Successor
O’qituvchi yo’qlamani qilib bo’lib o’quvchilarni avtobusga joylashtirdi. Yana bir marta ularni sanab, hech kim qolib ketmaganligiga amin bo’lib avtobus haydovchisiga haydashini buyurdi.
Yo’l bo’yi bolalar musiqa aytishar, turli o’yinlar o’ynashardi.
9 soatlik yo’l davomida Taehyung boshqalarning xayolida uxlayotgan bo’lib o’z dunyosiga sho’ng’ib ketdi.
- Xoy Taehyung, o’rningdan tur yetib keldik. ( Jimin ayiq kabi uxlab yotgan Taeni uyg’otishga harakat qilardi.
- Biroz uxlab olay, o’zi endigina o’rnashdimku
- Soat olti bo’ldi yaramas! Shuncha vaqt davomida ham yaxshi uxlay olmadim deyapsanmi?
Ustidan to’kilgan suv ta’sirida ko’zini tok urgandek tezlik bilan ochgan yigit do’stini la’natlagancha ortidan quvib ketdi.
“Mana manzilimizga ham yetib keldik, qarshimizdagi mehmonxonada qolamiz, kirganimizdan so’ng ro’yhatga olishadi so’ng xonalarga joylashishsangiz bo’ladi. Xar bir xona 2 tadan o’quvchi uchun mo’ljallangan. 1 soatdan keyin sizni yana shu yerda kutaman. 4 tadan guruxlarga bo’linib olasiz.
15 minut davom etgan ro’yhatga olish islaridan so’ng qo’limdagi kalitga yozilgan raqamli xonani izlay boshladik. Yuna ikkimiz lift orqali 4-qavatga ko’tarilar ekanmiz ortimizdan Taehyung va Jimin keldi. Bir-birimizga kalitlarimizni ko’rsatganimizda so’ng ketma-ket xonalarda ekanligimizni bilib oldik. Bizga ajratilgan xonaga kirib kiyimlarimizni joylab olgunimizcha 1 soat ham o’tib ketibdi. Pastga tushganimizdan so’ng ustoz ovqatlanishimiz haqida xabar berdi. Men, Yuna, Taehyung va Jimin bir stol ustida o’tirdik.
Jimin har galgidek bizni ovqatlanishga ham qo’ymay qiziqarli hazillari bilan kuldirib o’tiripti. Qiz do’sti bo’lishiga qaramay menga yaxshi munosabatda bo’ladi, u ajoyib do’st! Negadir hozir avvalgidek Jiminni ko’rsam hayajonlanmayapman, uni huddi o’zidek – do’stdek ko’ryapman. Xa men chindan ham ortiq uni yaxshi ko’rmayman, bu yaxshi.
Ovqatlanarakanmiz Jimin yana vaysay boshladi. Shundoq ham och qolgan bo’lsak, yana buni valdirashini qarang! Qizlar ham yo’l bo’yi hech nima yemadi, nima balo u ahmoqmi? Ammo Aeraning kulishi menga yoqyapti. Uni birinchi ko’rganimdayoq yoqtirib qolgan bo’lsam ham Jiminda ko’ngli borligi uchun hech nima demadim. Qo’rqdim, mendan yana ham uzoqlashib ketishidan qo’rqdim. Jimin hech nimani payqamadi, uning ko’zi Xarindan bo’shqasini ko’rmaydi lekin Aeraga juda ham mehribon. Men…men omadimni sinab ko’rmoqchiman!
Kechki ovqatdan so’ng barchamiz sohilga bordik. Juda ham chiroyli manzara. O’nqir-cho’nqir qoyalar, bulutlar bilan tutashib ketgan tog’lar go’zalligidan bahra olarkanman bu yerga oldinroq kelib ko’rmaganimga afsusulandim. Dengiz ortiga g’arq bo’ayotgan quyosh qizg’ish nurlarini sochib asta-sekin o’rnini oyga bo’shatyapti.
Manzaradan zavq olarkanman dengizning sohilga tutashgan yerida yurgan qizga ko’zim tushdi, ha bu Aera. Menimcha vaqt keldi. Atrofda hech kim yo’q, faqat ikkimiz!
