Successor
- Aera bugun ertaroq ketmasam bo'lmaydi, ustozdan ruhsat so'radim. Oyimning mazasi bo'lmayotgan ekan, buguncha o'zing ovqatlanib turaverasanmi?
- Ha bemalol, Lim xonimga mendan salom ayt. Uyga yetib borganingdan so'ng menga xabar bergin.
Qiz gapni yakunlab xonadan shoshib chiqib ketdi. Tushlik vaqti bo'lganligi sababli hamma oshxona tomon yo'l olarkan daqiqalar ichida oshxona o'quvchilarga to'ldi.
- Kechirasiz, oldingiz bo'shmi?
- Menimcha biz bir sinfda o'qiymiz, men Park Jiminman, oldingizga o'tirsam bo'ladimi?
Qulog'imga chalingan mayin ovozdan yuqoriga qaradim, qarshimda baland bo'yli, kelishgan, har qanday qizni o'ziga mahliyo qiluvchi quvnoq yigit turibdi. Yuqori maktabdagi 1-semestr bo'lganligi sababli sinfdoshlarimni hali yaxshi tanimayman, lekin meni taniydiganlar borga o'xshayapti. Aslida insonlar bilan muloqot qilishda unchalik yaxshi emasman va tez kirishib keta olmayman. Ammo bu yigitga rad javobini bera olmadim. Oldimga joylashgach ovqatlanish mobaynida turli xil hazillar bilan kayfiyatimni ko'tardi va do'st bo'lishga ham ulgurdik. Shu kundan boshlab bir-birimizga yordam beradigan, birga ovqatlanadigan va darsdan bo'sh vaqtimizda maktab bog'ida suhbatlashadigan bo'ldik.
- Xa, Kel bir birimizga kimni yoqtirishimizni aytamiz.
- U maftunkor, uzun sochli yoqimtoy qiz. U kulganda ko’zlarimni undan uza olmayman. Men uni o'rta maktabda yoqtirib qolganman.
Men bir lahza bo’lsa ham u meni tariflashini xohlardim. Chunki men…men Jiminni yoqtirib qoldim. Lekin qizni o’rta maktabda sevib qolganligini eshitib umidim so’ndi, biz yuqori maktabda tanishdik.
- Uning ismi Kim Xarin. Sen u haqida bilgan ikkinchi insonsan. Men boshqalardan avval sen bilishingni istadim. Axir biz do’stlarmiz, shundaymi?
- Demak endi sening navbating.
- U baland bo’yli, kelishgan va beg’ubor…
Men shoshib qoldim, Jiminga yoqtirishimni ayta olmayman, u meni sevmasa ham do’st sifatida bo’lsa ham uning yonida bo’lsam bas, menga shu yetadi.
- Kimligini ayt! Juda ham qiziqib ketyapman.
- Yo’q kim ekanligini ayta olmayman.
- Oh, men uning kimligini bilaman! Jimin endi gapirmoqchi edi dars boshlanganidan xabar beruvchi ovoz jarangladi.
- Qo’ng’iroq seni saqlab qoldi Yiye Aera!
- Qayerga ketib qol… Yonimga o’tirgan insonga gapirish mobaynida u tarafga o’girilarkanman partadoshim Jimin o’rnida uning do’sti Kim Taehyungni ko’rib tilim aylanmay qoldi. Undan ko’pchilik qo’rqadi va uning kulganini hech qachon ko’rmaganman. Darrov ortimga o’girilib Taehyungning o’rnida o’tirgan Jiminga qaradim, uning ko’zlaridan nima demoqchi ekanligini tushindim. U men yoqtirgan inson KIM TAEHYUNG deb o’ylayapti!
- Hech nimaga shunchaki ortingdagi oynaga qarayotgandim.
Kim Taehyung kim deb savol berishingiz mumkin, u Jiminning yoshligidan beri birga ulg’aygan do’sti. Bilasizmi, hammaning guruhda yaxshi munosabatda bo’lib, birga yolg’iz qolganda o’zini noqulay his qiladigan do’sti bo’ladi. Men va Taehyung shundaymiz. U hamma joyda Jimin bilan birga bo’ladi, lekin men u bilan unchalik ham yaxshi muloqot qila olmayman. Unga gapirganda tilim aylanmay qolayotganligi sababli shunchaki jim turishni afzal ko'raman.
