March 9, 2025

Sweet lie 16-episod

Qorong’u qilib qo’yilgan zal oynasidan bir chimdim oy shulasi ichkariga kirib sigaret tutunining yuqorilab yoyilayotganini yoritmoqda. Divanda o’tirib asabiy ezg’ilanyotgan barmoqlar orasidagi sigaretni dam-badam tortayotgan lablar titramoqda. Yigitning ikki ko’zi allaqachon bo’shab qolgan vino shishasida qadalib qolgan. U shu qadar o’yga tolgan ediki, eshikning to’satdan gursillab taqillashi tanasini seskantirib yubordi. Eshik ortidagi odam besabrlik bilan tez va kuchli taqillatishidan shubhalangan Yoongi turib eshikga yaqinlashdi. Avval tuynukdan kim kelganini tekshirdi va shahd bilan eshikni ochdi. Qarshisida yomg’irda ivib ketgancha qo’yniga mushuk qisib olgan Jin turardi. U Yoongini ham surib tezda ichkariga kirib oldi.

-Buncha ochishing qiyin, yomg’ir Muizanini ham ho’l qilishga ulgurdi.

-Nega kelding?-dedi Yoongi yana joyiga borib o’tirar ekan, qoshlari chimirilib.

-Nega bo’lardi, mushukchani egasiga yetkazish uchun yana telefonini ham olib keldim. Sizlar ketgandan keyin Yun xonim juda havotir oldi. Unga nima bahona qilishni ham bilmay qoldim va Yelenaning eski tanishi olamdan o’tgani uchun bir necha kunga janozaga ketdi deb aldadim. Lekin bu gapga Taehyung ishonmadi. Baxtimga sen hech kimni telefonini ko’tarmading.Yo’qsa bilib qolishlari mumkin edi. Aytgancha u qayerda yaxshimi?-deb Paltosini ilgakka ildirib, o’zi Yoongining qarshisiga o’tirdi.Mushukcha bo’lsa begonasiragancha divan ortiga yugurib kirib ketdi.

-Uxlayapti….dedi Yoongi biroz jimlikdan so’ng.

Jin uning oldidagi spirtli ichimliklarni va xonadan anqib turgan sigaret hididan yomon narsa bo’lganini payqadi.

-Tinchlikmi? Nimadir bo’ldimi?....Jin Yoongining yana jim chekayotganini ko’rib betoqat bo’lib so’roqlay ketdi.- Sen faqat unga qattiq gapirdim yoki qo’pollik qilib qo’ydim deya ko’rma!!!

Suga so’nggi sigaret qoldig’ini kuldonga bosib o’chirdida boshini divanga tashlab ko’zlarini mo’ltiratib shiftga qarab yotib oldi.

-Men sizlarni kelishib ketishingizni kutgan edim, lekin kelsam sen bunday ahvolda o’tiribsan, vaziyatni tushuntira olasanmi?- dedi Jin jahli chiqib.

Yoongi do’stining gaplariga og’ir yutinib qo’ydi va alam to’la ovoz bilan dedi:

-Men bir sham deylik…. uni bo’lsa qorong’u tun. Men u uchun yonyapman, u bo’lsa….faqat quyoshni kutish bilan ovvora.

Jin uning gaplarining mag’zini chaqtiyu “ehh” deb ho’rsinib qo’ydi.O’ziga ham vino ochib qadahini to’ldirib oldi.

-Vos kechasanmi? dedi alkogoldan labini burishtirgancha Jin.

- Nima uchun? Meni sevmaydi degani vos kechishim kerak deganimi? Senga aytgandimku Jin. Mening yolg’iz shugina orzuyim qoldi, u uchun kurashaman deb. Mening baxtimku avvaldan qaro edi, lekin uniki ham shunday bo’lishiga yo’l qo’ymanman.

- Lekin sen ham baxtli bo’lishing kerakku… xohlaysanku, to’g’rimi?

Yoongi boshini ko’tarib Jinga mayus va biroz qizargan ko’zlarini qaratib ojiz ovozda dedi:

- U meni tanlashini xohlardim- dedi g’amgin ovoz bilan- lekin buni so’rashim xudbinlikdan boshqasi emas.

Yoongi shunday deb og’riqli kulib qo’ydida o’rnidan turib, yuqori qavatdagi xonasiga qarab ketdi. Jin esa bo’shagan qadahini to’ldirib yana ichishda davom etdi.

Kim qo’rg’oni. Yun xonim choydan ho’plagancha bemahalda tashrif buyurgan mehmoniga hayron bo’lib tikilib o’tiribdi. Jungkook bo’lsa har doimgiday o’zini hotirjam tutib, xolasidan gap olishga harakat qilmoqda.

- Shunday qilib, janozaga ketdi deng, xola? dedi u ham choydan simirarkan, savol nazari bilan Yun xonimga tikilib.

- Haaaa, lekin sen buni qayerdan eshitding?

-Bo’lajak rafiqam qayerdaligini bilishim kerak emasmi? dedi ihtehzo bilan kulib.

Yun xonim uning gapidan noqulay bo’lib ketdi. Butun mehmonlar oldida qizi tomonidan izza qilingan yigitdan bunday gaplarni eshitish kutilmagan bo’ldi. Har holda biroz bo’lsa ham Yun xonim Jkning fe’lini biladi.

- O’g’lim, qizim uchun sendan uzr so’rayman. U o’zini munosib tuta olmadi, lekin uni kechirasan degan umiddaman, chunki hozir xotirasini yo’qotgani sababi ko’p narsa chalkashib ketgan.

-Uzr so’rashning hojati yo’q, xola- dedi sohta mulozamat bilan. – Aksincha meni kechiring, to’satdan taklif qilib sizlarni ham noqulay ahvolga solib qo’ydim. Men o’ylagandimki, Bella har qanday holatda ham meni tanlaydi deb. Lekin afsus….

-To’g’ri tushunganingdan xursandman, demak xafa emassan…. Vaqt o’tib u ham seni eslaydi va qilgani uchun pushaymon bo’ladi.

-Shuning uchun ham taslim bo’lmayman, xola

Yun xonim tushunmagandek unga tikilib qoldi. Jungkook esa qo’lidagi stakanni stolga qo’yib, maqsadini anglatdi:

-Bella meni qanchalik sevgani sizga ma’lum. Modomiki shunday ekan, o’ziga kelishi bilan birinchi meni izlaydi. Uni shu ahvolda tashlab qo’yadigan bo’lsam, o’zimni qanday erkak hisoblayman. Ham undan havotirdaman. Hozir ham ko’zimizdan uzoqda, qayerdadir, kimningdir janozasida emish. Uni kim himoya qiladi? Unga yana biron narsa bo’lsa o’zimizni kechira olamizmi?

