February 14

Gʻaroyib mavjudotlar

✯ Muqaddima ✯

Koʻp asrlar oldin, yerda hudo hohishi ila ikki farishta tushib keldi. Ular insonlar qarshisiga chiqib ularga yani dunyo aholisiga jodu sanʼatini oʻrgatishlari buyurilganini aytdilar. Ammo buning badali qora olov va cheksiz azob uqubat ekanini aytib ogohlantirishdi. Farishtalarhar safar ular yonuga sexrni oʻrgangani kelganlarga alohida alohida ogohlantirishar, inson rozi boʻlgandagina sexrni oʻrgatishardi.
Bu sinov edi. Inson zotini xirs va kuchga ega chiqish ishtiyoqini qora niyyati yomonlikka oʻchligini sinash yoʻli...
Vaqt oʻtib insonlar bu sanʼatni mukammal oʻzlashtirdilar va ular ichidagi yovuz niyyat qalqib chiqa boshladi. Xalqlar qirildi, shaharlar talanib davlatlar yoʻq boʻldi. Insonlar ixtiyoriga qarshi sexr ishlatilib bir-biriga yaqin boʻlgan azizlarini oʻldirtirishdi. Hech kim hali bunday vaxshiylikni koʻrmagan edi. Qonli va zulmatli davrlar iymoni zaif va zulmatga moyil kishilarni botqogʻiga tortib ketdi.
Biroq dunyo vayronlikka yuz tutish arafasi yana bir farishta Azroil tushdi.
Shunday qoqongʻu davrda ham motyi boʻlsada porloq nurlar topilib turadi. Oddiy dehqon qizi bo‘lgan ..... sehr tufayli bor-budini va oilasini yo‘qotdi. Uning qishlog‘i zulmat ichida yonganda, u qarg‘ish aytmadi, aksincha, o‘zgalarning jarohatiga malham bo‘lishga urindi. Albatta yovuzlik bir kelib chekinishiga va yorqin kelajakning borligica bor qalbi bilan ishondi. Undagi ezgulik nuri doim olgʻa harakatlanishga undadi va bir on ham yaxshilikka gumon qilmadi.
Yerga tushgan Azroil kutilmaganda uning qarshisida zohir bo‘ldi. Farishtaning haybati osmonni qoplagan bo‘lsa-da, .....ning ko‘zlarida qo‘rquv emas, balki mungli bir taslimiyat bor edi. Azroil nega kelgani haqida bayon qildi:
— Men nafsiga qul bo‘lganlarning muddatini tugatgani keldim, — dedi farishta, uning ovozi go‘yo ming yillik sado kabi yangradi. — Va’da qilingan olov zulmatdagi qalblarni intiq kutmoqda....
Azroil qizni oʻziga hamroh boʻlishi buyirilgani haqida gapirdi. Qiz unga qaratilgan bu moʻjiza va eʼtibordan quvondi va jonini tikib boʻlsada sexrgarlarga qarshi turishga ont ichdi.
..... zulmlardan azob chekkan bechoralarni ruhini koʻtarib oyoqqa turgizdi. Ularga qalbidagi nurdan ulashib oʻz qoʻllari ila kelajaklarini asrashlari mumkinligiga ishontirdi
Azroil kuchli sexrga qarshi turishi uchun .....ga qobiliyat tuhfa qildi va uni faqta toza, nafrat va riyosiz qalb orqaligina ishlata olishni tushuntirdi.
Jang boshlandi. Yovuzlik va egzulik jangi....
Sexrgarlariga ishonib kibrga berilgan zulmat qalblar oddiy insonlarga yengila boshladi. Bu ularni ohir havsiratib qoʻyib, kuchlarini oshirish maqsadadida hayvonlarda jodu qoʻllab ularni mahluqlarga aylantira boshladilar.
..... jangda notanish mahluqotlar qoʻshinini koʻrib Azroilga qaradi. Shunda farishta "Hammasi yaxshi" degandek jilmaydiyu bir sakrab urush oʻchogʻining qoq markaziga tushdi. Va buyruq kutib osmonga tikildi. Nihoyat ruhsat olgach u koʻzlagan jonlarni nafasi ila sugʻurib oldi va yerga musht urdi. Bu mushtdan yer shunday zirillab ketdiki maydondagi barcha mahluqlar har tarafga uchib ketdi....
Sexrgarlar magʻlub boʻldi. Hudo ularni toʻliq yoʻq qilmadi. Ular sinov tariqasida bu qora yillarni eslatib insonlarni sinash uchun qoldirildi.
Azroil sexr olib tushgan farishtalar bilan ortiqag qaytib ketdi.
Noor orzu qilgan kelajakni qurgan holda sexga qarshi jangini davom ettirdi. Va oʻz baxtini ham topdi. Koʻp oʻtmay oʻz kuchidan ham qudratliroq boʻlgan kuchga ega ikki egizak oʻgʻil koʻrdi. Ularni Zahir va Somir deb atadi. Oʻgʻillari u boshlagan ishni davom ettirishiga qattiq ishondi.
Dunyo osoyishtalikka erishdi va zulmat chekindi...
Ammo tunlardan bir tunda Noor Somirning zulmat yoʻliga kirganidan habar topdi. U eski sexrga qoʻl urgandi.
Noor bolalarini qattiq yaxshi koʻrardi. Somir shu sevgidan foydalanib onasining kuchini soʻrib olib qochib ketdi. Noor halok boʻldi. Somirning egizak akasi Zahir esa uni taqib qilib ketdi. Ular orasida ulkan jang oʻtdi. Yuz kechayu, yuz kunduz. Nihoyat ohirgi jangda Somir akasiga yengildi va Zahir onasini munosib kuzatib, oʻrnini egalladi.

Bor kuchi bilan sexrga, va mahluqlarga qarshi kurashdi.
Zahirning avlodlari bu yoʻlni davom ettirdi va butun dunyoga tarqalishdi.
Shu tariqa ovchilar tashkiloti tuzildi. Va Noor izdoshlariga aylanishdi....