May 17, 2025

"SWEET LIE" 19-episod by Yelena Harlow

"Eclipse-quyosh tutilishi"

Bahorning o‘zgaruvchan kayfiyati sizga nimalar tayyorlab qo‘yganini oldindan bilish mushkul. Biroz oldin charaqlab turgan quyosh yuzini qora bulutlar qopladi, atrof alg‘ov-dalg‘ov bo‘lib ketdi. Bugun ham atayin qilgandek, ertalabki iliq havo tushlikgacha to‘nini teskari kiyib oldi. Tirbandlikda qolib ketgan mashinada shiddatli yog‘ayotgan yomg‘irni kuzatib, asabiy barmoqlarini rulga urib o‘tirgan yigit ham ob-havoga ishonib oddiy futbolkada chiqqanlardan biri edi.

U dam olish vaqtida svetoforning qizil chirog‘iga qarab to‘qatsizlanardi. Nima bo‘lganda ham ulgurishi kerak edi… U yerga borib kelish uchun vaqti ko‘p emas edi.

Oynalari yopiq bo‘lgani uchun yonidagi o‘rindiqdan issiq ovqatning hidi dimog‘iga urildi. Yigit ovqat paketini og‘ir nafas chiqarib to‘g‘riladi. Yashil chiroq yonishi bilan mashinani joyidan jildirib manziliga oshiqdi.

Qop-qora JIP shaharning chekka mahallasida, deyarli boshqa uylardan farq qilmaydigan kulrang bo‘yoqli g‘ishtli uyning oldida to‘xtadi. Yomg‘ir hali ham shiddat bilan yog‘moqda. Hech kim uni kuzatib kelayotganiga yana bir bor amin bo‘lgach, ovqatni ehtiyot bilan ushlab, uy eshigiga yomg‘irdan hosil bo‘lgan ko‘lmaklarni chalpillatib yugurdi va qo‘ng‘iroqni chaldi.

Tashqaridan biron-bir jon borligi sezilmaydigan uyning eshigi ochilayotganini bildiruvchi signal eshitildi. Eshik orqasidan ko‘zlari qorayib ichiga botib ketgan, ozg‘inligidan o‘mrov suyagi turtib chiqqanday bo‘lib turgan qizning savolli nigohi ko‘rindi.

— Jin?
— Xayrli kun, senga ham, Yein! — dedi Seokjin va uyga kirib, poyafzalini yechishga kirishdi.

Yein uning kelishini kutmagandek biroz noqulay tuyulib, qo‘llarini chalishtirgancha bo‘sag‘ada turib qoldi. Jin esa to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshxonaga kirib, qo‘lidagilarni stolga qo‘ydi va uydagi bir nechta chiroqlarni yoqib yubordi. Yein uni hech narsa demay kuzatishda davom etar ekan, Jin muzlatgichni tekshirdi. Unda deyarli qo‘l tekkizilmagan oziq-ovqatlar borligini ko‘rib, hafsalasi pir bo‘lib qizga qaradi:

— Nega ovqat yemayapsan? Axir hali to‘liq tuzalmading. Senga kuch kerak, Yein.
— Qara, senga nima olib keldim—juda mazali ovqat. Faqat bir shartim bor: yoningda men ham yeyman, juda qornim och. — deb qornini silab qo‘ydi.

U iloji boricha tez va shoshqaloq gapirardi, Yeinning javob qaytarishini kutib ham o‘tirmasdi. Bir zumda tayyorlangan dasturxonga uni imlab chaqirar ekan, Yein hissiz holatda uning qarshisiga kelib o‘tirdi. Qiz avvalgidek charaqlab turmasdi. Avvalgi sho‘x va shod Yein o‘rniga boshqa qiz kelib qo‘ygandek edi. To‘g‘rirog‘i, u o‘sha kuni o‘lib qolgan edi, endi esa faqat jismi tirik edi.

Ular deraza yonida o‘tirishgani uchun yomg‘ir tomchilarining derazaga urilishi va pastga sizib oqishini bemalol ko‘rishardi. Xonada jimjitlik hukm surardi. Faqat issiq lag‘monni shuvillatib og‘ziga solib yeyayotgan Jinning ovozi eshitilar edi. Yein ham unga tikilib turib, ishtahasi ochila boshladi va u ham Jinning yonida issiq sho‘rvadan bahra ola boshladi.

Jin uning siniq yuziga qarab turib ichidan oʻyladi: "Unga xavfsizligi uchun hech qayerga chiqmasligini va hech kim bilan gaplashmasligini aytibman, lekin u yolg‘izlikda o‘zini bitirib yuborishi mumkin. U bilan gaplashishim kerak."

Ular hech narsa haqida o‘ylamay, faqat rohat bilan ovqatlanishayotgan edilar. Birdan Jin qizga qarab so‘radi:

— Sen hech qachon tushkunlikka tushganmisan?
— Men doimo tushkunlikda bo‘lganman. — dedi Yein beparvo ovqatlanib.
— Tushkunlik nimaga o‘xshaydi? — deb so‘rayotgan Jin katta bo‘lagi nonni to‘la og‘ziga tiqib yubordi.
— Bilmayman... Xuddi... yaxshi his qanday ekanligini eslay olmaslikka o‘xshaydi. Keyin o‘zingni yaxshi his qilish uchun biror narsa qilasiz, lekin u ish bermaydi. Aksincha, hammasi yomonlashadi. Va... aslida menga yordam beradigan narsalarni qilishdan qo‘rqaman, lekin ularni qila olmayman.
— Nega?
— Nima?
— Nega doimo tushkunlikdasan?

Yein bir lahza jim turib, keyin javob berdi:

— Bilasanmi, Jin? Butun umrim davomida men shu xatoga yo‘l qo‘ydim: chang yuzimda edi, lekin men doimo oynani tozalab yurdim.
— Hmm… shunday deganing…
— Ha, afsuski… "Yonib ketayotgan" uyda tug‘ilgan bola butun dunyoni ham shu alanga ichida deb o‘ylaydi.
— Demak, oilang tinch emas edi? — deb so‘radi Jin tomoqini qirganda.

