May 9, 2025

Hate you Episod-1 written by Yelena

Menimcha ikkimiz ham so‘qirmiz
..sen meni ko‘rmaysan... men esa sendan boshqasini...

Maktabning shovqinli tanaffus vaqti.... kimlardir hozirgina tugagan matematika darsi ustozining mijg'ovligidan nolib gaplashyapti yana kimlardir.... kechagi serialni muhoka qilish bilan band. Qizlar sochlarini ma'noli barmoqlari bilan tarab o'rta qator 3 partada o'tirgan bolaga qarab nozi karashma qilish bilan band. Yigit esa kursisiga yalpayib olgancha qo'llarini cho'ntagigia tiqib hammani bir-bir kuzatib chiqadi. Oppoq va tekis dazmollangan ko'ylagining old tugamalari atayin mushaklarini ko'z-ko'z qilish uchun bo'sh qoldirilgan. Nigohi butun sinfni bir necha bora sayr qilsada bir joyga kelganda to'xtab qolaveradi. Tim qora qosh ko'zlari ma'noli va o'tkir tikiladi.

irozdan keyin yana ko'zini boshqa yerga olib qoachadi. Lekin yana o'sha joyga beixtiyor tikilib qoladi. "JIn ursin asabimga tegyapti..!" degancha tishlarini g'ijirlatadi. Uzun va ulkan qomati nisbatan kichik partada beo'xshov joylashgani uchun uzoq o'tirolmaydi. O'rnidan turib qo'liga ilingan sinfdosh bolaning ensasidan tutib uning boshini yerga zo'rlab egadi. Bunday hujumlarga deyarli o'rganib qolgan bola ham aybdorlardek jim qoladi, ortiqcha gap foydasiz, baribir kuchi yetmaydi.

—Sen so'takka aytgandimkuuu kecha yonimga kel deb, nega kelmading?
—Mennnnn.. Jungkoook bilasanmi?...-dedi dovdiragancha burnini tortib

— Yo'q yo'q, yoo'q...men hech narsani bilmayman... agar aytganimni qilmasang nima bo'lishini bilarding...-deb yigitni bir siltash orqali oyoqlarini chalkashtirib yubordi.

—Kecha dadam menga ish buyurgandi, ular ruxsat berishmagani uchun kelolmadim...
—Dadam degin..unda dadangga bugungi jazoying uchun rahmat aytib qo'yasan ahmoq.. deb biqiniga bir necha marotaba musht tushirdi.
Og'riqdan bukchayib qolgan yigitni boshqa sinfdoshlar kelib o'rab olishdi. Ammo hech kim unga yordam berishga shoshilmasdi. Barchaga ma'lum..Jungkookning ishiga aralashish hech qachon yaxshilikka olib kelmaydi. 10-sinf bo'lsada allaqachon maktabning eng kuchli yigiti hisoblanadi, hatto yuqori sinf bolalari ham u bilan o'ylanib muamola qilishadi.

Afsuski yigitchaning jazosi bu bilan cheklanib qolmaydi, u tizzalagan holatda kechgacha qo'llarini ko'tarib turib berishi kerak. Onda sonda Jungkook uloqtiradigan axlatlar bilan siylanib tursada miq etmaslikka majbur.

U qanchalik bezori bo'lmasin maktabdagi hamma qizlarning sevimlisi edi, hatto boshqa sinf qizlari atayin tanaffus paytida sinfxonaga yaqin joyda turib go'yoki moda namoyishi bo'layotgandek borib keladi. Sinf qizlariniku aytmasa ham bo'ladi. Uning har bir harakati va gapini ma'qullagancha hiringlab olqishlashadi. Jungkook ham ulardan sira tortinmay ochiqchasiga yerga uradi. Uyatsiz hazl qilib ularga suykaladi. Bundan yanada jazavaga tushib o'zini tutolmaydigan qizlar erkalanishda davom qiladi. Sinf shovqinga to'la bo'lsa ham Jungkookning har bir gapi diqqat bilan tinglanishi kerak. Uyatsiz hazllarni baralla aytib hammani og'ziga qaratishni yaxshi ko'radigan Jungkookning nigohi yana o'sha partada o'tirgan qizga tushib uni asabiylashtiradi.

