Alvon qon.
Foytun sokinlik bilan yerimiz sarxadlaridan chiqib oʻzga graflikga oʻtarkan, misolu ob-havo almashgandek tuyildi. Rostdan ham Vargo yerlarida qandaydir ogʻir muhit hukmron. Buni bir ogʻiz soʻz bilan tariflab boʻlmaydi.
Ustoz Jastinga qaradim. U kishi duo qilib, tasbeh oʻgirib oʻtirar, tepakal boshi, haroba usti, nurli yuzi unga yarashgan va oʻziga tortadigan iliqlik chiqarardi.
-Nega toʻplanishayotganliklarini aytdingizmi?-soʻradim men.
Ustoz Jastin nimanidir pichirlab oldiyu soʻng ochiqlik bilan menga qarab yoʻq ishorasini qildi.
Slavakiya chegarasidagi "Trencsén" qal'asi... Qirolning maslahatchisi va eng ikkiyuzlamachi graf hududi...
Bu qal'a Metyu Csak ismli pastakkina, oʻrta yoshlardagi, tepa kal, qizgʻish sochli, boʻrtib chiqqan ulkan koʻzlik grafga tegishli boʻlib, u "Birodarlik" aʼzolaridan biri edi. U haqida aytilishicha aynan bu orden tashkil topishida uni hissasi katta boʻlgan.
Men Metyu haqida koʻp eshitgandim ammo boshqa graflar toʻgʻrisida uquvsizligim uchun ustoz Jastin yoʻlma-yoʻl yettita graflar haqida batafsil soʻzlab berdi. :Ugrin Chak, Pol Shubich, Kan Matto V, Amadey Aba, Frank Bartolomej, Metyu Csak lll, va sulx sardori boʻlgan Hermann ll Celje. Ustoz Jastin ularni "Kekkaygan va ziqna kishilar sirasiga jon deb qoʻshgan boʻlardim." deya umumiy ta'rifladi.
Graf Csak qal'asiga olti graf toʻplangani maʼlum boʻldi. Chunki lord Bartolomej Vargo bilan jangga joʻnab ketgandi. Yaqin orada lord Abaning ham ketishi kutilayotgandi.
Foytun osma koʻprikdan oʻtib, koʻtarma panjaradan ichkariga kirdi. Hovlida toʻxtab, eshiklar ochildi. Qoʻngʻiroqlar chalinib, xizmarmtkorlar yonimizga, xizmatimizni ado etib, mezbonlik qilish uchun yugurib kelishdi.
-Salom qadirdonim!-soʻrashdi Csak ustozni bagʻriga bosib. -E-e, sizdan qattiq ranjidim ustoz.
-Nega?-hijolatomuz hayron boʻldi ustoz.
-Meni yoʻqlab qoʻyay ham demaysiz-a.
Ustoz kulib yubordi.
-Mana keldim-ku, ha aytgancha! Bu grafinya Leyla.-meni tanishtirdi ustoz Jastin.
Ohista tazim qildim.U ham asta bosh egib qoʻydi.
-Sizni koʻradigan kun ham bor ekan-ku.Butun Slavakiyada ovozangiz tarqalib ulgurdi.
Jilmaygan boʻldim.Menimcha soxta jilmayishni oʻxshata olmadim.
-Lord Vargoshi omadli deb men doim takrorlab kelganman.Sizdek sohibjamol rafiqa nasib etganidan taqdirga minnatdor boʻlsa arziydi.
-Tashakkur,-ortiqcha soʻzlab, gap koʻpaytirmay dedim-da, koʻzimni olib qochish va jilmayish bilan kifoyalandim...
Astoydil ustozga iltifot yogʻdirayotgan Graf sulx yegʻilishiga ustoz emas men kirishimni bilgan graf ganggib qoldi. Achchigʻi chiqqanini koʻrsatishga botinmadi. Ikki yuzlamachilik odati boʻyicha bu tomoshani jon deb koʻrishini yumshoqlik va takalluflar bilan izhor qildi. Ayyorona koʻzlari yarqirab, bizni majlislar oʻtkaziladigan xonasi tomon boshlab ketdi. Yuzidan zerikkani va bunday talaygina mojoroni miriqib koʻrishga ishtiyoqi borligi ayon edi.
