December 30, 2024

"Sweet lie" Episod-7 by Yelena☘

Yelenaning haroratli ko'z yoshlari yuzini yuvar, o'ksib o'ksib yig'layotgan qizning yelkalarini quchib uni ohista urib yupatayorgan qo'llar......Bu manzara Jinning ko'z oldida gavdalanar ekan, vijdon azobi yanada qalbini o'rtab yubordi. Teahyungning ko'zlari Jinga qaratilib hammasi nazoratim ostida degandek ishora qildi.
Teahyung o'sha tanish va sehrlab qo'yuvchi ovozi bilan:
Sen kuchlisan Yelena,hammadan kuchlisan! Sen hech kimga muhtoj emassan, sen shunchaki kuchli bo'l. Biz senga yordam beramiz....Sen juda ham ajoyib qizsan,sen kurasha olasan.Biz sen bilan bo'lamiz, ho'pmi?!Qo'limizdan kelganini qilamiz. Bilaman....bilaman........bilaman....Xudo sening dardingni biladi. Sen ham kuchli bo'l va kurash ho'pmi?.....endi tura qol.

Taehyung

Teahyung Yelenani o'rnidan avaylab turg'azdi va yuqoriga ikkisi uchun juda ham tanish bo'lgan joy kutubxonaga olib bordi. Xonadagi uzun divanga qizni o'tkazib, 'Xonangni tartibga keltirgunlaricha shu yerda qol" dedi. Yelenanig ko'zlarida hali yoshlar qurimagan, rangi battar singan edi. Teahyung unga choyshab olib kelib berib ustiga yopib qo'yayotgan payt, bir burchakga qarab qotgan qizning ko'zlari unga qaratildi. Ularning ko'zlari to'qnashdi. Xuddi miltillab yonayotgan ikki chog' uchrashgandek. Vaqt to'xtagandek go'yo, sukunatni qiz buzdi:

Yelena: "Boradigan boshqa joy qolmadi,degan gapning mazmuniga tushunasizmi, tushunasizmi?Zotan har bir odam bolasining bironta boradigan joyi bo'lishi kerak..." shu so'zlarni aytar ekan qizning ko'zlari yana avvalgi joyga qaratildi. yigit ham beixtiyor shu yerga qaradi. Stol ustida "Jinoyat va Jazo" asari turar edi. Teahyung bu kitobni o'qigani uchun ham Yelenaning so'zlari aynan kitobdan Marmeladov degan qahramonning tilidan olinganini tushundi.

Ushbu satrlar xuddi Yelenaning hozirgi holatiga atalaganday edi.

Teahyung uning yonidagi stolga o'tirdi. Uni faqat eshitish kerakligini tushundi.

Yelena: Endi men qayerga boraman? Har bir inson zotida bo'ladigan narsa yo'qmi endi menda? Men shunday o'limga mahkummanmi? Ota-onam qay ahvolga tushishdi. Ularning butun umrlik orzu umidlari o'lganini qanday aytish mumkin edi?

Th: Yelena unday emas, sen uyingga qaytib borasan.

Yelena: Allaqachon o'ldiga chiqqan farzandi qaytib kelsa qaysi ota-onaning yuragi dosh bera oladi? O'zi umuman bu yerdan tirik chiqib ketishim ham o'zi jumboq bo'lib turgan bo'lsa!

Th: Seni o'zim himoya qilaman, menga ishonsang bo'ldi, hammasi yaxshi bo'ladi. Suga ham senga ozor bera olmaydi.

Odamning boradigan joyi u qadrlanadigan odamlar orasida bo'ladi. Hozir sen bo'lishing kerak bo'lgan joydasan

Shu ondagi Yelenaning ko'zlaridan "bu yerda qadrlanyapmanmi? " degan ma'noni o'qishi mumkin edi.

Teahyung xonadan og'ir-og'ir qadamlarini bosib chiqib ketdi. Qiz esa boshini divanga tashlagancha yana hayolot og'ushiga cho'mdi.

