February 14, 2025

Successor 

SUCCESSOR | CHAPTER 7

Quyosh nurlari tufayli norozilik bilan ochilgan ko'zlarimni ishqab yonimda ko'ksimga yuzini ko'mib yotgan qizga qaradim. Yuzimda beixtiyor paydo bo'lgan tabassum bilan qo'llarimni uning belidan o'tkazib o'zimga tortib iliq tanasini o'zimniki bilan birlashtirdim. Avvaliga unga shunchaki majburlikdan uylangan bo'lsam ham asta-sekin sevgi tuyg'usi   paydo bo'lyapti... Hyejin biroz bezovta bo'lib qimirlagach yarim ochilgan ko'zlari bilan alanglab quchog'imda ekanligini his qildiyu darhol mendan uzoqlashdi. Yotoqning o'ng tomoniga dumalab borib yuzini ko'rpa bilan berkitdi. Kiyimsizligi tufayli o'rnidan turishga uyalganga o'xshaydi, men o'zim hammomga kirib ketgunimgacha qimirlamadi. Chiqganimda esa allaqachon ustida keng fudbolka, oynaga qarab sochini yeg'ardi.

- Akamning to'yiga borishimiz kerak, nonushta qilib olgach tezroq tayyorlan. Liboslarni xizmatchilar olib keladi.

- Yaxshi.

Mamnuniyat bilan bosh irg'agach shovqin ko'tarayotgan oshqozonimni tinchlantirish uchun uchun xonani tark etdim. Pastga tushib oshxonadan kelayotgan quymoqlarning yoqimli iforini his etdim. U yerda timirskilanayotgan qizni ko'rib qiziquvchanlik bilan savol berdim:

- Xayrli tong, Hyeri. Nonushta tayyorlayapsanmi?

- Xayrli tong, Jungkook aka. Bu yerda yashayotganimdan buyon biror marta ham foydam tegmaganligi tufayli bugungi nonushtani o'zim tayyorlashga qaror qildim.

- Nega foydang tegmas ekan? Men yo'qligimda opang bilan birga bo'lganing uchun u zerikib qolmaydi, aks holda "uyda yolg'iz qolyapman", "zerikib ketdim" deb xarxasha qilardi.

- Xechamda! Men qachon xarxasha qildimki bunday xulosa chiqaryapsiz?

Ortimizdan kelgan ovozdan men ham, Hyeri ham hayratlanib Hyejinga qaradik.

- Yashavor, Hyeri. Sening ham qo'lingdan ovqat yerkanmiz. Quymoqlar tayyor bo'lsa dasturxonga tortaver.

Hyejin oshxona stoliga suyanib turgan singlisiga yaqinlashib qulog'iga shivirladi:

- Anavi bahaybatga ko'proq bergin. Aks holda, och qolsa meni yeyishni boshlaydi.

Hyeri qiqirlab kulib boshini qimirlatgancha yana o'z ishiga kirishib ketdi. Kunning birinchi yarmi Jeonlar xonadonida o'tkaziladigan to'y marosimi uchun tayyorlanish bilan o'tib ketdi. Qiz turmush o'rtog'iga birma-bir liboslarni kiyib ko'rsatar, Jungkook esa divanda o'tirib qunt bilan har bir ko'ylakning kamchiligini topardi.

Ahiyri, ortiqcha dabdabali yoki juda oddiy bo'lmagan libos yigitning e'tiborini tortdi.

- Bo'ldi, mana shu menga yoqdi.

Jungkook o'rnidan turib, Hyejinning oldiga katta qadamlar bilan yetib borgach, qizning belidan qo'llarini o'rab oynaga qaratdi. Bir necha soniyalik sukunatdan so'ng yigit qizni o'zi tomonga burib, lablarini peshonasiga bosib, yuzini bo'yniga ko'mdi. Qani endi vaqt shu on to'xtab qolsa-yu, bir umr qizning xushbo'y iforiga mast bo'lsa...

*

Baxt ramzi - peon, abadiylik timsoli bo'lmish lotuslar bilan bezatilgan ulkan zalda musiqa sadosiga aralash holda marosimga taklif etilgan mehmonlarning ikki yoshni qutlagan samimiy tilaklari, gulduros qarsaklari yangrardi.


Uzoq kutilgan kecha vanihoyat yakuniga yetish arafasida, barcha xursand, yangi kelin-kuyov esa allaqachon zalni tark etishgan. Ilk kechalari bo'lmasa ham, qonuniy „ilk kecha“siga oshiqib binoning narigi chekkasida joylashgan xonada vaqtlarini choq o'tkizishardi.

