Successor
Ko'zidagi yoshlarga erk bergan qiz qarshisida cho'kkalab o'tirgan yigitdan ko'zini uzmagan holda o'zi ham uning yoniga joylashdi.
Taehyung Aeraning javobidan so'ng yuzida to'rtburchak tabassum hosil qilib qizni issiq quchog'iga oldi:
- Va'da beraman... Tanlovingdan hech qachon afsuslanmaysan.
Nonushtadan so'ng rafiqasining singlisiga haydovchi biriktirib uyiga olib borishini tayinlagan yigit zinadan yuqoriga ko'tarilayotgan qizga uyga kechroq qaytishini, ishlari borligini xabar bergach qo'rg'onni tark etdi.
Uyda xizmatchilardan boshqa kimsa qolmagach Hyejin barcha xonalarni ko'zdan kechirmoqchi bo'ldi. Aksariyat xonalar bir xil uslubda - oq-qora rasmlar va jihozlar bilan bezatilgan, faqatgina bir xona borki unda na bir yotoq, na tayinli bo'yoq bor. Negaligini tushunmagan qiz miyasini ortiqcha narsalar bilan to'ldirishni istamay pastki qavatga yo'naldi.
Xonalarning birida suv bilan to'ldirilgan hovuz bo'lsa birida sport anjomlari uyushmasi yeg'ilgandi. Qiziqishdan yugurish uchun mo'ljallangan moslamani ishga tushirib sekinlik bilan yura boshladi. Biroz vaqtdan so'ng deyarli bor tezligida yugurayotgan qiz peshonasidan oqayotgan terlarni artib moslamani to'xtatdi.
G'ayrati oshib og'ir toshlarni ko'tarishga harakat qildiyu kuchi yetmagach hafsalasi pir bo'lib xonani tark etdi.
Vaqtni o'ldirish uchun qo'rg'on uzra uyoqdan buyoqqa yurarkan yana bir eshikni ochdi. Qarshisidagi ulkan kutubxonani ko'zdan kechirarkan quvonchini yashira olmay qora muqovali kitoblar yeg'ilib turgan javon oldiga bordi.
U inson ruhiyatini o'rganadigan, yashashga xohish yaratadigan badiiy kitoblarni emas, qabihlik dunyosining chirkin ishlari tasvirlangan kitoblarni afzal ko'radi. Maktab paytidan turli xil qotillik va o'g'riliklarni ochib bergan adabiyotlar bilan ulg'aygan, o'zi ham hikoya ichidagi detektivga qo'shilib jinoyatchini izini topishga harakat qilgan. Bu kabi kitoblarning muqovasi ko'lincha to'q ranglarda bo'lishini hisobga olib qadamlarini chap tomondagi javonga yo'naltirdi.
Xa, u yanglishmadi. Bir tekis qatorda terilgan kitoblardan birini olib nomini o'qidiyu yuziga tabassum yugurdi. Boshqa kitoblarni ham ko'zdan kechirib o'zi o'qib ko'rmagan sanoqli kitoblarni qo'ladi dastaladiyu ularni o'qish uchun qilay joy qidira boshladi.
Kutubxonaning ichidagi yana bir xonaga qadam ranjida qilib yumshoq divanlarning biriga o'tirdi. Birin ketin qo'lidagi kitobni varaqlarkan berilib ketganidan xuddi ichiga tushib qolgandek yuz ifodasi asarda yuz berayotgan voqealarga monand o'zgarardi.
Tushdan o'tdi.. Birinchi kitobni o'qib tugatgach ikkinchisiga qo'l cho'ziq uni ham varaqlay boshladi. Soatlar ketidan soat o'tib falakni qorong'ulik egallagan mahalda uyga Jungkook kirib keldi. Hyejinni chaqirarkan javob olmagach yotoqxonaga ko'tarildi. Birin ketin barcha xonalarni qarab chiqarkan oxirgi manzili kutubxona bo'ldi. So'ngi umidi shu xonadan bo'lib uni izlarkan divanda qo'lidagi kitob bilan uxlab qolgan qizni ko'rib jaxl o'rnini iliqlik egalladi.
