April 7, 2025

" Sweet lie " by Yelena 18-episod

Bir kecha ko'nglimga so'zlagin dedim. Anordek sachradi bekor yoribman.

Shom vaqti…Atrof g’ira-shira qorong’ulikka cho’mishni boshlanagan paytda, kotiba qiz karidor bo’ylab boshlig’ining xonasi tomon ketyapti. Bu yerda faqat uning poshnasining taraq-turuq ovozi eshitiladi. Qiz eshik yoniga kelganda ikkilanib yana bir bora hujjatlar to’liq ekanligiga ishonch hosil qildi. Chunki bu yerda xato kechirilmasligini yaxshi tushunib olgan, ayniqsa bir necha oydan beri ofisda vaziyat taranglashgandi. CEO Kim Taehyung dam olish uchun ketgandan so’ng kompaniyaning hamma ishlarini Yoongi nazoratga olgan. Seokjin esa unga yordamlashmoqda. Eng qizig’i Yoongi qanchalik qattiqqo’llik qilib, barchani zir titratsada hanuz xoinlar topilib qolar va kompaniyani chuv tushirishga urinishmoqda. Bularning boshida Park oialsi turgani aniq lekin qanday qilib bu qadar ichkaridan yemira olayotganlari sirligicha qolmoqda..

Kotiba chuqur nafas olib eshikni taqillatdi. Ichkaridan “Kiring” degan qahrli buyruqni eshitgach kirishga jur’at etdi. Boshliq xonasiga kirar ekan stol yaqinida tiz cho’kib turgan tahminan 45 yoshlar chamasidagi bosh menejerga ko’zi tushdi. Kotibaga menejerning sochlari bir kunda oqarib ketgandek tuyildi. Nariroqda esa ularga orqa qaratgancha sigaretini tutayotgan Yoongi turardi. Xonada har doimgidan ham kuchli bosim mavjud. Har ikkila erkak ham qizga e’tibor berishmadi. Kotiba sekin stolga hujjatlarni tahlab qo’ydida bir necha qadam ortga tashlab rahbarga qarab uning buyrug’ini kuta boshladi. U bunday holatlarda har qanday so’z ortiqcha ekanlgini biladi. Umuman, bunday katta tashkilotning rahbariga kotiba bo’lishdek ma’suliyat ustiga, boshliqning odam chidab bo’lmas fe’lidek qiyin muammo bor edi. Ba’zida nafas olishga ham qo’rqib qoladi kishi. Hozir ham avzoyi buzuqligi sezilib turibdi. Soatning tinmay chiqqilashi esa yoqimsiz asabga tegadi.

Yoongi ortiga o’tkir qarash bilan o’girilib o’sha menejerni imlab hujjatga qaratdi.

- Tan olmaysan.. lekin bularni ko’rib nima deb o’zingni oqlaysan?

Xodim allaqachon ado bo’lgandi. Peshonasidan oqayotgan sovuq terni kostyumining yengi bilan artib hasiray boshladi. Boshlig’i unga “ochib o’qi” buyrug’ini bergach, uni “tutib bergan” hujjatlarga qo’lini cho’zarkan, Yoongi keskin stolidagi suviner vazifasini o’taydigan pichoqni olib, qog’ozlarga uzatilgan kaftni o’sha joyiga qadab qo’ydi. Chidab bo’lmas og’riqdan baqirayotgan menejerning qo’llaridan qon tizzilab oqa boshladi. U kishining bo’ynidan ushlab oh vohlariga qaramasdan o’ziga qaratdi.

- Xo’sh aytchi shu qo’llaring bilan shartonmalarga imzo qo’yganmiding? Gapir dedim senga kalamush!

Menejer og’riqdan ham rahbarining boshqa qilishi mumkin bo’lgan jazosidan qo’rqib tishini tishiga bosdi. Ammo uning qizarib ketgan yuzidan naqadar azoblanayotganini bilsa bo’lardi. Yoongi esa unga o’lim va’da qiluvchi nigoh bilan qarab:

-Menga qara, seni allaqachon o’ldirib yuborsam ham bo’lardi lekin.. o’sha senga buyruq berayotgan xo’jayningga gapimni yetkazib qo’yishingni xohlayman. Unga eng daxshatli o’lim turini tayyorlab qo’ydim va yaqin orada uni topib oyoqlarim ostida ezg’ilayman!

-Meni kechiring janob aybim yo’q meni… ular majbur qilishdi! Oilam bilan tahdid qilishdi!

Yoongi battar g’azablanib endi gapirmoqchi bo’lganida ogohlantirishsiz eshik ochildi va xonaga Jungkook huddi o’z ofisidek bemalol kirib keldi.

Uni ko’rib qaddini rostlagan Suga qo’rquvdan qotib qolgan kotibaga “Ko’zimdan yo’qoting bu isqirtni bu yerni tozalab ham oling” deya menejerni itarib yubordi.

Kotiba yolvorib yig’layotgan erkakni qo’lidan ushlab o’zi bilan olib chiqib ketishga urinardi, tezda uning ishini eshik yonida turgan qo’riqchilar yengillatib olib chiqib ketishdi.

Jungkook bo’lsa bemalol divanga yastanib olgancha eski do’stiga miyig’ida kulib qarab o’tirib oldi. Yoongi uning kelganini yoqtirmaganini yashirib o’tirmadi. Qoshlarini chimirib unga yuzlandi.

-Nega kelding?
- O’zim shunday… seni yana avvalgi Sugaga aylanganingni tomosha qilish uchun keldim.
-Tomosha qilib bo’ldingmi? Endi ket!-deb orqa o’girdi,lekin Jkning gaplari uni biroz to’xtab qolishiga sabab bo’ldi.

- Yaqinda uni ko’rishga borgandim. Iltimosingga ko’ra yozgan qo’shig’ingni aytib berdim, rahmat aytishing shart emas… ehhh lekin shifokorlar undan umid yo’q deyishyapti. Menga qarashli shifoxonada bo’lgani uchun yaxshiroq qarashlarini ta’minlayman havotir olma.

- U haqida ma’lumot so’ramadim, shuni aytish uchun kelgan bo’lsang ovvora bo’libsan. Menga tinchlik kerak, chiqishing mumkin.

- Tinchlik uchun yaratilgan, lekin hech qachon tinch kunni ko'rmagan yerga tinchlik tilaymiz.Meni bu yerga olib kelgan birgina savol bor- nega aybdor jazolanmayapti. Hmm…. nega uni himoya qilishda davom qilyapsan. Bu yerda qurbon senga kim bo’lishidan qat’iy nazar qotilni sir tutishga majbur qilayotgan narsa nima?