Teahyung qora rangdagi mebellar bilan jihozlangan, bir tomoni spirtli ichimliklar kolleksiyasi, bir tomonida esa turli qurollar va o'q dorilari kolleksiya qilingan Suganing xonasiga kirib keldi. U kamin yonidagi tebranma stolda viski ichib o'tirgan yigitning qo'llari hali ham g'azabdan qaltirayotganini payqadi.
Bo'yin tomirlari har qadah ko'tarilganda bo'rtib borib kelar, xonadan faqat uning nafasi eshitiladi.

Th: Suga buni qanday izohlaysan?

Suga: Hech qanday! deya hissiz yuzini Teahyungga burdi.

Suga

Taehyung uni yoniga borib yelkasiga qo‘lini qo‘ygancha egildi. Zulmat kabi qorong‘u ko‘zlarga qarab turar ekan, har doimgiday Suganing qiliqlariga ko‘z yumishni xohlamadi.

Th: Endi meni eshit, bugundan boshlab ishdan biroz ta‘til olib dam olmoqchiman.Kompaniyadagi ishlar qochib ketmas. Aslida onamni yonida ko‘proq bo‘lish uchun shunday qilgan edim.Bu yerdagi ahvolni ko'rib to'g'ri ish qilganimni tushundim.
U qizga o‘zim ko‘z quloq bo‘lib turaman. Menimcha sen bu fe‘ling bilan u bilan chiqishib keta olmaysan.

Suga: Ta‘til? Nahotki ishdan vaqt ajratib onang esingga tushgan bo‘lsa?!😒
Sen bilan kelishib qo‘yganimiz nima bo‘ladi? Qachon shifokorga bormoqchisan?

Teahyung qaddini rostlab oyna tomonga o‘girildi.

Th: Hozircha bunga hojat yo‘q. Ahvolim yaxshi, o‘sha voqeadan beri azob berayotgan og'riqlarim bilan yashashni o'rgandim. Dori ichib o'zimni qiynaganim qoladi xalos.

Suga: Teahyung.... menga va'da berganding.

Th: Sen ham menga Yelenani xafa qilmayman degan eding.
Teahyung gapni aylantirganini bilsada Suga bu mavzuda gaplashish fikridan voz kechdi.
Lekin gap Yelenaga kelganda jahldan qoshlari chimirildi.

Suga: Axir o'zing ko'rdingku qaysarligini, na gapiradi, na ovqat yeydi, na gapingga quloq soladi. Undan ko‘ra baqirib urishgani yaxshiroq edi. Bog‘zimgacha keldi qiliqlari.

Eshikni taqillatmasdan xonaga kirib kelgan Jin to‘g‘ri deraza tomonga bordi va dedi:

Jin: Balki u biroz qaysardir, lekin unga bir qarang......

Suga va Teahyung oynaga birgalikda yaqinlashishdi va bog‘ ichida Yun xonimni aravada haydab ketayotgan Yelenaga ko‘zlari tushdi.
Qiz kuz bo‘lsada yashilligini saqlab qolgan o‘t o‘lanlar orasidagi xrizantemalar va atirgullar bilan qoplangan yo‘lakda sekin aravani yurgazar ekan, uni quyosh botayotgan tomonga butib to‘xtadi. Birgalikda bir muddat quyosh botishini kuzatib turishdi.Uning yuzida zo‘raki jilmayish bo‘lsada yuzi yig‘idan shishib ketgan edi.

Th: Undan kechirim so'rashing kerak, Suga. ......kechirim so‘rashimiz kerak deb qo‘shimcha qildi past ovozda.

Jin: Balki unga nimadir sovg'a qilib ko'nglini ko'taramiz. Axir qanday xolatda bo'lmasin Yun xonimni sog'ligini yaxshilashga urinyapti.
Eng qiyini undan necha marta bo'lsa nima zarur deganimda kiyim yoki boshqa qimmatbaho narsa so'ramagan. Aynan nimaga qiziqishini ham bilmaymiz. Biror noyob narsa qidirib ko'raman!

Th: Menimcha uning kitobga bo'lgan qiziqishi o'zgacha. Unga biror bir qiziq narsa qarab ko'raman.