-Yonida Yoongi…

-To’g’ri yonida Yoongi bo’lishi mumkin. Lekin uni o’ziga ishonch bormi? O’tgan gal unda ayb bo’lmagan dedingiz, lekin bunga qanchalik ishonasiz? -Jk shunday manipulyatsiya qilar ediki, xolasi allaqachon uning ta’siri ostida edi.- Taehyung ham beparvo, qayerdaligiga kuyunmaydi. Sizing esa sog’lingiz yomon, xudo ko’rsatmasin sizga bir narsa bo’lsa kimga ishonib ketasiz qizingizni. Qarang u mutlaqo himoyasiz va ojiz bu yerda.

-To’g’ri aytasan..

- Yana….bizning to’yimiz haqida bolaligimizdan kelishilgan. Jeon va Kim kompaniyasi yanada mustahkamroq birlashib, qudratliroq bo’lgani ma’qul emasmi xolajon?!

Yun xonim chuqur o’yga toldi. Rostdan ham men o’lib qolsam kimga ishonib ketaman Bellani deb o’ylay boshladi. Bu orada Jungkook o’rnidan turib xolasining qarshisiga yaqinlashib:

-Menda uni himoya qilish uchun qudrat ham boylik ham xatto sevgi ham yetarli. Xatto meni rad etsa ham taslim bo’lmayapman, qarang! Uni asrab avaylashga va’da beraman. Menga ishonsangiz bo’ladi.

Yun xonim jiyaniga mamnun kulib qaradi, lekin hamon ikkilanyotgandi. Jk uning qo’llarini o’pib hayrlashar ekan, so’nggi hal qiluvchi shamasini aytib ketdi:

- Farzandiga eng yaxshisini faqat ota-ona biladi. Shuning uchun ham avvaldan ularning qarori asosida oila qurishgan. Exxx biz yoshlar sizlarga quloq solmay qo’yib, ko’pgina boshimizga tashvish ortiramiz.

Tosh qoyalarga boy sohil.Bulutli va izg’irin bo’layotgan kunda Yoongi qarshisida turgan qizga qarab to’xtashini yolvormoqda. Qiz esa tobora qirg’oq chetiga yaqinlashib, quturgancha urilayotgan to’lqinlarga ko’ksini ochib boryapti. “Yelena, iltomos to’xta unday qilma! To’xtaaaa.” deb baqirayotgan yigit chorasizlikdan yig’lay boshladi. Qiz nihoyat ortiga o’girilib unga qaraganda, Yoongi uning ko’zlarida aks etgan og’riq va charchoqni ko’rdi. Sovuq shamol tinmay to’zg’itayotgan soch tutamlari yuzida tovlanayotgan bir paytda yigit bor kuchini sarflab uni tutib qolish uchun o’zini otdi. Lekin soniyalar farq etgan holda, ko’z oldida qiz jarlikdan qulab, dengizga g’arq bo’ldi.Yoongi qo’lini uzatgancha butun vujudi bilan qaqshagancha yig’lay boshladi.

Noma’lum narsaning taraqlab tushib ketishidan uyg’onib ketgan Yoongi kuchli bosh og’rig’i sabab bir muddat gangib qoldi.Biroz avval ko’rganlari tush ekanligini tushungach og’ir uhh tortib qo’ydi. Keyin yotog’idan o’rmalab turdida eshikni ochib qaraganida Yelenaning xonasidan qo’lida tozalash vositalarni ko’tarib chiqayotgan xizmatkorni ko’rdi. Xizmatkor qiz 30 yoshlarda istarali va doim kulib turadiganlardan edi. Vaqtida Yoongi unga juda ko’p yordam bergan va hatto uyida unga ish ham bergan. Yigitni ko’rishi bilan egilib salom berdi va

-Uyg’otib yuborganim uchun uzr janob xonim qaytib kelgunlaricha xonani tozalab olmoqchi edim.

-Qaytib kelgunicha?!-dedi Yoongi hayron bo’lib.

-Ha, men kelganimdan beri xonim uyda emaslar.

Yoongi ishonqiramay o’zi xonani ochib u yerda hech kim yo’qligini ko’rdi.

- Soat qancha bo’ldi?-so’radi Yoongi boshidan muzdek suv quyilgandek holda.

- 11:35 bo’ldi, men soat 8da kelgandim.

Yigit g’azab bilan eshikni tepib yubordida, haliham u ketib qolganiga ishonalmay, uyni har bir burchagini qidirib chiqdi. Pastga tushganida esa divanda uxlab qolgan Jinni baqirib uyg’otdi.

-Jin, uyg’on! Yelena ketib qolibdi.
Nima bo’lganiga unchalik tushunmay ko’zlarini ochgan Jin Yoongining paltosini kiyib tashqariga chiqib ketayotganini ko’rishga ulgurdi halos.

Yoongi uy oldidagi sohilga qarab yugurib borar ekan, tinmasdan “kech qolishim mumkin emas, iltimos, bunday qilma!” deya pichirlardi. Huddi tushidagi kabi havoning avzoyi buzilgan, to’lqinlar ko’pirib o’zini qirg’oqga otardi. Sovuq shamol yigitning yuziga kesgudek uriladi. Yoongi har tomonga alanglagancha zo’rg’a nafas olib yugurardi. U hozir sodir bo’lishi mumkin bo’lgan eng katta daxshatni o’ylab ko’ziga dunyo qorong’u bo’lib ketayotgandi.Qanchalik yugurmasin yo’l uzayayotgandek sira qoyalarga yetib olishni iloji yo’qdek. Nihoyat ko’zlari qoya chetida yupun kiyingan, dengizga qarab haykaldek qotib turgan qizga ko’zi tushdi. Yoongi jon-jahdi bilan yugurishda davom etib “unday qilma, tashlab ketma!” deb baqirgani atrofga aks sado berardi.