Yoongi unga qarab turib ortiq sir tuta olmasligini tushundi. Jungkook u aytmagan taqdirda ham hamma gapni ichidan sug’urib olmaguncha tinchimaydi. Hali ham 2 oydan beri indamay yurgani o’zi katta gap.
Yigit uning qarshisiga hissiz yuz yasagancha o’tirib olib so’zlay boshladi:

- Jungkook yaxshi bilasan men uchun oilam doim aziz bo’lib kelganini, ayniqsa, amakim o’limidan oldin menga ularni asrashimni qattiq tayinlab ketgan. Butun borlig’imdek himoya qilishga ming harakat qilsamda g’aflatda qoldim. Ha… Bellaning o’limiga men aybdorman. Agar o’shanda uni yolg’iz qoldirmaganimda Taehyung uni o’ldira olmas edi.

-Demak uning qotilligini tan olasan?!

-U kasal Jungkook! – bu gapni eshitgan Jkning qoshlari ko’tarilib ketdi.-Uning ruhiyatida buzilishlar bor. E’tiborini jalb qilgan yoki uni sezib qolgan odamni o’ldirmaguncha qo’ymaydi. Buni xohlab qilmaydi… o’ldirgach vijdoni qiynaladi, ko’zim ostida azoblanadi. Afsuski vaqt o’tib keyingi odamni so’yib rohatlanmaguncha tinchimaydi.

- Xo’sh shunday ekan .. uni davolatish kerak edi-dedi Jk jahli chiqib .

-O’zing o’ylab ko’r…. uni kasal ekanligidan xabar topgan dushmanlarimiz har qanday yo’l bilan vaziyatdan foydalanishga harakat qilishadi, xatto hozir ham biroz tobi yo’qligi uchun ishga chiqmayotganini bahona qilganimizda qanday ishlar bo’lyapti. Yana…onam… Yun xonim buni ko’tara olmaydi. Meni qotil deb qabul qilishi osonroq bundan. Ular uchun har narsaga tayyorman.

-Yelenachi, Bella va boshqa odamlarni shunchaki o’lib ketishiga qo’yib berasanmi?

-Taehyungni yillar davomida davolatdim, lekin ahvoli yengillashish o’rniga og’irlashyapti. Nimadir xato ketyapti. Biz Jin bilan uni chet elga yuborib davolatishga qaror qildik. Asosiysi buni hech kim bilib qolmasligi kerak, senga ham ishonib aytyapman JK!

- Ho’sh, qizning hayoti nima bo’ladi?

-Ko’zini ochishini kutishdan boshqa ilojimiz yo’q…Men u uchun qo’limdan kelgan hamma ishni qilaman.-dedi o’ychan pastga qarab.

Jungkook biroz jahl bilan gavdasini oldinga tashlab egildi va norozi ohangda:

- Lekin shu paytgacha biron marta ham yoniga kirmabsan. O’zing ham yaqinlasha olmaysan va boshqani ham yaqinlashtirmaydigan darajada xudbinsan! Bilsanmi shuni?!

Yoongi unga yarq etib qarab dedi:
- Ha, uning barcha azoblariga mening xudbinligim aybdor. Shunday ekan o’z hayotingda yashashni davom etdi.”Stay alive” qo’shig’ini senga berganim, unga kuylab berganing…. Bu hech narsani anglatmaydi. O’yin tugadi Jk!

Jungkook miyig’ida kulib qo’yib ichidan “ adashasan, Yoongi, o’yin endi boshlnadi!” dedi-yu xonadan chiqib ketdi. Uning ketishi Seokjinning kirib kelishiga to’g’ri keldi. Ikkalasi ham bir-birini ko’rganidan ensa qotirgancha indamay o’tib ketishdi.

Jin

Jin Jk chiqib ketganiga ishonch hosil qilgach, Yoongiga jiddiy qiyofada gapira boshladi:

-Taehyungning shifokori bilan gaplashdim, uni hozircha tinchlantiruvchi dorilar bilan ahvolini bir xil ushlab tura olishini lekin tezroq Germaniyaga olib borib davolatish kerakligini aytdi.

-Hmmm…lekin negadir yuragim g’ash Jin.. uzoqda bo’lsa uni himoya qilolmaymiz.
-Lekin bu yerda bo’lsa boshqa yaqinlarimizni yo’qotamiz, Yoongi!

Yoongi biroz o’ylanib qoldi va rozi bo’lishdan boshqa chorasi yo’qligini tushundi.

Yoongi

-Mayli , lekin oldin anovi yaramaslarni bir yoqlik qilaylik.

- Ha , yana bir muhim xabar bor. Biz ekport qiladigan yuklarimizni bandargohga soat kechki 8da yetib boradi. Men yollagan odamlarimdan Jiminni odamlari mollarimizni yo’qotmoqchi ekanligini eshitdim.

-Nega shuni ertaroq aytmaysan?! Qani ketdik.-dediyu qurolini kamariga qistirib xonadan chiqib ketdi. Uning ortida Jin ham shoshib chiqar ekan “yetarlicha odam olib ketaylik” deyishiga qaramay u kutib o’tirmadi. Yoongi ayni damda avvalgidek aql bilan emas faqat qahr-g’azab bilan harakat qilmoqda.

Bandorgohga 2sidan tashqari yana 5 tacha qarovuli ham ham birgalikda borishda. Aslida shu yerning o’zida ham 20 tacha baquvvat qo’riqchilar bor bo’lib jang bo’lish ehtimoli sabab nazoratni yanada kuchaytirishdi. Jin va Yoongi 100 lab konteynerlar joylashgan maydonda atrofni ko’zdan kechirishib yurishibdi. Quyosh ham allaqachon botishga ulgurgan. Kechki salqin shabada sochlarni tortqilab esyapti.

Seokjin yonida jim ketayotgan, yuzidan ancha asablari tarangligi bilinib turgan do’stiga qarab havotirli dedi:

-To’g’ri… hozir buni aytishimning mavridi emasdir, lekin o’zingga qo’shib boshqalarni ham yeb bitirishingni xohlamayman. Biroz o’zingni bo’sh qo’y, xodimlarga juda qattiqqo’llik qilyapsan, aybdorlarga qo’shib , aybsizlar ham jabr ko’ryapti. Yoongi!

Yoongi unga qamasdan tishlari orasidan gapirdi:

- Sen aytayotgan o’sha aybsizlar xiyonat qilayotganlarni bila turib aytishmagan, bu ham bir xoinlik emasmi?

-Hop, senga hozir gapirganni foydasi yo’q. Yana o’z bilganingdan qolmaysan . Shuni unutma, yaxshi kunlar ham keladi. Bunchalik o’zingni qiynaganing bilan biron narsa o’zgarmaydi. Bugun qiyin bo’lsa ham ertaga…

-Biz har doim ertanggi kunni orzu qilamiz, lekin ertaga hech qachon kelmaydi.-dedi gapini bo’lib sokin va biroz og’ir bo’lib- biz yana aslida xohlamaydigan shon-shuhratni orzu qilamiz. Bugunimiz hali endi boshlangan bo’lsada, yangi kunni orzu qilamiz. Biz jangdan qochamiz, lekin bu jang kurashilishi kerak bo’lgan jang. Huddi g’aflat bosganga o’xshaymiz. Qalb chaqirig’ini eshitamiz, lekin hech qachon haqiqatdan ham quloq solmaymiz. Faqat kelajak rejalardan umid qilamiz. O’zimiz har kuni qochayotgan narsani orzu qilamiz. Biz qo’rqamiz… iltijo qilamiz..va “uxlash”da davom etamiz.