Jk oq ko'ylakda deb tasavvur qilib yuboringlar😁

U yerda maktabga kelganidan beri boshini ko'tarmay nimalarnidir yozayotgan qiz go'yo hech kimni eshitmayotgandek, o'z olamida o'tirardi.
Jungkook uning beparvorligidan qoshlarini chimirib boshqa tomonga qaraydi.

Oradan biroz vaqt o'tdi. Qiz ko'zlariga tushib halaqit berayotgan sochlarini qulog'ining ortiga o'tkazib hafsala bilan misolni davom etttirar ekan, birdan partasining qattiq zarbadan qo'zg'alishidan qo'rqqanidan baqirib yubordi. Jungkook oyog'i bilan tepgani uchun yaxshigina ortga surilib qolgan partani ikki qo'llab tutib olgan Yelena unga nafrat bilan qaradi. Jungkook ham unga tezda yaqinlashib partani 3-4 marta ushlab silkitdi. Unga qo'shilib qiz ham chayqalalar ekan, qo'rquvdan ko'zlarini chirt yumib yuzini yerga burib oldi.

Ko'zini ochganda uning sovuq yuzini juda yaqin his qildi. Yelena to'zg'ib ketgan sochlarini to'g'rilagancha so'zsiz unga yana o'qrayib qaradi. Bisotidagi barcha yomon so'zlarni tili uchiga keltirsada hech birini unga aytishni ep ko'rmadi. Shunchaki doimgidek uni e'tiborsiz qoldiradi, unga miyig'ida kulib qarab turgan ko'zlarga qarab ,"baribir foydasiz" deb o'yladi ichidan.Hech qanday qarshi javob ololmagan Jungkook "o'zingcha juda aqllisandaa?" degancha yuzini burib ketib qoldi.

Qiz sinfdoshining bunday g'alamizligiga ko'nikib qolgan uchunmi indamay narsalarni to'g'rilab kelgan joyida davom etdi.

Bundan keyingi dars ham odatdagidek o'tdi. Ona tili darsi... ko'pchilikka ayniqsa Jungkookga yoqmaydigan darslardan biri. Ustoz bilan kelishmaydi, gapirsa ensasini qotiradi. Yelena bo'lsa shu ustozni juda hurmat qiladi. O'qituvchi ham farzandi bo'lmagani uchunmi unga o'z qizidek mehribon, doim qo'llab quvvatlaydi. Qizim bo'lsa sendek bo'lsin deb ko'p takrorlaydi.

Nazariy qism tugagach, doskada mashq ishlash uchun birinchilardan bo'lib Yelena chiqdi. Chapaqay bo'lgani uchun sekin yozar ekan, ortidan hiringlagan tovushlarni eshitdi. Ayniqsa Jungkookning "Qara unda umuman tep tekis, yo'q hisobii" deb masaralab gapirgan gapini aniq eshitdi. Garchi u yonidagi partadoshiga shivirlab aytgan bo'lsada Yelena o'zi haqida aytilgan gaplarni aniq eshitib olardi. Qo'lidagi bo'rni qisib jirkanib ortiga, haligacha iljayib o'tirgan yigitga qarab ko'zaynagini o'rta barmog'i bilan ko'tarib to'g'rilab qo'ydi. Buni ko'rgan Jungkook darrov taranglashib, unga yeb qo'ygudek qaradi. Yelena esa uni ham asabini buza olgani uchun xursand bo'lib yozishda davom etdi.

Keyingi dars Jismoniy tarbiya darsi bo'lgani uchun hamma kiyinish xonasiga shoshilar ekan... Jungkook oyog'ini o'tish yo'liga cho'zgancha qizlarni yo'lini to'sib oldi. Ba'zi qizlar unga o'tkazib yuborishni yalinib so'rashdi, ba'zilari esa oyog'idan oshib o'tmoqchi ham bo'ldi, ammo ayyor Jungkook ular o'tayotganda oyog'ini ko'tarib yuborib ularni noqulay ahvolga solib qo'ya boshladi. Bularni barini kuzatib turgan Yelena qizlarni chetlab o'tdida Jkga qaramasdan oyog'ini tepib o'ziga yo'l ochib ketdi. "Ahh og'ridi..."dedi erkalanib Jk

Boshqa qizlar bunday qilishga jur'at qilolmaganlari uchun uzoq vaqt Jkga masxara bo'lishlariga to'g'ri keldi.