Yetib kelganida o’sha tushida ko’rgan holatni yana bir bor ko’rdi.Lekin bu safar hammasi haqiqiy edi. Yigit bo’g’ziga tiqilgan yig’i bilan qizga asta yaqinlasha boshladi. Unga uzatilayotgan qo’llari qaltirab borardi. Huddi tushidagidek qiz unga qarab ko’zlarini pirpiratdi. Yoongi vaziyat taranglashib borayotganlgini sezib,qizdan o’tinib so’radi:

-Yelena menga qara, sen yomon kunlarni boshdan kechiryapsan degani har doim shunday bo’ladi degani emas, men….men hammasini hal qilaman, faqat sen yashashing kerak. Barcha dardingga o’zim malham bo’laman.O’zim seni himoya qilaman,keskin harakat qilma bo’ptimi?

Yelena hayron bo’lib yigitga qarab “ Nima?” deyishga ulgurmasidan Yoongi uning qo’lidan chaqqonlik bilan ushlab qizni o’zi tomon tortib oldi. Kuch bilan birdaniga tortib olingan qiz pardek uchib yigitning bag’rida o’zini ko’rdi. Yoongi uni mahkam quchoqlab, hansiragancha yuzini uning sochlariga ko’mib tinchlandi. U hozir hamma narsani unutgan, yagona umidini ushlab qola olgani uchun undan baxtli inson yo’q edi go’yo. Qiz majolsiz qo’llarini uning ko’kragiga tirab o’zidan itarmoqchi bo’ldiyu, baquvvat bilaklar qimirlashiga ham imkon bermadi.

-Nima qilyapsan? Qo’yib yubor!

-Agar sakraganingda ortingdan butun dunyoga o’t qo’ygan bo’lardim.-Yoongi shunday deya qizarib ketgan ko’zidan yoshlar chiqib ketmasligi uchun yuzini osmonga qaratdi.

-Nega sakrashim kerak? Hech nimani tushunmadim. Yoongi qo’yib yubor!

-Tishshshsh! Jim bo’l, qara sovuqda muzlab ketibsan, nima uchun issiqroq kiyim kiymading?- deb qizning kaflarini o’zining kaftlari orasiga olib, puflab qizitdi.

-Men sayr qilmoqchi edim, ichkarida juda qizib ketdim, sovuq havo menga yoqayapti.-dedi burnini tortib qo’yib.

- Shunga 3 soatdan beri tashqarida yuribmisan, o’lging kelyaptimi?
-Yoo xudoyim, nega boyadan beri bir sakrash bir o’lim haqida gapiryapsan?Aqldan ozdingmi? dedi uni itarib, bir zum yuzi hafsalasi pir bo’lgan qiyofaga kirdi va zarda bilan-Nima, meni o’zini o’ldirmoqchi deb o’yladingmi?Shunchalar ahmoq bo’lib ko’rinamanmi ko’zingga, yo xudoyim, o’zing sabr ber.

Yoongi bu gapdan so’ng vahima qilib yuborganini tushundi va yuziga kulgu yugurdi. Paltosini qizga kiygazib,uning oldiga engashib o’tirdida yelkasini ishora qilib dedi;

-Haa mayli men xato o’ylabman. Aybimni yuvish uchun seni opichlab ketaman, kelishdikmi?

-Nimaaa? Orzu ham qilma!-dedi qo’lini beliga tiragancha qiz. Lekin uning ahvoli og’irligi ko’karib ketgan lablari va qaltirab zo’rg’a oyoqda turishidan bilinib turar edi. Yigit uning qaysarligiga ko’nikib qolgani uchun ortiqcha so’zsiz majburlab orqasiga opichlab oldi. Tipirchilab so’nggi kuchini ham sarflab yubaroyatgan qizga po’pisa bilan:

-Agar aytganimni qilmasang shu sovuq suvga otib yuboraman!-deb atayin keskin suv tomon yaqinlashdi.

-Aaaa!!!Otib yubor, qani qo’lingdan keladimi?-dedi qiz bo’sh kelmay.

-Qo’rqmaysanmi? Unda ortga qaytarib yuborsamchi? Bu aniq qo’limdan keladi.

Shu so’zlardan keyin qiz so’zsiz jimib qoldi.

Yelena pov:

O’zimni juda noqulay his qilayotgan bo’lsamda, bir tomondan u meni opichlab olmaganida yura olmasligimni ich-ichimdan tan olayapman. U har doimgiday so’nggi daqiqalarda, mening kuchim qolmagan paytda paydo bo’ldi.Qo’llarim bilan bo’ynidan quchib olgancha ketar ekanman, beixtiyor o’sha kungi iliq yelkaga bosh qo’yib ketganim esimga tushdi. Hozir ham men muz edim, u esa otash kabi issiq edi. Undan tanamga taralayotgan issiqlik sabab sovuq qotib ketganimni his qila boshladim. Negadir meni uyqu bosayotgandi. Qo’llarim bo’shashib, boshim pastga egilib bormoqda edi. O’zimni chalg’itish uchun uni so’roqlay ketdim.

-Sen rostdan ham o’zini o’ldirmoqchi deb o’yladingmi?

Yoongi javob o’rniga boshini silkitib “hmm”dedi.

-To’g’ri men qo’rqoq va hamma narsadan charchab ketishim mumkin…Lekin ojiz odamlardek o’lishni aslo xohlamayman. Bilasanmi…qanday o’limni xohlayman?! Ko’p yillardan keyin, hotirjam, hamma qilganlarim uchun tovba qilgan va xatolarimni to’g’rilagan holda ….bu dunyodagi vazifamni ado qilgach o’lishni xohlayman. Boshimga qanday kulfat tushmasin hech qachon bunday gunohga qo’l urmayman……

Mudrab qolayotganimni u ham sezdi shekilli gapga solishga harakat qila boshladi.

- Unda nega o’zingga bunchalik jabr qilyapsan?-uning ovozidan ranjiganligi bilinib turardi.

-Jabr qilmadim…o’ylab olmoqchi edim.Bari chuvalashib ketdi. O’ylab qarasam butun hayotim, maqsadlarim barbod bo’lgandek. Qo’rg’onga kelmasimdan oldingi orzularim ota-onamga yordam berish, zo’r shifokor bo’lish edi. Yo’limdan ancha uzoqqa ketib qoldim.To’g’ri ota-onam, men butun umr ishlab topib bera olmaydigan pulga ega bo’lishdi, mening evazimga.Huddi yashashimdan ma’no qolmagandek tuyilyapti. Orzularimga ortiq kuchim qolmagandek tuyilyapti.

- Mayli unda, buni to’g’rilaymiz.

-Qanday qilib?

-Senga yangicha orzu topamiz. Keyin u uchun harakat qilamiz.