Jin uning gaplarini mag’ziga tushunib hayron bo’lib so’radi:

-Ichingda shuncha gaping bor bo’lsa ham umuman tashqariga chiqarmaysana?! Umuman nima his qilayotganingni bilib bo’lmaydi.

- Sukut saqlash eng og’riqli qichqiriq bo’lishi mumkin, shuni yodingda tut!

Ayni shu damda Yoongi birdan Seokjinni ikkita konteynerning orasidagi panaroq joyga itarib yubordi. Jin nima bo’lganini tushunmasidan o’q ovozini eshitdi. Hayriyatki ikkisi ham jarohatlanmadi, lekin Suganing ko’zlariga qon to’lib, bir necha soniya oldin sokinlikdan asar ham qolmagandi. Hech ham adashmasdan nishonga olgani uchun ularni o’ldirishga uringan ikkita yigitni yiqitishga erishdi. O’q ovozini eshitgan Suganing odamlari jang boshlanganini tushunishdi va qurollarini shaylab, dushmanlarni qidirishni boshlashdi. Har xil rangga bo’yalgan konteynerlar orasidan harakatlanayotganlarni birma-bir qop qora kiyimda maskali odamlar tinchitisha boshlashdi. Suganing odamlari 25 tacha bo’lsa ular kutayotgan dushmanlar son jihatdan 2 barobar ko’p edi. Yoongi tinmay otilayotgan o’q ovozlaridan ularga past baho berib xato qilganini tushundi. Lekin endi kech… o’ylab o’tirishga vaqt yo’q. O’ldirasan yoki o’lasan! Ayni shu damda Yoongi faqat jon olishni xohlaydi. Birgina o’ldirish degan so’z bor uning miyyasida. Shuning uchun ham hech ikkilanmasdan va qo’rqmasdan oldidan chiqqanlarni otib tashlaydi. Har bir tana joylangan qo’rg’oshin sabab havoga taralayotgan kuygan hiddan kuch olib yana va yana o’ldirishni xohlaydi. Ularni erta tugab qolishini ham xohlamaydi xatto. Qani har birni yuragini sug’urib olsa. Ularni qiynalayotganini ko’rib o’zining muammolarini unuta olsa. Barcha alamlarini ulardan ola bilsa edi. Bugun sira to’xtamagan bo’lardi. Jin esa iloji boricha o’zini umuman himoya qilishni o’ylamayotgan do’stini pana qilish bilan band. Yoongi faqat oldinga qarab harakatlanadi. Qora maskali yigitlarning qoni bilan kiymini bo’yarkan, oxiri o’qi tugadi. Lekin shunda ham to’xtash yo’q.To’qnashuvning yarm muvaffaqiyatini qurol belgilasa yarmini aql hal qiladi. Yoongi tezkorlik bilan harakatlanib, dushman tarafdan bo’lgan yigitni orqasidan kelib zarba berdi. Ularni o’z qurollari bilan yo’q qilishga kirishdi. Bittasining pichog’ini qo’liga ildirib, qolganlarni bo’gizlay boshladi.
Yoongi hammaning chalg’iganidan foydalanib qochib ketayotgan bittasiga ko’zi tushdida izidan quva ketdi. Konteynerlar labirinitidan qochib chiqib qurilish bo’layotgan chala buzilgan uylar tomon qochayotgan yigitni qanchalik nishonga olmasin o’qlar yetib bormayotgandi. To’g’rirog’I o’sha kimsa chap bera olish darjasida mohir ekan. Xarobalar bo’ylab yugurib borayotgan Yoongi burulishda birdan uning izini yo’qotdi. Og’ir xansirab tizzasini ushlagancha biroz to’xtab atrofni tekshira boshladi. Demak u bu yerni biladi… Atrofni uylarni buzayotgan kranlarning shovqini sabab eshitish qiyin. Yoongi to’pponchasini to’g’rilgancha ehtiyotkorlik bilan dushmanini qidira boshladi. Vaziyat tarang .. uning quroli bor yo’qligi noma’lumligi sabab har qanday daydi o’q yoki hanjarning zarbiga tayyor turish kerak. Ikki xarobaning o’rtasidagi tor yo’lakdan ketayotganidan Yoongi yon tomondagi yarim siniq oynadan temir bo’lagining boshi aralash orqasiga urilishidan yerga yiqilib qoldi. Dushman ham vaziyatdan foydalanib Yoongini ko’zini ochirmasdan ura boshladi. U qanchalik tirishmasin, barzangining zarbalari oldida ojiz qolayotgandi. Jinning gapiga quloq solmaganidan pushaymon bo’ldi. Kishi yonidagi uzun va nozik temir bo’lagini uning usitda shaxd ko’targancha suqib olish uchun baland ko’tardi. Yoongi barchasi tamom degandek ko’zlarini yumib jim qoldi.

Shunda sira kutilmagan voqea sodir bo’ldi. Uylarni buzib kelayotgan kran ularning yon tomonidagi uyni buzish uchun urildi. Bu kuch tufayli qarsillab sinib ketgan oyna bo’laklaridan bittasi to’g’ri borib o’sha niqobli yigitning boshiga yuqoridan kelib sanchilib qoldi. Boshining yarmigacha oyna kegan yigit temirni ushlagancha ma;lum muddat turib qoldi. Fantandek otila boshlagan qondan ko’zlarini ochgan Yoongi zudlik bilan o’zini o’nglab uni ortiga itarib yubordi.

Diqqat shu yerda Daylight degan qo’shiqni qo’yib olamiz. Post tagiga tashlab qo’yaman.

“Jeon medical center”

Ko’p qavatli binoning yuqoriga qavatlaridan biridagi bemorlar uchun ajratilgan luks xona. Bu yerda shaxsan kichik Jeonning buyrug’i bilan bir qiz yotqizilgan. Eng malakali shifokorlar ham erta-yu kech shu yerda parvona bo’lishadi. Mobodo bemor uyg’onib qolsa degan umid bilan qo’lidan kelgan hamma ilmlarini qo’llashga harakat qilishadi. Vaziyat aksincha bo’lsa hollariga maymunlar yig’lashi mumkin bo’lgani uchun juda ehtiyot bo’lish kerak. Axir Jungkook biznesining bir qismi bo’lgan bu shifoxonaga sarmoya kiritishni to’xtatsa bormi, ko’pchilik ishdan ayrilishi turgan gap.