Jin: Aynan shunday- deya Teahyungning gapiga qo'shildi.- U qachon qarama o'sha suyaklar va ichak- chovoqlar rasmi bilan to'ldirilgan kitobi ustida o'tiradi. Kitobidagi formulalarni ko'rib, miyyam achib ketdi. O'ziyam ularni ko'tarib kelguncha belim chiqib ketishiga sal qolgandi. Bechora juda ko'p o'qiydi o'ziyam.

Suga: Bo'lmagan gap, sen o'ylaganchalik aqlli qiz emas u!

Boyadan beri yo'q odamday gapga aralashmay turgan Suga Jinning gaplaridan keyin o'zidan o'zi gapirganini bilmay qoldi. Yelena haqida yonib so'zlayotganini ko'ribTeahyung bilan Jin hayron bb unga tikilishdi.

Suga: U g'irt hayolparast qiz! Boshqalarni ko'zicha oldiga dasrliklarini qo'yib oladida, imkon bo'ldi degunicha romanmi, hikoyami o‘qib o‘tiradi. Mobodo, kimdir kelayotganini ko‘rib qolsa, darrov kitobini berkitib darsliklariga yopishadi. Eng yomonini bilasizlarmi nima?! U kechasi bilan uxlamasdan o‘sha axmoqona va hech kimga foydasi bo‘lmagan romanlarini o‘qib chiqadi. Kitobni kulguli yoki romantik joyiga kelib qolsa bormi!!!! Xonani boshiga ko‘tarib kuladi. O‘rnidan turib quvonib sakrab ketadi. Uni deb kechasi bilan tinchlik yo‘q menga.

Jin: Oshirib yuboryapsan, men hech ham ko‘r.....

Suga: Axir qanday ko‘rmaslik mumkin?! Agar shunday kitoblarni o‘qiyotgan bo‘lsa, qorachiqlari tez-tez satrlar ustida yurib turadi. Tirnoqlarini asabiylashib tishlay boshlaydi. Yoqimsiz joyiga kelsa oyog‘ini tebrata boshlaydi.

Biror joyi yoqib qolsa, avval shu holatni hayolida tasavvur qilib, yelkalarini qisib kulib qo‘yadi. Eng asosiysi o‘qiyotganida nima desang ham eshitmaydi, tashqi olamni unutib qo‘yadi.

Bu gaplardan keyin Teahyung Jin bilan labini taajublangaccha burishtirib ko‘zlarini urishtirib qo‘yishdi.

Taehyung

Suga buni ko‘rib, o‘ngag‘aysizlandi. Biroz o‘zini bosib olib, bosiq ovozda qo‘shib qo‘ydi.

Suga- haligi... uni xonasi menga yaqin va Yun xonimning holidan xabar olish uchun borganimda o‘qiyotganini 1 necha bora ko'rgandim.

Shu joyida men kanalga tashlab qo'ygan musiqani qo'yib oling! Atmosfera uchun!!!

Quyoshning xorg'in boshi ufqqa bosh qo'yayotgan payt. Xuddi zabonsiz bog' dardini aytmoqchiday yaproqlarini "ona-bola" ning ustiga yog'diradi. Qiz xonimning yoniga oyog'ida o'tirgancha uning ustiga tushgan yaproqlarni tera boshladi.

Yelena- Ona.... qarang yaproqlarni,chiroyli ekanaa?

Yun xonim
Bog‘

Qiz "ona" sining qo‘lini kaftlari orasiga olib ko‘rarkan " Sovuqmi?" degan savoliga Yun xonim jilmayib yo‘q ishorasini berdi.

Qo‘llarni qo‘yib yubormasdan chakkasini ularning ustiga qo‘yib bir zum jim turdi.

Sekin pichirlab " Meni kechiring, xonim. Bu yerdan qochib ketishim kerak. Lekin ketgunimcha sizga qo‘limdan kelgancha yordam beraman." -dedi.

Soat kechki 22:15

Yun xonimning xonasidan qaytayotgan qizning oldini zinapoya oldida Jin to‘sdi. Yelena oldida qo‘llarini orqaga yashirgancha turgan Jinni koprib hayron bo‘ldi.

Jin: salom.... yaxshimisan?

Yelena: Ha tariflashga til ojiz darajada -deb piching qildi

Jin: Hmm.. hop senga bir narsa bor. U orqasiga yashirgan qutichani ko‘rsatib- bu senga sovg‘a!