- Menga qarashni bas qila olasanmi, men yaxshi baholar olishim kerak! ( Aera
- Oldingda hech qanday o'quv quroli bo’lmay turib gapirayotgan gapingni qara.
- Buyoqqa ber ( Aera shunday degancha Taehyungning oldida turgan daftar va ruchkani tortib oldi.
- Qoyil! (Tae kinoya bilan gapini yakunladida e’tiborini darsga qaratdi.
Endi nima qilish haqida o’ylashim zarur. Agar men yoqtirgan inson Taehyung emasligini aytsam Jimin yana kimlarnidir bu ishga aralashtira boshlaydi. U allaqachon “X” bizning maktabda o’qishini biladi. Men bo’yi uzun, uni yoqtirishimni bilsa ham parvo qilmaydigan yigit topishim kerak. Lekin bizning maktabda Taehyungdan boshqa bunday o’quvchi yo’q!
- Hoy Aera, avvalroq senga katta bo’lgan forming bor ekanligini aytganding, u hali ham turibdimi?
- Ha, Nega? O’zingnikini olib kelmadingmi? Berib turaymi?
- Ha yaxshi bo’lardi, lekin buni boshqa birovga bersam bo’ladimi?
- Albatta, ular baribir menga katta.
“NIMAAA?!” sport zalni qizning baqirig’i tutib ketdi, lekin hamma o’zi bilan o’zi ovora bo’lganligi sababli bunga uncha ham e’tibor berishmadi.
- Taehyung formasini kecha mening uyimda qoldirib ketgan ekan, olib kelish esimdan chiqib qolibdi. Bu kiyim unga biroz kichkinadek tuyilyapti, shunday emasmi? ( Jimin
- Biroz!? Taehyung yaxshimisan…
“Ushbu forma darsing oxirigacha yetib bormasa kerak…” o’yladi Aera. To’g’rida, kichik jussali qizga biroz katta bo’lgan kiyim bahaybat yigitga mos kelarmidi?
- Men yaxshiman… bu unchalik ham tor emas. ( Taehyung
- Yengil tortdim. Kechirasan, ertaga albatta formangni olib kelaman. ( Jimin
- Hoy, qo’lingga qara siyohrang bo’lib qolibdi! Qon o’tmay qolishi mumkin ahir. ( Aera
“Bolalar bugun o’tirib turishni mash qilasizlar. Sizlarga 20 daqiqa vaqt beraman”, O’qituvchining gapini eshitgan o’quvchilar o’zlariga juft topib mashqni bajara boshlashdi. Jiminning iltimosi bilan Aeraga sherik bo’lishga rozi bo’lgan Taehyung zo’rg’a nafas olar, uning qarshisida esa endigina 4-marotaba turishga harakat qilayotgan qiz allaqachon qizarishga ulgurgandi.
- Balki tugatarsan ahvolingga qara 50 kglik yukni ko’tara olmay qiynalayotgan insonga o’xshab qolibsan.
Aera jahl bilan tez o’rnidan turib yuborgandiki boshini Taehyungning burniga urib yubordi.
- Voy kechir men bilmagandim..
- Kim Xonim! Kim Xonim iltimos yordam bering!
- Mashq qilayotgandik, bilmasdan uning burniga turib yubordim.
Boshi aylanayotganidan oyog'ida tik tura olmayotgan yigitni ushlab turgan qiz hijolat bilan hamshiraning savoliga javob berdi.
- Xonim men shu yerda biroz yotsam bo'ladimi? Burnim qonaganligi tufayli biroz boshim aylanyapti...
- Ha, hozir ancha yaxshiman, faqat birozgina boshim aylanyapti. Balki peshonamga qandaydir sovuqroq narsa qo’ysam o’tib ketar… Ha yana 3ta qovun ta’mli, 2 ta banan ta'mli sut ham ichgim kelyapti..
- Mashq qilayotgandik, bilmasdan uning burniga turib yubordim.
