December 13, 2025

Alvon qon.

19-BOB.

Tong otarkin kamindagi olov tovushi pasayib, qizgʻish choʻgʻ anntiqa hid chiqargancha lovilladi.
Eshikbonning ovozi eshitildi.
-Lediim bir kishi huzuringizga kirishga izn soʻrayabdi.
-Kim ekan?
-Aytishicha Graf bilan birga kelgan ekan.
-Mayli kirsin.
Eshik ochilib xonaga hassaga tiyangan, koʻrinishidan dimogʻdor,ajin bosib sargʻayib, boʻzargan yuzli, osilgan qovoqlari oʻziga gʻalati tus beradogan, ikki chakkasidagi oq sochlari bilan qoʻrqinchli filmlardagi yovuz masxarabozni eslatadigan, Bir qarashda kishida salbiy taassurot uygʻotadigan, Istarasi sovuqligida yuziga boqsangiz dushmaningizga qarayotgandek his qildiradigan yoshi tahminan Ustoz Jastinniki bilan tengqur chol kirib keldi. Unda bir soʻz bilan aytganda odamni oʻzidan itaradigan bir narsani bordek. Beixtiyor nariroq yurish istagi uygʻondi menda.
-O grafinyam meni!-tazim qildi u. -Oʻzimni tanishtirsam, mening ismim Norkberm Halius.
-Tanishganimdan mamnunman Norkberm. Tashrifingizdan maqsadingiz?
Erkak bira toʻla maqsadga oʻtib qoʻya qolganimdan biroz shoshib qoldiyu yana qayta soxta tabassumga choʻmdi.
-Avvalambor Grafimni yoʻlda asrolmaganimdan afsusda ekankmni bildirmoqchiman. Pistirmaga uchrashimiz hayolimizga ham kelmabdi.
-Yovolar allaqachon qoʻlga olingan. Va bunda seni aybing yoʻq. Oʻzingni ayblama.
-Hursand qildingiz oliyam. Siz misli yorqun quyoshdek porlab butun graflikni yortiasiz husningiz bilan...
-Maqsadga oʻt Norkberm.
-Grafim saroyimda senga joy topiladi. Behavotir yashaysan, senda jon qarzim bor degandilar.
-Jon qarz?
-Men garchi toʻliq asrolmagan boʻlsamda pistirmada himoya qilishga urindim Grafimni va to saroygacha yakka oʻzim olib keldim. Soqchilarni qirib yuborishgandi.
-Unda senga tashakkurlarimni izhor qilaman.
-Boshim osmonga yetdi...
-Va agar erim qaror qilgan ekan, qoloshing mumkin. Grek.
-Labbay xonim-Grek oldinga chiqdi.
-Hizmatchilarga ayt, unga xona tayyorlab berishsin. Shaxsan oʻzing tekshir. Sizga esa janob ruhsat. Dam oling.
Norkberm tazim qildi.Grek bosh egib qoʻygach u kishiga yoʻl koʻrsatib chiqib ketishdi.
-Gʻalati chol ekan.
-Haaa, qoʻshilaman. Kayli, ortidan odam qoʻy. Turqi menga yoqmayabdi. Koʻnglim hech qachon aldamagan. Undan yaxshilik chiqmaydi.
-Hoʻp boʻladi xonim.... Mmm
-Biror nima demoqchimisan?
-Xonim... aql oʻrgatyabdi demangu, lekin biroz uxlab olsangiz boʻlardi.-dedi Kayli past tovushda. -Janobimizga Grek va men koʻz quloq boʻlamiz.
-Qaniydi koʻzimga uyqu kelsa.-hushsiz yotgan Vargoga qaradim.-Koʻnglimga uyqu sigʻmaydi. U shu xolatda yotganda tinch uxlay olarmidim.
-Bolangizni ham oʻylang. Axir unga nojoʻya taʼsir qiladi. Koʻproq dam olishingiz kerak.
-Dam olish qochib ketmas, Ustoz Jastin qayerda? Zoyofatda ham koʻrinmadi.
Kayli aytaymi aytmaydi deb ikkilandi. Labini tishlarkan yanayam past tovushda -Ustoz betob yotibdi. -dediyu koʻzini pastga qaratdi.
-Nima? Qanday? Ax!!! Men ularga tabibga uchrang degandim! Kayli Grekga ayt foytun hozirlatsin.
-Xonim balki hozir....
-Eshitdingmi?
-Hop xonim.
-Sen Vargonk yonida qolasan. Unga koʻz quloq boʻl. Xonaga enagasidan oʻzgasi kirmasin.
-Bajaraman xonim. Ammo oʻzingizni extiyot qiling.
-Boʻpti. Boraqol....
-Kivavering -dedi ustoz boshini bazoʻr koʻtarib.
Havotir bilan yoniga oʻtirdim. Dori berayotgan tabib menga ta'zim qilib, bukilgancha xonadan chiqib ketdi.
-Axvolingiz yomon. -dedim, va otamdek boʻlib qolgan insonga yuragib achishib.
-Meni qoʻying. -bazoʻr jilmaydi Ustoz. -Yoshim bir yerga borib qolgan. Kasallikga chalinishim tabiy hol.
-Kechiring, avvalroq habar olmadim.
-Yaxshi ham kelibsiz. Chaqirtirmoqchi edim bugun. Yoʻqsa keyin boshqa imkon boʻlmasligi mumkin. -yoʻtal tutib, qizara boshlashdi ustoz.
Ortimda turgan Grek suv olib keldi. Dori ichishiga koʻmaklashdik. Shundan soʻng yoʻtal pasayib, ohiri tindi.
-Bu yoʻtal madorimni qurityabdi. Ammo mamnunman. Bundanda battar ahvolga tushmaganim uchun hursandman. Grafinyam, men sizni Vargo uchun chaqirtirdim. Undan havotirdaman. Ahvoli qalay?

