September 24

"Muqaddima"

Kanalga xush kelibsiz.

Bu yerni egasi va fanficlar muallifi Yelena Harlowman, persim Go Younjung yoshim esa 23da. Oilamdek bo'lib qolgan fandomimni "tulips" deb atayman.
Ikki yarim yildan beri men bilan birga bo‘lgan o‘quvchilarim qanday ijodkorman va qanday prinsiplarga egaman yaxshi bilishadi. Yangi qo‘shilganlar uchun esa qisqacha tushuntirib o'tsam:
Bu yerda siz bilishingiz shart bo‘lgan asosiy narsalar:

1. Kanalda "hot" bannerlar bo‘lmaydi:
Bu yerda yaqinlaringiz ko‘rib qolsa uyaladigan, yashirish uchun kanalni arxivga tiqib qo‘yadigan darajadagi bachkana reklama yoki bannerlar chiqmaydi. Mening kanalim o‘qiyotganingizdan xijolat tortmaydigan toza joy bo‘lib qoladi.

2. Qismlarga limit qo‘yilmaydi:
Men har bir bob uchun sarflagan vaqtim va ko‘z nurimni qandaydir reaksiya yoki izohlar soniga qarab savdolashmayman. Matn sizga ma’qul kelsa, o‘z xohishingiz bilan fikr bildirasiz. Yoqmasa men sizni majburlay olmayman.
Yozgan fikrlaringizni ko‘rib quvonaman, qayta-qayta o‘qiyman. Ammo fikr qoldirmasangiz ham asar to‘xtab qolmaydi, chunki men avvalo o‘zim uchun yozaman. Tibbiyotda o‘qiyman, vaqtim juda tig‘iz. O‘sha topilgan ozgina vaqtimni ham sonlarni sanab o‘tirishga emas, yangi bobni yozishga sarflaganim ma’qul. Qo‘llab-quvvatlash bo‘lsa yaxshi, lekin bu majburiyat emas.
Sizlarga maksimal darajada erkinlik va qulaylik bermoqchiman, bundan buyog‘iga bu olamni men emas, siz o‘zingiz baholaysiz. Men esa har safar kuzatganimda, qadrdon fandomim asarimni qanday idrok etayotganini ko‘rishim mumkin bo‘ladi. Umid qilamanki, mehnatimni qadrlaysiz.

3. Ochiq jinsiy sahnalar yozilmaydi:
Mening e’tiqodimga ham, shaxsiy qarashlarimga ham to‘g‘ri kelmaydi. Buni o‘zimga ham, sizga ham ravo ko‘rmayman. Asarlardagi hissiyotlarni vujudlar orqali emas, qahramonlarning ruhiyati va fikrlari orqali yetkazaman.

4. Tibbiyot va ruhiyat: Shifokor bo‘lganim va neyropsixiatriyaga qiziqqanim uchun qahramonlarim shunchaki ertaklardek yozilmaydi. Ularning ruhiy buzilishlari, qorong‘u hislari va xatti-harakatlari ilmiy mantiqqa tayanadi. «IMAGO»da qon, qotillik va og‘ir psixologiya bor, lekin bular shunchaki dahshat uchun emas, inson tabiatini tushunish uchun kiritilgan.

Siz kanalga izlab kelgan fanfic IMAGO haqida:


To‘g‘risini ochiq aytaman bu asar hamma uchun emas.
Bu yerda shirin muhabbat ham, qahramonlarning qilmishlarini oqlash ham yo‘q. Asarda kannibalizm bor. Lekin bu kinolardagi qon sachratib chopadigan arzon vahshiylik emas , o‘zini hammadan ustun qo‘yadigan daho ongning boshqalarni shunchaki o‘ziga xomashyo deb bilishi. U qurbonining shunchaki jasadini yemaydi. U qotillikni san'at darajasiga yetkazib amalga oshiradi.
Agar siz bu yerga yengil ertaklar yoki arzon yotoqxona sahnalarini qidirib kelgan bo‘lsangiz, vaqtingizni bekorga ketkazmang bu yerda unday narsalar bo‘lmaydi. Bu asarda tanalar emas, insonning ongi yalang‘ochlanadi.
Lekin inson psixologiyasining eng qorong‘u tubi, qotil miyasining ichki anatomiyasi va har bir qatlamda aql bilan o‘ynashadigan taranglik sizga qiziq bo‘lsa marhamat.
O‘qishga asabingiz dosh berishiga ko‘zingiz yetsa, boshlang. Chidamasangiz, o‘zingizni qiynamang.

5. Birinchi tugallangan asarim: «SWEET LIE»
Mening uslubim, yozish darajam va mahoratimni ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, tugallangan «SWEET LIE» asarimni o‘qib ko‘ring. Hozirgacha yozganlarim ichida eng faxrlanadigani va eng yetuk durdonam shu. «IMAGO»ga kirishishdan oldin ham o‘qishni shundan boshlashni tavsiya qilaman. Bu fanficni 2 yil davomida yozib tugatganman va 1000dan oshiq edit videolar juda ko'p fikrlar hatto she'rlar ham olganman. Agar biasingiz Suga , Jungkook, Taehyung bo'lsa fanficni o'qish sizga juda yoqadi.


"Sweet lie" 40 qismdan iborat roman.
Agar oddiy, bir xil fanfiklardan charchagan bo‘lsangiz, bu yerda butunlay boshqacha muhit bor.
Xush kelibsiz.