SWEET LIE Episod-5 by Yelena
Qorong'u xonadagi yolg'iz stol lampasi yotoqda uxlab yotgan qizning yuzini xira yoritmoqda. U chala yopilgan ko'rpani bir qo'li bilan uyqu ichida og'riqdan emas, balki qo‘rquvdan changallab olgan. Ikkinchi qo'li esa yostiq ustida titrab turardi. Peshonasidan tortib iyaklarigacha ter chiqib, ikki chakkasi bo‘ylab quloqlarigacha va bo'yin qismigacha tarqalgan ter kuchsiz yorug‘likda ham yiltillab ko‘rinib turardi. Ho‘l soch tolalari yuziga yopishib, uni yanada bezovta qilmoqda.
Ora-sirada ojiz ingrashlar va qorachiqlarning yopiq qovoqlar ortidan harakatlanishi kuchayadi.
Qiz yomon tushdan uyg‘onolmay qiynalayotgan bir paytda, nomalum narsaning qulab ketishi Yelenaning ko‘zlarini ochilishiga yordam berdi.
Yuvinish xonasiga kirib yuzini iliq suv bilan tez-tez chayib oldi. Biroz uyqusi ochilgach, tahorat oldi.
Yuvinish xonasidan chiqib,Yelena xonaga qarab o‘ylanib qoldi. Xona, bir odam uchun sal kattaroq bo‘lib, markazda joylashgan karovat, balkon va unga olib chiqadigan oynali eshik, shuningdek, yon tomonida stol, stul va shkafdan iborat edi. Umuman olganda, xonani tozalagan bo‘lishsa-da, bu joyni yana bir marta tartibga keltirish kerakligini his etdi. Zarur narsalar pastda ekanligini taxmin qilib, bir yutinib qo‘ydi.
Nima qilish kerak?! Yotoqning chetida qo‘llariga suyanib, oyoqlarini asabiy tebratib o‘tirar ekan, tirnoqlarini kemira boshladi. Shu payt oynadagi aksiga qarab sakrab turib ketdi. Ortidagi shkaf orqasida qorong‘uda kimdir qarab turgandek ko‘rindi. "Eeee, nima bo‘lganda ham ertalabgacha shunday o‘tirolmayman", deb o‘ylab, xonasining eshigini ochdi.
Xonada har qanday tovushdan qo‘rqib, yuragi tez-tez urayotganini his etdi. U yengil nafas olib, o‘zini tinchlantirishga harakat qildi. Har bir burchakda sirli va qorong‘u bir narsa borligini sezardi. U o‘zining ichki kurashlari bilan yuzma-yuz kelgan paytda, qorong‘ulikdan qochish istagi kuchayib borardi.
Iloji boricha eshikni shovqinsiz ochishga tirishib, eshik ortidan yo'lakga mo'raladi.Yarim tun bo'lgani uchun hamma chiroqlar o'chirilgan. Yo'lak qorong'u va jimjit edi. Afsuski hozir yonida telefoni ham yo'q. Eshikni qayta yopgan,Yelena bir xo'rsinib, tezda qayta eshikni qayta ochib chiqdi.
Hozir pastga tushamanda kerakli narsalarni olib darrov ortimga qaytaman. Suga axir kunda odam o'ldirmasa kerak?! Bugun kuni bo'yi u bilan bekinmachoq o'ynaganimdan keyin nima deb bahona qilishimni tasavvur qilishni ham xohlamayman.
Xonamdan chiqib qo'yilgan 3-qadamdayoq, yonma yon joylashgan eshik birdan ochildi. Ro'paramda turgan kishini ko'rib yurakim to'xtab qolay dedi. Qanday qilib, uning xonasi shu yerda... mening xonamga yaqin yerda joylashganmi? Qo‘rquvdan unga tikilib qarar ekanman. Uyqusizlikdan qorayib ketgan,biroz qizargan,so'lg'in ko‘zlar nafrat bilan menga tikilgan edi. Suga o‘sha qo‘rqituvchi yo‘g‘on ovoz bilan:
Suga- Qayerga ketyapsan?!
Qotil tomonidan qisqa lekin qat‘iy so‘ralgan savolga nima deb javob berishni ham bilmayman. Lekin hozir qilishim mumkin bo‘lgan eng ahmoqona javob berdim:
Yelena: Menmi xonamga...
Shunday degancha bor kuchim bilan o'zimni xonamga otdim, baxtga qarshi eshikni oxirigacha yopishga ulgurmasimdan, Suganing qo'llari uni ushlab qoldi. Shunga qaramsdan hamma og'irligim bilan eshikka tiralib turaverdim.
Yelena: aaa....Men uxlamoqchiman...
Suga ko'p ham kuch sarflamasdan eshikni surib xonaga kirdi.
