November 15, 2024

Sweet Lie

Episod-2

Daxshatning boshlanishi...

Kuzakning bulutli tongi sabab quyosh ko‘rinmaydi. Kechadan beri osmoning avzoyi buzuq. Onda sonda esayayotgan sovuq shamol qora mashinaning orqa o‘rindig‘ida hiyol ochiq oynasiga boshini suyagan qizning yuziga urilib seskantirar edi. Uning ko‘zlari Suga bilan gaplashayotgan tanish yigitda edi. Suga bilan bir nimalarni gaplashib olgandan so‘ng yigit to‘g‘ri mashina tomon yura boshladi. Yelena tezda boshqa tomonga qarab oldi. Yigit mashina ruliga o‘tirar ekan. Old oyna orqali qizga nigohini qaratdi. Qiz qo‘llarini oldida bir-biriga bog‘lab olgancha yuzini ters burib, shishgan ko‘zlarini mashina oynasiga ma‘nisiz qaratib olgan edi.

Jin indamay mashinani yurgazdi. 1 soatlar chamasi yo‘l yurishgandan so‘ng, qattiq qo‘riqlanayotgan, katta uy yonida to‘xtashdi.

Qo‘riqchilardan biri yugurib kelib, mashinaga bir zum ko‘z yugurtirdida darvoza yonida turgan barzangi yigitlarga och degan ishorani qildi. Mashina darvoza orqali uy ichkarisiga kirdi. Darvozadan asosiy uyga kirish uchun mashina 5 daqiqa yo‘l yurishi kerak bo‘ldi. Katta yashil bog‘ o‘rtasida fontan yonidan burilib mashina to‘xtadi.

Qiz Jinni ham kutmay, mashinadan tushdi. Qovog‘idan qor yog‘gancha uy eshiki oldiga borib turdi.

Jin ham shoshilmasdan qiz yoniga kelar ekan, uy eshikini ochib qizni taklif qildi. Yelena bir o‘qrayib qarab, uyga kirmoqchi bo‘lib oyog‘ini ko‘targan edi-yu oyoq bosib kirishga negadir yuragi dov bermay qoldi. Xuddi qadam bosib kirsa,boshqa qaytib chiqmaydigandek tuyildi. Birdan oyog‘ini orqaga tashlab, ortiga darvoza tarafga mo‘ltirab qarab qoldi.

Jinning qoshlari ko‘tarilib chimirildi. keyin esa bir ikki tomoq qirib ko‘zi bilan kir degandek ishora qildi.

Qiz bir chuqur nafas olib "faqat 1 yil" dab o‘ziga dalda bergancha kirib ketdi. Uy juda katta va hashamdor bo‘lishiga qaramay o‘zidan yomon energiya taratyotgandek edi.
Uy hashamatli va qadimiy uslubda qurilgan, jami 5 qavatdan iborat. 2-qavatda Yun xonimning xonasi, 3-qavatda Suganing, 4-qavatda oilaning marhum qizi xonasi joylashgan.5-qavatda esa Teahyungning xonasi joylashgan bo'lib, faqatgina bir xizmatchidan boshqa hech kim chiqmaydi.

Yelena
Uyni taxminan shunday tassvvur qilamiz

Jin zinalar orqali yuqoriga chiqa boshladi. Qiz ham izidan 3-qavatga chiqdi. Yo‘lak oxiridagi xonaga yetgandan Jin orqasiga o‘girilib ,pastga qarab homush kelayotgan qizga bir boshdan oyoq qarab oldida hotirjam va muloyim ohangda:

--Bu sening xonang kerakli narsalarni tayyorlab qo‘yishlarini buyurib qo‘yganman. Biroz o‘zingga kelishing uchun dam olishing kerak. Biron narsa kerak bo‘lsa menga aytsang bo‘ladi.