Yein sho‘rvada qolgan lag‘monlarni ma’nosiz aylantirar ekan, yana hissiz javob berdi:

— Men boshqalar birinchi marta mehr his qiladigan oiladan keragidan ortiq nafratlanishni o‘rganganman. Bu tuyg‘uni senga qanday tushuntirsam? Qara…
— Men oilamni yaxshi ko‘raman, lekin ular bilan bir tom ostida yashashni xohlamayman.
— Men onamni yaxshi ko‘raman, lekin unga hislarimni aytolmayman.
— Men otamni yaxshi ko‘raman, lekin undan yordam so‘ray olmayman.
— Men akamni yaxshi ko‘raman, lekin endi uni bezovta qila olmayman yoki hazil qila olmayman.
— Men opamni yaxshi ko‘raman, lekin unga xonamni bo‘lishishim yoki suhbatlashishim mumkin emas.
— Men oilamni yaxshi ko‘raman, lekin ular bilan o‘tirgandan ko‘ra yolg‘iz o‘tirishni afzal ko‘raman.
— Men oilamni yaxshi ko‘raman, lekin uyda bo‘lishdan ko‘ra tashqarida bo‘lishni xohlayman.
— Men oilamni yaxshi ko‘raman, lekin ular bilan gaplashmaslik uchun hamma narsani qilaman.
— Ular meni har safar yig‘latadilar. Ular haqiqiy Yeinni kimligini tanimaydilar.
— Ular mening yoqtirganlarim va yoqtirmaganlarimni bilmaydilar.
— Ular mening qo‘rquvlarim, yig‘ilarim, baqirishlarim va ko‘z yoshlarimga ahamiyat bermaydilar.
— Ular mening qanchalik azob chekayotganimni ko‘rmaydilar.
— Ularni deb aqlan charchadim.
— Va men shuni tushundim: ularni sevadigan men edim, doimo men bo‘lganman, va bu bir tomonlama sevgi edi.
— "Men oilamni sevaman" – bu oilam ham meni sevadi, degani emas.

Yein nafasi qisilib, davom etdi:

— Doim qiyin vaziyatga tushib, qo‘llarim qaltirab yig‘laganimda yonimda hech kim yo‘q edi. To Yelenani uchratmagunimcha…

— To‘xta, axir ular sening oilang…

— Oilam? — Yein achchiq kuldi. — Oilam—soxta tabassum. Oila odamni baxtli qilishi kerak, baxtsiz bo‘lish esa hammaning ham qo‘lidan keladi. Yelenani uchratmagunimcha butun dunyodan nafratlanib o‘zimni ovutardim. Inson o‘zini oqlash uchun haqiqatga emas, qandaydir hissiyotga suyanadi. Chunki inson o‘zini oqlash uchun haqiqatga emas, qandaydir hissiyotga suyanadi. Ammo do‘stim nohaqligimni, hayotning faqat men yashayotgan balchiqdan emas, cheksiz ummondan iboratligini anglatdi. U sabab hayotga boshqacha ko‘z bilan qaray boshladim. Meni eng hayratlantirgan narsa nimaligini bilasanmi? Uning oilasi ham menikidan ortiq emasdi. Yelena ular uchun o‘zini ham qurbon qilishga qodir edi. U men kabi "avval mehr berishsin, keyin men ham ularga o‘z mehrimni ko‘rsataman" deydiganlardan emas. Sevsa, shunchaki borligi uchun, hech qanday shartlarsiz sevadigan inson u. Shuning uchun ham mendek ikkiyuzlamachi bilan do‘st bo‘lgan, sodda… Undan boshqa hech kimim yo‘q edi.

— Unda nega bunday qilding?

Yeinning yuzi nafratdan burishib ketdi. U hozir o‘zining xiyonatini eslashni xohlamasdi.

— Qalbingda nur bo‘lmasa, tashqi yoritqichlar seni yorita olmaydi, Jin. Men qanchalik o‘zgarishga harakat qilmasam ham, ichimdagi bo‘shliqni to‘ldira olmadim. Oqibatda uni to‘ldirish uchun atrofimdagi odamlarning e‘tiborini, mehrini so‘rib olishni o‘rgandim. Men munosabat qurgan har bir erkakdan otamning mehrini izladim aslida. Biridan ololmagach, keyingisiga o‘tardim, xuddi bu menga xohlaganimdek e‘tibor bera oladigandek. Haqiqat shuki, qanchalik yaxshi inson bo‘lmasin, mening ochko‘z nafsim yanada ko‘proq odamlarning diqqatini, sevgisini xohlayverdi.

— Va nafsing tufayli Taehyungni ham…

Yein qo‘lidagi qoshiqni keskin stolga tashlab, asabiy holga keldi:

— Yo‘q! Men uni haqiqatdan ham yaxshi ko‘raman. Ilgari hech kim bilan kelajagimni ko‘ra olmagandim, u bilan esa hammasi boshqacha edi. Uni chin qalbimdan sevib qoldim, lekin bu sevgi eng yaqin do‘stimning hislarini bilib turib xiyonat qilishga olib keldi.

— Hozir afsuslanayotgan bo‘lsang kerak?

— Ha, men xudbinman, yomon qizman. Shuning uchun qilganimdan afsuslanmayman. Qara, buning uchun jazo ham oldim. — deb qornidagi jarohatiga ishora qildi.

Jin nigohini qizdan olib pastga qaradi. Hozir uning vijdon azobi chehrasiga aks etayotganini sezish oson edi.

— Men bo‘lsam afsusdaman—sizlarni hayotingizni bilib turib jarlikka olib kelganim uchun!

— Afsuslanma, Seokjin. Bu mening tanlovim edi. Sendan bir iltimosim bor… Meni u bilan ko‘rishtira olasanmi? Tae…

— Ayol kishi sevib qolsa shunchalik aqldan ozarmidi, Yein? Nima, esingni yeb qo‘ydingmi? O‘tgan safar vaqtida kelib qolmaganimda allaqachon qabring ustidan gullar o‘sib chiqqan bo‘lardi. Seni tirikligingni mendan boshqa hech kim bilmaydi. Agar bilsa, ikkimiz ham tamom bo‘lamiz. Boshqa buni mendan so‘rama… men hali yashamoqchiman! — Jin yarim hazil ohangda kulib gapirar ekan, Yein unga qarab biroz sukut saqladi, so‘ng dedi:

— Senda ajoyib kulgu bor, Jin!

— Rahmat, buni bilaman.

— Menimcha, sen soxta baxtiyorlikning mahoratli ustasiga aylanding.

— Nima?..