Qizni uyg'otishni ep ko'rmay qo'llarini uning bo'yni va sonidan o'tqizdiyu yengil lat misoli ko'tarib xonani tark etdi. Yo'l yo'lakay Hyejin ko'zlarini ohista ishqalab ocharkan tepasida unga qarab turgan yigit tufayli biroz cho'chib ketdi.
- Nega azroilni ko'rganday qo'rqib ketding? Yoki mendek kelishgan yigit mening oldimda nima qilyapti ekan dedingmi?
Jungkook qizni mazax qilish barobarida yotoqxonaga olib kirdi.
- Tepamdagi mahluq menga shunday qaradiki, xuddi "Seni yeyman" degandek edi.
- Mahluq!? Kimligimni biroz adashtirdingkuya lekin seni "yeyishim" rost.
Yigit lab ichidagi kulgusini saqlagan xolda qizni yotoqqa joyladi.
- Xoy, Xoy. Faqat bugun emas.. Og'riqlar to'liq tarqamadi..
- Nima qilishimni aytganim yo'qku.. Sen nimani o'ylading?
Jungkook Hyejinni qayta mazah qilgancha ustidagi kostyumini yecha boshladi.
- Gaplaring va harakatlaring bir-biriga mos kelmayapti...
- Uxlashdan oldin kiyimimni almashtirishim mumkin emasmi? Xayoli buzuq.
Jungkook qizga gapirishga imkon bermay lablariga chang soldi. Ostida tipirchilayotgan qizga e'tibor bermay ishini davom ettirgach lablarini uning qulog'i oldiga keltirib dedi:
- Hyee? Men senga seni xohlayman dedimmi!?
- Buni ko'zlaringdan bilib olsa bo'ladi, yolg'on gapirishni uddalay olmaysan.
Qiz yotoqda cho'zilib yotib olgancha ko'rpa ostiga kirib ko'zlarini yumdi. Jungkook ham ish kiyimini yengil fudbolka va shim bilan almashtirgach Hyejinning oldidan joy oldi.
- Bugundan boshlab seni Hyee deb chaqiraman.
- Hyee? Meni hech kim bunday atamagan.
- Men birinchi bo'lishni yoqtiraman.
- Shuning uchun akangdan avval uylandingmi?
Qiz boshqa gapirishni istamay ko'zlarini yumdi. Belidan o'ralgan qo'llarni his qildiyu bir onda o'zini Jungkookning bag'rida topdi.
- Qimirlama, shunchaki jim yot.
- Men rad javobini qabul qilmayman.
Yigit yuzini rafiqasining sochi va bo'yniga ko'mib chuqur nafas olib uyquga ketdi.
Taehyung va Aera shu kunlarda osmonda uchib yurgandek edi go'yo... Kunlari to'yga tayyorgarlik bilan o'tar, bazm kechasi uchun kerakli narsalarni ko'rib chiqishardi. Aera to'y libosi va uy bezaklarini nozik did bilan tanlab, Taehyungning boshini qotirishga ham ulgurdi. Birgina libos tanlash uchun o'ndan ziyod eng mashxur brendlarning mahsulotlarini ko'rib chiqib anchasini rad etdi. Yigitga yoqqani unga, uniki yigitga yoqmay bazi nizolardan so'ng ahiyri bir ko'ylak tanlashdi.
To'ydan ikki kun oldin uyda o'tirisharkan Aera yuziga turli xil narsalarni surayotgan yigitga qaradi.
- Xoy, yuzingga nima surtding? Oynaga qaradingmi?
