shirinlik va noz-nematlar bilan toʻlatilgan, sozandalar shoʻx kuy chalishda bir birii bilan bahslashgandek shiddat bilan chalishar, mehmonlar va hizmatchilar turlu niqoblarda, hatto polda odamlar aksi koʻrinardi.
Zinadan tushib, ulkan temir eshiklar qarshisiga keldim. Toʻlinsimon qilingan sochlarim yelkamdan tushib, toʻlgʻanib turardi.

Hizmatchilar nim tabassum bilan eshiklarni ochishdiyu katta zal yogʻdusi qorongʻiroq yoʻlaklarga tushdi. Kayli va Grek ortimdan magʻrurona ergashgancha menga hamroh boʻlishdi. Zalga qadam bosdim. Yoʻlda hizmatchi tutgan oqqush niqobini olib bogʻlab olarkanman zalni koʻzdan kechirdim. Olamon raqsni boshlab yuborgan, huddi ertaklardagidek bir xil tizilib vals tushishar, nafis hirom aylab koʻylaklarini hilpiratgancha aylanib qoʻyishardi. Hizmatchilar patnisda ichimlik va shirinliklar tarqatib yurishar, uch yoki toʻrt kishilik jamoa orasidan baland qahqahalar eshitilardi.
-Bugun juda latofatlisiz ledi. -Dedi Graf Metyu.
-Minnatdorman Lord Metyu.-yengil tazon qildim.
Graf yana nimadir deb tirjaygan yerida eshitishni istamay bahona qilib nari ketdim.
-Koʻzi olaymay oʻlsin-dedi Kayli sekin kelib.-Uyatsiz kishi ekan. Qarashini qaranga.
-Etibor berma. Nomi aslzoda boʻlgani bilan odmaiylikdan asar ham qolmagan ularda. Har qanday tubanlikni kutish mumkin.
Qoʻlimga qadah oldim. Endi xoʻplayman deganimda toʻsatdan musiqa pasayib zalda qadahning jaranglagan ovozi yangradi.
-Hurmatli Ledis va Lordlar...-dedi orden yetakchisi boʻlmish eski tanishim Graf Celje -...baronlar, savdogarlar va xonimlar, Farsang hammamizga muborak boʻlsin!

Lord qadahini baland koʻtardi. Hamma qiyqirib qadahlarni koʻtargancha bir ovozdan "Farsang qutlugʻ kelsin!" Deya hayqirishdi. Qadahlar boʻshatilgach graf soʻzida davom etdi. -Mamlakatimizga bahor barakali va toʻkin-sochinlik ila kelsin. Sovuq kunlar oʻzi birla sovuq urushni ham olib ketsin. Yaqinda yangi qonunning qayt etilishida eshtirok etganlarga tashakkurlarimni izhor qilaman. Avvallambor past tabaqa vakillari uchun jon kuydurib haqiyqiy oliyjanob va mehribonlik qilgan Ledi Leylaga minnatdorchilik bildiramiz. U tufayli oddiy insonlar farzandlari haqida qaygʻurmay tinch uyquga ketadi. Ledi... -Graf qoʻlini men tomon uzatib yoniga chorladi.-Bu yoqqa keling. Bir ikki ogʻiz nutq soʻzlash hozirgi paytga yarashiqli boʻladi.
Nutqim uniki kabi tayyor boʻlmasada qadahimni magʻrurona tutgancha markaz tomon yurdim. Graf yengil taʼzim qilib joy boʻshatdiyu, boshlang deya ishora qildi.
Bir on yegʻilganlarga qarab oldimu endi ogʻiz juftlagan edimki birdan zal eshiklari lang ochildiyu sovuq shamol esib butunlay zimistonga aylantirdi. Hamma oh urib yubordi. Bir varakayiga koʻzlar eshikka tikildi.
-Vargo?
U ogʻir qadamlar bilan bazoʻr kirb eshikka suyandiyu olamonga tikildi. Meni qoʻlimdagi qadah polga tushib chil-chil boʻldi. Etagimni koʻtarib yugurdim. Hizmatchilar har qayoqqa chopib chiroqlarni yoqishga tushishdi.
Endi yetib borganimda u oʻzini menga tashladiyu hushidan ketdi.
-Vargo?! E hudoyim!-qoʻlim qonga boʻyalganini koʻrdim. -O yoʻq! TABIBNI CHAQIRING!!!