Qiz boshini ko‘tarmasdan xona tomon borayotib Jinning yoniga kelganda, nafrat to‘la ko‘zlari bilan yigitga qarab,alam bilan "yolg‘onchi" dediyu xonaga tez kirib eshikni qattiq berkitdi.

Jin boshini quyi solgancha bir xo‘rsinib eshik oldida turib qoldi. Eshik tutqichiga borgan qo‘llarini tezda qaytarib oldida, ortiga qaytdi.

Yelena pov:

Insonning hayoti bir kunda butkul barbod bo‘lishi, boshiga shuncha tashvish tushishi mumkinligini aytishsa ishonmas edim. Lekin ayni shu narsa men bilan bo‘lyapti. Meni aldab bu yerga olib kelgan yigitni sochidan tortqilab urib tashlagim kelyapti. Ahmoqman menga yordam beradi deb o‘ylagan edim va ishondim. Oqibatda shu yerda asirga aylandim. Shu kungacha maqsadlarim, butun hayotim o‘zim uchun aniq edi. Lekin hozir 5 daqiqadan so‘ng nima bo‘lishini kutib yashayapman.

Eshikni berkitgach shu yerga suyanib o‘tirib qoldim. Sochlarimni orasidan o‘tkazgan barmoqlarim boshimni changallar ekan o‘sha yomon odam bilan qilgan kelishuvim esimga tushib xo‘rligim kelib ketdi.

<<Fleshback>>

Mushukniki kabi qisiq, tim qora ko‘zlar xonadagi yolg‘iz lampaning yorug‘ida menga qo'rqinchli qaratilgan edi. Asabdan bo‘rtib chiqgan bo‘yin tomirlar, qora kiyim va uzun sochlar qo'rquvimni oshirib turar edi.

Suga qizning oldiga stol tortib kelib, yelkasini orqaga tashlab, bir qoshini ko'targancha o‘tirdi.

Suga-- Sen menga Yun xonimni hayotga qaytarish uchun keraksan. Sen....uning o‘lgan qiziga juda o‘xshaysan. Shu sababdan ham seni ko‘rib qizini esladi. Shu 7 yil ichida hech birimizni tanimayotgan edi. Seni ko‘rishi bilan ahvoli birdan o‘zgardi.

Qiz hayron bo‘lib qoldi. Nahotki u kimnidir o‘rniga ro‘l o‘ynab berishi kerak?!

Yelena:Bu mening qo‘limdan kelmaydi! Men alday olmayman.

Suga darrov oldinga egilib qizning yuziga yaqin kelib aniq va chuqur ovozda dedi:

Suga-- Aldaysan! Joning shirin bo‘lsa, aldaysan.Senda boshqa tanlov ham yo'q. Oilang va sen haqingda surishtirdim. Qarzga botib ketgansizlar va ota-onang ham kasal. Sen o'qishni bitirib, ishga kirguningcha ular butkul bankrot bo'lib o'lib ketishlari mumkin. Ukalaring ham juda yosh. Ularning o'qishi uchun pul kerak.

Suga o'rnidan turib qiz o'tirgan stol orqasiga o'tdi. Qizning qulog'iga engashib...

---Endi tanla yo aytganimni qilib bizga yordam berib, evaziga oilangni qutqarib qolasan. Yoki men seni shu yerni o'zida gumdon qilaman.

---Qizning ko'zlari katta ochildi. Tez-tez nafas olib bo'g'ziga tiqilgan achchiq alamni bosmoqchi bo'ldi. Suga undan tezda javob berishini kutayotganini bilsada bir og'iz gapirishga majoli qolmadi. Ko'z oldidan oilasi,4 nafar ukalari va kasalmand, Yelena uchun borini berib mehnat qilgan ota-onasi gavdalandi.

Qizning hayollarini kutaverib charchagan Suganing o'z stolini tepib yuborib "Men senga savol berdiiiimmm!!! " degan baqirib to'zg'itib yubordi. Qiz battar qo'rquvdan shokka tushdi. Uning eng ojiz tomoni qattiq ovoz va tahlikali vaziyatda o'zini yo'qotib qo'yishi edi. U juda qo'rqoq bo'lib o'sishiga sabablari yetarli edi.