Yelena bir necha oydan beri yotgan bu xonada hozir sokinlik hukm surmoqda, faqat havo tozalagichning filtlrangan bug’ purkashi va uskunaning bir maromda yurak urishi haqida signal beruvchi ovoz eshitiladi. Xona o’rtasidagi yotoqda qiz o’likdek qimir etmasdan yotibdi. Uning yaralari butkul yo’qolgan hatto singan suyaklari ham gipsdan chiqarilgan. Faqat o’ziga kelishini kutish qolgan. Allaqachon kech bo’lgani uchun ortiqcha chiroqlar o’chirilgan faqat stol lampasining nuri atrofni biroz yoritmoqda. Xonaning eshigi ochilib, ichkariga bir yigit mo’raladi. Uning usti boshi qon va tuproqdan qarab bo’lmas ahvolga kelgan. Oq ko’ylagining deyarli barcha qismi qip-qizil qonga bejalgan. Yuzida qizarish va ko’karish izlari bor. Sochlari to’zg’ib peshonasiga tushgan, qon yo’qotgani uchun yuzaki va tez-tez nafas olmoqda. Yoongi charchagan ko’zlarini qizga tikib xo’rsindi.Xonaga kirgach huddi Yelena uyqudayu uni uyg’otib yubormaslik uchun eshikni avaylab yopti. Qilgan ishidan o’zining kulgusi qistadi. Kafti bilan jag’ini qisib alam bilan kuldi. Necha oy deganda uni yoniga kirdi. Bu o’zi o’ylagandek og’ir emas ekan. Yoniga yaqinlashib shu yerdagi stulga o’tirarkan, og’riqdan butun badani qaqshab ketganini his qildi. Agar uning yonida kimdir bo’lganda Yoongidan taralayotgan qon hidini va uning og’ridan burishgan yuzini sezish mumkin edi. Lekin buni o’zi sezmaydi. Allaqachon bu u uchun 2-darajaga tushib bo’lgan. Hozir u hech jur’at qila olmagan ishini qildi. Yelenaning siniq va oqarib ketgan yuziga qarab o’zining qonga botgan qo’llari bilan titragancha to’lqinlanib, ikki tomonga yoyilgan mayin sochlariini siladi. Huddi shunday ikkinchi qo’li qizning kaftini barmoqlari bilan paypaslagancha o’rab oldi.
So’ng bazor yutinib gapira boshladi:

-Bugun birinchi marta o’limdan qo’rqdim. Yo’q o’zim uchun emas, seni bu yerda qoldirib ketishimni o’ylab qo’rqib ketdim….. Senchi sen hech o’ylamaysanmi shuni, sira ortga qaytishni xohlamayapsan?!

Yoongi qizning kaftini mahkamroq ushlab yuziga yaqinlashtirdi va to’yib hidladi. Yelenaning barmoqlari muzlab ketganini his qildi. “Iforingni unutdim deb o’ylagandim, esimda ekan” dedi va kaftini chakkasiga bosib qizga termuldi.- Kechir…. o’zim ham seni shu qadar xohlashimdan nafratlanaman.. va sen ham mendan qochishning imkoni borida qutila olmading. Rostini aytsam endi allaqachon kech bo’ldi. Sen menikisan. Faqat buni tushunmayapsan! Shunday ekan endi tashlab ketishni hayolingga ham keltirma.
Meni 100 marta rad et, shunga qaramay yana bir marta sen uchun kurashaman! Chunki seni o’zimdan ham ko’proq yaxshi ko’raman.- yigitning ohangidan gina va jahl sezilardi. U o’zini ortga chekinishdan charchagandi. Endi unga bari ma’nosizdek….ozgina bo’lsa ham haqiqatdan xudbin bo’lgisi bor.

Yoongiga chiyillab ovoz chiqarayotgan uskuna tovushini eshitishi tok urgandek ta’sir qildi. Hech tibbiyotga qiziqib ko’rmagan bo’lsada, bu yaxshilik alomati emasligini bilardi. U gandiraklab o’rnidan turar ekan, allaqachon hamshiralar yugurib kelishdi va Yelenaga birinchi yordam ko’rsatishga kirishib ketishdi. Yoongi esa qo’rqqanidan qotib qolgan, toki shifokor kelib uni chiqarib yubormagunicha o’ziga kelmadi. Uni majburlab chiqarishayotganlarida qizga oxirgi marta alam bilan qarab “ Ataylab qilyapsanaa? Sendan qaytishingni so’rasam , ketmoqchi bo’lasan, hech gapimga kirmading” dedi.

Palata eshigi oldida tinmay u yoqdan bu yoqqa borib kelar ekan, hayolida faqat shifokorning o’tkan safar “3-marotabasida saqlab qololmaymiz” degan so’zlari aylanib, oyog’ining madori qochdi. Beixtiyor devorga suyanib yerga o’tirib qoldi. Qulog’i eshitishdan to’xtadi go’yo.. faqat ko’zi dam ochilib yopilayotgan eshik orqali ko’rinib qolayotgan manzarada edi. U yerda bir jon uchun kurashilyotgandi.

1 necha soatdan beri ichkaridan xabar bo’lmadi. Yoongi sabr kosasi tugab, ammalab o’rnidan turdida, shifoxonadan yugurgudek bo’lib chiqib ketdi. Mashinasiga yolg’iz o’tirib motorni o’t oldirdi. Qorong’u tun zulmatini faqat mashinaning bir juft faralari yoritayotgan o’nqir-cho’nqirlikka boy ko’chani yomg’ir yog’ib loy qila boshladi. Yoongi yuqori tezlikda ketarkan, nihoyat o’zi izlagan joyni topib, mashinaga tormoz berdi. Shahd bilan tushayotib ikki ko’zi bir qancha chiroqlar bilan yoritilgan moviy gumbazda edi. Bu yer masjid bo’lib, atrofi temir panjaralar bila o’ralgan, bitta tahoratxona va qishki hamda yozgi namoz o’qiladigan hovlidan iborat hamda yonida maqbara joylashgan. Atrofni loy hidi tutgan, yarim tunga yaqinlashgani uchun deyarli hech kim ko’rinmasdi. Yoongi g’azab bilan temir panjarali darvoza oldiga keldi va o’sha nafrat to’la ko’zlar bilan masjidga qarab turdi. Keyin huddi mast odamlardek alam bilan kesatib gapira boshladi:

-Men gunohkorlik qanday bo’lishini bilaman, jazo nima ekanligini ham ….va u bunga loyiq emasdi! -Qo’llarini gumbazga qaratib silkitib gapirardi.- U sening ahmoqona qoidalaringga bo’ysinib yashadi! Shunda ham sen uchun yetarli bo’lmayapti- tishlarini qisib gapirar ekan, ortiq chiday olmay baqira ketdi- O’ZI SENING MARHAMATING NIMADA? QOIDALARINGNI BUZISHSA G’AZABLANASAN VA JAZOLAYSAN! SENGA ITOAT QILISHSA HAM “SINAYSAN”. KO’NGLING TO’LISHI UCHUN NIMA QILISH KERAK O’ZI?! BIZ GUNOHKORMIZMI YOKI POKIZA BUNING AHAMIYATI YO’Q. HECH KIM YUTOLMAS EKAN BUNDAN NIMA MA’NO BOR O’ZI?QANDAY QILIB SENI ROZI QILISH MUMKIN? JAVOB BER MENGA!