Yelenaning yuz ifodasi o‘zgarmadi, indamay Jinni aylanib o‘tib yuqoriga ko‘tarila boshladi.

Jin: hoy to‘xta, nima?! Nega keryapsan? Sen oldin buni ichini ochib ko‘r!
Jin quti ichidan juda chiroyli va qimmatbaho zanjirni olib ko‘rsatdi. Buni atayin sen uchun buyurtirdim. Qara!

Yelena: Nima sendan sovg‘a so‘radimmi? Menga keragi yo‘q bunaqa yaltir yultiring! Dedi beparvo ohangda. Qiz yo‘lidan to‘xtab bir zum jim turdida Jinga qarab " koshki o‘shanda seni uchratmaganimda edi" deb hayolidan o‘tkazdi. Jin ham buni sezganday yuzini jiddiylik qopladi, indamay sovg‘asini qutiga solib qo‘ydi.

Shu payt pastdan Yelenani ismini chaqirgan ovoz eshitildi.Taehyung 1-qavatdan ko‘tarilib kelayotganini ko‘rib qiz o‘ngag‘aysizlandi. Beixtiyor tirnoqlarini o‘ynay boshladi. Bu yerdan ketib qolishni juda xohlasa ham endi kech, u deyarli yaqin kelib bo‘ldi.

Taehyung: Yelena! dedi yana bir bora nigohlarini uzmasdan yaqinlashdi.

Yelena pov:
Tovba buncha yurgim tez urib ketmasa, ayniqsa uning ovozini eshitganimda, qinidan chiqib ketay deyapti. Menda nima gapi bo‘lishi mumkin. Negadir qochishga qaror qilganimdan beri unga duch kelishni xohlamayapman. Eee xudoyim o‘zing sabr ber 😓

Yelena

Ana u oldida... qora kostyum shimda. Qora jingalak sochlari ostida menga qaratilgan nigoh... joyimga mixlandim. Tamom.... hech narsa qilolmayman. Hatto nafas olish ortiqchadek.
U qarama qarshi kelib bo‘lgach jiddiy qiyofasidan samimiy va bolalarcha beg‘ubor yuzga o‘zgartirdi. Bu meni yengil tortishimga va beixtiyor meni ham jilmayishimga olib keldi.

Tae

.

Th- Sen qiz huddi Dostayevskiy qahramonlariga o‘xshaysan! Balki shuning uchun ham boshing tashvishdan chiqmaydi.😉

Qiz ilmoqli gapni darrov tushunib gap qistira ketdi.

Yelena: O‘z yo‘limda noto‘g‘ri bo‘lish ,birovning yo‘lida to‘g‘ri bo‘lishdan afzal ko'raman.

Taehyung qo‘llarinj taslim bo‘lgandek havoga ko‘tarib yelkasini qisib,jilmaydi.

Th: Bo‘ldi bu safar sen yutding, evaziga buni yutuq sifatida olishing mumkin. Taehyung kissasidagi chog‘day qizil olmani chiqarib qizga uzatdi.
Yelena mamnun holda barcha narsani unutib yutug‘ini oldi. Jilmayib ortiga o‘girilar ekan, zinalardan tapir-tupur ko‘tarilib ketdi.
Ortda esa Jinning fig‘oni falakka yetdi.

Jin: heyy ahmoq qiz meni sovg‘amga 100000ta olma beradiku. Sen bo‘lsang bitta mevaga xursand bb ketding... ayshsh yaramas qiz!

Jin

Yelena xonasiga kirishi bilan olma yuziga yaqin tutdi. Unda avaylab barmoqlari bilan artdi. Huzurlanib iforini tuydi. Qiziq, bu unga qachon odat bo‘ldi. Oldin qo‘liga meva tushsa yo‘l-yo‘lakay ishga yoki o‘qishga ketayotib yeb ketardi. Hatto uning ta‘miga e‘tibor berishga ham vaqti bo‘lmasdi. Hozir esa avval astoydil g‘ubordan tozalaydi. O‘pkasinj shirin hidi bilan to‘ldiradi.Ana shunday keyingina asta-sekinlik bilan qisirlatib yeydi.