Qiz bog'loqlik tanasi bilan battar oldinga egilib, ko'zlarini qattiq yumgancha jon jahdi bilan "Roziman" deb baqirib yubordi. Suga oldidagi qizning ojiz va qo'rqoqligidan ensasi qotgancha qarab turar ekan, o'ziga kerakli javobni olgach tinchlandi.

Sovuq nigohini qizdan olib ortiga o'girilib g'amgin ovoz bilan:

Suga- 1 yil....uzoqi bilan 1 yil deyishdi. Sen shu vaqt davomida Yun xonimning qizi bo'lib, uning so'nggi kunlarini baxtli bo'lib yashashiga yordam berishing kerak.

Yelena o'ziga orqa qaratib olgan yigitning ovozi pasayib, boshi egilganini sezdi. Bu gaplardan keyin tushundiki o'sha xonimning 1 yil umri qolgan va o'layotib qizi uchun azoblanmasligi kerak.

Comeback____

Eshik tagida qancha o'tirib qolganimni bilmayman. Uzoq davom etgan kuchli stress sabab boshim qattiq og'riyapti, yetmaganiga yuragim ham bezovtalik bilan tez urayapti. Kaftimni ko'ksimga chalishtirgancha, yuzimni tizzalarimga bosib uhh tortdim.

Birozdan so‘ng eshik taqillashi eshitildi. Eshikdan qo‘lida kiyim-bosh olib kelgan 30 yoshlardagi ayol kirib keldi. O‘zini shu yerni xizmatichisi deb tanishtirgach, yana bir xizmatchi qo‘lida ovqat qo‘yilgan patnis ko‘tarib keldi. Ular xonaga narsalarni qo‘yib chiqib ketishayotganlarida o‘sha birinchi kelgan xonimning qo‘lidan tutib yuzlariga hijolatli boqdim.
Yelena: Sizda uzunroq kiyim topiladimi?

X: Nima xonimga olib kelgan kiymim ma‘qul kelmadimi?

Yelena: Yo‘q... faqat ular ibodat uchun kaltalik qiladi.😔 Men namoz o‘qimoqchi edim.
Ikki xizmatkor bir-biri bilan tez ko‘z urishtirib olishdi. Ularning yuzida hayrat aks etgan edi. Ular hop degancha chiqib ketishdi. Men ovqatga bir qarab qo‘yib, xona ichkarisidagi yuvinish xonasiga kirib ketdim. Issiqqina dush qabul qilgandan so‘ng biroz yengil tortdim. Tanam qushdek yengil bo‘lgan, 2 kundan beri tuz totmagan bo‘lsamda ovqatga qo‘l ham urishni xohlamadim. Yuvinish xonasidan chiqganimda yotoq ustida turgan joynomoz va ibodat uchun maxsus kiyimni ko‘rib sevinib ketdim.

Qariyib 500 yildan beri savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelayotgan sulolaning bir bo‘lagi bo‘lgan Kimlar oilasiga tegishli katta kompaniyasining oldida Royl Roys mashinasi to‘xtadi. Ikki qator bo‘lib saflanib olishgan ishchilar orasidan biri yugurib borib mashina orqa eshigini ochdi. Undan viqor bilan Suga tushar ekan, sovuq nigoh bilan oldinga ildamlab ketdi.

Katta sulolar avlodlar almashinishi oqibatida 4 ta katta oilaga ajralgan edi. Kim, Park, Jeon va Minlar oilalari bir biri bilan ochiqchasiga bo'lmasada, orqadan pichoq urishga har doim tayyor turishadi. Bir so'z bilan aytganda imkon bo'ldi deguncha bir birini yo'q qilib yuborishadi.