-Ustoz...-dedim sekingina, ustoz Jastinga yaqinlashib.
-Jasurroq boʻling qizlogʻim!
-Biroz hayajondaman.
-Bu tabiy qizim. Unutmang har qanday olamon qarshisida soʻzlashdan oldin oʻzingizga izhoning va ishonch bilan soʻzlang. Notiqlarni gapiga nega laqqa tushamiz? Sababi ularni gaplaru yolgʻon boʻlgan taqdirda ham bu ularni ishonch va qattiyat bilan soʻzlashlariga toʻsiq boʻlmaydi. Qoʻrqayotganingizni sezdirmang.
Graf nima deyotganimizni bilish uchun biroz sekinlashdi. Boshini bilinar-bilinmas oʻgirib bizga koʻz qirini tashlab qoʻydi.
Butun bir shahar oldida maruza aytmoqchi boʻlgan kishi kabi hayajon va qoʻrquv tanamni mavh etdi. Men jasur emasman. Buni tan olish kerak. Qoʻlimni qaltirayotganini his qildim. Uni etagimga oʻrab yashirishga urindim-u, huddi boshqalar buni sezib qolib, ustimdan kuladigandek tuyulaverdi.
Graf Csak zar suvi bilan bezatilgan, boʻrtma naqshli eshik qarshisiga kelib, toʻxtadi. Menga huddi "Koʻramiz, seni qanday ahvolga tushishingni" degandek qarab miygʻida kuldi. Eshikni ochib menga "oliyjanablik qilib" yoʻl boʻshatib berdi. Ortimdagi doʻstlarim va ustozga bir qarab qoʻydim-da, chuqur nafas olib, etagimni yegʻishtirgancha ichkariga kirdim.
Gʻala-gʻovur birdan tinchib, hamma menga baqrayib qoldi. Lordlar, kimligim va nima maqsadda kelganim haqidagi tavfsilotlarni graf Caskdan eshitishgach misoli boʻron koʻtarishdi. Toʻpolon-u janjallaridan hatto xona zir titirab ketdi.
Men esa ichimdagi qoʻrquvni bilintirmaslikga uringancha, oʻzimni beparvo tutib Vargoning oʻrniga joylashdim. Graf Metyu muloyimlik bilan erimbibg oʻrniga kelganim haqida habar bergach ular qutirgan ittdek birin ketin toʻzgʻib, battar shovqin solishdi. Ogʻzlaridan dunyoning barcha haqorotlari otilib chiqdi.
Ohiri toqatim tugab stol ustidagi shisha qadahni yerga qarata zarb bilan urdim. Chil-chil boʻlgan shishaning jarangi beandisha aristokratlarni jim boʻlishlariga majbur qilib qoʻydi. Koʻzlari qinidan chiqqudek boʻlib menga olayishdi.
-"Hurmatli" lordlar!-dedim ovozimni koʻtarib, stolga suyanib, asta oʻrnimdan turarkanman. -Graf Csak aytganidek men graf Vargoshining rafiqasi grafinya Leyla boʻlaman! Va men sizlarning bu, quloq koʻtarmaydigan haqorotlaringizni eshitish uchun kelmadim...
Yana shovqin avj oldi. Tomogʻimga nimadir tiqilib, qayta ovoz koʻtarishga urinishlarim samarasiz ketdi.
-Sulxni oʻyinchoq qilishga keldimi manavi ayol?!-baqirdi Shubich.
-Kengashda xotin-xalaj?! Bu nima degan gap?-boʻkirdi oq sariqdan kelgan, jigarrang koʻzlari qisiqroq graf Motto V.
-Bu sharmandalik!-oʻshqirdi yana bir ozgʻin, ajinlar yuzini qoplagan, keksaroq graf boʻlmish Ugrin Chak.
-Oʻrningizni biling!-nafratla koʻzlaridan oʻt chaqnadi graf Abaning.