-Ha -chuqur hoʻrsindim men. -Hozircha koʻzini ochmayabdi. Ammo tuzalib ketadi deyishdi. Biroz dam olishi kerak. Bilishim boʻyicha postirmaga uchrashgan. Jangda gʻalaba qozonilgandan soʻng ortga qaytishda sodir boʻlibdi. Graf Bartolameyj ogʻirroq jarohatlangan chogʻi. Ahvoli yomon deyishyabdi.
-Vargoda biror oʻxgarish sezilmadimi?
-Nega soʻrayabsiz?
-Urush... Urush qizim bu urush. Insonnk ne koʼylarga solmaydi deysiz. Ruhoyatni yemiradi. Oʻlimlar ichida yashash oson emas. Azoblanishga guvoh boʻlish insonni har tomonlama charchatadi. Hayollarini toʻzgʻitib yuboradi.
-Hozircha yoʻq. Bittayu bitta yangilik anavi qariya holos.
Ustoz hayron boʻldi. -Qariya?
-Ha Norkberm degan bir alvastiga oʻxshash kimsa.
-Hm-m-m, -oʻylanib qoldi Ustoz.
-Uni taniysizmi?
-Qaniydi tanimasam. Qaniydi...
-U kim oʻzi?...
-Ledi, yolgʻiz gaplashib olishimiz kerak. Ahvol men oʻylaganimdanda jiddiyroq koʻrinadi.
Ortimga oʻgirilib, Grekga chiqishink buyurdim. Eshik yopilgach kulbada ikkimiz qoldik.
-Vargoning otasi Lord Gizberg safarda bir yovuz sexr bilan shugʻillanuvchi afsungar -Norkberm ismli kishiga yoʻliqib qoladi. U knyazga yoqish uchun shunday makr-u hiylalar koʻrsatadi-ki, Bundan graf lol boʻlib Norkbermni saroyiga olib keladi. Kunlardan bir kun u Gizbergga boqiylik damlamasi haqidagi sirni ochadi. Ammo bu ish juda mushkul boʻlib, damlamaga ishlatiladigan masalliqlarni topish uchun ancha vaqt, kuch sarf etilishi kerak edi. Boshidayoq Graf Gizbergni bu yoʻldan qaytarmoqchi boʻldim. Ammo boqiy yashash uni hayolini oʻgʻirlab, "koʻzini koʻr, qulogʻini kar" qilib qoʻygandi. Meni hatto tinglamadi. Sir ochilgan kunidanoq masalliq yegʻishga kirishib ketdi. Bu harakatlari fe'l-atvoriga ham oʻz tasirini koʻrsatdi. Ohiri shu darajaga yetdiki, butun Vengeryada undan yomonroq odam topilmay qoldi. Xalq norozi boʻla boshladi. Hatto oʻz rafiqasi ham undan voz kechib xonasidan chiqmay qoʻydi. Vargo tugʻilganda uni otasiga qay darajada oʻxshash ekanligini koʻra bilgani uchun ham oʻldirmoqchi boʻldi. Ammo ulgurmadi. Oradan ancha vaqt oʻtdi. Xalq qirolga knyaz ustidan shikoyat yogʻdirishda davom etardi. Qirol boshida tinchlik yoʻli bilan unga chopar joʻnatdi. Lekin Lord Gizberg koʻnmagach, qoʻshin yubordi. Xalq kutilmaganda qoʻzgʻalib ketdi. Qoʻshin bilan birga saroyga bostirib borib, grafni oʻldirdilar. Vargo otasining butun avlodiga yetadigan dogʻini ketkazishga rosa chirandi. Urinishlari kor qilib, qirol oilasini avf etdi. Vargo Slavakiya taxtiga qaytdi.
-Norkbermchi? Lord Gizberg oʻldirilganda qayerda edi?
-Hali damlama uchun masalliq toʻla-toʻkis toʻplanmagandi. Norkberm hammasini olib qochib qoldi.
-Biroq u yana qaytdi. Bir narsaga hayronman. Qoʻlida deyarli tayyor damlama bor ekan, nega jonini xavfga qoʻyib yana qaytib keldi?
-Yaxshi savol. -ustoz (avvaldan hozirlab qoʻygan boʻlsa kerak) yostigʻining tagidan bir quticha chiqarib, menga uzatdi.
-Bu nima? -soʻradim ichidagi pergament parchasiga hayron qarab. -Yozuvi bor ekan. Ammo qandaydir... tushunarsiz.
-Bu damlamaning soʻngi masalligʻi yozilgan parcha. Qoʻzgʻalon payti olishga muvaffaq boʻlgandim. Norkberm aynan shu parcha uchun qaytgan. Qachondir qidirib kelishini bilgandim. Aytganingizdek ledi Leya, damlama deyarli tayyor.
-Agar bu qogʻoz rostdan ham soʻngi unsur boʻlsa... ustoz! uni yashirish kerak. Boqiylikga erishish uchun nafsining qullari boʻlgan baʼzilar, bor yoʻgʻidan voz kechishga ham tayyordir. Mobodo boqiylik damlamasi toʻliq bitsa dunyo urush oʻchogʻiga aylanadi. Aslo bitkazishga yoʻl qoʻymasligimiz kerak! Ustoz hoziroq varoqchani yoʻq qilaylik.
-Parchada nimadir bor. Hech qanday yoʻl bilan yoʻq qilib boʻlmadi. Yagona chora berkitish. Shuning uchun ham sizni chaqirtirgandim. Uni saroyga olib borib yashiring.
-Axir Norkberm qasrda. Unsurni qidirishi turgan gap. Saroydan qancha olisda yashirilsa shuncha yaxshi. Undan keyin bunday muhim ishni eplolmayman. Mendan koʻra sizda havfsizroq boʻladi.