- MALDIV OROLLARI -

Maldiv orollari – bu osmon va dengiz tutashgan orzudek joy edi. Mayin shamol dengizning sho‘r hidi va tropik gullarning nozik iforini olib kelar, to‘lqinlar esa oq qumli qirg‘oqni ohangrabodek erkalardi.

Taehyung va Aera, Jungkook hamda Hyejin birgalikda Maldiv orollariga asal oyini o'tkazish uchun kelishgandi. Sohil turli millat vakillari bilan to'lgan. Dengiz suvining quruqlikka urilganda hosil bo'lgan ovozi osmondagi qushlarning chug'urlashi bilan qorishib ketgandi.

Bir tomoni daraxtlarga tutashib ketgan, devorlari shishadan qurilgan restorandan chiqqan juftliklar ikkiga ayrilishdi. Aera va Taehyung muzqaymoq sotuvchi do'kon tomon, Hyejin va Jungkook esa yalangoyoq mayin qumda sayr qilgani burilishdi.

Oqshom Maldiv osmoniga qizg'ish tuslarni chizib, ufqda quyosh so‘nggi nurini sochar edi. Sohil bo‘ylab iliq qum ustida yurayotgan juftlikning oyoqlari ostida qum mayin siqilar, to‘lqinlar esa ohista kelib, ularning izlarini yuvib ketardi.

Qiz yengil ipak ko‘ylagini shamolda hilpiratib, qo‘lini yigitniki bilan birlashtirdi.

Ularning harakati shoshilinch emas, aksincha, go‘yo vaqt ham bu go‘zallik oldida o‘z harakatini sekinlatgandek edi.

— Bu joy qanchalik go‘zal… — dedi qiz past ovozda, dengiz shovqini ichida so‘zlari deyarli yo‘qolib ketayotgan edi.

— Lekin sen undan ham go‘zalsan, — dedi Jungkook xushomadgo'y ohang bilan.

Yigit jilmayib, uning qo‘lini mahkam ushladi. Ammo shu payt, beixtiyor nigohi oldinga tushdi. Bir necha qadam narida dengizga tikilib turgan ayolni ko‘rib, yuragi bir zumda g‘alati urib ketdi. Tanidi. Bir paytlar hayotining bir qismi bo‘lgan, lekin allaqachon ortda qoldirgan odam edi u.

Yigit ko‘nglidan allambalo hislar o‘tib ketayotganini sezdi—ajablanish, xotiralar, lekin shu bilan birga, bu o‘tkinchi lahza ekanini ham bilardi. Bir necha yil oldin, balki unga yaqinlashib, so‘rashgan bo‘larmidi? Balki... Lekin hozir emas. Hozir uning yonida turmush o'rtog'i, Hyejin bor edi.

Qiz hech narsadan shubhalanmay, yigitning qo‘liga suyanib borardi.

— Nima haqida o‘ylayapsan? — so‘radi u, yigitning jimib qolganini sezib.

Yigit bir lahzaga o‘zini yo‘qotgandek his qilgan bo‘lsa-da, tezda o‘ziga keldi va sekin jilmaydi.

— Faqatgina ikkimiz haqimizda.

Qiz ham jilmaydi. Yigit esa orqaga bir nazar tashladi—ayol allaqachon olis qorong‘ilik ichiga singib ketgandi. Dengiz esa xuddi hech narsa bo‘lmagandek sokin to‘lqinlanardi.

———

Sohil bo‘ylab mayin shamol esar, osmon esa asta-sekin tunga yo‘g‘rilib borardi. Yorug‘lik chiroqlari yoqilgan plyaj kafesi oldida bir juftlik navbatda turardi. Qiz oq-sariq, yengil ko‘ylakda, sochlari yelkasiga tushgancha atrofga qiziqib qarardi.

U menyuga tikilib turib qoshini chimirdi.

— Kokoslimi yoki mango? — dedi u ikkilanib.

Yigit yengil jilmayib, cho‘ntagidan hamyonini oldi.

— Ikkalasi ham, albatta, — dedi u xotirjam ohangda.

Qiz kulib yubordi.

— Men faqat bitta olmoqchiydim-ku.

— Seni bilaman, — dedi yigit, barmog‘ini ko‘rsatib. — Baribir tanlay olmas eding, oxirida mening muzqaymoqimdan ham yeb qo‘yasan.

Qiz kinoyaomuz qarab qo‘ydi, lekin gapining to‘g‘ri ekanini ichida tan oldi. Taehyung esa muzqaymoqlarni olib, bittasini unga uzatdi.