Minlar oilasi eng yovuz va qattiqqo'l oilalardan biri. Aslida Suga Minlar oilasida tug'ilgan lekin onasi o'lib o'gay onasi qo'lida azob chekayotganligi sabab Yun xonim o'z tarbiyasiga olgan. Otasi juda maniac odam bo'lgani uchun o'g'liga u ham azob bergan. Taxminan 10 yoshlarida otasi o'lib, o'gay onasi qarashni xohlamaganida yosh Yoongining ko'ksiga shamol tegadi. Uni Kimlar oilasi tarbiyasiga olishadi. Buning barchasi Yun xonimning mehribonligi tufayli.

Jeonlar oilasi-- eng qudratli va boy oila. 4 ta oilaga ham gapi o'tadi. Aynan Jeonlar oilasi sabab 4 ta oila bir-biri bilan ochiqchasiga urisha olmaydi.

Kimlar oilasi--Janob Kim va Yun xonimning 1 ta o'g'il - Teahyung va 1 qiz- Bella ismli qizi bor. Bu oila qudrat bo'yicha Jeonlar oilasidan keyin turadi.
Kim Teahyung otasining o'limidan keyin erta 20 yoshida biznes olamiga kirib kelgan,lekin juda yaxshi boshqarib kelayapti, chunki yonida Sugadek sodiq do‘sti-akasi bor.

Park oilasi-- juda sirli, deyarli hech kimga qo‘shilmaydi. Lekin ularning sirli sukunati ortida razil niyatlari borligini, ko‘pchilik muammolarni ular keltirib chiqarishini hamma yaxshi bilishadi.

Yuqori qavatdagi katta qora eshik ustiga CEO Kim Teahyung deb yozilgan. Ichkariga kirishingiz bilan, oq ko‘ylagining old tugmalari ochilgan, jingalak qo‘ng‘ir sochlari biroz to‘zg‘ib yanada yoqimtoy qilib qo‘ygan, nigohlari o‘tkir va ma‘noli, jag‘ suyagi o‘tkir burchak hosil qilgan, bo‘ylari uzun va juda kelishgan, kompaniya barcha qizlarining ko‘nglini zabt etgan o‘sha mashhur rahbar qog‘ozlarga ko‘milgancha asabiylashib o‘tirar edi.

Kim Teahyung

Eshikning taqillatishi diqqatini buzgach qo‘g‘ozlardan ko‘zini uzmasdan "kiring"degancha hujjatlarni tekshirishda davom etdi. Eshikdan shuga har doimgiday jiddiy qiyofada kirib kelib ish stoli yonidagi divanga borib o‘zini tashladi. Bugun u har doimgidan ham battar asabiy ekanligini his qilgan Teahyung, ko‘zini qiri bilan akasiga qarab oldi.

Th- nima bo‘ldi, rejangiz amalga oshmadimi?

Suga boshini orqaga tashlagancha ko‘zlarini shiftga qadab turib dedi:

Suga- Yo‘q hammasi men aytganimdek, lekin menga bu qiz uncha yoqmayapti. Juda qo‘rqoq va nozik😒 Men ojiz odamlardan nafratlanaman.

Teahyung labini uchida kulib qo‘ydi.

Th-- Bizni uyda yashab qololmaydi deb o‘ylaysizmi?

Suga- nima bo‘lganda ham yashashga majbur. Men u bilan kelishib oldim.

Th- bu menimcha ish bermaydi, qizni qo'yib yuborgangiz ma'qul. Bellaning o'rnini hech kim bosolmaydi.

Suga- to'g'ri lekin onam....( Suga birdan to'xtab, g'amgin bo'lib qoldi) ...Yun xonimning ozroq bo'lsada xursand bo'lishini xohlar edim.

Teahyung o'rnidan turib Suganing yoniga bordi va qo'llarini uning yelkasiga qo'ygancha egilib dedi:

Th- Aka siz mendan ham ko'proq onamni yaxshi ko'rasiz, buni bilaman. Lekin bu degani bir bechorani hayotini buzishga haqqimiz bor degani emas. U eplay olmasligi aniq.