- Zerikib qolmadingmi? (Aeraning oldiga borib gap boshladim
- Unchalik emas, Tabiat chiroyidan bahramand bo’lyapman.
- Menga ham bu yerlar yoqib qoldi. Kel bu yerga o’tiramiz.
Yarim soatcha hech nima demasdan poyonsiz dengizga termulib o’tirdik. Allaqachon zulmat ichra nur bo’lib porlab turgan to’lin oyga qarab aytdim:
Aera xuddi ma’nosini tushungandek dovdirab qoldi va duduqlangancha tilidan “Menga vaqt kerak, javobini hozir ayta olmayman” degan jumlani chiqara oldi xolos.
- Qancha kerak bo’lsa kutishga roziman…
• Oy chiroyli, to'g'rimi? - Men seni sevaman.
Taehyungning gapidan so’ng hayratdan yoqa ushladim, naxotki shunday toshbag’ir meni sevib qolgan bo’lsa. “Oy chiroyli, to’g’rimi?” miyamda aks-sado berayotgandek qayta-qayta takrorlanayotgan jumlalarni eshitib yana qaltiroq bosyapti. Xa, men kuni kecha “Oy oshiqlari” dramasini ko’rib ushbu iboraning ma’nosini bilib olgandim (aslida unday sahna mavjud emas) va… va buni Taehyungdan emas Jimindan eshitishni xohlagandim… Na chora.. Jimin o’z yo’liga, men o’z yo’limga…
Allaqachon tun kirdi, ko’pchilik o’z xonasiga qaytyapti. Shinam avtobusda kelgan bo’lsak ham 10 soatlik yo’l bor kuchimizni sug’urib oldi. Lift orqali 4-qavatga ko’tarilib koridor bo’ylab yurarkanman qarama qarshi tomondan kelayotgan Taehyungni ko’rib yuragim tez-tez ura boshladi. Shunchalar qattiq urardiki sharmanda bo’lmasimdan oldin yugurib xonamga kirib ketdim. Xolsiz qadam tashlab divanga joylashdim. Ko’p o’tmay Yuna dushdan chiqib keldi. Ichimdagilarni aytmasam yorilib ketadigandek bo’lib gap boshladim.
- NIMAA!? Qayerdan bilding? O’zi aytdimi?
- Sohilda aylanib yurgandimda oldimga keldi, biroz gaplashib o’tirganimizdan so’ng jim qoldida birdan oyga qarab “Oy chiroyli, to’g’rimi” dedi.
- Nima qilibdi? Oy ko’ziga chiroyli ko’ringandirda.
- Buning ma’nosini bilmaysanmi ahmoq?
- Bu yaponchada “Seni sevaman” degani. Oy oshiqlari dramasida ham Kim Jun-ho Baek Yerimga shunday deganku! (aslida bunday emas, to’qidim)
- Tushunarli… Aera, uni qo’ldan chiqarma. O’zing ham bilasanku uni duch kelgan qizga sevgi izhor qiladigan yigitlardan emas.
- Unga qanday javob berishni bilmay qoldim, menga vaqt kerak ekanligini aytdim.
- Chindanmi..demak uni yoqtirib qolishga harakat qil Aera! Bunday imkoniyat har doim ham bo’lavermaydi.
Yunaga javob qaytarmasdan shunchaki divanga cho’zilib ko’zlarimni yumdim… Lekin yo’q..bo’lmayapti…uxlay olmayapman, u haqida o’ylashdan to’xtay olmayapman!
Quyoshning zarrin nurlari budilnikka yordamchi bo’lgandek mehmonxona oynalari orqali o’tib ko’plab insonlarni uyg’otishga ulgurgandi. Jejudagi qizg’in kun boshlanarkan o’quvchilar nonushta uchun chaqirildi.
“Bolalar, bugun Hamdok sohiliga tashrif buyuramiz. O’zingizga kerak bo’ladigan buyumlarni olib oling. Mehmonxonaga soat 7da qaytib kelamiz.”