Csak oʻz oʻrniga borib miriqib huzir qilgancha bizni tomosha qildi. Huddi komediya film koʻrayotgandek, kulgusini bosolmay ogʻzini qoʻli bilan berkitdi. Qarshimda oʻtirgan moʻylabi "Erkul Puaronikiga" oʻxshaydigan lord gʻiq etmay menga tikilgancha barmogʻi bilan moʻylabini oʻychan oʻrardi. Indamasada, koʻzlari uni oʻrniga ichidagi hamma gapni ochardi. Menimcha u kengash boshligʻi - graf Celje boʻlsa kerak.
Hammalariga bir-bir qarab chiqib, ohiri Celjeda toʻxtadim. U sinchkov nigohi bilan ichimni koʻrayotgandek, hatto koʻzlarini pirpiratmadi. Vikinglarnikidek shox burgʻusini stoldan olib bor kuchi bilan chaldi. Hammalari Celjega hayron boʻlib qarab qoldilar. Chunki chalingan sado sulx yegʻilishining boshlanganidan dalolat berardi. Graf burgʻuni zarb bilan stolga urib, oʻrnidan erinayotgan kishi singari turdi. Va moʻylabini qimirlatib qoʻyib, asta gap boshladi:
-Janoblar!... va xonim!-menga bilinar-bilinmas bosh irgʻidi. -Janjal bilan hech narsaga erisha olmasligingizni bilsangiz ham, nega?... oʻz obroʻingizni toʻkyabsiz?
Graflar bir-biriga qarab qoʻyishdi.
-Marhamat qilib, joylaringizga oʻtirib olinglar.
Hamma boʻysunib joylariga joylashdilar.
-Menga aytingchi ledi...
-Leyla.-dedim baralla.
-Ledi Leyla.-jilmaydi Celje. -Nima sababdan bizni toʻpladingiz? Menimcha bu urush yoki Graf Vargoshi sabab boʻlsa kerak-a? Marhamat, gapiring.
Qayta turdim. Chunki bir toʻda barzangi erkaklarning yonida oʻzimni mitti va ojizdek his qilayotgandim. Bir zum gapiradigan gaplarim uchun kuch yegʻib oldimda, yoʻlma-yoʻl takrorlab kelgan nutqimni qaytara boshladim:
-Niyyatim boshqa. Bir umid bilan kelgandim, havfsalam pir boʻldi. Oʻzingizning nomaqbul qiliqlaringiz bilan erim - Graf Vargoshini qanchalar hurmat qilishingizni bildim. Yana u siz-u biz uchun jin tekkan yerlarda oʻlim bilan olishayotgan bir vaqtda.
Nishonga urdim. Ular miq etmay, koʻzlarini olib qochishdi.
-Ledi Leyla menga aytingchi,-dedi Celje. -Nima sababdan biz sizni bugungi majlisga qoʻshishimiz kerak? Agar siz bugun qatnashsangiz, ertaga bizning rafiqalarimiz ham kelib olsachi? Bunaqada kengash oʻyinchogʻ-u, xotinlar bozori boʻlib ketadi.
Graflar kulib yubordi. Bu mashara meni gʻashimga chunonam tegdiki hayajonin bosilib koʻzlarimdan oʻt chaqnadi.
-Bu davlatda ayollarining oʻrni qullarnikidan bor yoʻgʻi bir-ikki pogʻona balandroq ekanligini yaxshi bilaman. Agar bilsangiz, ayollar ham koʻp ishga qodir boʻladi. Kun kelib ular erkaklardan hech qolishmaydigan mutahasis-u, tajribali davlatchi boʻla olishadilar. -hayolimga kelajakdagi mashhur va dunyoni boshqargan ayollar koʻz oʻngimdan oʻtdi.
-Rafiqalaringizga kelsak, agar rostdan ham keyingi majlisda ular kelib oʻtirib olsa, bu ularga hukmingizni oʻtkaza olmasligingizdan darak beradi. Yoki ular sizlardanda shijoatliroq. -hoʻrsinib qoʻydim. -Men umuman boshqa masalani koʻtarmoqchiman.-eshik yonidagi xizmatchilarga qaradim. -Tashqarida, eshik yonida turgan yigit bilan qizni olib keling.