Suga- unda boshqa iloj yo'q, men uni majbur qilaman. Qolaversa bu shartnoma unga ham foydali. Sen esa ko'ngil bo'shlik qilavermasdan onang haqida ko'proq qayg'ursang bo'lar edi. Kecha ham uyga bormabsan. To'g'ri ish muhim lekin... tushun onangning ahvoli og'ir....😔

Suganing oxirgi aytgan gaplari Teahyungning og'ir xo'rsinishiga va qaytib joyi o'tirishiga sabab bo'ldi.
O'tirgan joyida bir qancha qog'ozlarni Suganing oldiga tashladi. Suga oldidagi qog'ozlarni qo'liga olar ekan, Teahyungga savol nazari bilan tikildi.

Th- Bu yerda kompaniyaning daromadini yashirincha o'zlashtirib kealyotgan shaxslar haqida ma'lumot bor. Anovi yaramas Jimin yana boshlabdi. U kompaniyamizga laychalarini kiritganga o'xshaydi.
Kechadan beri shularni topish payidaman.

Suga: tushunarli, men hozir uyga borib, ishlarimni bitirib kelaman va sen bilan o'rin almashinaman. Sen borib damingni olasan va onangga qaraysan tushundingmi? Yaramas Park Jiminni esa o'zi dumini tugib qo'yaman- dedi qo'llarini mahkam musht qilib.

Devorga osilgan soat 13:00 ni ko'rsatib turar edi. Telefonim yonimda yo'q bo'lgani uchun taxminan peshin namozi uchun qiblani tanlab namoz o'qiy boshladim. Har bir rakat menga rohat baxshlab, qo'rquvimni biroz bo'lsada unutishimga yordam berar edi. Bu huzurni ko'proq davom etishini xohlar edim. Nihoyat 2 rakat sunnatni ham o'qib bo'lgach, Allohga uzundan-uzun duo qilib iltijo qildim:

Allohim men ojiz bandangman, chorasizman nima qilishni ham bilmayman. Menga yordam ber, iltimos! Sensiz ilojsizman. Ko'zimdan qator yoshlar oqa boshladi. Oilamni o'zing asra ular senga omonat, mendan marhamatingni ayama,iltimos men qo'rqayapman, yomonlikni his qilyapman. Menga kuch ber Allohim, yoqsa chiday olmayman. O'zing nomusim va jonimni asrashimda yordam ber! Qo'rqaman, kuchsizman. Menga yuklatilgan vazifani uddalashni nasib et!

Shu payt hayollarimni ortimdagi yotoqning g'ichirlashi buzdi. Kaftimni yuzimga yugurtirib ortimga o'girildim. Yotoqimni bir oyoqimi tizzasi ustida qo'yib asabiy silkitib, aftidan meni namoz o'qib bo'lishimni kutib o'tirgan o'sha yaramas odamga ko'zim tushdi. Uning ko'zidagi nafrat menikiga ham ko'chib bir birimizga bir muddat qarab qoldik. U nigohini uzmasdan tez o'rnidan turdida men tomon yaqinlashdi.
Hali namoz o'qiyotganimda ruxsatsiz meni kuzatib o'tirgani uchun asablarim ado bo'lgan bo'lsa meni qo'limdan ushlab olib chiqib ketmoqchiligi battar xunobimni oshirdi. Tezda qo'llarini siltab tashladim va avvalgidan biroz dadil ovozda:

Qo'lingizni torting, menga qo'lingizni tekkiza ko'rmang o'zim yura olaman. Yana bir gap hech qachon xonamga namoz o'qiyotganimda kirmang, bu xatto madaniyatdan ham emas.