Yoongi boshini egib tushkunlik jariga qulab borar ekan, boshi uzra tinmasdan chaqmoq chaqib, yomg’ir sharros quymoqda edi. Tez orada bu shovqinlarga telefonning jiringlagan ovozi ham qo’shildi. Yigit qaltirab Jungkookdan kelayotgan chaqiruvga javob berdi. Undan

- Yoongi! Bu xushxabarni birinchi o’zim yetkazishni xohladim. Uyqudagi malikamiz uyg’ondi….

Bu xabarni eshitgan Yoongining ko’zlaridan yosh aylanib ketdi. Huddi yelkasidan tog’ ag’darilgandek telefonga javob ham bermasdan shifoxonaga qarab mashinasini haydab ketdi.

Jungkook aloqa uzliganligini bildiruvchi signalni eshitgach “ Xo’sh….mayli kelganingdan keyin seni syurpriz kutadi, Yoongi.” degancha qarshisida bir qancha shifokorlar qurshovida qolgan.. biroz karovatidan gavdasini ko’tarib, hammaga hayrat va tushunmaslik nigohi bilan qarayotgan qizga tikildi. Yelena deyarli shifokorlarning gapiga javob bermas, faqat ma’sum ko’zlari bilan ularga bosh silkib javob berib qo’yar, asabiylashganidan va begonasiraganidan kiymini siqimlab, labini tishlab oladi. Dam Jungkookga qiziqish bilan ko’z tashlaydi. U ham kuzatayotganini sezgach yana nigohini olib qochadi. Jk qo’llarini ko’kragiga chalishtirgancha biroz o’ylanib turdida..tinmay bidirlab qizni har tomondan savolga tutib bezovta qilayotganlarga “ Bo’ldi endi ketishingiz mumkin” deb javob berib yubordi.Kattaroq mukofot ilinjida “jon kuydurayotgan” shifokorlar birin ketin palatani tark etishdi.

Ulardan biri ketishdan oldin Jkning yoniga kelib ta’zim qildida:

- Janob biz bemorni tekshirib ko’rib unda hozir amneziya- vaqtinchalik xotira yo’qolishi borligini aniqladi. Baxtsiz hodisa tufayli yiqilganida miyasi chayqalgan ko’rinadi.Lekin vaqt o’tib xotirasi yana tiklanishi mumkin..

-Hmm…. Unda boshqa xavf yo’qmi?

-Ha janob umuman olganda ular soppa-sog’lar. Faqat bir necha hafta e’tibor berib parvarishlash kerak. – shifokor ishidan g’ururlanib- Siz tayinlagangizdek, ko’zini ochishi bilan birinchi o’zingizga xabar berdik.
Jk ortiq uning gaplarini eshitishni xohlamasligini bildirib qo’li bilan to’xta ishorasini qildi. Doktor ham uni tushunib tezda chiqib ketdi.

Jungkook boyadan beri biroz qo’rquv va ikkilanish bilan qarab turgan qizga yaqinlashib kela boshladi. Qiz ham bundan bezovtalanib biroz hurpayib oldi va yutinib qo’ydi.

Yoongi boshini egib tushkunlik jariga qulab borar ekan, boshi uzra tinmasdan chaqmoq chaqib, yomg’ir sharros quymoqda edi. Tez orada bu shovqinlarga telefonning jiringlagan ovozi ham qo’shildi. Yigit qaltirab Jungkookdan kelayotgan chaqiruvga javob berdi. Undan

- Yoongi! Bu xushxabarni birinchi o’zim yetkazishni xohladim. Uyqudagi malikamiz uyg’ondi….

Bu xabarni eshitgan Yoongining ko’zlaridan yosh aylanib ketdi. Huddi yelkasidan tog’ ag’darilgandek telefonga javob ham bermasdan shifoxonaga qarab mashinasini haydab ketdi.

Jungkook aloqa uzliganligini bildiruvchi signalni eshitgach “ Xo’sh….mayli kelganingdan keyin seni syurpriz kutadi, Yoongi.” degancha qarshisida bir qancha shifokorlar qurshovida qolgan.. biroz karovatidan gavdasini ko’tarib, hammaga hayrat va tushunmaslik nigohi bilan qarayotgan qizga tikildi. Yelena deyarli shifokorlarning gapiga javob bermas, faqat ma’sum ko’zlari bilan ularga bosh silkib javob berib qo’yar, asabiylashganidan va begonasiraganidan kiymini siqimlab, labini tishlab oladi. Dam Jungkookga qiziqish bilan ko’z tashlaydi. U ham kuzatayotganini sezgach yana nigohini olib qochadi. Jk qo’llarini ko’kragiga chalishtirgancha biroz o’ylanib turdida..tinmay bidirlab qizni har tomondan savolga tutib bezovta qilayotganlarga “ Bo’ldi endi ketishingiz mumkin” deb javob berib yubordi.Kattaroq mukofot ilinjida “jon kuydurayotgan” shifokorlar birin ketin palatani tark etishdi.

Ulardan biri ketishdan oldin Jkning yoniga kelib ta’zim qildida:

- Janob biz bemorni tekshirib ko’rib unda hozir amneziya- vaqtinchalik xotira yo’qolishi borligini aniqladi. Baxtsiz hodisa tufayli yiqilganida miyasi chayqalgan ko’rinadi.Lekin vaqt o’tib xotirasi yana tiklanishi mumkin..

-Hmm…. Unda boshqa xavf yo’qmi?

-Ha janob umuman olganda ular soppa-sog’lar. Faqat bir necha hafta e’tibor berib parvarishlash kerak. – shifokor ishidan g’ururlanib- Siz tayinlagangizdek, ko’zini ochishi bilan birinchi o’zingizga xabar berdik.
Jk ortiq uning gaplarini eshitishni xohlamasligini bildirib qo’li bilan to’xta ishorasini qildi. Doktor ham uni tushunib tezda chiqib ketdi.

Jungkook boyadan beri biroz qo’rquv va ikkilanish bilan qarab turgan qizga yaqinlashib kela boshladi. Qiz ham bundan bezovtalanib biroz hurpayib oldi va yutinib qo’ydi.