— Tabriklayman! — dedi qiz jilmayib, yigitning yelkasiga qoqib qo‘ygancha, idishlarni yig‘ishtira boshladi.

Jin og‘zidagi ovqatni zo‘rg‘a yutib, davom etdi:

— Qanchadan qancha go'daklar kattalarga taqlid qilgan holda faqat jisman ulg'ayishadi. -Jin jiddiy tortib qolganini sezib baland ovozda kulib gapira boshladi-Aegoo… Yein, nimalar deyapsan? Gapingga tushunmayapman. Gapni olib qochma, baribir sizlarni uchrashtirmayman. Yelena bilan uchrashaman desang ham tushunar edim, lekin o‘zingni qotilingga topshirishni xohlashing… ahmoqlik!

Yein unga o‘girilib, Jinning qo‘lidan idishni oldi:

— Ha, ahmoqman! Taehyung bilan gaplashib olishim va uning yonida bo‘lishim kerak. Axir kasal deb aytding, bunga u aybdor emas. U tuzalishi kerak. Shunda Yelena ham xavfsiz bo‘ladi.

Jin g‘azabdan qoni qaynasada, o‘zini tutishga harakat qildi:

— Seningcha, shuncha yildan beri yordam bermagan dori-darmonlar va mutaxassislar o‘rniga sen davolay olasanmi? Agar buning iloji bo‘lganda, Bella hozir tirik bo‘lardi. O‘zingga juda ishonib qo‘yibsan—bu his-tuyg‘ularga berilib qilinadigan ish emas.

— To‘xta! Agar Bellaning o‘limiga Taehyung aybdor bo‘lsa, Yoongi mutlaqo aybsiz odammi? Hozir Yelena ishonchli qo‘llardami? Yoongi unga ziyon yetkazmaydimi?

To‘satdan berilgan savolga o‘ylanib qolgan Jin hafsalasiz jahl bilan javob berdi:

— Yein, ikkingiz ham qanday odamlarga o‘ralashib qolganingizni umuman tasavvur qila olmaysiz. Duo qil, Yelena hech narsani eslay olmasin.

— Bu nima deganing? Nimani eslamasin? Uni ahvoli yaxshimi? — deb yoqasiga yopishdi.

— Bilishing shart emas! Shunchaki unga shirin yolg‘on bilan yashashga ruxsat bermoqchimiz. — deb yoqasidan qo‘llarini bo‘shatdi va jiringlayotgan telefoniga javob berish uchun chiqib ketdi.

Bir zum o‘tmay, tashqaridan mashina motorining ovozi eshitildi.

Qora zimiston yertolani ahyon-ahyonda uchraydigan mash’alalar huddi do’zaxdek qizaritirib yoritmoqda. Huddi uning vazifasi yoritish emas,aksincha, vahm solib turardi. Qing’ir-qiyshiq tosh zinalardan tushilgan sari qiynoq-azobdan dod solayotgan odamlarning ovozlari balandroq eshitiladi.

Panjaralardan qo’llarini chiqarib qutqarilishini yolvorayotganlarning ovozi , allaqachon o’lim iskanjasida ingrayotgan boshqalarnikiga qo’shilib atrofni larzaga soladi. Ularni hech kim qutqarmaydi…hech kim rahm qilmaydi.. har year umidsizlik, chorasizlik va ojizlik sovuq shamol bo’lib esadi. Bu yerdagilarni zulmat shu qadar yutib yuborgan ediki, ularni endi hayotga qaytarishning umuman iloji yo’qdek.

Yuzlarida chuqur tahqirlash va og’riq qotib qolgan. Faqat yolvorish, yig’i va o’limning har qadam yaqinlashib keluvchi shafqatsiz ovozini eshitish mumkin edi. Inson zoti bu yerda ruhan sinadi, o’zligini yo’qotadi. Hech qanday qiynoqsiz ham shu yerda bo’lishning o’zi , odamni butkul barbod qila oladi.

Yun xonimning mayin ovozi Taehyungni hayolot olamidan olib chiqib, yuzidagi huzurlanish ifodasini norozilikka alishtirdi. U ko’zini ochishi bilan qarshisida nogironlar aravachasida o’tirgan onasining ajin bosgan yuziga duch keldi.

Yun xonim o’g’liga mehr bilan qarab turar ekan, sekin qo’llari bilan uning boshini silab:

-Seni bir necha marotaba chaqirdim, uyg’otib yubormadimmi?

Taehyung darrov sergak tortib, divandan turib ketdi. Kaftini chakkalariga ishqalab biroz oldingi fikrlar iskanjasidan qutilishga harakat qildi.

Yun xonimning avvalgidan ham ahvoli og’irlashgan, juda holsiz va ma’yus o’g’liga mo’ltirab qarab aravachasida o’tirardi.

-Taehyung ahvoling yaxshimi, o’g’lim, mazang bo’lmayaptimi?

Yigit onasiga o’girilib tezda yuz ifodasini o’zgartirdi.

-Yo’q ona, ahvolim yaxshi. Lekin sizning mazangiz yo’qligi aniq-deb Yun xonimga egilib qo’lini kaftlari orasiga oldi. Onasi esa uning yuzidan silab havotirli ohangda davom etdi.

-Unda nega ishga bormay qo’yding, xonangdan ham deyarli chiqmayapsan? Singling ham 2 oydan beri men bilan hatto telefonda ham gaplashmaydi. Sen esa kuni bo’yi xonangda qulflanib olasan. Agar jiddiy gap bo’lsa menga ayt, iltimos. Bu yoqda ich etimni yeb bitiryapman. Ko’p vaqtim qolmagan bilasan. Umrimni qolganini sizlar bilan o’tkazsam armonim qolmasdi-oxirgi so’zlar qaltirab chiqdi.

Taehyung onasing kaftini chakkasiga bosib jilmayib qo’ydi.

-Havotir olmang ona, hammamiz yaxshimiz, siz ham tuzalib ketasiz tez orada. Faqat men biroz ishdan charchadim, dam olmoqchi edim. Bellaning o’qishlari ko’payib ketgan, shunga vaqti bo’lmayotgandir. Yana…

-Nima yana?

Taehyungning qorachiqlari ayyorana qisqardi:

-Meni chet elga ketayapaman. Sizni sog’inib qolaman ona!

-Bu gap qayerdan chiqdi. Hech qayerga ketma, sen ham ketib qolsang men nima qilaman,o’g’lim?

