December 4, 2025

Alvon qon.

15-BOB

-Sizlarga nima qildi oʻzi?-soʻradi Grek hammamizga hayronlik bilan qarab chiqarkan.
-Grek, izvoshchiga ayt:-Miliga qaradim.-Mili, biz yashagan qishloqning nomi nima edi?
Mili bir on oʻylanib qoldi.
- Filisburk.
-Eshitding-a?-soʻradim Grekdan.
U ha degandek ishora qilib, eshikni berkitgancha, izvoshchining yoniga qaytdi. Foytun yoʻnalishini oʻzgartirdi...
Flisburk qishlogʻi, Slavakiyadagi eng katta saroy boʻlmish - "Krasnhorkaning" (Vargoning qal'asi) janubi-gʻarbiy hududlaridagi sohil boʻyi bandargoh bozoridan bir yarim soatlik yoʻl uzoqlikda joylashgan, asosiy aholisi dehqonlar, chorvadorlar, kulollar yashaydigan qishloq edi.
Foytun toʻxtab eshik ochildi. Mili shoshib tushib, yugurib ketdi. Sekin bir oyogʻimni yerga qoʻydim. Flisburk! ha-a-a, faxrlansa arziydigan qishloq deya aytolmayman. Pastxam, loydan qilingan xaroba uylar, hatto bazilari ogʻib tushaman deb turibdi. Bir tomonga qiyshaygancha shamol yoki qattiq selni kutyabdi. Yerlar balchiq loy. Ikkinchi oyogʻimni qoʻyib ulgurmasimdan, biriga toʻpigʻimgacha loy tegdi. Havosi qandaydir bugʻiq. Bamisoli, anchadan beri ochilmagan honanikidek. Ogʻir, nafas olish qiyin. Tushkunlik va qaygʻu hatto havoga ham urib ketgan. Shodon kishini ham yuragini ezib, kayfiyatini tushiradi. Nega avval sezmaganman buni? Ilk kelganimda, balki ulgirmagandirman. Nega unda bu safar hali tushib ulgurmasimdan sezdim?
-Xonim tinchlikmi? Axvolingiz yomon. -havotirlanib soʻradi Grek. Menga foytundan tushishim uchun qoʻl uzatarkan. -Yuzingnizdan qon qochgan, betobmisiz?
Kayli boshqa eshikdan tushib, izvoshni aylanib oʻtdi.
-Rostdan ham. -tasdiqladi Kayli, achinish nigohi bilan qarab. -Bugun hosiyatsiz kun boʻldi. Avval bizni deb kayfiyatingiz buzuldi, soʻng anavi beyuz quldorni deb, endi boʻlsa singlingiz. Grek toʻgʻri aytyabdi. Koʻrinishingizdan oyogʻda bazoʻr turayotgan kishideksiz. Saroyga qaytaylikmi?!
Men yoʻq ishorasini qildimda ikkinchi oyogʻimni ham yol yoʻlga qoʻydim. Ertagimni xiyol koʻtarib, atrofga nazar tashlagancha odimladim.
Yumushlari bilan ovora kishilar meni koʻrib huddi arvoh bilan uchrashishgandek qotishdi. Bir-ikki bolalar yugurib kelib menga jilmaygancha qarab qolishdi. Hatto ba'zilarini onalari qoʻlidan tortqilab orqalariga yashirishdi. Hammalari yoʻq deganda, bir farzandidan ayrilgan.
Qishloq axolisi huddi men turgan asosiy yoʻlga koʻchib kelishgandek. Bir pastda toʻplanishdi. Menga hayrat, achchiq, yovqarashlik va olazarak qarovchilar koʻpaydi. Oralaridagi yagona jilmayotganlari bolalardir. Hali hech marsaga aqli yetmaydigan, dunyoning achchiq-chuchugidan totib koʻrmagan begunoh farishtalar. Kattalar esa yuz yillik yov, dushmaniga qaragandek. Sovuq va hursandchilik nimaligini unutgan, nigohida tashvishlardan hosil boʻlgan boʻshliqlar bor holos. Yuzlari ayriliq dogʻlariga toʻlgan. Yelkalari ilojsizlik yuklari bilan egilgan...
Mili yonimga yugurib keldi. Qoʻlimdan tutgancha yoʻl boshladi. Odamlar toʻpidan oʻtib, hotiramda parchalari saqlangan manzarani qayta koʻrdim. Ilk tushib qolganimda koʻrgandim buni. Mening... Safiyaning uyi! Ammo oʻtgan galgidek pasxa uy moʻrisidan tutun chiqmayabdi. Kimsasiz ekanligini payqash qiyin emas. Sahrodan yagona farqi, qum yoʻqligi ekanligidir. Uy yonidagi eski yogʻoch arava mogʻor bosib, ishdan chiqib ketibdi. Devorlariga yashil oʻtlar chirmasha boshlagan.
Eshikdan qoʻrongʻu uyga kirdim. Menimcha bu yerda ovqatlanishgan. Xonada bitta eskirib ketgan past stol-u, uch dona undan qolishmaydigan stullar, zuvalaga suvoq bilan ishlov berilgan oʻchoq va yogʻlama qozon, yonida taxta idishlar chang qoplangancha turardi. Xonadan yana bir xonaga oʻtsa boʻlardi. Mili boshchiligida oʻsha xonaga kirdim. Devorning bir burchagida, paxolga oʻxshash narsa tashlangan yerda bir kishi gʻujanak boʻlib yotardi.
Mili borib, asta silkidi. Mayin tovush bilan:
-Otajon.-deya chaqirdi.