Qizning hayolini taqillagan tovush tarqatib yubordi. Ortiga o‘girilishi bilan qalbini nafrat qoplab oldi.
Suga xona eshigidan 2 qadam ichkariga kirdi. Indamay Yelenaga bir marotaba qarab qo‘yib, bir burchakka qarab turaverdi.

Yelena unga gaplashni o‘ziga ep ko‘rmasdan olmani stolga zarda bilan qo‘yib, o‘zi ham stulga o‘tirib,qo‘liga to‘g‘ri kelgan kitobni oldi.

Vaqt o‘tmay, Suga tilga kirdi.

Suga

Senga bir sovg‘a olib keldi. Balki buni ko‘rib arazlashni bas qilarsan?!

Yelena: Yuzingni qayta ko‘rmasam katta sovg‘a bo‘lar edi!

Suganing bu gapdan ensasi qotgan bo‘lsada indamasdan chiqib ketdi. Yelena hali ham kitobdan boshini ko‘tarmasdan o‘tirar ekan. Ikkinchi marta eshik ochilishi sabr kosasinh tugatdi.

Yelena: Axir hozirgina aytdimku, seni ko‘rishni xohlamayman deb!!!

X- bunga aminmisan?😁

Qizning qo‘lidan kitob yerga sirg‘alib tushdi. Beixtiyor ko‘z yoshlari quyilib kelib o‘zini eshikdan kulib boshini chiqarib qarab turgan yakkayu-yagona dugonasi Yeinga otdi. Ikki dugona uzoq quchoqlashgancha yig‘lashdi. Yelena boshidan o‘tganlarini birma-bir aytib berdi.

Yein

Dugonasidan oilasi tinch ekanligini eshitib xursand bo‘ldi.

Soat tungi 2 chamasi barcha voqealar tafsilotlari 2 dugonaga ayon bo‘lgach yotoqda jim yotishdi. Jimlikni Yein birinchi buzdi.

Yein: Shunday qilib anovi meni bu yerga olib kelgan odam qotil demoqchisan shundaymi?

Yelena: Barcha dalillar va guvohligimdan keyin ha! Lekin bu yerda chalkashlik bor.

Yein: Qanday?

Yelena: Agar u vaxshiy qotil manyak bo‘lgan taqdirda ham nega aynan kechasi, yana o‘z xizmatchilarini o‘ldiradi. Tasavvur qil, sen mafiasan ,yomon odamsan va o'ldirging kelib qoldi nima qilasan?!

Yein:.......menga qarshi chiqqanlarni!

Yelena: toppa to'g'ri uyingdan emas, dushmanlaring, hech bo'lmasa ko'chadagi notanish odamni o'ldirasan va bu tun-kunni uncha tanlamasligi kerak.

Yein: bundan chiqdiki...?

Yelena: Ha u ruhiy kasal. To'g'rirog'i unda 2 xil shaxs yashaydi. Senga aytganimdek u deyarli uxlamaydi. Doim norozi kayfiyatda yuradi. Ko'p ichadi. Eng asosiysi o'ziga kelgach doim o'likni o'zi yo'qotadi. Iz qoldirmaydi. Ehtimol o‘zini qanday kasalligini bilgani uchun ham shunday qilar.

Yein: To‘g‘ri!!! Ko‘zini ko‘rdingmi? Haqiqiy qotillarniki kabi sovuq, butun tanam muzlab ketadi eslasam.

Yelena: Yein menga sening yordaming kerak. -dedi dugonasining yoniga yaqinroq surulib. Menda bir reja bor, sen bo'lsang amalga oshish ehtimoli yuqori. Bu yerdan ammalab chiqjb ketishim kerak. Shunchaki qochish bilan ish bitmaydi. Hamma ma'lumotlarimiz ularda,uzoq vaqt yashirina olmayman.

Yein: Kelganimdan beri faqat seni eshityapman. Endi meni ham eshit. Menda yaxshiroq taklif bor, Yelena!

7-episod shu yerda tugadi.

Agar loyiq bo‘lsa reaksiya bosib qo'ying. Fikr bildiring deb majburlamayman. Ammo savolingiz bo'lsa bemalol yozishingiz mumkin.

30.12.24