- Bilmadim, bir ikkita mayda ishlar bor ekan. Bella ham chet elda, men ham…sizdan xavotirdaman ona.Qiziq Yoongi nega bunday bizni har tomonga tarqalishimizni xohlayapti ekan. Singlimni ham bu yerda emas chet elda o’qish fikri undan chiqdi.
-Unday dema u sening akang axir.
-Akam?! Hmmm… hozir hamma vakolat hatto kampaniya boshqaruvi ham “aka”mning qo’lida. Shuning uchun hech qanday e’tiroz bildira olmayman.

Taehyung so’zlari orqali Yun xonimning ko’ngliga xiralik solishni uddalaganini sezib jilmayib qo’ydi.

Ayni shu damda qo’rg’on eshigi oldida mashina to’xtadi. Jin mashinadan tushar-tushmas oldiga bosh xizmatchi yugurib kelib ta’zim qildi.

-Janob, siz aytgandek xonimga tegishli hamma narsalarni yo’qotdik va ularga 3-qavatdagi avvalgi xonasini tayyorlab qo’ydik. Jin “yaxshi”degandek boshini qimirlatib qo’yib, to’g’ri qo’rg’on ichkarisiga qarab jiddiy qadamlarni bosib kirib ketdi.

Zum o’tmay ona-og’il o’tirgan xonaga qo’llarini keng yozib kirgancha kulib kirib keldi.

-Hammaga xayrli kun, bugun biz uchun ajoyib kun! Sizlarga syurprizim bor.

-Seokjin buncha xursandligingga qaraganda arzigulik narsa olib kelding.-dedi Taehyung beparvo

- Meni qiziqtirib qo’yding, nima ekan?-Yun xonim

-Yaxshisi men bilan yuring, o’z ko’zingiz bilan ko’rasiz. Bu sizga aniq yoqadi.

Uchalasi pastga, uy eshigi oldiga chiqishdi. Jin esa ularga sabr qilishlarini aytib, soatiga qarab nimadir kutib turardi. Taehyung endi sabrsizlik bilan so’ramoqchi bo’lganda qo’rg’on darvozasi ochilib 2 ta mashina navbatma-navbat kirib keldi.

Oldindagi mashina ichidagi qiz qo’rg’onga kirishlari bilan, hayajondan tirnoqlarini tishlashni bas qilib, yuzini oynaga yanada yaqinlashtirdi. Bu uy uni hashamati va go’zalligi bilan rom qilib qo’ydi. Nahotki shu uyda yashasam deb ko’zlari quvnab ketdi. Yonida yo’lga chiqishganidan beri sukut saqlab o’tirgan yigit nihoyat tilga kirdi:

-Bella, yana bir bor eslataman, agar nima sodir bo’lsa to’g’ri menga aytasan. Yoqmayotgan narsalarni ham yaxshi narsalarni ham, kelishdikmi? Muammo bo’lsa faqat men va Jinga murojaat qil. O’zingni ehtiyot qil.
Senga aytganlarimni unutma, onamiz senga nima bo’lganidan xabari yo’q, chet eldasan deb o’ylagan, o’zingni tabiiy tutishga harakat qil.

Yelena tim qora ko’zlarini Yoongiga tikib qaradi, uning gaplaridan ko’ngli g’ashlandi:

-Aka huddi men uyimga emas, xavfli joyga olib kelayotgandek gapiryapsiz.

Yoongi qizning havotirli nigohi uning qat’iyatli ko’zlari bilan to’qnashdi:
-Seni o’zim himoya qila olaman, xavotir olma.

Uning ichida ham ikkilanish bor va bu bejiz emasdi. Chunki hozir bir yaqin insoni uchun ikkinchisini qayta xavfga solayotganini his qilib turardi. Qizni bu yerlardan uzoq-uzoqlarga olib ketish istagi qanchalik kuchli bo’lsada, Yun xonimni o’ylab arosatda qoldi. Axir tutingan onasi uni qizi deb biladi. Birdan uzoq yo’q bo’lib qolishiga hech narsani sabab qilib ko’rsatishning iloji yo’q!

Mashina g’ildiraklari asfaltni g’ijirlatib to’xtadi. Undan qizining tushib kelishini ko’rgan ona sevinchdan qichqirib yubordi. Yelena ham g’alati orziqish bilan Yun xonimga otildi. Ona va bolaning quchoqlashib diydorlashayotganini kuzatib turgan Taehyung shubha bilan qizga yaqinlashdi. Lekin undan oldin Jin gapira ketdi.

-Bella, akang Taehyung ham shu yerda, salomlashmaysanmi?

Qiz ma’sum qiyofada yana bir akasini ko’rgandan xursandligini aytib salomlashdi. Ammo kasalxonadaligida bir marta ham xabar olib kelmagan bu yigit unga begonadek g’alati tuyildi. Uni Yoongidek qabul qila olmadi. Taehyung ham biroz o’ylanib turdida tund qiyofadan ochiq chehrali yigit ro’liga o’tib oldi. Shu bilan birga o’ziga sinovchan tikilib turgan Yoongini ham e’tibordan chetda qoldirmagandi.

-Qizim seni shunday sog’ingan edimki, o’lib qolay dedim. Yaramas qiz xatto qo’ng’iroq qilmading-deya koyib ketdi yun xonim.

Kulrang porsche dan tushib kelgan ulkan gavdali yigit ular tomon yaqinlashib, baland ovozda :

-Haloyiq bunday syurprizdan keyin birgalikda ovqatlansak nima deysizlar?!

Hamma birgalikda uyga kirishdi. Xizmatkorlarga dasturxon tuzashlarini aytib, ovqatlanishga yig’ilishdi. Yoongi Taehyung bilan gaplashib olishi kerakligini aytib u bilan alohida xonaga o’tishdi. Yelena ham xonasiga chiqib narsalarini joylashtirishi kerakligini aytib, zinalardan yuqorilar ekan, ortidan Jungkook ham “qarashib yuborish” maqsadida ko’tarildi.

Yelena 3-qavatdagi o’sha xonaga kirdi, bu yerda qanchalik ko’p ko’z yosh to’kkan bo’lsa ham hozir hech nimani eslay olmaydi. Sumkasidagi narsalarni yotoqga qo’yib tahlayotganida eshik tomondan Jungkookning yo’g’on ovozi eshitildi:

- Bu xona, qo’rg’on juda fayzsiz tuyiladi, qanaqadir sovuq aura bordek. Senga ham shunday tuyilmayaptimi, Bella?

