"Sweet lie" - SUHBAT
Biz jismi tez ulg’ayib qalbi hali unga yetib olmaganlardanmiz. Shuning uchun ham ulg’aymagan qalblarimiz ko’p ozor chekadi. U hali sinovlarga tayyor emas edida! Yashash ba’zida qiyin tuyilib qoladi va bunday paytda inson qayerlargadir qochib ketgisi keladi. Men sizni o’sha yerga olib ketmoqchiman. Qo’limdan tutasizmi?
Ha desangiz ko’zingizni bir soniya yumingda chuqur nafas olib o’zingizni bo’sh qo’ying!.............
Qorong’u va sovuq joydasiz. Bu yer shu qadar zimistonki hech nimani farqlay olmaysiz. Sovuq va nam joy…. Yalang oyoq muzdek polda oldinga qo’llaringizni cho’zgancha ketyapsiz… va birdan barmoqlaringiz g’adir budir toshni his qildi….uni paypaslab g’alati naqshni his etingiz. Kaftingiz bilan uning izi bo’ylab yurgizar ekansiz, ichki sezgi orqali uning yozuv ekanligini tushundingiz.. va pichirladingiz –“Sweet lie” . Shu on gumburlagan ovoz eshitildi va yer larzaga kelgandek bo’ldi.Har yerda toshlar qisirlab to’kilishni boshladi. Oldingizdagi toshda esa nuqta cho’g’ hosil bo’lib, naqsh izidan harakatlanib yozuv yasay boshladi… va nihoyat lavadek qaynoq o’sha jumla oldingizda paydo bo’ldi. Bu yozuv birdan shunday chaqnab ketdiki bir zum ko’zlaringizni qamashtirib, hech nimani anglay olmadingiz. Ko’zingizni ochganingizda esa o’zingizni umuman boshqa yerda his qildingiz. Bu boshqa olam edi. Men aynan sizni olib ketmoqchi bo’lgan olam!
Atrof nim pushti gullagan daraxtlarga to’la , yam-yashil maysalar nish urib oyoqlaringizda mayin botmoqda. Qushlarning bir maromda sayrashii…Quyosh ham yoqimli tafti bilan sizni ilitmoqda. Shodon bolalarning qiyqirig’ini eshitdingiz. Alanglab atrofga qarakansiz katta binoning bog’ida ekanlingizni tahmin qildingiz. Har yerda odamlar juft-juft yoki yakka -yakka bo’lib sayr qilib yurishibdi. Ular turli yosh va jins vakili bo’lishsada hammasini birlashtiriib turgan bitta narsa bor edi. Shifoxona kiyimi. Ha… ko’pchilik bemorlarga hos mayda gulli kiyimda yuribdi.Hattoki hamshira kiyimida yurgan ayollarni ham ko’rish mumkin. Ulardan biri sochlar kalta qilib kesilgan yuzidan qattiqqo’l va talabchanligi bilinib turgani siz tomonga kelib bilagingizdan tutdi :
-Hoy nega bu yerda anqayib turibsan.Bemorlarga qarasangchi!
Siz darrov hushingizni yig’ib oldingiz va o’zingiz ham hamshira kiymida ekanligingizni payqadingiz. Yonginangizda yechilgan poyabzalni oyog’ingiza darrov ilib olib, boyadan beri 3 qadamlik yo’lni 10 ta mayda qadam bilan tugata olmayotgan qariyaning yoniga bordingiz. Unga suyanchiq bo’lib yurishiga yordamlashar ekansiz ko’zingiz hech kimga o’xshamaydigan , qora kostyum shimda , uzun sochlari yuziga tushgan , daraxt tagidagi o’rindiqda yolg’iz o’zi o’tirgan yigitga tushdi. Yigit boshini quyi solib o’tirar ekan, o’rindiqqa suyab olgan qo’llari asabiy qisilgan, aftidan hayolga shu qadar cho’mgan ediki, atrof olamni unutib faqat o’ylarida yashamoqda. U shu qadar yolg’iz va ruhan charchaganligi bilinib turar ediki, hech kim uning yoniga yo’lashga yuragi dov bermayotgandi. Lekin siz uni tanidingiz…haaa u Yoongi edi! Yelena tomonidan rad etilgan, yuragi parchalangan holda sevgilisining uyg’onishini kutib yashayotgan baxtiqaro yigit.