U yuzimga yaqin kelib , ustimdan kulganday qoshlarini uchirib dedi:

Suga-- kelganingga 2 soat bo'lib tiling chiqib qolibmi?! Bu meni uyim xohlaganimni qilaman. Muslima bo'lsang o'zingga! Nimaga kelishganimizni unutma, sen bu yerni masjidga aylantirish uchun emas, meni aytganimni qilish uchun kelgansan. Ustingdagi mana bu lattani yechginda Bellaga o'xshab kiyinib ortimdan 2 daqiqadan chiqasan yoki kuttirganing uchun pushaymon qildiraman dediyu ters burilib ketib chiqib ketdi.

Men ortidan alam bilan ko'zlarimga tizilgan yoshlarimni artib, " meni nima qilsang ham iymonimdan kechmayman, johil " deb baqirib qoldim.

Suga

Jahlim chiqgan bo'lsada tezda kiyinib chiqdim, chunki jahlimdan ko'ra unga bo'lgan qo'rquvim kuchli edi. Uni har gal ko'rganimda tizzalarim qaltirar edi. Ko'zlarida o'lim aks etar edi go'yo.

Xonadan chiqar ekanman ko‘zim Jinga tushdi. U meni ko‘rib ortimdan kel degandek imladi. Indamay orqasidan ergashdim. 2-qavatga tushgach Yun xonimning xonasiga kirdik.

U yotoqda tibbiy moslamalarga ulangan holda xushsiz yotar edi. Uning oldida esa Suga qo‘lini qovushtirib qarab turar edi. Uning ko‘zlari menga tushishi bilan Yun xonimga yaqinroq bora olishim uchun yo‘lni bo‘shatdi. Sekin-asta yotoq boshiga borar ekanman. Xonimning murdadek oqargan yuzi, qurib oqarib ketgan lablari va og‘ir og‘riqdan yoki yomon tushdan ingrayotgan ovozi menga ta‘sir qildi. Axir mening ota-onam ham kasal va hozir qanchalik zolim bo‘lmasin Suganing ahvolini tushunib turibman. Yun xonimning yoniga omonotgina o‘tirdim. Ortimga o‘girilib bir Sugaga bir Jinga qarab qo‘ydim. Suga hech qanday reaksiyasiz turar Jin esa menga boshini chayqab, dalda berdi. Men esa yana xonimga qarab , qo‘llarim bilan qoqsuyak bo‘lib ketgan qo‘llaridan ushladim. Tavba bu qo‘llar xuddi onamning qo‘llariga o‘xshab ketar ekan. Balki mening onam ham izsiz ketganim uchun hozir azob chekayotgandir. Onamni juda sog‘indim, ayniqsa hozir oldimdagi ayol o‘rnida o‘z onamni ko‘ryapman. Uning og‘riqlarii.... uning azobinj his qilayapman. Bo‘g‘zimdan beixtiyor " Onajon " degan so‘z chiqib ketdi. Ko‘z yoshlarim uning qo‘llariga tusha boshladi. Ahhh bechora ona qizi uchun adoyi tamom bo‘libdi. U yaxshi xotimaga loyiq edi. Uyg‘onmayapti, demak bari tamom. Nima bo‘lganda ham uni yaxshi bo‘lib ketishi uchun duo qilaman. Orqadan Suganing havsalasi pir bo‘lgancha uxx tortishi va chiqinglar degan buyrug'i eshitildi. Yun xonimga qarab, ichimdan achinish his qilar ekanman, asta egilib uning peshonasida o‘pib qo‘ydim.

-Yelena -- Kechiring, ona sizni uyg'onishingizni rostdan xohlagan edim.

Shu payt qo‘llarimni kuchsiz qisgan kaftni his qildim. Qaranglar qo‘li qimirladi deb yubordim sevinchdan. Yun xonimning ko‘zlari og‘ir ochildi. Uning ko‘zlari jiqqa yoshga to‘lgan edi. Uning nigohlari menga qaratilgan va holsiz lablari "qizim so‘zini bilinar bilinmas aytdi. Men uning uyg‘onganidan juda sevinib ketdim va qo‘lini kaftlarim orasiga olib o‘pib quchoqlab oldim.
-- Ona , onajon uyg‘ondingiz, siz uyg‘ondingiz!