-Menimcha senga shundog’am boshog’riq bo’ldim, kechir….Men uchun juda ko’p tashvishlanishingga to’g’ri kelyapti, bundan afsusdaman.

Shundan keyin Yoongi biroz jim bo’lib qoldi.Uning nafas qaltirayotganini his qila boshladim.

Birozdan so’ng uning jarangdor ovozini eshitdim.

-Menimcha sen chinakkam sevish va sevilish nimani anglatishini bilmaysan.Biror kishini sevsang,aslida shunchaki qo’rqasan. Sen unga kerak bo’lganda yonida bo’la olmaslikdan,unga biron narsa yuz berganda yordam bera olmaslikdan qo’rqasan. Joni og’riganida to’xtata olmaslikdan qo’rqasan.Shuning uchun sen juda kuchli bo’lasan.

-Bunchalik qo’rqqaningdan qanday qilib kuchli bo’lish mumkin?

-Ularni himoya qilishing kerakligini bilasan. Sevgi odamlarga ular uchun hamma narsani qilish uchun kuch beradi.

-Undaaaa, sen kuchlimisan?-savolim sabab ikkimiz ham noqulay sukutga cho’mib qoldik. Ich-ichimdan o’ylamay aytgan gapimning ma’nosini tushuna boshlaganim uchun o’zimni la’natlay boshladim. Uning quloqlari qizarib ketganini ko’rdim.
- Men hech qachon bunchalik kuchli bo’lmaganman.

Buni eshitib, bir vaqtning o’zida tanamda ham sovuq ham issiqni his qildim.Barmoqlarim beixtiyor uning kiymini g’ijimladi. Yurak ritmim allaqachon buzildi. U bo’lsa kutilmaganda:

-Aks holda senday og’ir qizni qanday ko’tara olar edim.

Bu so’zlardan shunday jahlim chiqgandiki, jahl bilan tipichilay boshladim.”Unda tushiring, sizdan birov so’radimi ko’tar deb?Tushuring deyapman!”

U bo’lsa meni yelkasida yanada mahkamroq o’rnashtirib, kulib yubordi.

-Jim o’tirmasang seni dengizga otib yuboraman demaganmidim-deb qitmirlarcha suv tomon keskin burilib yugurdi. Men bo’lsam ko’zlarimni yumib , bo’ynidan mahkam quchgancha rostdan ham meni tashlab yuboradigandek qo’rqib ketdim.

U bo’lsa ustimdan kulgancha qayta-qayta qirg’oqga yaqinlashar edi. Ko’zlarimga tusha boshlagan yorug’likdan tushundimki, bulutlar tarqab quyosh charaqlay boshlagandi. Dengiz to’lqinlari ham uning nurlarida yiltillab ko’zni qamashtiradigan darajadi chiroyli ko’rina boshlagandi.

-Sen aytgan sohil shumi? -dedim, holsizlikdan past ovozda.

U “Hmmm”deb qadamlarini tezlata boshladi.

-Yaxshi….meni olib kelganing uchun senga….rahmat-dedimu boshimni ortiq ko’tara olmay uxlab qoldim.

Mushukning yoqimli hirillashi eshitilyapti, o'zim uxlayotgan bo'lsamda buni aniq eshitib turibman. Boshida faqat eshitdim, keyin ongim biroz tiniqlasha boshladi. Ko'zim hali yumuq holda qo'llarim bilan yon atrofni paypasladim va o'sha mayin mo'yna qo'limga urildi. Kaftimni yalay boshlagan til huddi cho'tkaga o'xshab qitiqlardi.Ko'zimni ochib qarasam, yostiqim yonida Muiza munchoqdek ko'zlarini pirpiratib turibdi. Ishonqiramay boshimni ko'tarib qaraganimda "Qimirlamang xonim hali ignani olishga ulgurmadim" degan ovozni eshitdim. O'girilib qaraganimda tugay deb qolgan tomchi ukolga qarab turgan xizmatkor qizga ko'zim tushdi. Men hali ham shu sohil bo'yidagi uydaman, chunki bu o'sha xona. Xurpayib olgancha nima bo'layotganini tahlil qlgunimcha mushukcha oldimga sakrab chiqib tumshug'i bilan yuzimni iskash uchun cho'zildi. Bir qo'lim bilan uni quchib olib o'pib qo'ydim. Uni juda sog'ingandim. Nihoyat tomchi ukol tugab, qiz qo'limdan ukolni oldi.

-Rahmat sizga-dedim menga qarab jilmayib turgan qizga.

-Rahmat aytishga arzimaydi, o'zingizga kelgan ekansiz, janob Min ga xabar beraman.

-Yo'q shart emas, o'zim pastga tushaman.-dedimu, yuz qo'limni iliq suvga yuvib, mushukchani quchoqlagacha to'g'ri oshxonaga tushdim.

U yerda hech kimni uchratmadim ammo pianinoning taralayotgan go'zal ovozi e'tiborimni tortdi. Bu musiqa menga tanish edi.

Ovoz kelayotgan tomonga yaqinlashar ekanman aniqroq va tiniq eshita boshladim. qiya ochiq turgan eshikdan sekin mo'ralab Yoongining berilib chalayotganini ko'rdim. U shu darajada berilib va mahorat blan chalayotgan ediki, unga qarab mahliyo bo'lib qolmaslikning iloji yo'q edi. Kuy avj nuqtasiga yetganida bu o'sha ikkimiz valsga tushganda chalingan musiqa ekanligini esladim. "Yevgeniy Grinkoning o'zi ham bunday chala olmagan bo'lar edi, gapimga qo'shilasanmi?" degan savolga ko'zimni Yoongidan uzolmay "Ha..." degancha javob berar ekanman, birdan tok urgandek sapchib tushdim. Qo'rqib baqirganimni u ham eshitdi shekilli kuy noto'g'ri notalarda qo'pol to'xtab qoldi. Jin esa menga qarab mazax qilib kulib turardi.

-Seokjin?!!!! Sen qachon.....
-Ichkarida yaxshiroq eshita olamiz- degancha meni sal kam majburlab xonaga olib kirdi. Men o'zimni juda noqulay his qilib ketdim. Menga qarab turganini ko'rmaganlikga olib, xonani tomosha qila boshladim.


Xonada turli-tuman musiqa asboblari bor edi. Huddi shunday joyni Bella yozib olgan videolarda ko'rgandim, lekin o'z ko'zim bilan bunday joylarni ko'rmaganman. U hamon meni sinchiklab kuzatarkan, ko'zlarim to'qnash kelmasligi uchun tirishib harakat qila boshladim.Men negadir undan juda ham uyalayotgandim.