Ustozning gapidan so’ng binoning pastki qavatida joylashgan kafedan chiqishga shaylanib turgan o’quvchilarning ko’zlari chaqnab ketdi. Barcha o’z dugonasi yoki jufti bilan qahvaxonani tark etisharkan ichlariga sig’may qandaydir o’yinlar haqida gaplashishardi.
- Hammaning o’z jamoasi bor shundaymi? (o’qituvchi o’yin oldidan bolalarni so’roq qildi.
- Demak o’yinni boshlayveramiz. Har bir jamoaga bir donadan gazeta beriladi. Shu gazeta ustiga chiqib turasizlar, kimningdir jamoasidan birorta odam gazetadan chiqib ketsa 1-bosqichdan o’ta olmaydi.
- Bir...ikki..uch! Hamma gazeta ustiga joylashsin. Bir daqiqadan so’ng g’olib jamoalarni aniqlaymiz.
Muallimning e’lonidan so’ng barcha gazeta ustiga joylashdi. 30 soniyaga bormasdan 8 ta guruxdan 3 tasi muvozanatni saqlay olmay yeqildi. Qolgan yarim daqiqa davomida yana 2tasi mag’libiyatni qarshi oldi.
- Vaqt tugadi! 1-bosqichdan 3 dona jamoa o’ta oldi xolos.
Shu uch jamoadan biri Aera, Yuna, Taehyung va Jimindan tashkil topgandi.
- Endi shartni yanada qiyinlashtiramiz. Gazetani to’rtga buklang. Bir..ikki..uch! Gazetaning ustiga chiqishingiz mumkin.
Kichik qog’oz parchasining ustida 4nafar inson tura olmasligini payqagan Jimin Aeraga qo’llarini cho’zgan hamono hayollarida shakllangan qizning Taehyunga tegishli tuyg’ulari haqida o’ylarkan bunday harakatni nojo’ya sanab, Yunani orqasiga mingashtirib oldi, qarshisidagi do’stlariga qarab qolgan qiz birdan bellaridan aylanib o’tgan kaftlarni his etdiyu ko’zlarini ochib yumishga ulgurmasdan Taehyung uni dast ko’targancha gazeta bo’lagi ustiga joylashdi.
Ikkinchi guruxda faqatgina o’g’il bolalar bo’lib bir birining ustiga tirmashib chiqib oldi. Uchinchi gurux a’zolari bo’lmish qizlar na bir-birining ustiga chiqa oladi, na dugonasini ko’tara oladi. Ilojsizlikdan qizlarning bari bir oyoqda bir-birini quchib gazeta ustiga o’rnashishdi.
15 soniyadan so’ng uchinchi gurux o’yinni tark etdi, qolgan ikki jamoaning esa xali beri yqilish niyati yo’q.
- Bolalar bu xolda o’yin cho’zilib ketadi, shartni yana biroz qiyinlashtiramiz. Endi bir oyoqda turasizlar. Qani bo’laqoling.
O’g’il bolalar jamoasidagilar barchasi bir zabardast yigitning ustida turganliklari tufayli bir oyog’ini ko’tarishi bilan yerga qulashdi.
Yuzida gʻalaba nishonasi koʻringan yigit boshini egdi-da lablarini qimtib qizni qoʻlidan tushirdi. Jimin chuqur uh tortib gʻolib boʻlishgani bilan jamoadoshlarini tabriklab Yunani pastga tushirdi-da Taehyungning yelkasidan qoqib qoʻydi. Oʻqituvchining ovozi atrofda yangragach yigitlar kerilgancha bir biriga jilmayib qoyishdi.
– Seni ham tabriklayman, doʻstim.
Ikki yanog'i qip-qizil holatga kelgan Aera endigina Jiminning ortidan tushib ust-boshini to'g'irlayotgan dugonasining qo'lidan tortgancha o'quvchilardan panaroq joy izlab ketdi.
- Uni aytmayapman axmoq. Nima sen Jimin seni ko'tarib olganidan hijolat bo'lmayapsanmi?
- Do'stlikka do'stkuya lekin...