Shu on nafasingiz bog’zingizga tiqilib, hayojondan titrab ketdingiz. Axir asarni o’qish davomida uni bir bor ko’rishni va ichingizdagilarni aytishni xohlagan edingizku. Kechasi bilan yig’lab namiqib qolgan yostig’ingiz sizning naqadar xafa bo’lganingizga guvohlik bera oladi. U ozorlanganda siz ham ozorlandingiz.. u xursand bo’lganda siz ham kuldingiz hatto u sevganda siz ham his qildingiz…Suratiga tikilib uni sog’inib, hayoti barbod bo’lib qolishidan qo’rqardingiz…Lekin endi imkoni bor! Ichingizdagilarni aytishga , uni yupatishga imkoningiz bor!....
Yongizdagi qariyani sekin qo’yib yuborib qadamlaringiz u tomon ildamlay boshladi. Siz yurmayotgandingiz , yo’q! Siz yugurayotgandingiz go’yoo. Hapqirib urayotgan yurangiz haqqi unga ichingizdagi barcha tuyg’ularingizni aytishni xohlaysiz. Hayojondan qadamlar chalkashadi…. Balki bosayotgangiz yer emas ro’yodek narsadir. Miyyangiz qizib g’uvillamoqda… Nihoyat unga yetib keldingiz. Hansiragancha terlab pishib turar ekansiz u hamon boshini ko’targanicha yo’q. Toshdek harakatsiz o’tiribdi….
Siza birdan bo’shashib qoldingiz. Huddi barcha aytilishi kerak bo’lgan gaplar endi mavjudmasdek tuyildi. Nima qilishni bilmay unga tikilib turdingiz va shalviragancha yonidan joy oldingiz. Haaaa! U juda sovuqqon va jahldor ko’rinmoqda. Lekin siz qo’rqmyasiz , sababi uni bilasiz. Qolaversa u tortayotgan og’riq oldida boshqa og’riqlar nima bo’libdiki qo’rqsangiz. Yutungancha juratsiz uni kuzatib o’tiribsiz. Keng yelkalar va tomirli bo’yni ayniqsa zarbadan qizarib ketgan mushti ko’zga tashlanadi! Aftidan yana kim bilandir urushib humordan chiqqan. Endi esa chorasizligiga chiday olmay o’yga tolib o’tiribdi. Biroz vaqtdan so’ng o’zingizni qo’lga olib uni chaqirishga jur’at etdingiz:
- Yoongi..- ovozingiz shu qadar past chiqdiki hatto o’zingiz ham zo’rg’a eshtingiz. Yana bir marta urinib ko’rdingiz.- Yoongi! -U bo’lsa qimirlab ham qo’ymasdi.
Chakkangiz qizib yuzingiz bijirlab ketdi. Bo’ldi bas , aytmasam bo’lmaydi -dedingiz.
U sizga hafsalasiz nigohini qaratdi. Sizning esa hayajondan lablaringiz titragani uchun pastki labingizni tishlab oldingiz va 1 soniya unga nima deyishingizni o’ylab gapira boshladingiz…
- Yoongi sizga gapim bor….
Yoongi alamli ko’zlari bilan tikilib gapimni bo’ldi:
-Boshimizni baloga qoldirsam, ishonchga loyiq bo’lmasam ham, senga hiyonat qilsam ham, oxirida tashlab ketsak ham , yomon odam bo’lsam ham,.. Lekin hozir .. ko’zimga qarasang ….hech narsaga qaramasdan, hech ham aqlga sig’masdan, menga ishonsang, qo’limdan ushlasang.. hech kim birovni bunday sevmaydi.. shundaymi?Hayotda bunday sevgi yo’q!