Yoongi o'rnidan turib, men tomonga yaqinlashayotganini ko'rib,ko'zlarim beja bo'lib ketdi. Qarshimda turib kaftini peshonamga qo'yib o'ylanib qolganida, nafas olmay turdim."Issig'ing hali ham bor" degancha qo'limdan ushlab stulga o'tqizayotganda Jinning ma'noli tomoq qirib qo'yishi sabab o'zimni orqaga olishimga sabab bo'ldi. "Men yaxshiman, yosh boladek qarash shart emas, axir o'zim.." deb gapimni tugatmasimdan, ustimga shu yerdagi adyolni olib o'rab qo'ydi va yelkamdan yengil tutib stulga o'tqazdi. Yoongi eshikka yaqinlib "Hanaaa!" deb chaqirdi. Bir zumda boyagi qiz yetib keldi.

-Issiqina shokoladli qahva olib kel!
-Menga ham-deb qo'shib qo'ydi Jin va menga qarab- Sen birinchi marta bu yerga kelishing to'grimi, shuning uchun senga biror qo'shiq aytib bersa nima deysan?

Men ha degandek boshimni qimirlatib Yoongiga qaradim. U bo'lsa jim gitarasi yoniga bordida,uni qo'liga olib sozlayboshladi.

-Vaah , rostdan qo'shiq aytib bermoqchimisan?- hayron bo'lib so'radi Jin.- bittada so'raganimda -ya? Meni shunchalar yaxshi ko'rasan deb o'ylamagan edim, rahmat do'stim deb Jin qo'llarini birlashtirib olqishlab qo'ydi.


Unga javoban Yoongi asabiy ko'zlarini qisib qaradi.Shu orada xizmatkor qiz-Hana ham qahvalarni olib kelib berdi. Kaftimni stakanga o'rab uning issiqligini his qildim.

Jin bo'lsa qahvani puflagancha Yoongining asabiga tegishni bas qilmasdi:

-Unga qaysi qo'shiqingni aytib bermoqchisan? Aaaaaaaa, topdim! "Tushimdagi qiz" degan qo'shig'ing bor ediku "Men seni shunchalar sevamanki, mening borim seniki, seniki esa meniki😆....... agar boshqa bola bilan uchrashsang o'ldiramaaaaaaan🔪" deganini aytib bermoqchisan topdimmi?!😁(Muallif: Haqiqatdan Sugani shunday qo'shiqi bor)

Buni eshitib ichim turgan qahvamga tiqilib qoldim. Yoongi bo'lsa undan jahli chiqib gitarasi bilan boshiga solish uchun qo'lida dast ko'tardi. Lekin bir zumda fikridan qaytib,o'ziga iljaygancha qarab turgan yigitning yoqasidan ushlab "Sen ham qo'shiq aytasan"dedi.

-Yo'q qahvam sovib qoladi, ovozimni ham sozlamay qo'yganman! -deyishga ulgurmasidan Yoongi uni mikrafon yoniga yoqasidan sudrab olib bordi. "Snooze" ni aytamiz dedi u Jinga jiddiy qarab.

Seokjin ham roziman degandek bosh chayqadi.

Ular qo'shiq aytshni boshlashdi,men esa uning ma'nosini eshitib g'alati bo'lib ketdim. Yoongi nega aynan buni tanlaganini tushuna boshladim

Shu yerda to'xtab pastdagi tashlab qo'ygan videoni ko'ring, bu sizni yaxshiroq his qilishingiz uchun kerak.O'zbekcha subtitle bilan tashladim!

Tushingizda meni ko'rasiz. Xavotir olmang, chunki men doimo u yerda, sizning orqangizda bo'laman
Yiqilishdan qo'rqmang, turishingizga yordam beraman
Shuning uchun men kabi o'zingizgq shubha bilan qaramang
Orzularingizga erishish yo'lida siz tanaffus qilishingiz mumkin.
Unda bugun dam oling
Shundagina men sizning zo‘rg‘a seziladigan tabassumingizni ko‘raman, o‘zimni yengil his qilaman
Ha, bu qiyin bo‘lishi mumkin, bu men borgan yo‘l
Bu yo‘llar

Orzular orzuligicha qolmasligi kerak
Maqsad sari intilish lozim yo'lingiz siz o'ylagan gulzor emas tikanxor bo'lsada
Boshlanishi qiyin bo'lishi mumkin lekin oxiri ajoyib bo'ladi
Hammasi yaxshi bo'ladi...

Bu satrlar aynan men uchun atalgandek edi. U hatto she'rlarida ham menga yordam berishini aytayotgandek edi. Yoongining qo'shiqlari bunchalik ma'noli deb o'ylamagandim. Nahotki shu inson, orzular haqida kuylaydigan yigit odam o'ldira olsa? Ishonish qiyin, lekin bu haqiqat. Bunda uning aybi yo'q ham aslida. Unda qanday kasallik borligini Jindan so'rab bilishim kerak. O'ylab qarasam men maqsadsiz emas ekanman. Axir boshidan uni to'g'ri hayotga qaytarmoqchi edimku, buni qanday unutdim. Ehtimol bu mening yagona orzuyimga aylanib ulgurdi. Hozirning o'zida u uchun jon-jahdim bilan kurashishga qaror qildim, o'zi aytganidek "Hammasi yaxshi bo'ladi!"

Shundan so'ng Jin muhim ish sabab kompaniyaga borishi kerakligini aytib Yelena bilan xayrlashdi.

Ortida kuzatib qo’yish uchun chiqgan Yoongini chetroqga tortib, yoqasini to’g’rilagan bo’lib , gap shipshitib qo’ydi:

-Bu sen uchun zo’r imkoniyat , og’ayni. Unga bo’lgan hislaringni aytishing kerak.

-Shunchalik osondek gapirasan-a ! -dedi norozilik bilan uning qo’llarini yoqasidan tushirib.

-Bundan oson ish bormi?! Ko’nglini ol, unga yaxshi gapir. Juda rad etilishdan qo’rqayotgan bo’lsang, unda ham tuyg’ular paydo bo’la boshlaganini sezishing bilan aytasan.

- Buni qanday sezaman endi tovba… sen kabi qizlar bilan gaplashishga ustamasmanku. U qachon sevib qolganini aytishini kutib yurolmayman ham.