Yelena kiyinish xonasiga kirarkan u yerdagi o'rindiqda mayus devorga suyanib o'tirgan dugonasini ko'rib shokka tushib qoldi. Uni yoniga borib o'ziga qarata ekan so'radi:

— Bugun maktabga kelmading deb o'ylagan edim, nima ertalabdan buyon shu yerda o'tirganmiding? Nega darsga kirmading? Bu nima ahvol Minha?

—Yelenaaaa....-dedi shivirlab yig'i ovozda Minha— Kecha uni boshqasi bilan ko'rdim.... U 9-sinfdagi anovi tannoz bilan sevishib yurar ekan?

Minha

Yelena "u"ni kimligini yaxshi biladi. Dugonasini qancha qaytarmasinu o'sha yaramas Jungkookni deb telbalardek sevib kelardi.

- Xo'sh uning "babnik"ligini ikkimiz ham bilardik, bilib turib o'zingga tilab olding. Endi nega xafa bo'lasan?

-O'zimni juda yomon his qilyapman Yelena, juda yomon. Hech nima yoqmayapti, dedi namlangan ko'zlarini yengiga artib.
- Qo'ysangchi axir u bilan hech qanday munosabatda emas edingkuu, u seni tashlab ketmadi... demak uni unata olasan, hali hammasi yaxshi bo'ladi Minha-deb dugonasini bag'riga bosmoqchi bo'ldi.
Lekin Minha uni o'zidan itarib alam bilan baqira ketdi.

-Seni tashlab ketishlari hech narsa emas! Lekin seni emas, boshqasini tanlashlari..bu judayam yomon narsa Yelena! Chunki tashlab ketilganda o'zingni ovuta olasan...o'xshamadiiii deysan, biz kelisha olmadik deyasan..shunchaki bo'lmadi hammasi o'tib ketadi deysan....Ammo boshqa birov uchun sizni tashlab ketganida menda nima kam edi deysan. Men nima qilolmadim, nima bera olmadim unga deb o'zingdan so'ray boshlaysan.. Men u xohlagan qiz emasmanmi?, Unga yoqadigan toifaga kirmaymanmi deysan, Men nima aqldan ozganmanmi,loyiqmasmanmi unga deb so'rayverasan. Men o'sha qiz qilolgan qaysi ishni bajara olmayman?...o'zingga shunday savollar beraverasan...undan keyin esa...har safar o'zingga qaraganingda aksingda ko'rgan qiz sengayam yoqmaydi. Bundan keyin boshqa ko'zguga qaramay qo'yasan.

Atrofdagi hamma ularga qarab qolganini sezgan Yelena dugonasini tinchlantirish uchun qayta bag'riga bosdi "Tishshsh...hammasi yaxshi bo'ladi Minhaa menga ishon.... o'sha ablahni unuta olasan hali..hozir esa ticnhlan." Minha oxiri chiday olmasdan dugonasining yelkasiga yuzini bosib ho'ngrab yig'lab yubordi.

Yelena butun katta tanaffusni dugonasiga gap uqtirish bilan o'tkazdi. Unga o'z qadrini bilishi kerakligini, hozir esa Jkga alamini to'kib solishi kerakligini tushuntirdi.

Umuman olganda bunday holatga ko'nikib qolgandi. U Minhadan oldin qaysi qiz bilan dugona bo'lgan bo'lsa ularning barchasi Jungkook bilan munosabatda bo'lgan yoki sevib yurgan. Huddi tavqi lan'atdek birin ketin kim bilan dugona bo'lsa yaqin orada o'sha qiz Jk bilan sevishganlarga aylanadi. Gap ularning munosabatida ham emas. Yelenaga baribir lekin, Jungkook sevgan qizlarini yerga urib butun sinfda obro'sizlantirganda Yelena chidab turolmaydi, dugonasining nafsoniyati uchun o'zi Jk bilan gap talashib qoladi. Boshqa har qanday vaziyatdan indamay keta oladi ammo yaqinlariga qilingan adolatsizlikni ko'ta olmaydi. Aksiga olib qizlar o'z qadrini bilmay Jkga oyoq osti bo'lishda davom qilishadi. Yelana ham axiyri taslim bo'ladi va o'sha dugonasidan ham sekin uzoqlashadi. Sababi unga o'zini bir yigitni deb yerga uradigan qizlar umuman yoqmaydi. Minhaning ham unda ko'ngli borligini sezganida undan ham ayrilishini o'ylab qattiq xafa bo'lgandi. Jungkook huddi Yelenanining do'stlarini birma-bir tortib olayotgandek edi.