Yigit uning qilig’idan kulgusi qistadi va ayyorona jilmayib:

- Nima ham der edik, uyg’onganingdan xursandman. Buni qara hech nimani eslay olmas ekansan. Bu juda g’alati bo’lsa kerak-a? Lekin bir tomondan yaxshi ham, kimligingni unutish bilan birga lug’atingdagi zaxar so’zlar ham xotirangdan o’chib ketganligiga umid qilamiz.

Yelena uning gaplariga tushunmadi va biroz ikkilanishlardan so’ng savol berishga jur’at etdi.

-Siz meni taniysizmi? Men kimman o’zi….siz….menga kim bo’lasiz?-dedi ko’zlarini pirpiratib.

-Ohh qanday ajoyib savol Bella!- Jungkook shunday deya qizning karovatiga kelib suyanib gapira boshladi.-Sen juda o’jar va quloqsiz qiz eding, umid qilamanki, endi buni to’g’rilay olamiz. Meni esa yaxshilab tanib olishga vaqting bo’ladi.

Qiz hayron ko’zlari bilan Jungkookga tikilishda davom etdi.

-Demak siz menga aytishgan Jungkooksiz. Familiyangiz Jeon, to’g’rimi?

- FamiliyaMIZ JEON! -dedi Jungkook “miz”ga urg’u berib.
-Tushunmadim, siz mening akam bo’lsizmi?
Jungkook uning soddalarcha berayotgan savolidan kulib qo’ydi va shu onda palata eshigidan yugurib kirib kelgan Yoongini ko’rib unga ishora qildi.

-Mana seni “aka”ng keldi. Sen mening xotinimsan. -dedi qizning qip-qizarib ketishini maroq bilan kuzatib.

Yoongining bir ahvolda kirib kelishini ko’rgan Yelena “Nahotki shu yigit mening akam bo’lsa?”- deb hayol qildi. Yigit esa birdan tinchlanib qoldi. Hatto tez-tez olayotgan nafasi ham sekinlashgandek bo’ldi. Hozir u nima qilishni ham nima deyishni ham bilmaydi. Orada shu qadar ko’p narsalar bo’lib o’tganki, kechinmalarni so’z bilan ta’riflash qiyin. Yoongi qizning yoniga kelib ichidan “seni sog’indim degan so’zni shunday aytishimiz kerakki , sening yuraging ham meniki kabi larzaga kelishini , his qilishingni xohlayman” deb o’yladi.lekin lablaridan “yaxshimisan ?”degan quruq so’z chiqdi xalos.

Yoongi

-Men..yaxshiman lekin sizga nima bo’ldi? -dedi Suganing ust boshiga imlab ko’rsatarkan.

-Hech narsa… shunchaki…muhim emas.-dedi sokin va hotirjam ovoz bilan.

Insonlarni unuta olasan..uyingni…o’zligingni….hayotingni unuta olasan.! Eng yaqin insoningnida unata olasan. Xattoki uni senga qilganlarini ham…Ammo u insonning senga nimalar his qildirganini aslo unuta olmaysan. Shuning uchun ham Yelena uni ko’rganida yuragida og’riq turgandek bo’ldi. Uning o’tkir nigohi ostida qotib qolib unga hayolan dedi “ Ko’zlari….ko’zlari ikki dengiz kabi ekan…ularga qarashga qo’rqyapman …go’yoki ichiga cho’kib ketadigandekman, keyin nafas olomay qolishimdan cho’chiyapman!” Qiz o’ylaganlaridan o’zi noqulay bo’lib yuzini boshqa yerga burdi. Ammo u yerda taranglashib teshib yuborgudek qarab turgan Jkga ko’zi tushdi-yu battar yuragi siqildi.

- Jungkook bu yerda qancha vaqtdan beri yotibman? Hmmmm …bolalarimizchi…ularga kim qarayapti? Siz yonimda bo’lsangiz….-shu paytda qiz kafti bilan og’zini to’sgancha kuyinib so’ray ketdi- Vooy hudoyim… yoki bizni bolamiz bo’lmaganmi?

Kutilmaganda berilgan savoldan 2 yigit shokka tushishdi. Yoongi “tushunmadim?” degandek Jkga qaradi. Jungkook esa zo’rg’a kulgusini tiyib “Yo’q azizam.. hali bunga ulgurmadik. Xohlasang bolalar ham bo’ladi oldin tuzalib olishing kerak” deya uning yelkasidan ohista ushlab yotoqga yaxshiroq yotib olishga yordam berdi. Yelenada shu kabi savollar ko’p edi-yu Yoongining tutaqib ketib “ Bu nima maynavozchilik Jungkook?” deb baqirishidan qo’rqib boshini changallab oldi. Jk ham qizning ovutgancha Yoongiga tishini orasida gapirdi “Jim bo’l ahmoq uni qo’rqityapsan, o’ziga kelganiga ko’p bo’lmadi. Shifokorlar uni qattiq ta’sirlantiradigan narsalardan uzoq tutish kerakligini tayinlashgan. Hayajonlasa ahvoli og’rilashishi mumkin!

Yoongi o’zini arang tutib iloji boricha bosiq holda Jkni Yelenadan nariga yoqasidan ushlab surib yubordi va qiz tomon egilib dedi:

- Bu yaramasning hech qaysi gapiga ishonma, sen turmushga chiqmagansan. -og’ir xo’rsinib so’zida davom etdi- xatto sevmaysan ham!

-Nimaaaa?! Akang bizni munosabatlarimizni ko’ra olmaydi. Ishonmasang onangdan so’ra ikkimiz turmush qurayapmiz, o’zing oxirgi marta yonimga kelib to’y haqida gaplashganding. – Jk ro’lga kirib gapirar ekan Sugaga soxta norozilik bilan dedi- uni eslolmaydi deb nikohimizni bekor qilolmaysiz!

Ularning tortishuvidan va kim haq kim nohaqligini ajrata olmay qiynalib ketgan qiz ko’rpani ustiga tortib “meni tinch qo’yinglar, dam olmqochiman” dedi. Uning talabini eshitgan yigitlar bir-biriga yovqarash qilib,noiloj chiqib ketishga majbur bo’lishdi.

Yolg’iz lampa yoritgan xona burchagi…. Ochiq derazadan kirgan shamol oppoq pardalarni uchirib ichkariga yoyilmoqda… Xona burchagida tizzalarini quchib o’tirgan yigit bir ritmda orqaga..devorga boshini qattiq urib qo’yadi. Zora shu bilan miyyasini to’ldirgan yoqimsiz shivirlashlarni to’xtata olsa.
Qovoqlari qorayib, sochlari to’zg’igan…qo’llari qaltirab tomirlari tarang tortilgan holatda. Qorachiqlari atrofga alanglasada hech nimani idrok etolmayotgandek. Miyyasida g’ujg’on o’ynagan o’sha “O’ldir!..O’ldir..uni o’ldir!” past va yovuz buyruqlar biroz o’tib “Sen aybdorsan…sen o’ldirding, seni fosh qilishadi! Hamma biladi!” degan so’zlarga almashinadi. Taehyung bunday ovozlarga chidamasdan boshini changallab, “YO’Q” deb inkor qilib baqirsada hech nima o’zgarmaydi. O’sha ovozlar va xona zulmati uni yeb ado qilmoqda.