- Soddasan…qara qizlar hech qachon seni sevaman demaydi. Ular shunchaki senga qarab samimiy kuladi, boshi bir tomonga egib “sen ahmoqsan!” deydi.

-Ahmoqsan? Hmmm menimcha undan avval ham bunday gap eshitganman. Lekin unda meni sevgandan ko’ra, nafratlanayotgandek tuyilgandi.

-Ahhh, seni nima qilsa bo’ladi. Aytdimku, senga boshqacha kulib qaraydi, yoqimtoy bo’lib aytadi buni.-deb ko’zlarini olaytirib ta’kidladi.

-Mayli bor ishga , boshimni og’ritma, sen u yoqni hal qil men bu yerni hal qilaman.

- Omad tilayman, ishqilib uyaltirib qo’yma!- degancha Jin mashinasiga minib tezda jo’nab ketdi.

Yoongi uning ortida o’ychan qarab qolar ekan, ortidan qizning mayin ovozini eshitib o’girildi. Zina yonida qimtinibgina turgan qiz, unga biroz jur’at topib so’z boshladi.

-Yoongi..agar mumkin bo’lsa uyni aylanib chiqmoqchi edim.

-Ha bemalol, yuri o’zim ko’rsataman.- deb birinchi qavatdagi xonalarni ko’rsata boshladi. U bolaligi o’tgan har bir burchakni ham sog’inish ham afsus bilan tanishtirib chiqar ekan, Yelena ulardan ham ko’proq yigitning hatti-harakatlariga e’tibor berdi. Nihoyat onasining xonasiga kelganda Yoongi butkul tushkunlikka tushib qolgandek bo’ldi. Odatda bu xonaga kirish tugul, eshigiga ham qaramaslikka harakat qiladi. O’tmish unga og’riq bergani uchun eslamaslikka harakat qiladi. Lekin Yelena ko’rsatishini iltimos qilib turib olgach, bu yerga kirishga majbur bo’lishdi. Qiz uning o’tmishi haqida deyarli hech narsa bilmasdi, bu yerga kirishining sababi ham aynan shu bilib olish edi. U stol ustiga terilgan

suratlarga egilib qiziqish bilan qarar ekan, Yoongi ota-onasiga juda o’xshashini ko’rib hayron bo’ldi:

-Sen otangga quyib qo’ygandek o’xshar ekansan, onang bo’lsa juda go’zal ayol bo’lgan ekan.

Yigit esa bu gaplarni eshitmas edi go’yo. Bu xona devorlaridan uning qo’rqinchli tushlarida eshitiladigan otasining baqirgan ovozlari, onasining yolvorib bas qilishini so’rashlari eshitila boshladi go’yo. Nafas yetishmayotgandek, qo’llari yoqasini bo’shata boshladi. Tezroq chiqib ketishni xohlayotgan bir paytda Yelena oldiga chiqib :

-Menga bergan va’dang esingdami, kel shu yerda oxirgi seansni o’tkazib qo’ya qolamiz. Bu juda ajoyib bo’ladi, ularning xotiralarini qayta tiklaymiz. Seansni mavzusi ham “ota-onani kechirish” bo’ladi-degancha berilib gapirayotgan qizdan yuzini burgan Yoongi eshikka qarab zo’rg’a keta boshladi.

-Nega indamaysan, axir va’da berganding! Yana qochib ketyapsan. To’xta!-deb borib yengidan ushlab tortdi.- O’zing uchun harakat qilishing kerak, sen ham baxtli bo’lishing kerakku axir. Kechirmasang bo’lmaydi…

Yoongini uning yengini tutib turgan qo’llarini siltab tashladi. Uning yuzi allaqachon qahr-g’azabdan qizarib ketgan, ko’zlari alamga to’la edi. U bor kuchi bilan stolni, tepib yubordi. Ustidagi ramkalar pastga chil-chil bo’lib sindi. Jahldan bo’yin tomirlari o’ynagancha qizga baqirib:

-Seningcha men harakat qilib ko’rmadimmi? Men HAR DOIM o’zimni majburlaganman! Baxtli bo’lishga ! Bundan chiqish qanchalik uchun ko’p kurashdim. Lekin…endi HAMMA narsadan CHARCHAGANMAN! Hattoki o’zimdan ham.- uning ovozi endi qaltirab chiqa boshladi, qo’li bilan yuragini ko’rsatib – og’riyapti- dediyu eshikni qattiq yopib chiqib ketdi.

Yelena esa kafti bilan quloqlarini berkitgancha shok bo’lib qoldi. U hozir qattiq xato qilib qo’yganini tushundi.

Yoongi uydan chiqib ketgandan beri yarim soat o’tdi. Qiz esa oshxonada o’tirib uni qaytib kelishini kuta boshladi. Undan juda havotirda, jahl ustida bir nimalarni boshlamasmikan deb ichi kuya boshladi. Asabiy tirnoqlarini tishlayotganda eshik taqilladi. Yelena yugurib borib eshikni ochganida qarshisidagi yigitni ko’rib rangi oqarib ketdi. Oldida bir qoshini ko’tarkancha Jk topib kelganidan mamnundek turar edi go’yo. Yelena qayta eshikni yopib qo’ymoqchi bo’lganida, qo’li bilan eshikni ushlab qoldida, ichkariga bostirib kirdi. Qiz uyda uni himoya qila oladigan odam yo’qligi uchun qo’rqa boshlagan lekin iloji boricha buni bildirmaslikka tirishardi.

-Ichkariga takilf qilmaysanmi? Axir sen uchun uzoq yo’l bosib keldim.

-Nega kelding?

-Nega bo’lardi, sendan xabar olishga. Menda qochib qayergacha kelganingni ko’ryapman. Gapni cho’zib o’tirishdan foyda yo’q, men kundalikni o’qib chiqdim.

-Xo’sh ?

-Men qotilni kimligini bilaman, men bilan yur, seni o’zim qutqarib olaman, bo’lmasa holingga voy qizaloq.

Uni gaplarini eshitgach qo’llarimni oldimga chalishtirgancha atayin mensimagandek qarash bilan:

-Xo’sh nima qilibdi bilsang. Men ham bilib bo’lganman. Ammo menga sening keraging yo’q, mendan tashvishlanmay qo’ya qol. O’zimni o’zim eplay olaman. Sen yaxshisi o’z xonimchalaring yoniga qaytganing ma’qul.