Suga: Men esa gaplashib olmoqchiman.Nega chaqirganimda kelmasdan,yashirinib olding?
Hammasi tamom! Endi nima qilaman. Sen qotil bo'lganing uchun meni o'ldirib qo'yishingdan qo'rqdim deb aytishim kerakmi unga? Albatta qotillikdan so'ng hamma guvohlar yo'qotiladi. Qizig'i shundaki, u meni hozir o'ldiradimi yoki qachon?Qayerda?
Shu savollar miyyamda aylanar ekan, uning nigohlari havfsalasizlik bilan mendan uzildi. Xonaga yuzaki yuritilgan ko'zlar ibodatdan so'ng yig'ilmasdan qolgan joynomoz va uning ustidagi tasbehga kelganda to'xtadi. U yerga qarab ensasi qotgani aniq yuzidan bilingancha qayta menga qaradi.
Suga- Men sendan Yun xonimning ahvoli haqida so'ramoqchiman. Axir sen ham chala bo'lsa ham shifokorsanku to'g'rimi?! Yoki men adashdimmi?
Bepisandlik bilan aytilgan bu so'zlar boshimgacha hanjar sanchganday bo'ldi.
Yelenaning hayoli:Ahmoq uzini kim deb o'ylayapti?Voyy yaramas chala qotil, sen o'zingni bil! Yelena o'zingni bos! Sening oldingda qotil turibdi, o'ylanib muomala qil!
G'azabimni ammalab tiygancha javob berishga harakat qildim.
Yelena: Shu paytgacha olingan analizlar va qabul qilingan dorilarni ko'rib chiqdim. Kuzatishlarishlarimdan keyin Yun xonimning bu holatda ekanligiga uning ruhiy holati sababchi ekanligiga amin bo'ldim. Inson qachonki o'zini qabul qila olmasa, yashashni istamsa, immun hujayralar o'z-o'zini yo'q qilish rejimiga tushadi. Shu sababdan ham Yun xonimda autoimmun kasalliklar rivojlangan.
Suga- Nima qilsak yashashni xohlaydi?
Yelena: Menimcha uning xotirasi unchalik yaxshimas, uning yaxshi xotiralarini qayta tiklashimiz, unga yoqadigan ishlarni qilishimiz kerak.
Suga peshonasiga tartibsiz tushib qolgan 2 tutam soch tolasini kafti bilan orqasiga asabiy tarab, jimib o'ylanib qoldi.
Keyin esa menga qaramasdan chiqib ketdi.
Uning tezda xonadan kutganimdan tez chiqib ketishganidan keyin oson qutilganim uchun shukr aytib yengil nafas oldim.
Xo'sh, rejam barbod bo'lgan ekan, uyqu haqida o'ylamasam ham bo'laveradi. Anavi yaramasni ko'rganimdan keyin shundo'gam uyqu meni butunlay tark qilgan edi. Stol ustiga Jin olib kelib bergan bloknot va stikerlarni qo'yib, stol lampani markazga to'g'riladim. Sochlarimni yuqoriga yig'ib diqqatimni bir joyga qaratib rejalarimni aniqlashtira boshladim
Bloknotga Yun xonimning kunlik sog'ligi haqida ma'lumotlarni yozib qo'ydim.
Stikerni olib, birinchisiga "Yun xonimni davolash" debyozdim va oldimdagi devorga yopishtirdim, ikkinchisiga "qochish" deb yozib yopishtirdim, uchinchisiga "qotilni kimligini aniqlash"( kim o'ldirganini aniq ko'rmaganim uchun qotil Suga ekanligi aniq emas)
Stikerlar markaziga esa qizil ruchka bilan alohida katta harflar bilan "TIRIK QOLISH" deb yozib, qo'ydim. Stolga suyanibyozuvlarga tikilgancha rejalarimni miyyamda tahlil qila boshladim.
Oradan ancha vaqt o'tgan, hayollarimni elektron soatning 6:00ni ko'rsatib chalingan uyg'otuvchi ovozi tarqatib yubordi. Qotib qolgan bo'ynimni , keyin esa uyqusizlikdan achishib ketgan ko'zlarimni kaftlarim bilan uqlab o'rnimdan turdim. Bomdod o'qish kerak. Tahorat olib chiqib balkonga qarab qoldim. Uyqusizlikdan miyyam qizib ketganligi uchun muzday havo uchun balkonga chiqdim. Salqin lekin shu bilan birgan tanaga rohat beruvchi shamol esyapti. Joynomozimni shu yerga yozib ibodatimni boshladim. Men doim yolg'iz namoz o'qisam ovoz chiqargan holda suralarni va duo o'qiyman. Shunday qilsam diqqatim bir yerga yaxshi to'planadi, ibodatimdan ko'nglim to'ladi.