Eshikning ochilishidan tushgan yorug’lik Taehyungni ko’zlarini qamashtirgani boiz ko’zlarini majburan yumib oldi. Ichkariga kirgan yigit uni oldiga emas, stol ustida yoyilib yotgan dorilarga yaqinlashib , ularni ko’zdan kechirdi. “Har doimgiday ichmagansan” deya kissasidan dori qutisini chiqarib undan 2 tabletka qo’liga oldi va hali ham ko’zlari yorug’likka o’rgana olmagan yigtining yoniga borib egilib qarab turib “ Mana buni ichib ol yengilashasan.. avval 1 tabletka icharding hozir 2 taga o’zgartirishga majburman.” dedi. Taehyung dorilarni ko’rishi bilan och bo’riday tashlanib og’ziga soldi. Bir muddat ko’zlarini yumib jim qoldi. Nihoyat ovozlar o’chib o’ziga keldi. Bo’shashib qolgan oyoqlarini harakatgan keltirib o’rnidan turdi. Huddi oldida Jin yo’qdek beparvo xonasining ichidagi xonaga kirib ketdi. Seokjin ham uning ortidan qarab turdida, o’rnidan turib izidan bordi. Ikkalasi ham sassiz harakatlanadi. Taehyung ustaxona vazifasini bajaradigan xona ichiga kirib chiroqni ham yoqib o’tirmadi. Bu xona oy yorug’ida ham yaxshi yoritilib turibdi. 20dan ortiq har xil shaklda yasalgan odam haykallari va abob uskunalar jamlangan yerning qoq o’rtasida bitta hali bitmagan haykal turibdi. Taehyung ham aynan shu haykal yoniga kelib huddi 5 daqiqa oldin ham ishlab turgandek unga shakl berishda davom etdi.

Taehyung

Asli bu haykal avvalroq yasab bo’lingan lekin… uning ustasi qiz tasviriga qo’shimcha kiritishni xohlab qolgan shekilli ustida necha oydirki ishlamoqda. Seokjin haykalga nozik harakatlar bilan tig’ tekkizayotgan yigitga havotirli qarab turdida o’zi ham u yaratayotgan san’at asariga qarab qoldi. Bir bora ko’z tashlashdayoq uni Bella ekanligini payqadi. Ammo soniyalar o’tgan sari Bellaning yuzida unga xos bo’lmagan emotsiyalar borligini payqay boshladi. Bu biroz o’ychanlik…. chuqur ma’noli qarash….va ma’sumlik edi. “Yelena” dedi beixtiyor ichidan Jin.

Seokjin bu joyni qisqa kuzatish barobarida haykallarda tasvirlangan insonlarning xotimasi bir-biri ko’z oldida gavdalandi. Eng chekkada qolib ketgan bitta qiz haykali uni sergaklantirb yubordi. “ Undan xabar olishni unutibman” dediyu tezda xonadan chiqib ketdi.

Oradan 2 kun o’tdi…

Hali osmonga tikka kelib ulgurmagan quyosh nurlari tanaga yoqimli iliqlik beradi va yoqimli shabada ham unga qo’shilib inson ruhini tinchlantiradi. Ayniqsa shifoxona bog’i dizayni ham odamni butun bunyo tashvishlarini unuttirib faqat o’ziga mahliyo qilish uchun yaratilgandek edi go’yo. Turli shakldagi butalar… rang barang gullar va azim, baquvvat daraxtlar hamda bog’ o’rtasidagi fontan o’zgacha go’zallik kasb etib turibdi. Bir biridan xushbo’y gullar jalb qilayotgan kapalaklardan biri aravachada o’tirgan qizning tizzasiga kelib qo’nib oldi. Qiz ham uni miq etmasdan kuzatib turibdi. Ko’ylagidagi mayda gulga kelganini ko’rib miriqib kulib qo’yadi. Vanihoat aldanganini tushungan kapalak uchib ketadi va uning ortidan ergashgan qorachiqlar sal narida turgan yigitni payqab to’xtaydi. Yelena unga qo’l silkib aravasini Yoongi tomon hayday boshlaganda , u ham qiz tomon yaqinlashadi. U Yelenaga yaqinlashib engashib olib “salom” deyishiga ulgurmasidan qiz ham erkalanib etagiga solib olgan sapsariq momaqaymoqni ko’rsatadi. “Qarang aka men nima topdim. Bu yerda gullar ko’p lekin yovvoyisi yo’q edi. Buni qarang bittasi bor ekan…” Yelena gulni unga uzatdi. Uning mayin va uzun sochlari huddi kinolardagidek shamolda uchib turgan , ohuniki kabi ko’zlari katta ochilib sof nigoh bilanq arab turmoqda. Samimiy jilmayishini ko’rgan yigit kimligini , qanday hayotda yashayotganligini unutdi.

Uning qo’lidan gulni olarkan qizning “ menimcha xotiram qaytyapti..’deb boshlangan gapidan muzlab ketdi. Qo’rquv aralash hayajon bilan unga qarab qolarkan qiz jilmaygancha davom etdi. “Bu gulni ko’rganimda siz yodimga tushdingiz.. demak siz sariq rangni yoqtirasiz deb o’ylab qoldim, shundaymi aka !?”

Yoongi pov:

U birinchi urinishdayoq mening sevimli rangimni topdi. Aslida mening sevimli rangim hech qachon bo’lmagan. U “sariq” deb qichqirganda juda xursand edi va kichkina bola kabi tabassum qilardi. Shuning uchun men unga to'g'ri ekanligini aytdim va men sariq rangni shundan beri ko'rmadim. Bu rang endi hamma narsada mavjuddek go’yo. Yelena aynan men yozishni xohlagan she’rga o’xshaydi, ha..u asarga o’xshaydi…qadimiy san’at asari kabi nafis…U aytgan har bir so’z qo’shiq kabi eshitiladi. Sukunati esa musiqa kabi yangraydi… Ruhi bizning chirkin zamonimizga tegishli emasdek…U beg’ubor ko’zlar, buyuk qalb va go’zal hayolot egasi.

Yoongi unga qarab shularni o’ylarkan aravaning tutqichidan ushlab uni sayr qildira boshladi. Yelena kungaboqarlarga kelganda biroz to’xtashini iltomos qilib gullarni siypalay boshladi. Yoongi bo’lsa uning uchi jingalaklashib qolgan sochlarini bilinar bilinmas barmoqlariga o’rab ushlab ko’rdi. Qiz unga o’girilib “ Menimcha biz avvalgi hayotimizda kungaboqarlar bo’lganmiz. Yo’qsa shunchalar quyoshni yaxshi ko’rgan bo’larmidim. Qarang qanday ajoyib ular doim yorug’likka qarab yashashadi. Siz nima deb o’ylaysiz aka?”