—Uni oilasi ham tarbiyada na'muna bo'lolmaydi, onasini opalarini bilasankuuu qanday ekanligini, ularni hamma gap so'z qilib yurishadi. Shuning uchun ham Jk tarbiyasiz b'lib o'sgan, Nahotki shunday oilaga o'zingni ravo ko'rsang , ko'zingni ochsangchiiii Minhaa! Yoki boyligiga uchyapsanmi?

—Meni bilasankuuu bunday pulga qiziqmayman. To'g'ri aytasan u menga munosib emas, ortidan ortiq quvmayman, uning gaplariga uchmayman!

—That's myyy girl!!! Nihoyat tushunib yetganingdan xursandman.
Ikki dugona sport zalga kirishar ekan. Sinfdoshlari allaqachon safga tizilishganini ko'rishdi. Shoshib o'z joylarini egallashdi. Jungkook yigitlarning Yelena esa qizlarning birinchisi bo'lib turar edi. Jk Minhaning qizargan ko'zlariga va Yelenaning doimgidek norozi qiyofadagi yuziga e'tibor qilib o'ylanib qoldi.

Yelena

Jismoniy tarbiya o'qituvchisi bugun erkin dars va har kim xohlagan sport turi bilan shug'ullanishi mumkinligini aytib o'zi kabinetiga hujjatlarini tayyorlash uchun ketdi.
Jungkook yigitlarni yigib basketboll o'ynaydigan bo'ldi, albatta qolganlar ularning o'ynini kuzatadigan bo'ldi. Jungkook yigitlarni jamoalarga bo'layotganda chetda o'tirgan Minha birdan o'rnidan turib uning yoniga bordi. Kutilmagan harakatdan havotir olgan Yelena dugonasining ortidan bordi. Minha "Hey Jeon Jungkook!" deb baqirganda....unga orqa o'girib tugan Jk qoshini ko'targancha unga savol nazari bilan qaradi. Uning futbolkasidan baqavvut mushaklari shundoq bilinib turar va tim qora sochlari peshonasiga tushib uni juda kelishgan qilib ko'rasatayotgandi. Minha u bilan yuzma yuz kelgan nima deyishini unutib bir zum dovdirab qoldi, lekin Jkning "nima gap" deb so'rashidan o'zidan kuch topib gapirdi:

— Hoyy sen o'zingni yagonaman deb o'ylaysanmi? Nima sendan boshqa odam qurib qolganmi?
—Nimalar deyapsan? Tushunmadim?-dediyu Minhaninng ortidagi Yelenaga qarab- dugonangni tobi joydami o'zi?
Yelena qo'llarini ko'ksiga chalishtirib "Har doimgidan ham yaxshiroq" dediyuu lekin ich-ichidan Minhani qovun tushirib qo'yishidan havotirlanib turardi.
— Menku sog'man o'zingni bil, sen g'irt ahmoqsan bildingmi?!

— Hey Park Minha ! Og'zingga qarab gapir, menga bunday gapirishga kim ruxsat berdi senga? deb qizga bostirib kela boshladi. Uning harakatidan Yelena tezda dugonasini ortiga yashirdi.
Jungkook Yelenaga qarab bepisandlarcha kulib dedi:
-Nahotki sendek ojiz va nozik qiz uni mendan himoya qila olsa..qiziq-deb unga yaqin keldi.

Minha esa jim turmadi, Yelenaning ortidan botirlik qilib baqirib qoldi.

-Sen menga yolg'on umid berib kalaka qilib kelding... men sen uchun qayg'urib qancha paytdan beri oromimni yo'qotgandim.. Mening sevgim senga dori edi aslida, sen esa buni svicha deb o'ylading!

Minhaning oxirgi gapidan butun sinf kulib yubordi. Yelena esa uning qanchalik kulgusi kelsada o'zini zo'rg'a tutib dugonasini qo'lidan tortiqilab joylariga qaytib olib ketdi.
Jungkook esa "nima deding?"degancha angrayib qolaverdi.