Taehyungni mazax qilib kulganidan o'tirgan o'rindig'idan yiqilib tushgan qizning kulgusiga yigitniki qo'shildi:
- Ertadan keyin to'yim bo'lsa, yuzim tiniqroq ko'rinsin deymanda.
- Aslida men shunday qilishim kerak emasmi?
- Men seni ushlab turibmanmi qilma deb?
Aera yigitga nisbatan ko'zini ko'z soqqasi bo'ylab aylantirib o'rnidan turdi.
- Albatta yaxshi bo'ladi. Ertalab birga bu yerni tark etamiz. Seni to'y libosida ko'rishgan shunchalar oshiqyapmanki...
Taehyung yuzidagi niqobni olib tashlagach Aeraning oldiga bordida uni ko'tarib olib yotoqqa joylashtirdi.
Taehyung qizni quchib olib go'yo quchib ketayotgandek uni mahkam ushlab iforiga mast bo'lgancha xayolot dunyosiga sho'ng'idi.
Ismim uy bo'ylab jarang sochgach singlimning xonasidan chiqdim. Ko'zim turmush o'rtog'imga tusharkan u qo'llarini ortga qilib turardi. U hech bir harakatsiz unga yaqinlashishimni kutarkan men asta sekin qadam tashlab uning oldida paydo bo'ldim. U menga kulib qo'ydiyu qo'lidagi mitti mushukchani qo'limga tutqizdi. Shunchalar xursand bo'ldimki qanday qilib Jungkookni quchib olganimni sezmay qoldim.
- Uyda zerikib qolmasliging uchun sotib oldim.
Ko'zimni mushukdan uzmay uni erkalatgancha javob berdim. Qarshimizdan chiqqan Hyeri ham qo'limdagi jajji mavjudotni ko'rib yugurgancha yoniga keldi.
- Jungkook aka buni siz olib keldingizmi?
U tabassum qilgancha yuqoriga ko'tarila boshladi. Bir necha daqiqadan so'ng sport kiyimda pastga tushib menga ko'z qirini tashladiyu yo'nalishini kecha men kirib ko'rgan sport xonasiga burdi.
Singlim mushukchani ko'targancha o'z xonasiga olib ketgach yana bir marta ismim yangradi.
Ovoz kelgan tomonga borib eshikni ochdimu Jungkookning terlab ketgan yuziga duch keldim.
Unga aytgan narsasini olib kelib berganimdan so'ng yuz va bo'yin sohasidagi terlarni artib ohista qadamlar bilan xonadan chiqdi. Yuvinish xonasi tomon qadam tashlarkan menga buyruq berishni ham unutmadi.
- Sen chindan ham axmoqmisan yoki atayin asabimni buzish uchun shunday qilyapsanmi?
Unga boshqa gapirmadim. Shunchaki jim qolib gapining mag'zini chaqishga harakat qildim. To'satdan miyamga kelgan fikrdan ko'zlarim moshdek ochilib tez yotoqxonaga yugurdim. Yotoqqa joylashib tezroq uxlab qolishga harakat qilarkanman eshik ortidan yaqinlashib kelayotgan qadam tovushlarini eshitgan zahotim ko'zimni chirt yumib dukkilab urayotgan yuragim tinchlanishi uchun sekin-sekin nafas ola boshladim. Eshik zulfi qimirlagandan so'ng yolg'onim fosh bo'lmasligi uchun iloji boricha o'zimni bo'sh qo'ydim. Menimcha u menga yaqinlashdi, sochidan oqayotgan suv tomchilari yuzimga kelib tushgach sovuqlik ta'sirida seskanib ketdim.
- Menga bu xiylalaring o'tmaydi.
Qimirlamadim... U meni tinch qo'ymasligi aniq. Shuning uchun qilt etmay uning keyingi harakatini kuta boshladim.
- Agar hozir ko'zlaringni ochmasang va'da beraman og'riq tufayli ularni qanday ochganingni bilmay qolasan.