Bir soniyadan soʻng, eshik ochilib, Grek bilan Kayli kirib kelishdi.
Oʻtirganlar qah-qah otib rosa kulishdi. Kayli va Grek hijolat tortgancha bir-birlariga qarab qoʻyishdi.
-Nima, endi bizni allaqanday qulvachchalarning ohu-zorini eshitishimiz kerak deng.-kinoyali qarashlarini qoʻymadi Motto V.
-Ledi, -dedi Csak kulgusini ichiga yutib. -Ayni damda bizning sarxadlarimizda urush boʻlayotganda, siz bizni muhim davlat miqoyosidagi ishlarimizdan qoʻyib, mana shu qullaringizni koʻrsatish uchun ovora qilib oʻtiribsiz. Qani aytingchi bu qanday bemanilik?!
-Demak "davlat miqiyosidagi" shundaymi?
Lordlar bosh silkidi.
-Kuningizni ayshi-ishrat bilan oʻtkazasiz, u yoqda urishayotgan askarlaringiz taqdiri bilan zarracha qiziqmaysiz. Oʻladimi-qoladimi ahamiyatsiz. Bu yoqda xalqingiz ruhan va jismonan azobda. Bir yoqda qullikga sotilib ketgan jigargoʻshalarining dogʻi. Bir yoqda urushga joʻnatishgan boshqa yaqinlari. Boshqa tomondan gʻarib turmush mashaqqati. Sof vijdon bilan aytinglarchi, qachon gajavada yurib oʻz aholingizni holidan habardor boʻlgansiz. Sizlar bu yerda toʻq qorin bilan uhlayotganingizda, ochlikdan ozib-toʻzib, kasalliklar qurshovida it azobini tortayotganlar oʻrniga oʻzingizni qoʻyolmaysiz albatta. Qanday qoʻya olardingiz, ahir bu narsalar "davlat miqiyosidagi ishlarga" kirmaydi-ku. Men sizlarning shuncha haqorotlaringizga sabr-qanoat qilishimning asl sababi ham mana shudir. Men jilla qursa xalqni bir mushkulini biroz boʻlsada yengillatsam deya ovvoraman. Koʻrib turganlaringiz, bu ikki inson qullik mshaqqatini ortigʻi bilan chekkan. Men ham qul boʻlganman. Qullik nima ekanligini koʻrganman. Garchi menning omadim chopib hech ham qiynalmagan boʻlsamda, boshqa sheriklarimni ochlik, kamsitishlar, nomus va shanga boʻlgan hurmatsizliklar, kaltaklar va odam zoti uchun uyatli va sharmandali haqorotlarga uchraganliklarini guvohi boʻlganman. -Grekni koʻrsatdim. -Sizlardan qanday kam yeri borligini aytingchi! Toʻrt mujjasi sogʻ, kuchli, aqilli. Hatto bazi "insonlardan" oʻlsa oʻligi ortiq. Nega boʻlmasa odam qatoriga qoʻsha olmaysizlar?!
-U qul. -dedi graf Aba.
-Grek oʻzi hohlab qul boʻlmagan. -Kaylini koʻrsatdim. -Bu qiz ham oʻzi hohlab qul boʻlmagan. Ularni majburlashgan. Agar har bir qulga quloq tutsangiz, oʻzining qora oʻtmishini soʻzlab beradi. Har birida bor bunday oʻtmish. Marhamat qilib menga aytingchi graf Csak.
Graf kulgusini ichiga yutib, "eshitaman" degandek qoʻlini iyagiga qoʻydi.
-Bilishimcha Slavakiyada qizingiz Veronicaga goʻzallikda hech kim yetolmaydi, shundaymi?
Csak magʻrurona ha ishorasini qildi.
-Aytaylik uni oʻgʻirlab, qoʻlingiz yetmaydigan yerlarda, masalan Mojariston janubida. Menimcha hozir u yerlar mogʻullardan soʻng butunlay turklar qoʻliga oʻtgan. Qizingizni oʻsha yerda sotib yuborishsa. Nima qilardingiz?