Erkak hurkib turdida, bizni koʻrib nima qilarini bilmay qotib qoldi. Milini bagʻriga bosib, sochlaridan oʻpdi. Yegʻlagancha:
-Jajji malikam! -deya erkaladi.
Otam boʻlib chiqqan insonning boʻyi pastroq, yuzida ajinlar shunday koʻp ediki, butun umrini siqilish bilan oʻtkazgan kishi, nega hayron qolyabman oʻzi?!
Dehqon Hans endi ellikni qoralagan boʻlsada, farzand judoligi va turmush mashaqqati belini bukchaytirib, yetmishdan oʻtgan qariyalar kabi qilib koʻrsatardi. Ozgʻin tanasida chayqalib turdiyu, qoq suyak qoʻllarini menga choʻzdi.
Axir u meni qizi Safiya deya oʻylaydiku! Bu esimga tushib, qoʻllaridan tutdim. Hans ota yegʻlagancha boshimni siladi. Holsizllanib oyogʻi qaltiray boshladi. Sezib, darrov oʻtirishiga koʻmaklashdim.
-Safi!-dedi horgʻin va boʻgʻiq ovozda. -Keldingmi? Meni farishtam!
Achishayotgan koʻzlarim qayta yoshlandi. Oʻz otam bilan suhbatlashayotgandek his qildim.
-Ha keldim, o...-ovozim chiqmay qoldi. Kuchimni yegʻdim. -Otajon! Sizni sogʻindim!-bagʻriga oʻzimni urdim.
Mehnatdan qavarib, dagʻallashib ketgan qoʻllari bilan yuzimni siladi.
-Seni olib ketishganini eshitib... judayam hafa boʻlgandim. Qanday qilib qullikdan qutula olding? Yoki qochdingmi? Mili-chi?
-Milini sotib oldim.Endi u ozod. Men esa turmushga chiqdim.
-Opam endi grafinya!-dedi Mili shoshib.
-Nima?-hayron boʻldi Hans ota. -Grafinya? qaysi graf?
-Graf Vargoshi.-javob berdim men.
-Eh! qizim,-battar qaygʻuga botgancha boshini changalladi Hans ota.-U yaxshi inson emas! Otasi lord Gizberg vaxshiy graf boʻlgan. Uning davrida xalq shunday qiynalganki...
-Menga ishonasizmi? Unda Vargoga ham ishoning. U umuman boshqacha. Otasiga sira oʻxshamaydi. Hozir biz uchun qon kechib yuribdi.
-Baribir koʻnglim allanechuk.-ota koʼzlarimga qattiq tikildi. -Baxtlimisan?
Men ha degandek jilmaydim.
-Unda qoʻshaqarigin. Nega ranging siniq? koʻzlaring nursiz? qizim!-oʻzi bir axvolda boʻlsada, hali ham meni tashvishimni qilyabdi.
-Axvolim yaxshi. Saroydan anchadan beri chiqmagandim. Havo almashtirganim yoqmadi shekilli.-koʻzimni olib qochdim.
Chunki yolgʻon soʻzlaganim fosh boʻlib qolsa, boshqa baxona topishga vaqt tigʻizlik qiladi.
Boshim gʻuvillab, aylana boshladi. Oʻzimni tuta olmay, yeqilishimga bir bahya qoldi. Grek kelib qolib meni tutib qoldi.
-Xonim! bugun tuz totganingiz yoʻq. Uni ustiga charchoq...
-Men yaxshiman.-Hans otaga qaradim. -Ota men bilan saroyga boring!-oʻtindim.
-U yer meni joyim emas oppogʻim. Shu kulbamda qolaman.
-Bu yer yashashga yaroqsiz.
Hans ota yoʻtala-yoʻtala kuldi.
-Mana shu, sen aytgan "yaroqsiz" uyda onang bilan, seni va aka-singlingni katta qilganmiz.
-Sizni oʻzingizni qanday tashlab ketaman?
-Men borman-ku.-otasini quchdi Mili. -Otamga qarayman, uy yumushlarini har qalay uddalay olaman.
Jilmayib singlimni boshini siladim.
-Unda men, saroydan hamma kerakli narsalarni joʻnataman.
Grek turishimga koʻmaklashdi. Ular qoʻzgʻalmasliklarini ishora qildim. Kuzatib qoʻymasliklarini soʻradim. Grek meni Kayliga topshirib, foytunga qarab yugurdi. Ikkimiz qoʻltiqlashib, kelgan tomonimizga qarab yurdik.
-Opajon! toʻxtang.-endi izvoshga chiqayotganimda yugurib kelib toʻxtatdi Mili. -Bu... bu...-hansiradi u. -Sizniki edi. Oʻshanda berkingan yerimizdan quldorlarga qarab yugurganingizda tushurib qoʻygandingiz.
Tanish, eski va chiroyli deb boʻlmaydigan, faqat qizil toshi yaltirab turadigan uzuk. Milini qoʻlida hech ham zarar yetmay turardi.
Uzuk ichimdagi soʻngi tomchi kuchni ham soʻrib olgandek tuyuldi. Hushimni yoʻqotdim...