Tez orada o'yin ham boshlandi. Ikkita jamoa markazda qarama-qarshi turib olishdi. 1-jamoa Jungkook va uning yaqin do'stlari to'gr'riroqi , nima desa qiladigan sodiq yigitlaridan tashkil topgan. 2-jamoada esa Minhaning yaqin qarindoshi Sohyun bilan birga bir qancha ojiz ygitilar edi. O'yin boshlandi. Jungkook hech qanday shavqat va o'ylab o'tirishlarsiz topni olib oldiga chiqgan raqiblarini aylanib o'tish o'rniga yiqitib to'rga to'pni uloqtirdi. Hisob ochilganini bildiruvchi hushtakdan tomoshabinlar hayqirib qarsak chalishdi, albatta chekkadagi ikki qizdan tashqari.

Ammo vaziyat tezda o'zgardi Sohyun kutilmaganda Jungkookning qo'lidan to'pni olib yugurib ketdi. u juda chaqqon va epchil bo'lgani uchun boshqalar ham undan topni olishga ulgurishmadi. Jk oldiga chiqib topga endi qo'l uzatgan edi ham ediki uzoqda bo'lishiga qaramasdan Sohyun savatga topni joylab qo'ydi.

Sohyun

Bundan Minha va Yelena sevinganlaridan turib qarsak chalishar va Sohyun deb tinmay baqirib olqishlay boshlashdi. Hozircha hisoblar tenglashdi, Lekin Jungkookning g'azabi qo'zib oldingidan ham qattiqroq o'ynay boshladi. Uni oldiga chiqishning o'zi xavfli edi hozir. Mayib bo'lishdan qo'rqgan raqiblari bir chekkaga chiqshdan boshqa iloj topishmadi. Sohyun esa Jkning odamlari qurshovida qolib savatini ham mudofaa qilolmadi.

Yana butun zal larzaga kelib Jkni olqishlashdi. U ikki qo'lini cho'zgancha olqishlarni qabul qilib olar ekan, haligacha "Sohyun" deya qo'llab quvvatlayotgan ikki dugonani ko'rib g'ashlandi va o'ylab o'tirmasdan basketbol to'pini olib ularga qarab tepib yubordi. Uning zarbasi shu qadar aniq ediki, aynan nishoniga— Yelenaning yuziga borib tegdi.

Yuzimga tekkan qattiq baketbol to'p sababli ko'z oldim qorong'ilashib qoldi. Yuzim bijirlab burnimni his qilmay qoldim. Minhaning tinmay ahvolimni so'rab gapirayotganini sezsamda quloqlarim hech narsani eshitmadi. Kaftimni bilan yonib turgandek qizib ketgan yuzimni ushlar ekanman, ko'zim menga qarab turgan o'sha iblisona kulgu yugurgan yuzga tushdi, Ichimdagi nafratimni jilovlay olmasdan u tomon yugurib borib tarsaki tushurmoqchi bo'ldim. Ammo Qo'llarim havoda muallaq qoldi. Chunki u allaqochon bilagimdan mahkam ushlab qolgan edi. Qanchalik qo'limni bo'shatishga urinsamda foydasiz bo'lib chiqdi. Bu ham yetmagandek ikkinchi qo'limni ham ushlab o'ziga tortib meni butkul qo'lga oldi. Ilojsiz tipirchilab so'kinar ekanman, u bundan faqat huzurlanayotgandek tuyildi menga. Qanchalik o'zimni ortga tashlab qutqarishga harakat qilsam u shunchalik meni o'ziga tortardi. Shu on ikkimizning ko'zlarimiz to'qnashdi.. Uning ko'zlarida yovvoyilik, qahr va yirtqichlarniki kabi ochlik aks etib turgan bo'lsa, menikida qo'rquv aralash ilojsizlik bor edi. Asosiysi qorachiqlarimizda ikkimiz uchun umumiy bir narsa -nafrat bor edi.

Jk

...

Uning qarashidan negadir damim ichimga tushib ketdi. Qo'limning qattiq og'rishidan ingrab yubordim, bundan o'zimdan ham nafratlanib ketdim, chunki uning oldida ojizligimni bildirib qo'ydim. Minha bilan ovvora bo'lib sport kiyim kiya olmagandim shuning uchun egnimda charm kostyum bor edi. Uning barmoqlari shu qadar qisardiki, tirnoqlarining izi charm kostyumimda chuqur iz qoldira boshlagandi.

Fanfic hayotiy voqealarga asoslangan.....

Shu bilan 1-qism tugadi. Keyingi qismi 30+reaksiya va 15+fikrdan keyin chiqadi azizlarim. Albatta fikr bildiring bo'lmasa menga keyingi qism uchun ilhom kelmaydi. Loyiq deb bilsangiz reaksiya bosib qo'ying.