- Balki sen ham Taehyungni yoqtirib qolayotgandirsan..
- Nimalar deyapsan u shunchaki do'st!
- Lekin yuzing va gaplaring seni sotib qo'yyapti.
Aera gulxan atrofida zefir eritib yeyayotgan do’stlari davrasiga qo’shilib, xech nima bo’lmagandek ular bilan maroq ila suhbat qurishiga qaramay, ichi yonidagi olov misol yonardi.
•Bizning xissiyotlarimiz fikrlashimiz, istaklarimiz, xulq-atvorimiz va butun boshli taqdirimizga ta’sir ko’rsatadi.
Safarimiz qaridi, Jeju orolidagi so’nggi damlarimizni Jusangjolli qoyalarida sayohat bilan o’tkazib, Seulga qaytishga hozirlanyapmiz.
- Jimin, Janob Oh meni pastga chaqiryapti. Jamadonim tayyor, menikini ham avtobusga joylab qo’yasanmi? Ko’proq qolib ketishim mumkin.
- Xa albatta, boraver. Yuklaring ishonchli qo’llarda.
Lift orqali shoshib 1-qavatga tushib yuzida tabassum bilan meni kutib turgan o’qituvchimizni ko’rdim.
- Bu sizlarga, musobaqada g’olib bo’lganingiz uchun. Kecha sovrinni olish esimdan chiqib qolgan ekan. ( Qo’lida turgan qutini menga uzatdi.
- Qo’ysangizchi ustoz, bu yerda juda ham ko’pku.
- Olaveringar, 1-o’rinni olish uchun ancha ter to’kdingiz. ( Uning ko’zidagi o’ynoqi kulguni ko’rib nimaga shama qilayotganini anglagach hijolat bilan kulib qo’ydim
- Endi do’stlaring oldiga boraver, yo’lga chiqamiz.
Mendan tashqari barcha avtobusga joylashib bo’lgandi. U yerdan Jiminni qidirib oldiga joylashmoqchi edim, ne ko’z bilan ko’rayki u Yuna bilan birga o’tirgan ekan. Jaxl bilan boshqa joy qidirarkanman, Aeraning oldidagi bo’sh joydan tashqari barcha o’rindiqlar band ekanligini ko'rib pastga qarab lab uchida kulib qo'ydim.
- Xa Lim xonimning Park Jimin bilan o'tirgisi kelib qolipti. (U huddi yosh boladek arazlab olipti.
- O'tirsam bo'ladi, to'g'rimi?
- Xa, albatta. (Aera avvalgidan o’zgargani - unga bo’lgan xislarimni bilgandan so’ng o’zini mendan olib qochayotgani yo’q lekin bu degani menga yaqinlashishga harakat qilyapti degani emas…
- Rahmat. Buni ustoz Oh berdi. (Qo’limdagi qutiga ishora qildim.
- Kechagi musobaqada..yutganimiz uchun. ( Biroz chaynalib gapirdim, ko’zini mendan olib qochib, qizargan yuzini mendan yashirishga urindi.
- … ( Aera indamadi… shunchaki boshini oyna tomonga burdida, ko’zlarini ohista yumdi.
- Hozir qaysi fan ekan? ( Aera
- Zo’rku, yuraqol tezroq darsga kiraylik.
- Nega bunchalar shu fanni yaxshi ko’rasan?
Xonamizga kirib partamizga joylasharkanmiz ketimizdan o’qituvchi kirib keldi.
“Salom bolalar. Hozir o’qituvchilar yeg’ilishiga kirib ketayotganligim sababli bugungi darsni Aera o’tib beradi. Rozimisan Aera?”
Janob Chu xonadan chiqib ketgandan so’ng barchaga tinchlanishini aytib doskaga buguni mavzuni yozdim. Ehtimollar nazariyasini tushintirib 2 ta masalani o’zim yechib berdim.
U asabaiy labini qimtib qo’llariga bo’rni ushlagandan so’ng masalani ayta boshladim.