Yoongi unga qarab biroz jilmaydida “ Agar ikkimiz kungaboqar bo’lganimizda quyosh o’rniga senga qaragan bo’lardim.”

Qiz “aka”sining mehridan erib ketdi. Ular yo’lini davom qildirmoqchi bo’lganlarida yigit oldida Jinni ko’rib to’xtadi. Yelenani soyaroqda qoldirib o’zi do’stinign yoniga bordi.

Jin ularni anchadan beri kuzatib turgan va Yoongining baxtli onlarini buzgisi kelmay chetkaroqda turgandi.

-Maslahatim berganimdek faqat hozirni o’ylab yashay boshlaganingdan xursandman Suga! -dedi Jin mamnun qarab

-Agar koinotdan biron narsa o’g’rilay olish imkonim bo’lganda, bu oy ham yulduzlar ham bo’lmasdi. Shubhasiz u bilan o’tkazayotgan vaqtni so’ragan bo’lardim. Lekin bir tomondan uni yana aldashda davom qilayotganim uchun yurgaim notinch , menda vijdon bormikan deb o’ylab qolyapman.

- Nima bo’lganda ham hozir sen ham u ham barcha tashvishlarni unutishga haqlisiz. O’zingga ruxsat ber. Biroz bo’lsada baxtli bo’lishga.

Yoongi javob berish o’rniga jim qoldi.

- Yana bir gap qo’rg’onga borishimiz kerak. Taehyung…

Taehyungning ismini eshitishi bilan Yoongining ko’zlari havotirdan qorayib ketdi.
Yelena yana bir oz sayr qilmoqchiligini aytgani uchun uni hamshiraga topshirib ketishga majbur bo’lishdi.

Klinika luks palatalari joylashgan qavat koridori bo’ylab yurib borayotgan ko’rkam yigitni ko’rgan hamma hamshiralar egilib salom berish bilan birga unga baqrayib qolishdan o’zlarini tiya olmay qolishdi. Yigit esa bunga parvo qilmasdan o’ziga kerakli eshik oldiga kelganda “Janob Jeon!” deb chaqirgan ayol kishining ovozini eshitib ortiga qayrilib qaradi. O’zi tomon ataylab nozlanib kelayotgan yosh shifokor ayolga ko’zi tushib bir qoshi ko’tarildi. Doktor xonim juda go’zal va hushbichim buning ustiga muomilasi ham odamni o’ziga jalb qiladigan darajada. Yaxshi universitetni bitirgani va hozir yosh bo’lishiga qaramay kareyerasini gullatayotgani sabab ko’pchilik yigitlar unga davogar. Lekin uning suzilib kelishidan qiziqishi aynan kimga tushganini tahmin qilish mumkin. U Jungkookning oldiga kelib egilib salom berdida:

- Hayrli kun janob qarindoshingizni ko’rgani keldingizmi? Siz haqingizda juda ko’p eshitganman-u juda gamxo’r inson ekanligingizga shaxsan o’zim guvoh bo’ldim. Lekin bir narsa o’ylantira boshladi meni….

-Xo’sh?! -dedi yigit ayyorona qarash qilib.

-O’z sog’ligingiz ham shunday e’tiborlimisiz? Shunchalik badavlat inson bo’lishni o’zi bo’ladimi. Ko’p ishlab charchab qolmang deymanda.

-Mendan havotir olyapsizmi-dedi ma’noli qilib JK

-Har holda shifokorman, bu meni burchim…. Siznii ko’rikdan o’tkazishimga nima deysiz-dedi o’ynoqi ko’zlar bilan.

-Jungkook ham shifokor tomon yaqinlashib. “ Bunga bardoshingiz yetarmikan?” deb qizni o’z aurasi bilan esankiratib qo’ydi. Ayni shu paytda tomoq qirilganini eshitib ikkisi ham aravada ularga ho’mrayib qarab turgan Yelenaga qarashdi. U ikkisining oldiga asta aravani yurgazib keldida “Halaqit bermadimmi” degandek kinoya aralash so’z qotdi.

- Ouv mening farishtam tashqariga chiqganmiding, seni ko’rishga kelgandim , doctor xonimdan sog’ilingingni bilib so’rayotganimda o’zing kelib qolding.

-Shundaymi?- deya noqulay bo’lib turgan shifokorga yeb qo’ygudek tikildi qiz.

Jungkook vaziyatni to’g’rilab yuborish uchun Yelena tomon quchog’ini yoyib hushomad qilgancha yaqinlashdi.

-Har doimgiday go’zal va betakrorsan Bellam!

Yelena ham kulib qo’llarini yoygancha uni kutib oldi. Lekin so’nggi soniyalarda quchish uchun egilgan Jungkookning yoqasidan mahkam ushlab qulog’ini o’ziga yaqinlashtirdi. Uning yuzidagi kulgu va ovozidagi yoqimtoylik o’rnini tahdid va jiddiylik egallab shivirladi.
“ Menga qara Jungkook janoblari. Menga eringman deb kalaka qilganingni kechirganim yo’q.Akam to’g’rirog’i oilam rozi bo’lmasa to’yimiz bo’lmaydi! Menimcha shunday qiliqlaringdan to’yib ketganimdan o’zimni tepadan tashlagan ko’rinaman. Erim bo’lasanmi yoki yigitim farqi yo’q. Agar ko’zimni oldida boshqa qizlar bilan o’ralashadigan bo’lsang, manashu barmoqlarimni ko’zingga tiqib miyyangni qitiqlayman!Tushunarlimi?” dediyu uni ortga itarib yubordida, shifokor qizga zaxarhandalik bilan jilmayib xonasiga kirib ketdi. Yuziga qattiq yopilgan eshikdan o’sha kezlar esiga tushgan Jk “Hozir rashk qildimi?” deya hayron bo’ldi.
Keyin mannun iljayib jag’ini siqimladi:

- Albatta rashk qilasan Yelena! Lekin juda “yomon” qiz chiqib qolding. Menimcha sen mening tipimdagi qizsan…


Kanalga tashlangandan keyin SHU POST TAGIGA! albatta fikr bildiring, albatta mehnatimni qadrlasangiz!

Xurmatli o’qib turib reaksiya bosmaydigan obunachilarim! Bir lutf korsatib shu kanaldagi postni 100+ reaksiya qilishga o’z hissangizni ayamang. Chunki bu yerda bitta fanficcer kuniga trillion marta kanalga kirib reaksiya sanaydi. Fikr bildirishmadilarmikan deb ikki ko’zi to’rt bo’ladi. Haaa mayli ….yoqqan bo’lsa , loyiq bo’lsa reaksiya bosib qo’yinglar!

18-episod tugadi.