Ular qumli yo‘lak bo‘ylab yurib ketishdi. Qiz birinchi qadamni qo‘yishi bilan oyoqlari mayin qumga botdi. Muzqaymoqdan bir luqma olib, lablarini yalab qo‘ydi.

— Voy, rosa shirin ekan!

— Hm, tanlash qiyin bo‘lgani bejizga emas ekan-da, — dedi yigit kulib.

Qiz unga yengil turtib qo‘ydi.

— Shu gaplaring bilan asabimga tegasan, bilasanmi?

— Faqat haqiqatni aytdim, — dedi yigit, ko‘zlarini qisib.

Qiz javob o‘rniga uning muzqaymog‘idan bir luqma olib oldi.

— Hech bo‘lmasa bittasini tugatguncha tegmasang bo‘lmaydimi? — dedi yigit shikoyatomuz ohangda.

— Meniki ham sendan yaxshi ekan, — dedi qiz ko‘z qisib.

Aera muzqaymoqdan yana bir luqma olib, to‘satdan to‘xtab, yigitga qaradi.

— Qani, endi almashamiz.

— Yana?! — Taehyung kulimsirab, bosh chayqadi, lekin muzqaymoqni unga uzatdi.

Qiz mamnunlik bilan uning muzqaymog‘idan bir luqma oldi, so‘ng lablarini yalab qo‘ydi.

— Hm… baribir men tanlaganim yaxshiroq ekan, — dedi u kinoyali jilmayib.

Yigit unga kulib qaradi va yelka qisdi.

— Muhimi, ikkovi ham seniki bo‘ldi.

U javob o‘rniga dengizga tikilib qoldi. To‘lqinlar ohista qirg‘oqqa urilar, tun esa atrofga sirli sokinlik olib kelardi. Ular bir muddat jim turishdi, go‘yo bu go‘zal manzarani so‘zsiz his qilishni xohlayotgandek.

— O‘ylab qarasam, bu damlar eslab yurishga arziydigan bo‘ldi, — dedi qiz ovozini biroz pasaytirib.

— Shuning uchun ham biz bu yerga keldik, — dedi yigit va qo'llarini qizning yelkasidan o'tkazdi.

Tun davom etardi, dengiz esa ularning poyqadamida mayin shovullab, uzoq-uzoqlarga to‘lqin yuborar edi.

*

Mehmonxonaning hashamatli zali sokin edi. Hyejin qadamlarini yengil tashlab, lift tomon yo‘l oldi. Yuragi hayajondan tez urardi. U o'tgan hafta davomida vujudida loviya shaklidagi mitti mo'jiza paydo bo'lganini bilib oldi. Hyejin Jungkookga indamadi, yangilik uvun qulay payt poyladi. Nihoyat, unga xushxabarni aytadigan vaqt kelgandi. Tasavvurida bu lahza butunlay boshqacha edi — yigitning ko‘zlaridagi quvonch, uni mahkam quchoqlashi, shirin so‘zlari…

Lift eshigi ochildi.
Ammo oldida butunlay boshqa manzara bor edi.

— B-buyerda nima bo'lyapti..? - turmush o'rtog'ini boshqa bir ayol bilan ko'rgan Hyejin go‘yo sovuq shamol uni butunlay qotirib qo‘yganday, lablari titrab, tizzalari bo‘shashib ketdi. Ko‘rgani haqiqatmi yoki xayolmi, o‘zi ham bilolmay qoldi. Yuragi xuddi mushtday bo‘lib qisildi, miyasi esa vaziyatni anglab yetishga ulgurmay, g‘uj bo‘lib qolganday edi.

Jungkookning ko‘zlari bir nuqtaga tikilib qoldi. Xayolan biror bahona o‘ylab topishga urinib, tilini qimtidi. Nihoyat, so‘kinib, "Bu shunchaki eski tanishim..." — deb gap boshladi, lekin ovozidagi titroq haqiqatni oshkor qilganday edi.

Uning sobiq qiz do'sti esa, yuzida mayin, ammo zaharli tabassum bilan lift devoriga suyanib, qo‘llarini ko‘ksiga qovushtirdi. Ko‘zlari o‘tdek yonib, g‘olibona qarash bilan ayolni boshdan-oyoq kuzatib chiqdi.

— Mendan keyin topgani sen ekanligingga ishona olmayapman —, dedi u zaharxanda bilan sochini o'ynab.

Hyejin | Glamour Fanfic