- Bilmasam boshida g’alati tuyildi lekin hozir unchalik vahimalimasdek.-dedi beparvo

-Sen xavotir olma azizam, kelajakdagi uying bundan ming marta yaxshiroq.

- yo’g’ee , qanday yaxshi! -dedi ensasini qotirib.

-Ha meni aytdi dersan, hali bir marta borsang ketging kelmay qoladi.-dedi-yu yotoqga o’zini tartibsiz tashlab, ko’rpaga burkangacha qizga qarab iljaydi.- Bu yer rostdan sovuq ekan , yuragingga kirib olsam maylimi?

-Senga yurak emas miyya kerak, ahmoq! Har doim yemagan hazllarni qilasan.

- - Sen esa to’ydan keyin meni qo’limga tushasan bilib qo’y shuni! Tilingga ehtiyot bo’lganing ma’qul.

-Huh, hatto seni eslay olmayman ham , turmushga chiqarmishman, yaa tovbaa.

Jungkook bir qo’liga tiralib qaddini rostlab qizga ma’noli qaradi.

-Eslolmaysan? Mayli unda seni shu qadar meni sevishga majbur qilamanki, o’z ismingni ham unutasan!-deya bilagidan mahkam ushlab o’ziga tortdi.

Yelena esa ikkinchi qo’lining hamma kaft barmoqlarini bir joyga birlashtirib
“g’uncha pozitsiyasida yur, Jk, tushundingmi 🤌” dedi-yu narigi qo’lini siltab tortib oldi.

Jungkook angraygancha “g’uncha pozitsiyasi” nimaligini tushunmay turdi va birdan kulib o’zini qayta yotoqqa tashladi. “Shunday gaplarni qayerdan o’rgangansan-aa” dedi qiqirlab kulib.

(Iborani ma’nosiga tushunmaganlar uchun- “g’unchadek yig’ilib, qisib yur degani”)

Yelena unga biroz o’ychan qarab turdida yoniga omonatgina o’tirib sekin asta hislarini tushuntirmoqchi bo’ldi.

-Jungkook, avval seni sevganmanmi, unashtirilganmanmi yoki yo’q buni ahamiyati yo’q. Senga nisbatan tushunarsiz hislarim bor. Ularni aniqlashtirmaguncha senga hech nima va’da bera olmayman. Balki hech qachon avvalgi Bella bo’la olmasman.
-Men haqimda yana nimani bilishing kerak? Boyligim, obro’yim haqida familayamning o’zi aytib turibdiku.

Qiz unga mayin lekin tushunarli ovoz bilan:

-Agar men seni tanlasam,
men seni chinakamiga bilishni istayman.
Men faqat sevimli ranging, ovqating yoki ikkinchi ismingni emas — ularni ham bilishni xohlayman, lekin ko‘proq narsani bilishni istardim.
Menga bolaligingda velosipedda yurishni o‘rganayotib qo‘lingni sindirib qo‘yganing haqida gapirib ber.
Qanday tushlar seni uyg‘otadi, qanday og‘irliklar bilan kurashganingni ayt.
O‘zingni yolg‘iz his qilgan paytlaring bo‘ladimi?
Boshingdagi “sen yetarli emassan” degan ovozni eshitganmisan?
Sirlaringni ayt. Fikringni ayt.
Bolaligingni esla. Tizzangdagi chandiq qayerdan chiqqanini ayt.
Birinchi sevging haqida ayt — va yuraging sindirilgan payt haqida ham.
Men hammasini bilishni istayman. Kamiga rozi bo‘lmayman.
Chunki agar men seni tanlasam — bu o‘tkinchi emas.
Agar seni sevib uchrashsam — bu sababsiz emas.
Bu davom etishini istayman. Haqiqiy bo‘lishini.

Negadir bu so’zlardan keyin Jungkookning yuzidagi kulgu yo’qoldi.

Biroz shiftga qarab o’ylanib turdida, so’zsiz xonadan chiqib ketdi. Ortidan Yelenaning xo’rsingani eshitildi xalos.

Kichik zalga kirishgani zahoti Yoongi Taehyungning ustiga bostirib kela boshladi.

-Agar uning bir tola sochiga zarar bersang, va’da beraman seni yo’q qilaman , Taehyung!

-Nimalar deyapsan, kimga zarar keltiraman? Singlimgami? Nega unday qilishim kerak ekan?- o’zini go’likka soldi Tae

Yoongi ishonchsizlik bilan uning qorachiqni ta’qib qilib turdida, indamay eshikni qarsillatib yopib chiqib ketdi.

Taehyung esa kengayib ketgan qorachiqlari bilan uni kuzatib qolib, kissasidan tabletka olib tili tagiga solib qo’ydi. Jag’lari asabiy qisildi.

Oradan bir necha kun o'tdi....
Bahor yomg’irlar mavsumi..Bahor poklanish mavsumi… U huddi dunyodagi barcha chirkinliklarni yuvib ketishga qodirdek tinmaydi. Shiddat bilan quyayotgan yomg’irga qaramay, qo’rg’on bog’ini u yog’idan bu yo’giga yugurib nimadir qidirayotgan qiz o’q ovozini eshitib butun tanasi qaltirab ketadi. Boyadan beri uning ortidan soyabon ko’tarib yeta olmayotgan xizmatchi nihoyat uni yomg’irdan pana qilish uchun yetib oladi.

Ikkinchi uzilgan o’q ovozi sabab quloqlarini yopib olgan Yelena qo’rqib bilan xizmatchiga qaraydi:

-Bu qanday ovoz? Kim otyapti.

-Xonim u yoqdan keldi, lekin u yerga ruhsatsiz borishimiz mumkin emas.-deya qo’rg’on ortini qo’li bilan bigiz qilib ko’rsatdi.

Qiz 3-marta o’q uzilgandan so’ng chidab turolmadi-“ mushuk shu yerga ketgan bo’lishi mumkin axir” deya xizmatchining gaplariga quloq solmay yugurib ketdi.