Boshi aylanayitganidan oyog'ida tik tura olmayotgan yigitni ushlab turgan qiz hijolat bilan hamshiraning savoliga javob berdi.
- Xonim men shu yerda biroz yotsam bo'ladimi? Burnim qonaganligi tufayli biroz boshim aylanyapti...
Mashq qilayotgandik, bilmasdan uning burniga turib yubordim.
- Ha, hozir ancha yaxshiman, faqat birozgina boshim aylanyapti. Balki peshonamga qandaydir sovuqroq narsa qo’ysam o’tib ketar… Ha yana 3ta qovun ta’mli, 2 ta banan ta'mli sut ham ichgim kelyapti..
- Yaxshi..yaxshi. Ammo bu biroz ko’p emasmi?
Taehyung menga shunday qaradiki, bir lahzaga nafas olish esimdan chiqib qoldi.
- Mayli, avval ustozga aytib qo’yib keyin sutni olib kelaman…
- Hoy Aera, Yuna uyga ketmaysizmi? Nega buncha ko’p narsa ushlab olding? ( Jimin koridorda o'nga yaqin sut ko’tarib kelayotgan qizlarga yuzlandi.
- Ha.. bular Taehyung uchun, men jismoniy tarbiya darsida tasodifan uning burniga urib yubordim. U xali ham xonadamikin?
- Men shuyerdaman ( Taehyung kutilmaganda orqadan kelib gapirarkan qizning boshiga ichimlik qo’ydi.
- Bularni ol, o’zimni aybdor xis qilganim uchun aytganingdan ko’proq sotib oldim.. , aytgancha boshimdagi narsa nima?
- Bu senga.. Kiyimlaringni berib turganing uchun rahmat, ertaga ularni yuvib olib kelib beraman.
Taehyung sovuqqonlik bilan gapini yakunlab davrani tark etdi. Aera boshidagi sutli choyni olib ko’zdan kechirarkan yuzida o’zi bilmagan xolda nim tabassum hosil qildi.
O’quvchilarning shovqini bilan to’lgan xonaga o’qituvchi qadam bosishi bilan hamma o’z joyiga joylashdi. Dars davomida ba’zilar ustozning har bir aytgan gapini qayd qilib uni diqqat bilan tinglab o’tirsa b’azilar qo’lidan yostiq yasab hayolot olamiga sho’ng’igandi. Dars tugab qo’ng’iroq chalingach o’qituvchi e’loni borligida xabar berib biroz kutib turishlarini aytdi.
- “Xurmatli o’quvchilar 1-semestr yakunlanganligi tufayli maktab ma’muriyati bilan kelishib Jeju oroliga 3 kunlik sayohat uyishtiryapmiz. Shu hafta oxirida barchani ertalabki 8.00da sinfxonada ro’yhatga olaman. Bora olmaydiganlar menga xabar bersin ”
Muallim xonani tark etishi bilan quloqni larzaga keltiruvchi shovqin vujudga keldi. Hamma u yerda nima qilishini rejalashtirar, qanday kiyimlar, turli gazaklar olishlarini muhokama qilishardi.
- Bolalar hammamiz boramizmi ( Jimin huddi ‘borishingiz shart’ degandek hammaga: Yuna, Aera va Taehyungga birma-bir qarab chiqdi.
- Albatta boramiz! ( Uchala tomondan kelgan ovozdan mamnun bo’lgan yigit u yerda nima qilishlari haqida gapira boshladi.
O’qituvchi yo’qlamani qilib bo’lib o’quvchilarni avtobusga joylashtirdi. Yana bir marta ularni sanab, hech kim qolib ketmaganligiga amin bo’lib avtobus haydovchisiga haydashini buyurdi.
1-qism tugadi azizlar. Fanfic maktab hayoti haqida emas, shunchaki kirish qism xolos. "Successor" so'zining ma'nosi "voris" (ff nima haqidaligini bilvosela bo'ladi😁) Xatolar uchun uzr.
- Ye Ji-in - Shu yerdaman - Choi-Se-gyeon! - Men - … O’qituvchi yo’qlamani qilib bo’lib o’quvchilarni avtobusga joylashtirdi. Yana bir marta ularni sanab, hech kim qolib ketmaganligiga amin b