-Balki, ammo mening hayot yoʻlim poyoniga yetib qoldi. Men buni sezyabman.
-Unday demang!
-Qanchalar hohlamay, shunday. Bu hayot abadiy yashash uchun arzimaydi. Bizga chiroyli boʻlib koʻrinadi-yu, aslida hammasi sarob holos. Grafinyam, parchani sizga ishondim. Vargoga suyanchigʻ boʻling. Tomirida otasining qoni oqsada, qalbi baribir onasinikidek. Norkbermning aldovlariga uchib, boqiylik istagida yonmasin. Bu damlamaga erishishga ahd qilsa koʻp narsadan mosuvo boʻladi. Yuragidagi yaxshilik uchquni oʻzi bilmagan holda soʻnib, oʻrnini qaro yomonlik egallaydi. Vargo sizni jonidan ortiq koʻradi. Unda ta'siringizni oʻtkaza olasiz. Uni bu yoʻldan qaytarishga urining. Bu gapni aytishni hohlamasdim, ammo gapingizga kirmay, otasidan oʻrnak olsa. Bilsinki, yoʻlining oxiri qattiq pushaymonlik, ulkan badal va gurillab turgan olovdir. Inson zoti bu dunyoda faqat bir yoʻl bilan boqiy qoladi, halol yashab, hayrli ishlarni bajarib, yaxshi nom qoldirish orqali.
-Bu parchada nima yozilganini soʻrasam boʻladimi?
-Koʻplab begunoh qizlarning achinarli taqdiri. Takror aytaman! Parchani koʻz qorachigʻingizdek asrang va ustalik bilan berkiting. Uni saqlayotganingizni hech kimga aytmang. Hatto Kayli va Grekga ham. Bilaman ularga ishonasiz, ammo biz tavakkal qilolmaymiz. Qancha kam kishi bilsa shuncha yaxshi. Hech kimga buni ishonmang! Odamlarda eng nopok narsa -nafs bor. U vijdon pokligini buzadi. Va insonni turli ishlarga majburlaydi.
-Unda nega menga ishonyabsiz? Men ham nafsiga taslim boʻlib qoladigan ojiz insonlardan biriman.
-Bilaman, hatto menda ham bu hol roʻy beradi. Ammo kuchli iroda va qudratli yurak nasfni boʻysuntirishga qodir. Sizda ikkisi ham mujassam. Siz halol, adolatli, mehribon va gʻamxoʻr insonsiz. Men bu unsurni sizga emas zabardast qalbingiz va metin irodangizga ishonyabman.
-Ishonchingizni oqlayman. Parchani yomon qoʻllarga tutqazib qoʻymayman. -dedim qatʼiy turib.
-Koʻnglim hotirjam boʻldi. Endi bora qoling, yana qayta diydor koʻrishish nasib etadimi, yoʻqmi bilmayman. Biroq sizdek insonni uchratganimdan hursandman grafinyam!...