Duo:
Robbim, shu paytgacha sendan nima so'rasam ijobat qilgansan, buning uchun ming qatla shukr qilaman. Ojiz bandang sifatida yana bir narsa iltimos qilmoqchiman. Allohim, o'zingga ayon, men kuchli emasman, ojizman, sening yordamingga muhtojman. Ayniqsa hozir. Juda qo'rqayapman, sen menga juda keraksan, Bularning barchasi sinovligini tushunaman, lekin sendan iltimos menga bir farishta yuborgin , u meni bunday g'urbatdan qutqarsin, qalbimga taskin berib, meni yomonliklardan himoya qilsin.
Uyimdan, ota-onam va yaqinlarimdan uzoqdaman.Hozir har doimgidan himoyaga muhtojman.
To'g'ri hozir o'zimni ko'proq o'ylab iltijo qilib yubordim. Aslida mendam ham ko'proq manashu oilaga , shu uydagi insonlarga sening marhamating zarur. bechora Yun xonimga shifo bergin, onaning parchalangan yuragiga shifo bergin, iltimos. Shu bilan birga..... Suganing ham qalbiga shifo bergin Allohim. Hech kim yomon bo'lib tug'ilmaydi, unga ham insof, iymon bergin Allohim!
Uning ko'zlaridagi nafrat o'rnini mehr nuri egallasin, qorong'u , jirkanch dunyosidan chiqib, u ham haq yo'liga kirsin! Amin
Yelena kaftlarini yuziga bosib ibodatini tugatdi. Balkon devoriga suyanib tasbeh o'girishda davom qilar ekan, devor ortida yana bir inson balkonga aynan Yelena tarafga suyangancha bir tizzasiga qo'lini tashlab, boshini pastga qaratib, jim o'tirardi. Uning ham mijja qoqmagan ko'zlari osmonga tikilib, u yerdagi yolg'iz oyga ko'zi tushdi.
Tomog'iga achhiq narsa kelib tiqildi. Agar uning shu vaqtda kimdir uning ko'zlariga yaxshilab tikilganda cheksiz umidsizlik, alam, afsus va aybdorlik hissini ko'rishi mumkin edi. Bu aybdorlik hissi oddiy emas, balki tug'ilganligidan, farzand bo'lganligidan, mehr qo'yganligidan, ishonchni oqlamaganligidan, ilojsizlikdan, qilgan yomonliklari uchun his qilinadigan og'ir aybdorlik edi.
Yelena Yun xonimning xonasiga borib tartib bilan uning ko'rsatkichlarini tekshirdi. Ularni barchasini blaknotiga qayd qilib bo'lib, xizmatchilar olib kelgan suyuq botqani zond orqali( uzun, ingichka naycha, bemorning burnidan oshqozoniga kiritilgan bo'ladi. u orqali bemorlarga ovqat yuboriladi.) botqani yubordi. Yun xonimning yotoq yara bo'lmasligi uchun butun tanasini shifobaxsh damlamali suv bilan artib massaj qilib chiqdi. Xonaning havosini tozalab, hushbo'y gullar kiritib yotoq yoniga qo'ydi. Imkon boricha Yun xonimning holsiz ko'zlari Yelenaga qaraganda kulib turishga, unga yaxshi muomala qilib,ishi davomida har xil qiziqarli voqealar aytib berishga harakat qildi.
Nihoyat tushlikdan so'ng Yun xonim uyquga ketgach, xonasiga qaytib, namozini o'qib oldi. Negadir ibodati davomida hayoli kechagi kutubxona kelaverdi.O'z-o'zidan Yelenaning qadamlari o'sha yerga yo'naldi.Zinadan yuqoriga ko'tarilayotgan vaqtda oldidan Jin chiqib qoldi.
Jin: Salom, Yelena qayerga ketyapsan?
Meni bu yerda ko'rib hayron qolgan Jinga boshqa gapirishga ham yo'l qo'ymay, kissamdagi, qog'ozga yozilgan ro'yhatni qo'liga tutqaib dedim
Yelena: Jin...salom. Seni qidirayotgandim. Menga mana bu narsalar kerak. kechgacha olib kelib bera olasanmi.
Jin bir menga bir qog'ozga qarab, bosh irg'ab "hop" dedi. Meni unga kelgan telefon qutqarib qoldi. Sugaga tez yetib borishini aytib, go'shakni qo'ygancha, menga ham etibor bermasdan shoshilib ketdi.
Demak Suga uyda emas, ayni muddao dedimda yo'limda davom etdim. Kutubxonaga kirib yana qolgan qismini ko'rib chiqdim, chindan ham bu yer juda ajoyib edi. Kecha o'sha notanish yigit o'tirgan stulga borib o'tirgancha stol ustidagi Dostoyevskiyning "Jinoyat va Jazo" asarini qo'limga oldim. Aftidan o'sha notanish odam kecha shu kitobni o'qigan. Umuman olganda bu kitobni Suga ham o'qisa yaxshi bo'lardi deb o'ylab qoldim.