Nima qilishni bilmayapman... Ko'zlarimni ochaymi yo'qmi? Taqdirga tan bergan holda asta sekin qorong'ulikni Jungkookning chehrasi bilan almashishiga qo'yib berdim. U menga g'azab va shahvat ila qarab turarkan tanamda uchmagan tuk qolmadi. Tanasida sport shimidan boshqa kiyim yo'q... Uning kubsimon shakldagi presslariga tikilib turganimda xayollarimni Jungkookning gaplari joyiga keltirdi.
- Bilaman, kelishganman. Xohlasang ularni ushlab ko'rishing mumkin. Rafiqam bo'lganliging uchun bunga ruhsat beraman.
Yigit ortiq vaqt ketkizishni istamay qizga och bo'ridek yopishib ketdi. Xona bo'ylab oldin og'riq keyin esa zavq tufayli vujudga kelgan nolalar tarqala boshladi.
Xuddi shu paytda qo'rg'onning birinchi qavatida ham kichik romantika bo'lardi.
Kichkintoy Hyerining telefoniga kelgan yana bir xabar uni oynadan tashqariga qarashga majbur etdi.
📩Oynadan tashqariga qarasang meni ko'rasan~
Pardani biroz chetga surgach derazani ochib pastga sinchkovlik bilan qararkan qo'lida gul tutib turgan sharpani payqadi. Ko'zlariga ishonmay ularni ishqalab ko'rib qayta u yerga qaragach u ko'ziga ko'rinmayotganligini, haqiqatdan ham unga qarab tutganini xis qilgach hayratdan yoqa ushlagancha harakatsiz qotib qoldi.
Aera umrimda bir marta bo'ladigan eng quvonchli kunlardan biri - to'y kuni uchun stilistlar va xizmatchilar yordamida bekamu ko'st tayyorlandi.
Kechaning malla sochli malikasi mehrob oldida uni kutib turgan bo'lajak turmush o'rtog'i oldiga borishga oshiqarkan katta eshikni ikki tomonga ayirib nigohini to'g'riga qaratdi. Kutilmagan hodisa, Taehyungning yonida Aeraning o'rnida oq ko'ylak kiyib olgan qizni ko'rib hayratlanishni ham, g'azablanishni ham bilmay qoldi. Mehmonlar Aeraga begonaga qaragandek qarashar, yigit va qizning qo'lida allaqachon taqilgan nikoh uzugi yarqirardi. Qiz sekinlik bilan mehrobdan tushib Aera tomon harakatlanarkan uning oldiga yetib kelganda labining uchida tabassum qilib mamnuniyat ila uni tomda kutishini xabar berdi. Aera bizor vaqt karaht ahvolda turgach asta sekin o'ziga kelib uyning yuqori qavatiga ko'tarila boshladi. Musaffo osmonda ostida Taehyung, Aera va qiz turarkan, Karina baland ovozda kulib gap boshladi.
- Chindan ham Taehyung senga uylanadi deb o'yladingmi?
- Xoy la'nati! Darrov menga barchasini tushuntirib bering! Seni itlarga yem qilaman foxisha!
- Tilingga erk berma Aera! Aks xolda uni o'zim uzib olaman.
- Nima!? Sen hali mana shu manjalaqi tufayli menga shunday munosabatda bo'lyapsanmi?
- Sen menga hech kim emassan. 6 yil ichida yaxshigina foydalanib oldim va zerikib qoldim.
- Nn..Nima!? Foydalandim..? Xoy ahmoq!
Aera burchakda turgan Taehyung tomon bostirib kelarkan unga yaqinlashganda o'rnini almashtirgan yigit qizni tomning panjarasiga tiradiyu, "Jahannamga ravona bo'l" degancha itarib yubordi. Havoda o'zini patdek yengil his qilayotgan Aera ko'zlaridagi yoshga erk berib o'tgan 6 yilidan afsuslangancha qo'llarini yozdi.