- Qutida 7 ta qora va 3 ta oq shar bor. Tasodifiy ravishda olingan ikkita sharning qora bo‘lish ehtimoli nechaga teng? Ishlashing uchun 3 daqiqa vaqt beraman. Yetadi to’g’rimi?
U o’zicha bir nimalar qilib masalani yechishga harakat qilyapti lekin boshidanoq xato ketgandi. 3 daqiqani bekor ketqizib keraksiz narsalarni yozib qoyipti.
- Vaqt tugadi. Qani tekshiraylikchi. Xato-ku. Boshida guruxlab olishig kerak edi. Avvval ikkita 2 ta shar ham qora bo’ladigan , keyin ikkalasi ham oq bo’ladigan, so’ng biri oq biri qora bo’ladigan holatda ishlashing kerak edi.
- Masalangni o’zing yechaver ustozjon.
Uning gapidan so’ng jaxlim chiqib ketdi. Men unga jon kuydirib masalani tushintirsamu uning aytayotgan gapini qarang, yaramas!
- Axmoq bo’lsang ayb menda emas.
U ko’zini o’qraytirib partasiga o’tirdi.
- Aera mana bu misolni tushintirib ber. ( Jimin
- … ( Unga nima qilishi kerakligi haqida aytdim.
- Jiminni yoqtirasanmi Aera? ( Yun Jae-young
- Sevgi mojaroyimga aralashguncha kallangni ishlatsang yaxshi bo’lardi! ( Aera
Jae-young g’azab bilan o’rnidan turmoqchi edi dars payti ekanligi sababli o’zini bosdi.
- Yuna, bugun uyga borib uxlamoqchiman. Ketasanmi yoki o’zim ketaveraymi?
- Men bugun qo’shimcha dars qilmoqchi edim.
- Mayli, yaxshi qol. Ko’rishguncha.
Koridorda yolg’iz o’zim bugun bo’lib o’tgan voqealarni o’ylab yurib ketayotganimda kimdir qo’limdan tortib ichkariga olib kirdi. Bu shunchalar tez bo’lgandiki, xuddi bir zumda teleport orqali boshqa joyga o’tib qolgandekman. O’zimni anglab atrofga alanglagancha bu ishni kim qilganligini bilib oldim, bu lanati Jae-young va uning to’dasi.
- Men bilan o’ynashish qanday bo’lishini ko’rsatib qo’yaman oyimcha. ( Jae-young
- Balki bu ish bilan men shug’ullanarman, nima deysiz. ( Jae-young kulgancha bosh irg’agandan so’ng Kwangsun shimini yechib yubordi. Qo’rqqanimdan ko’zlarimi chirt yumib o’tirib oldim. Ular menga yaqinlasharkan kimdir eshikni ochishga urinardi. Yuzaga krlgan shovqindan barcha u tarafga qaradi lekin qulfligi tufayli ovoz tinib qoldi. Ular yana ishlarini davom ettirisharkan qattiq ovozdan so’ng sindirilgan eshik ortidan Taehyung ko’rindi. Mening najot farishtam.
U bolalar bilan mushtlashish mobaynida meni tashqariga chiqarib yubordi. G’azab o’tida aynan Kwangsunni yotqizib olib bor vujudi bilan urib yuzini tanib bo’lmas xolatga keltirdi. 4 yigitga bas kelib o’g’il bolalar hojatxonasidan chiqdi.
Yugurib ketarkanman zinaning oldiga yetganimda xoldan toyib o’tirib qoldim. Alamimdan yuzimni oyoqlarim bilan to’sib yig’lay boshladim.
Bularning aqli joyidami? Birgina gap uchun qizning nomusini toptash kerakmi? Oldimga kelib o’tirgan yigit tomonga qarab ko’z yoshlarimni tiya olmadim. U meni quchgancha takrorlardi: “Barchasi o’tib ketdi”. Uning bag’ridan chiqib ko’z yoshlarimni artdimda ichimda gapimni tartibladim.
- Taehyung men o’ylab ko’rdim.
- Men roziman. Faqat..faqat meni tashlab ketmaslikka va’da ber.
- Va’da beraman. Hech qachon seni yarim yo’lda qoldirmayman chagi~