Csakni tayanib turgan qoʻlini oldi. Asabiy nima deyishini bilmay sheriklariga alangladi.
-Hech narsa, toʻgʻrimi?
Lojada past kulgu yangradi.
-Sulton oʻz yerlariga graflarni besoʻroq kirib chiqishlarini yoqtirmasligini eshitgandim. Nima, oʻgʻirlab ketishlari mumkin emasmi? Boʻlishi mumkin axir. Yo boʻlmasa Lord Aba,
Aba kulishdan toʻxtab koʻzlarini katta-katta ochib "menmi?" degandek qarab qoldi.
-Ha siz, graf Aba. Sizning saroyingiz butun Vengeryada ovoza boʻlgan. Juda chiroyli yoqutlar yashiradi sizning saroyingiz. Endigina oʻn toʻrtga toʻlgan jajji qizalogʻingiz Natasha boʻlsa shu yoqutlardan-da ming chandon afzal turadi. Shunday emasmi? Moboda yoʻqolib qolsa... hudo koʻrsatmasin, quldorlar oʻgʻirlab ketishsa... hozirgi kunda quldorlarga shunday vakolatlar ajiratilib berilganki, ular maʼlum bir hududni oʻzlariga qarashli mulk qilib olishga tushishgan. Yaqinda graflar bilan teng maqomda turishsa ajablanmayman.
Bunday hollarga misol Buyuk Misr, Rim, va boshqa qudratli davlatlardagi ahvollarni koʻraylik. Misrda quldorlarning martabasi, oʻzini mabud deb bilgan Firavnning yaqin senatorlaridan bor yoʻgʻi bir pogʻonaga past boʻlgan holos.
Lordlar hayron qolishdi. Ichlarida "bir zoti past xotin shuncha maʼlumotni qayerdan bilarkan-a?" deya oʻylashayotgan boʻlsalar ajab emas.
-Men bugungi lojadan shuni soʻraymanki: qullik taqiqlansin! Quldorlar vakolatlari pasaytirilsin. Xalq tashvishi oz boʻlsada yengillashadi shunda.
Majlis odatiga koʻra davogar lord stolga urish orqali oʻzining qarori qatʼiy ekanligini koʻrsatadi. Men ham bor kuchimni toʻplab, bir qoʻlim bilan stolni doʻmbiradek chala boshladim. Ovoz baland eshitilishi uchun qoʻlim ogʻrisada qattiq uraverardim. Bir daqiqadan soʻng qoʻlimda ogʻriq kuchaya boshladi. Ammo toʻxtamadim. Qonab ketsa ham toʻxtash niyyatim yoʻq edi.
Meni hayron qoldirib Ugrin Chak "doʻmbiravozlikga" menga qoʻshildi.Ketidan Amadey Aba, soʻng Kan Motto V.
Celje takror burgʻuni chaldi. Jim boʻldik. Soʻngi soʻz sulxboshidan.
-Qadrli lordlar -dedi Celje hali ham mendan koʻz uzmay. -Ovoz berishga ahd qilgan ekansiz. Mayli, Ugrin, Amadey, Kan yoqlovchi tomon. Demak qonun kuchga chiqarilishi uchun uchta ovoz.
-Graf Celje, axir Lord Vargoshining ovozichi.
-Yoʻq doʻstim Kan. Qonunda aytilishicha ovoz berish uchun shaxsan sulx aʼzosining oʻzi boʻlishi kerak. Bu yerda Graf Vargoshi yoʻq. Shunday ekan Grafinya Leylaning ovozi oʻmaydi. Demak qarshilar: Metyu, Pol. Bundan koʻrinib turibdiki, qonun shu daqiqadan boshlab kuchda. Sizni tabriklayman, Ledi Leyla. -Celje huddi sher yozayotgan bolakay kabi bir nimalarni qoʼgʻozga tushirdiyu, qoʻl qoʻyib, sheriklariga uzatdi...