Satrlar ortidan yugirib borayotgan ko'zim uyqusizlik sabab og'irlashib borar edi. natijada tezda uxlab qoldim. Bir qo'lim pastga tushib ketishidan uyg'onib ketdim.Uyquga to'yish hissiga qaraganda 2 soatdan ko'p vaqt uxlab qolgan ko'rinaman.
Ko'zlarim birinchi bo'lib, stol ustida turgan qizil olma va tagidagi kichkina qog'ozga tushdi. Demak "u" yana shu yerga kelgan, uxlab yotganimda
Ko'zlarim birdan moshday ochilib ketdi. Darrov qog'ozni olib o'qidim.
Ojizlik seni yengishiga yo'l qo'yma, sen ko'p narsaga qodirsan. Shunchaki taslim bo'lishga o'zinga ruhsat berma!
Yelena chiroyli va xatosiz yozilgan husnixatni o'qir ekan, uning yuzida uzoq vaqtdan beri namayon bo'lmagan iliq tabassum va biroz umid, biroz quvonchdan porlagan ko'zlarni ko'rish mumkin.Balki ko'pdan beri kutayotgan taskinni shu orqali olgani uchunmi, o'zini juda yaxshi his qildi.
Qizil olmani qo'liga olib, unga suqlanib qarar ekan, shirin hididan to'yib nafas oldi. Bitta qarsildoq tishlash ovozi butun xonaga yoyildi Yelena "qiziq olmalar avval ham shunday mazali edimi? " dedi hayron bo'lib.. Birdan uxlab qolgani esiga tushgan Yelena yugurgilagancha Yun xonimning xonasiga shoshildi. Hayriyatki vaqtida yetib kelibdi, ayol endigina uyg'ongan edi. Uning ko'zlari Yelenaga tushishs bilan miltillab ketgandek bo'ldi. Qiz esa uning qarshisiga kelib , har doimgidan ham ko'tarinki kayfiyatda tabssum bilan qaradi.
Yelena: Yaxshi dam oldingizmi oyijon?
Shunday deya uning yanog'idan o'pib qo'ydi. Dorilarni tahlar ekan, yoshligimdagi orzuyim bo'lib qolgan,ichidan aktirisalik qobiliyatimni ishga soladigan vaqt keldi deb o'ylandi.
Xonada bloknotiga allanimlaarni yozib o'tirgan Yelenani xonasining eshikini kimdir tepishi qo'rqitib yubordi. Eshikni ochar ekan, qo'lida iyagiga qadar terilgan qalin kitoblarni va u ham yetmagandek, bir qo'liga ildirilgan pg'ir paket sabab ortiqcha harakat qila olmayotgan Jinga ko'zi tushdi. Yelena qitmirligi tutib:
Yelena— Odatda qo'l bilan taqillatishadi? Nima 2-3 ta kitobni ko'tarolmayapsanmi?
Jin ko'zlari bilan norozi qaragancha lekin shu bilan birga kitoblarni muvozanatini saqlashga tirishib dedi.
Jin: Shuncha kitobni menga olib kletirganda keltirding. Shunga yarasha o'qimaydigan bo'lsang mendan ko'rasan. Qani yo'limdan qoch xonangga kirgazib beraman.
Darrov hayolimga kecha yopishtirilgan stikerlarim keldi va Jinning oldini yaxshilab to'sib oldim.
Yelena: Kerak emas. Menga ber, o'zim kirgazaman.
Jin: Qaysarlik qilma axir og'ir ekan.
Yelena: Yo'q- ,dedim gapini bo'lib,- sen uchun og'ir bo'lishi mumkin, lekin men o'rganib ketganman.
Bu gapdan so'ng Jinning asabdan ko'zlari ag'darildi.
Unday bo'lsa ol degancha, qo'limga birdaniga hammasini tutqazib, kamiga bo'ynimga ham paketni ildirib qo'ydi. Birdan yuklangan og'irlikdan endraklab ketdim. Zo'rg'a rahmat deb xonamga kirishga ulgurib qoldim.Narsalarni polga qo'yishim bilan chala ochiq qolgan eshikni yopdim.
Jin yuziga yopilgan eshikka bir nafas qarab turgach, Hah degancha jahl bilan nafas chiqarib qo'ydi. Xonasiga ketar ekan, "shunchaki xonam yig;ishtirilmagan edi deb tan ol, yaramas qiz!" degancha g'uldiranib og'rib ketgan yelkalarini uqalab ketdi.