Jungkook kutilmagan bunday savoldan keyin qizishib ketdi, u qizga yaqin kelib devorga tiradida har bir so’zini dona-dona qilib:

-Mana shu odating menga juda yoqadida.Qoyilman, voyey buncha mag’rursan,meni mensimaysan? Ayt buncha katta ketishni shu 4 oy ichida o’rgandingmi yoki tug’ilganingdan beri shundaymisan?

Yelena ham uni ortga kuch bilan turtib yubordi va qo’lini unga bigiz qilib:

-Menga qara turqi sovuq, xohlaysanmi hayotingni do’zaxga aylantirib qo’yaman.

-Yo’q. hali to’yimizga biroz vaqt bor jonginam. Lekin so’raganing uchun rahmat.
Jungkook uydan chiqib ketar ekan, ortiga qaramasdan yo’lida davom etgancha “ Endi ortiq izingdan yurmayman, seni o’zing yonimga kelasan” deb mashinasiga o’tirdi.

Yelena eshikni yopib yuqoriga xonasiga kirib oldi.

Allaqachon kech tushgandi. Osmonni yulduzlar miltillab to’ldira boshladi. Yana taqillagan eshik mudrab qolayotgan qizni uyg’otib yubordi. Hana uyiga ketgani uchun o’zi qarashi kerak edi. Yana Jk kelgan bo’lishi mumkin degan shubha bilan eshikni ochishga ikkilanib turdi. Lekin baribir ochishga to’g’ri keldi. Eshik ochilishi bilan yuziga urilgan sovuq shamoldan ko’zlarini yumib olar ekan, Suganing bosiq ovozi sabab tezda ochdi.

-Uxlab qolmadingmi?

Yelena qo’lida alvon rang atirgullar bilan to’la guldasta ushlagan, sovuqdan burni va yonoqlari qizarib, unga mushuknikidek ko’zlari bilan beozor boqib turgan yigitni ko’rib hang-mang bo’lib qoldi. Unga yo’l ochib berib ichkariga kiritar ekan, bu gullar o’ziga olib kelinganini aqliga sig’dira olmasdi.

Yoongi biroz hayajonlangani uchun qizga gulni berish o’rniga ularni ko’tarib oshxonaga kirib ketdi. Lekin yarim yo’lda to’xtab nima deyishini o’ylab olmagani uchun o’zini lanatladi Xo’sh olib kelishda olib keldi, endi qanday berish kerak, shuni o’ylamabdiku.

Ortidan kelgan Yelena tomon birdan aylandida duduqlangancha:

-Aaaaaa nima desam ekan.Buni…..buni yo’lda topib oldim. Shunday chiroyli gullar sovuqda qorda yotganini ko’rib olib keldi. Balkimmmmmm buni olishni xohlarsan- degancha ko’zini boshqa tomonga qaratib qizga guldastani uzatdi. Qiz ham iloji boricha kulib yubormaslik uchun lablarini qisib gullarni qabul qilib oldi.

-Yana… bir gap. Menimcha seni qo’pol gapirib, xafa qilib qo’ydim shekilli. Buni xohlamagandim-deb boshini ham qilgancha pastga qarab qoldi.

- Qo’ysangchi qaytaga men no’to’g’ri gapirib dilingni og’ritib qo’ydim, men kechirishim so’rashim kerak aslida. O’zi ko’p gapirib qo’yamanda…seni ham charchatib qo’yyapman boshingni qotirib. Bilaman senga odamlar bilan so’zlashish yoqmaydi.

Yoongi qizga ma’yus ko’zlarini qadab:

- Sen bilan boshqacha… Gap senga kelganda eshitishni xohlayman.

- Rostdanmi?! Unda xursandman. -dediyu qo’lidagi atirgullarni entikib hidlay turib- Ba’zida yolg’on gapira olmay qolasan Yoongi.

- Nega bunday deyapsan?

- Qara kim shunday gulni ko’chaga tashlab ketadi. O’zi bunday vaqtda gul topishning o’zi deyarli ilojsiz narsa.
Yoongi boshini qashlagancha “to’g’ri aytasan, buni o’ylamabman” degani ko’rib qiz boshini chayqatib kulgancha “Sen tentaksan, Min Yoongi” dedi.

Bu so’zlar yigitning yuragini yoritgan edigi, bu kuch bilan osomga uchib ketish mumkin. Ko’zlarida yiltillayotgan yosh tomchilari uning qalb qo’ridan oqib kelgandi go’yo. U bor jur’atini yig’ib iqroq bo’lmoqchi bo’ldi:

-Yelena senga bir gap aytishim kerak….

Ammo bevaqt jiringlagan telefon ovozi gapini bo’lib qo’ydi. “obbo vaqtida qo’ng’iroq qildingda Jin” degancha telefonni ko’tarar ekan, eshitgan gapidan qoshlari chimrilib Yelenaga qarab qoldi.

Qiz esa unga qarab biror ko’ngilsizlik bo’lganini tushundi. Yoongi telefonni qo’yar ekan, qizga og’ir qarab “ketishim kerak, Yun xonim ahvoli og’irlashibdi.” Dediyu tezda tashqariga chiqib ketdi. Uning ortida Yelena ham yugurib chiqdida “men ham boraman” deb mashinaga o’tirib oldi. Yoongi hozir undan aynan shuni so’ray olmagan edi. Ammo qizning o’zi bunga rozi bo’lganini ko’rib yengil tortdi. Mashina qo’rg’on tomon g’izillab ketdi.

Kimlar qo’rg’oni.

Nafas olish moslamasiga ulangancha xushsiz yotgan ayol yonida Taehyung onasing qo’llarini ushlab boshini egib o’tiribdi. U ichkariga hovliqib kirgan Yoongi va Yelena kelganini ko’rib o’girilib qaradi. Yelena xonimni ko’rishi bilan hansiragancha to’xtab qoldi. Ayol haqida o’ylamagani uchun o’zini yomon ko’rib ketgandi. Taehyung , borib Yoongini quchoqlab “kelganingiz uchun rahmat” dedi. Uning charchagani shundoq oyog’ida zo’rg’a turganidan ma’lum edi. Qiz bemorga yaqinlashib, uni yoniga o’tirdi. Ayol tomon egilib peshonasidagi tartibsiz sochlarini silab tartibga keltirdi. “Ona men keldim, nega yotib qoldingiz, sizga nima bo’ldi” dedi yig’lagudek bo’lib. U hozir “onasiga” haqiqatdan achinayotgan edi va bu holga tushishiga o’zini aybdor his qila boshladi. Birozdan keyin Yun xonimning yengil ingragan ovozi eshitildi. “ Bella, keldingmi….endi ketib qolma, seni sog’indim” dedi kuchsiz.