Shu payt Suganing eshikdan o‘qdek otilib chiqib ketganini sezdim. Jin esa uning ortidan chiqib , shifokorlarni chaqirib keldi. Ular Yun xonimni tekshirib bo‘lgach hammasi yaxshiligini aytib , qayta chiqib ketishdi. Yun xonim hamon gapirishga qiynalar lekin, nigohini deyarli mendan uzmas va ko‘z yoshlari ham tinmas edi. Uning yoshlarini barmoqlarim bilan avaylab artar ekanman, "Men yoningizdaman onajon" deb peshonasiga peshonamni qo‘yib oldim. To‘g‘ri yaqinlarim yaxshi aktrisasan deb ko‘p hazillashishgan,lekin hozir qilayotganlarim chin qalbimdan chiqayotgan edi.

Kunimning qolgan qismini xonimni parvarish qilish bilan o‘tkazdim. Uning yonidan deyarli jilmadim, namozimni ham uning yonida o‘qib oldim. Nihoyat xufton namozidan so‘ng, u uxlab qolguncha qo‘llaridan ushlab o‘tirdim. Kun men uchun og‘ir o‘tgandi va tuzukroq ovqatlanmagan edim ham shuning uchun ham meni uyqu bosib, uxlab qoldim.

Soat 12:00 chamasi Yun xonimning xonasiga Teahyung kirib keldi. Onasi tibbiy asboblardan olinganini va yonida bir qiz tiz cho‘kib uxlab qolganini ko‘rib hayron bo‘ldi. Sassiz yotoq yoniga borib, onasining chakkasidan o‘pib qo‘ydi. Qizning yoniga cho‘kkalab , yuzini yashirgan sochlarini qquloqlari ortiga o‘tkazdi. Yuziga yaqin kelib unga termular ekan, singlisiga o‘xshash lekin shu bilan birga shu vaqtgacha duch kelmagan auraga ega bu qizga rahmi keldi.

Sen bu yerga kelmasliging kerak edi deya o‘rnidan turdi.Qizni ko‘tarib divanga avaylab joyladi. Ustidan adyol tashlab xonadan chiqib ketdi.

Soat 02:45

1-qavatda singan idishning ovozidan uyg‘ongan Yelena qo‘rqibgina eshikdan mo‘raladi. Ichida bir ovoz bu yerdan chiqma desa, nimadir uni o‘sha yerga borish ohangraboday tortayotgan edi. Xonimning uyg‘oqligiga ishonch hosil qilgach, sekin eshikni ochib chiqdi. 1-qavatga zinalardan tushar ekan, zina tugagan joydan boshlangan va oshxona tarafga qarab ketgan qon dog‘larini ko‘rdi.

Oyog‘i bilan ruchka qopqog‘i kattaligidagi narsani bosib oldi. Egilib olib qarasa bu kunduzi unga ovqat olib kirgan xizmatchining barmog‘ini ko‘rdi. O‘zgacha uslubda qilingan qora rangli manikyur uning esida qolgan edi. Ko‘zlari katta-katta ochilgan  Yelena qo‘rquvdan qotib qolgan edi. U xatto nafas olishni ham unutdi. Butun tanasi jimirlab, sovuq ter chiqara boshladi. Qorong‘uda sharpani o‘zi tomon kelayotganini his qildi. Bor kuchi bilan yuqoriga yugurdi. Bir ehtiyotsizligi sabab zinaga sirpanib ketib orqaga qalqib ketdi. Orqadan esa uni ulkan gavda to‘sib qoldi. Barchasi tamom deya ko‘zlarini chirt yumib olgan Yelena ortidagi odamni sezgach dodlab baqira ketdi. Yigit uning og‘zini kafti bilan yopib zina devoriga tiradi.