Yelena ovoz eshitilgan tomonga yetib kelganda bir to’da qo’riqchilarning saf tortib jim boshlarini ekkancha turishganini va Yoongining ov miltiqini qayta o’qlagancha, labiga sigaretani qisitirib uzoqroqdagi maxsus otish uchun tayyorlangan odam shaklidagi 4-nishonga o’q uzayotganini ko’rdi.

Yelena bir zum uning sovuqqonlik va keskinlik aks etib turgan ko’rinishiga e’tibor berib turib qoldi. “Aka” deb unga yaqinlashar ekan, Yoongi tanish ovozdan darhol o’girildi va g’azabdan ko’zlari qorayib ketdi. Albatta bu g’azab qizga emas unga soyabon berishga ulgurmagan ortidan yugurib kelayotgan xizmatchiga qaratilgan edi.

Suga darhol o’ziga tutib turilgan soyabon bilan qizni yomg’irdan pana qildi. Sigaretani olib yerga tashladi, oyog’ining uchi bilan uni ezg’ilagancha qizni ko’zdan kechirib norozi ko’zlari qisildi. Allaqachon butkul yomg’irga bo’kkan qiz sochlaridan tolalari orqali suv bo’yni aralash badaniga oqib turibdi. Sovuqdan oqargan yuzida nim pushti lablari yengil titramoqda, burni va yanoqlari qizg’ish tus olgan. Oddiy yupqa ko’ylak nam tortib qolgani uchun har bir nafas olishini oshkor qilib turibdi. Suga qo’lidagi sayobonni qizning qo’llariga tutqazib o’zi ustidagi kostyumni yechib Yelenaning ustiga tashladi va koyish ohangida:

- Kasalxonani sog’ingan bo’lsang ayt, u yerga borish uchun kasal bo’lishing shart emas. O’zim olib borib kelaman, nima deysan?

Qiz hijolatdan kostyumni yanada ustiga qattiqroq tortib dedi:

-Men… sovuq emas deb o’ylagandim.

-Endi o’ylayapsanmi?

-Ha… lekin bekorga yurganim yo’q, tashqaridan mushuk ovozi eshitildi va oynadan qaraganimda bog’imizda kulrang mushuk yurganini ko’rdim. Uni yomg’irda qoldirmaslik uchun qidirishga chiqdim.

-Mushuk degin?!-deya ko’z qiri bilan xizmatchiga tahdidli qarab qo’ydi. Allaqachon qo’rg’ondan yo’qotilishi kerak bo’lgan narsalar qatorida bo’lgan mushuk, hali ham qo’rg’onda ekanligi kechirilmasligi mumkinligini bilgan xizmatchi aybdorlarcha boshini egib uzr so’radi:

-Bu meni mushugim edi.Sizni ovvora qilganimdan afsusdaman, menimcha u allaqachon xonamga kirib ketgan bo’lishi kerak.

-Lekin nega buni ertaroq aytmading?- dedi ko’zlarini pirpiratib qiz.

-Uzr so’rayman xonim.-dedi yanada chuqur ta’zim qilgancha

-Ketishing mumkin.-deb gapni cho’rt kesdi Yoongi. Oldida allaqachon burnini torta boshlagan qizga qarab ular ham tezda ichkariga kirishi kerakligini tushundi.
“Ketdik” -dedi va qizni yetaklab ketarkan, Yelena hanus ko’zni ochirmay yog’ayotgan yomg’irni pisand qilmay soyabon chegarasidan chiqib bemalol ketishga urinardi. Ammo Yoongi ustidagi kostyumnining yoqasidan ushlab qizni qayta-qayta panaga tortardi. “O’zingiz yomg’irdan zavqlanmaysiz, menga ham qo’ymayapsiz.” – deb norozilik bildirdi va atayin qilgandek yana o’zini yomg’irga tutib beraveradi. Sabri tugagan yigit kostyumning ikki yengini birlashtirgan holda ushlab qizni o’ziga tortdiyu-“Mening bir marta yashashlik hayotim bor va buni sen bilan yashashni xohlayman” -deb uzoqlashishiga imkon bermaslik uchun qo’llarini bo’shatmasdan ketdi. Yelena lablarini burishtirib bebahra qolayotgan tomchilarni his qilish uchun bir qo’lini soyabondan chiqarib ketdi. U Yoongining doimgidan asablari tarangroqligini his qildi.

Atrofni nam tuproq hidi to’ldirgan, quyosh isitgan yerdan endi muzdek yomg’ir tufayli hovur ko’tariladi. Bog’dagi jamiki o’simlik barglari yanada to’q yashil tusga kirib, go’zallashmoqda. Daraxt yaproqlaridan sirpanib tushayotgan tomchilar o’sha nishonlar ustiga tushib pastga alvon qon aralash oqmoqda. Yigitlar Yoongining yengil ishorasidan keyin, ikkisi ketishi bilan nishonlar ortiga bog’langan jasadlarni bo’shatishga kirishishdi.

U Yelenani xonasiga olib chiqib, kiymini almashtirib olishi uchun xonasiga kirgizib yubordi. Yoongi atigi bir necha qadam naridagi xonasiga kirib ko’zlarini yumib og’ir tin oldi.

Og’ir qadamlar bilan charm kreslosiga o’zini tashladi.Xonada faqat soat millarining chiqillashi seziladi. Sanoqli daqiqalar o’tib xona eshigi taqillashini eshitib ko’zlarini ochdi. “Kiring” deya o’girilib qaraganida, allaqachon kiymini almashtirib chiqqan lekin xo’l sochlarini qisqichga ilgancha, yuz ifodasidan biron narsa so’ray olmay qiynalayotgani bilayotgan qizni ko’rdi.

Yelena ko’zlarini mo’ltiratib qo’lidagi taroqni barmoqlarida o’ynagan ko’yi xonaga mo’raladi.

-Aka sizdan bir narsa so’ramoqchi edim.
-Xo’sh?-dedi og’ir o’tgan kunning charchoqi tufayli ko’zlarini qayta yumib.

Qiz endi ichkariga kirib yigit o’tirgan kresloning qarshisida turib oldi.

- Ko’zimni ochgandan beri deyarli hech qayerga chiqmadim, shifoxonadan keyin uyda ham zerikib qolyapman. Onamni ham ko’p gapirib charchatib qo’yyapman…

-Hmmm-dedi Yoongi meni ham degandek.