- Ho’p ona hech qayerga ketmayman, ko’zingizni ochsangiz bas

Yoongi Taeni olib chiqib dam olishi kerakligi aytdi. O’zi ham yarim tungacha ularning yonida mijja qoqmay chiqdi va ona hamda qizi uxlab qolgach xonasiga chiqib ketdi.

Qorong’u zulmatga cho’mgan noma’lum joyda Yelena qo’lida sham bilan keytapti. U bir qadam nari ko’rinmayotganligi sababli qoqilib ketmaslik uchun oyog’i bilan yerni paypaslab ketishga majbur. Nogohon oldida bir sharpani sezib qoldi. Sekin asta unga yaqinlashib “Siz kimsiz” deb so’radi.

Qiz unga o’girilganda kuchli qo’rquv sabab baqirib yubordi. Qarshisida Yein turardi. Achinarlisi qorniga sanchilgan pichoq bilan. U yoshli ko’zlari bilan dugonasiga qarab tinmay “meni qutqar” deyayotgandi. Yelena tushdan shu joyiga kelganda uyg’onib ketdi. Suv bo’lib terlab ketgan, og’zi qurib tili tanglayiga yopishib qolganini his qildi. O’zini qanchalik tinchlantirishga harakat qilmasin, bu tush uning yuragiga g’ulg’ula solgandi. Qandaydir ichki tuyg’u sabab xonadan chiqib oshxona tomon yurdi. Qaltiragancha chiroqni topib yoqdi. Atrof ravshanlashib vahima yaltirayotgan sovuq pichoqlar ham oddiy ko’rinib qoldi. Qiz bazo’r u yoq bu yoqga qarab hammasi joyidaligiga ishonch hosil qildi. Biroz tinchlanib o’ziga suv quyib qultillatib ichayotgan payt ko’zi odatda oziq ovqat saqlanadigan kichik omborxona eshiki ochiq turganiga tushdi. Ko’zlari bilan pastlar ekan. Uning to’liq yopilmay qolishiga sabab ko’rsatkich barmoq eshik orasida qisilib qolganida edi. Yelena ortga qadam tashlab titray boshladi. Beixtiyor qo’llari bilan pichoqni topib oldinga niqtagancha o’sha yerga yaqinlasha boshladi. Nima uchun qilayotganini bilmaydi lekin o’lgudek qo’rqayapti. Eshikni ochib qarasa qornidan pichoqlanib qonga belanib yotgan Yeinni ko’rdi. Uning ko’zlari yumilgan qon esa hamon tizzilab oqmoqda. Qiz qo’lidagi pichoqni tushirib yuborishidan atrofga taraqlagan ovoz yangradi. Ortiq shovqin chiqarmaslik uchun og’zini yopib yig’lay boshladi. Tizzalagancha dugonasining yoniga borar ekan, uning boshini quchib ho’ngray boshladi. Bo’yniga barmog’ini qo’yib juda sust urayotgan tomir urishini sezdi. “Senga hozir yordam beramiz” degancha o’rnidan turib yuqoriga yugurib ketdi. Ortidan esa kimdir kelayotgandek edi. U bor kuchi bilan yugurar, Yeinning hayoti soniya sayin tugab borayotganini his qilardi. Nihoyat Taening xonasi oldiga yetib kelib qattiq taqillata boshaldi” Taehyung iltimos eshikni oching” deb yolvorar ekan ortidan xavf yaqinlashib kelayotganini his qildi.

Qattiq shovqindan ko’zlarini uqalab chiqgan yigit Yelenani ko’rib hayron bo’ldi. Qiz esa unga yopishib .”Taehyung Yein… u o’lyapti pastdaaa, uni pichoqlashdi, o’tinaman unga yor dam bering” degancha yolvorib yig’lardi. Tae uni xonaga kirgazib ko’z yoshlarini artib tinchlantirdi. “Mayli hozir borib , tekshirib kelaman, sen faqat shu yerda qol. Bo’ptimi, men tekshirib kelaman” degancha chiqib ketdi. Yelena bir zum hayoliga qotil Taeni ham o’ldirsachi degan fikr kelib battar qo’rqib ketdi. Yoki u hozir kelib o’zini jonini olishi mumkinmi? Shu o’ylar uni ado qilayotgan bir paytda hotirjam kirib kelayotgan Taeni ko’rib batatr tutaqib ketdi.

- Yein, qotilni ko’rdingizmi, Yeinni shifoxonaga olib borishimiz kerak.

Tae indamasdan uni stulga o’tqazdi o’zi ham u borabar egilib sochidan silab tinchlantira boshladi.

-Yelena bugun hammamiz uchun og’ir kun bo’ldi, bilaman qattiq tashvishlangansan, charchagansan. Shu sabab ko’zingga har xil narsalar ko’rina boshlagan bo’lishi mumkin, men hozir borib tekshirdim hech kim hatto bir tomchi qon ham yo’q edi.
Ko’zlari katta katta ochilib ketgan qiz o’rnidan turib ketdi.

-Bu nima denganingiz axir o’z ko’zim bilan ko’rdimku, yuring o’zim ko’rsataman,menga ishoning hozir yordam bermasak o’lib qoladi.

Taehyung uni yelkazidan tutib yana joyiga o’tqazib dedi;

-Men omborxonani yaxshilab tekshirdim, u yerda Yein yo’q edi, menga ishon. Sen yomon tush ko’rgan bo’lishing mumkin, bu tabiiy hol. – u qizni bag’riga bosib yana tinchlantirish harakat qildi.-Hammasi yaxshi bo’ladi, men bunga yo’l qo’ymanman.- sochlaridan silab ovitdi.

Yelena bir zum harakatsiz qoldi va asta o’zini ortga torib Taehyungning ko’zlariga qarab dedi:

-Men sizga uni omborxonadaligini aytmagan edimku, Taehyung….
'

16-epni shunday joyida to'xtatmoqchi emas edimuu mayli tugadi. Qotilni avvaldan sezib yurgandingizlar to'g'ri lekin endi voqealar rivoji qiziqarli tus oladi, shuning uchun davomini o'qishni maslahat beraman. Agar reaksiya bilan to'ldirib tashlamasangizlar Yelena sog' qolmadi va'da!!! Fikr bildirganlarga doimgiday birinchi yangi qismni tashlab beraman.