Uning so’zlaridan tushundingizgi u sizga emas go’yoki hozir eshita olmaydigan insoniga -Yelenaga gapiryapti go’yo… Undan boshqasini ko’rmaydigan ahvolda hozir.
Siz esa og’ir tin oldingiz. Chalkashgan fikrlar ichidan unga taskin bo’la oladigan aqalli bitta so’z ahtardingiz va unga yaqinroq o’tirib :
-Shunday sevgi bor edi. Hozir ham shunday sevgi bor… -uning yelkasiga qo’lingizni qo’yib ovuta boshladingiz.
-Qanday qilib shuncha voqeadan keyin ham sevishim mumkin? Lkein men qilyapman… sevyapman… dedi qayta pastga qarab
- Sabr qiling Yoongi.-dedingiz yuragingiz siqilib.
--Sevgi bu sabr deysiz, lekin hech kim kutish qanchalik qiyinligini o’ylamaydi.
-Bugun yana tushimda uni ko’rdim..va g’am tashvishlarimni unutdim. Tush shu qadar haqiqatga o’xshar ediki, hayotda bo’layapti deb o’ylabman. Lekin ikkinchi marta undan ayrilganch ya’ni uyg’onganimdan keyin….agar shu tush bizni birlashtirishini bilganimda aslo bo’yi ko’zlarimni qayta yummasdim.
Uni shunday sevganim uchun mening qalbim aybdromi? Uning nigohinining og’irligi ostida erib ketishim uchun har bir o’tayotgan kun o’zimdan so’rayman. “Bu sevgi jinoyatmi?”. Mening aqldan ozishim aybimning dalilimi?. Yoki sevgi his qiladiganlarni juda chuqur jarohatlash uchunmi? Shunday ekan javob bering, men qattiq sevganim uchun aybdormanmi? Yoki u meni umuman sevmagani uchun aybdormi?...- shu joyida uning ovozi ojizlandi. Men yuragimni himoya qilishim kerak edi. Hissiyotlarimga mustahkam devor qurub hech kimga undan o’tishga ruhsat bermasligim kerak edi. Lekin.. kimni aldayapman, u baribir devorlardan o’tib ketardi. -Hafsalisiz sochlarini siqimlab egildi keyin yana boshini ko’tarib savol berishda davom etdi.
Menga qarang-dedi u sizga mayus boqib.- Bir inson bir marta tug’ilar ekan-u har yerda ming marta o’lishi mumkin ekan, shuni bilasizmi?
Yosh kelgan ko’zlaringizni pirpiratib , ortiq chiday olmadingiz ichingizni tirnayotgan gaplarni ayta boshladingiz:
-Bilaman, men seni uchun hech kimman. Lekin men uchun sen butun bir dunyosan. U shunday olamki men hech qachon unutishni xohlamaydigan, hech qachon tashlab keta olmaydigan, ko’ngil uzolmaydigan….
Sizni bo’lsa nafasingiz qisildi. Uning g’amini yana bir bor chuqur his qildingiz. Hozir uni quchib o’ksib o’ksib yig’lagingiz bor. Lekin albatta ichingizdagilarni ham aytishingiz darkor. Axir hozir u sizni eshita oladigan yagona payt. Hammani o’zidan itaradigan bu muzyurak yana qachon sevgisini tan olib ojiz qolishi dargumon. Shuning uchun imkonni qo’ldan boy bermang. Unga hamma tuyg’ularingizni gapiring u eshitadi. Yozing!.....
Kommentariyaga o’z ichki kechinmalaringizni yuboring ya’ni shu holatda Yoongiga nima degan bo’lar edingiz. Unga qanday taskin berasiz?