Yelena bilinar bilinmas jilmayib, maqsadga o’tdi:

-Shunga Jungkook meni aylantirib kelishi mumkinligini aytdi. U bilan shahar aylanib kelsam , balki xotiram tezroq qaytar?!

Yoongining og’ir yumilgan ko’zlari keskin ochilib qarshisida iltijoli tikilib turgan qizga qaratildi. Qoshlari asabiy uchib, so’z demay o’rnidan turdi. Uning bunday harakatini kutmagan qiz beixtiyor ortga bir qadam tashladi.Yoongi unga yaqinlashib kelarkan bir zum jim turib kuzatdida, indamay xonasidagi kitoblar turgan javonga yaqinlashib, u yerdan alohida tahlamda turgan qizil muqovali kitobni qo’liga oldi. Qizga uni uzatarkan “yomg’ir tinguncha shuni o’qib tur, keyin o’zim aylanitirib kelaman” dedi.
Yoongi haligacha suv tomchilari tomib turgan sochlariga ishora qilib gapira boshladi:

-Oldin sochingni quritish kerak, o’zing shifokor bo’la turib o’z sog’ligingga e’tiborsizsan, Bella. Bunaqasi ketmaydi. -u shunday ded-yu yuvinish xonasidan sochiq va quritgichni olib chiqdi. Bu orada qiz “asl maqsadiga” erishishganidan xursand bo’lib kitobni varaqlay ketdi. Chunki u Jk bilan hech qanday reja qilmagan, shunchaki akasini rozi qilishning birdan bir yo’li shu ekanligi bo’lgani uchun yolg’on gapirgandi.

Yoongi qizni avaylab sochlarini artib quritar ekan, Yelen quritgich shovqiniga qaramasdan bidirlab bugungi kuni qanday “zerikarli” o’tayotganini, onasi unga o’tmishda nima bo’lganini aytib berganini so’zlardi. Yigit narsalarni joyiga qo’yguncha qiz kreslo yaqinidagi gilamga chordona qurib o’tirgancha kitobni qiziqsh bilan varaqlay ketdi. O’qish bilan birgalikda tinmay savol berar va javobini kutmasdan boshqa gapga o’tib ketadi. Yoongi kresloga o’tirib unga qarab kularkan, avval ham shunday ko’p gapirarmidi” deb o’ylab qoldi. Aftidan necha oylik zerikishdan hech kim bilan “dardlashmagan” qiz ichida yig’ilib qolgan gaplarni to’kib solyapti.

Akasiga qarab qo’llarini yoygancha Jungkookning qitmirligi haqida kuyinib aytayotganda qiz uning ishorasi bilan yaqinroq o’tirib , qo’lidagi taroqni berdi. Yoongi u tomon egilib, qizning sochlarini o’ziga to’g’rilab sekin tarashni boshladi.Har bir harakat va teginishlar shu qadar ehtiyotkorlik bilan ediki, Yelena o’zini butkul bo’sh qo’ygancha unga sochlarini orqaga tashlab kitobni varaqlashga tushib ketdi. Lekin ko’p jim turmasdan o’qiganlaridan yigitning fikrini so’ray boshladi:

- Aka, bunga qarang “ Ya ruh al-ruh”nima degani ekan. Kitobda muallif “sen mening juftimdan ham yaqinroqsan, sen mening ya ruh al-ruhimsan” deb yozibdi.

Yoongi ipakdek mayin sochlarni tarashda davom etarkan sokin ovoz bilan dedi:

- “Ya ruh al-ruh” arabcha ibora- ruhimning ruhi degani. Muallif aslida inson emas uning ruhlari juft bo’lishadi, sababi ular tug’ilmasidan oldin taqdirlari tutashadi, jismga esa keyin ega bo’lishadi demoqchi. Ya ruh al-ruh bundan-da chuqurroq bir bog‘liqlikni bildiradi: bu ikki ruh shu qadar ich-ichiga singib ketganki, ular go‘yoki hech qachon ajralmagan bo‘lgan.
Bu shunday tuyg‘uki, go‘yoki mening bir parçam doim sening ichingda bo‘lgan, va sening bir parchang esa menda — biz hali bir-birimizni uchratishdan ancha oldin.
Shu sabab, men faqat senga bog‘langanimni emas, senga to‘liq aylanganimni his qilaman.
Senda to‘liqman.- qolgan satrlarni yoddan aytarkan sochidan kelayotgan ifordan bildirmay to’yib hidladi.

- Aaa go’zal ibora ekan…

- Bu huddi uning qo’l taftini his qilmay turib, yuragimni egallagani kabi.

-“U”? vauv ,aka, siz ham shunday sevganmisiz.-deb ortiga o’girilib ko’zlari porlab so’radi.-sevgilingiz bormi?

- yo’q. -dedi Yoongining qo’llari tarashdan to’xtab, og’ir o’yga toldi.
- Hech kimni sevib qolmaganmisiz?
-Bir marta…
- Qanchalik?
-Aqldan ozar darajada.
-Shu qadarmi?
-Shu qadar!

- Boshqa hech kimni sevib qolomadingizmi?
-Yo’q
-Nega?
-Chunki bir qalb bir marta seva oladi.
Yelena akasining ko’zlariga yosh yiltillaganini ko’rganini bildirmaslik uchun yuzini nari burdi. Yuragi boshqacha urib ketdi. Savolidan afsuslandi.

- Sizni rad etgan o’sha qizdan xafa bo’lgan bo’lsangiz kerak-a, ko’nglingiz vayron qilishiga arzigulik sabab bormidi?

-Ha ancha ko’p, hatto keragidan ortiq. Shuning uchun undan sira ham xafa bo’la olmayman, u haq!-Uzoq sukutdan keyin qo’shimcha qildi.-Men shamolni qilgan tartibsizligi uchun qanday ayblay olaman,
axir derazani ochgan o‘zim edim-ku.

- Uni sevmaslikka harakat qilib ko’rdingizmi?

-Agar bu bir parcha qog‘oz bo‘lganida, uni yirtib tashlagan bo‘lardim.
Agar bu bir shisha idish bo‘lganida, uni sindirib tashlagan bo‘lardim.
Agar bu devor bo‘lganida, uni qulatgan bo‘lardim.
Lekin bu... mening yuragim edi, Bella. Uni qanday sevishdan to’xtata olaman?

Yelena suhbat no’to’g’ri ketganini tushunib akasiga dalda bermoqchi bo’ldi.
Kitobni varaqlab biroz oldin ko’zi tushgan jumlani topib o’qib berdi.

“Quyosh va oy bir-birini sevardi,
lekin ular vaqt farqi sabab uchrasha olmasdi.
Shuning uchun Alloh ularni uchrashtirish uchun quyosh tutilishini yaratdi,
shunda odamlar bilsin:
imkonsiz sevgi yo‘q.”

-Aka shunday ekan, siqilmang. Sizning hayotingizda ham eclipse- quyosh tutilishi bo’ladi. Meni u bilan uchrashtring, o’zim ko’ndiraman. Sizday yigitga yo’q deganini qaranggaa..Yokii-hayoliga kelgan fikrdan ko’zlari kattalashib ketdi- yoki u boshqasini sevadimi?

Suga javob o’rniga qizni boshini oldinga o’girib sochini kafti bilan to’zg’itib qayta taray boshladi. Yelena ham boshini quyi solgancha indamay kitob o’qishni ma’qul topdi. Yomg’ir tomchilari yigit soch o’rimini oxiriga yetkazganda to’xtab qoldi.

Shahar tashqarisidagi ko’hna qabriston.

Quyuq tuman sababli yanada vahimali ko’rinayotgan past baland qabrlar ustida qora qarg’alar o’tirib huddi qo’rqinchli kinolardagidek manzara yaratadi. Bahor kelgan bo’lsa, qarg’a nima qiladi? Tabiat istisnolarga to’la narsa. Unda har narsa bo’lishi mumkin.

Yomg’ir sabab balchiqlashgan eski so’qmoq bo’ylab oyoqlari gandirklab borayotgan yigit, qarovsiz qolib pechak bosgan qabr toshlarini suzilib borayotgan ko’zlari bilan chala ilg’ab bormoqda. Ongi o’zida bo’lmasada, har doim bir xil yo’ldan olib keluvchi oyoqlari uni kerakli joyga olib kelgandi. G’irt mast bo’lgan yigit boshqalarga qaraganda hashamatli va shu bilan birga achchiq taqdir egasini quchib yotgan go’rning yoniga supaga borib o’tiradi. Qo’llari bilan Yozuvni silab pichirlaydi. “KIM BELLA” 1999-2017-yillar

Qo’lidagi qizil vinoni yoniga qo’yib qo’ynidan qora rangli kundalikni chiqaradi. Hozirgi ahvoliga mos bo’lmagan jiddiylik bilan kerakli varoqni topib o’qib bera boshlaydi.

“ Bugun ajralganimizga roppa rosa bir yarim yil bo’ldi. Men hali ham kun sanayapmanmi? Xiyonat qilganingdan so’ng sendan nafratlanaman va unita olaman deb o’ylagan edim. Ammo…mendan ko’ra sening begonaga aylanishing tez bo’ldi. Qanchalik oldingda o’zimni beparvo tutishga tirishsamda…ko’zlarimdan bilmaysanki:
Hali ham kimdir sen bilan bo‘lgan bir lahzani eslab tabassum qilmoqda.
Kimdir hanuzgacha sen ishlatgan so‘zlar va iboralarni ishlatmoqda.
Kimdir hanuzgacha senga yoqgan musiqalarni tinglamoqda.
Kimdir haligacha sening nasihatingdan ruhlanmoqda.
Kimdir hanuzgacha sendan o‘rgangan hazillarni boshqalarga aytmoqda.
Hatto sen hali uchratmagan kimdir, sen kabi insonni tanish qanday bo‘larkin, deb o‘ylamoqda.
Kimdir qanday sevishni sendan o‘rgangan.

Ko’zlar hech qachon aldamaydi, Jungkook. Faqat haqiqatni ko’ra olish uchun senda qalb yo’q edi.

G’alati-a yuraging yonaveradi, yonaveradi va birdan muzga aylanadi. Endi menga baribir, seni haligacha sevishimni tan olishdan ham uyalmayman. Sendan xafa ham emasman xatto.

Jungkook xatni tugatar ekan boshini ortga tashlab kuldi, uning kulgusi shu qadar achinarli ediki,alamning achchiq ta’mi bor edi go’yo. Qop-qora ko’zlarini yana qabr toshiga qadab:

-Ehh Bella, tentak qiz. Meni qarg’ab ketishing kerak edi. Azaldan o’zi lan’at bilan o’sgan odamman.- u qo’lini ko’ksiga bigiz qilib- yuragim tosh bo’lib ketgan onamning ta’nalaridan. U har doim meni o’zining baxtsizligining sababchisi deb yomon ko’rardi. Shuning uchun ayol kishiga nisbatan nafrat mening butun vujudimni to’ldirib katta bo’ldim. Seni sevishga qodir emasdim, Bella. Sendan foydalandim. Hislaringni ermak qilib, rohatlandim. Garchi u paytda ikkimiz ham yosh edik. Hozirchi? Hozir ham shunday, alamimni , ichimdagi og’riqni bostirish uchun hammadan foydalanishga harakat qilaman. Mendan nega bunchalik boksga qiziqasan, jarohat olishing mumkin deb so’rarding. Har zarbadan tinchlanaman, chunki tanadagi og‘riq miyadagi og‘riqni sustlashtiradi. Bu o’zingni yaxshi his qilishingda yordam beradi, xuddi miyang uchun ‘o‘chirish tugmasi’ kabi.

Jungkook qo’lidagi blaknotni cho’ntagiga qayta joylab o’rnidan turadi. Chuqur va uzoqlarga tikilib:

Seni himoya qilishga kech qoldim. Hech bo’lmasa uni qutqarib olaman. Sen faqat meni kechir va qarg’ama… men ham baxtli bo’lay iltimos.

"

"

19-episod tugadi. Deyarli bir yarim oylik tanaffusdan keyin keyingi qismni ham o’qidingiz, fanficimni sog’inganlar albatta fikr bildirib, reaksiya bosing. Men ham sizlarning izohlaringizni o’qishni rostdan sog’inganman.

Ochiq tahdid! Agar reaksiya 100 taga yetmasa va fikr ko’p va uzun bo’lmasa hamma ffdagilarni qo’rg’onga yig’ib ustidan bomba tashlab yuboraman.🧨 Sizlar ham men ham qutilamiz shunda.Qo’limdan keladi bilasizlar, aytganim aytgan! Shuning uchun erinmang haloyiq.