"Sweet lie " 20-qism 1-sezon FINAL
Yomg’ir tinganiga allaqachon 1 soat bo’ldi, qiz pardoz qilayotib derazadan charaqlayotgan quyoshga qarab qo’yib tezroq lab bo’yog’ini surkashga harakat qiladi. Bejirim sumkani tanlab, yelkasiga ilgancha akasining yoniga shoshiladi. Uning tashqarini sayr qilish istagi ichiga sig’masdi.
Ammo bevaqt jiringlagan telefoni uni to’xtashga majbur qiladi. Qo’ng’iroqga javob berarkan Jungkookga xos bo’lmagan juda jiddiy va g’alati ovozni eshitdi.
-Bella pastga tush, senda gapim bor.
-Jungkook, nima sen bu yerga keldingmi? Nega?
Bir zum Jkning og’ir va chuqur nafas chiqarishi eshitildi va bu safar muloyimroq ohangda:
-Senda muhim gapim bor. 5 daqiqaga chiqa olasanmi?
Yelena “hozir…” dedi-yu xonasidan chiqib Yoonginng xonasiga mo’raladi. U yerda akasi telefonda muhim ish haqida gaplashayotganini ko’rib sekin ortiga qaytib, telefonga shivirladi-“hop, hozir tushaman lekin keyin tez ketasan”
U Yoongining ish bilan chalg’iganidan foydalanib,sezdirmasdan zinalar bo’ylab pastga tushib ketdi. Hovliga chiqganida uning mashinadan tushib kelayotganini ko’rdi. Jungkook jiddiy ko’rinsada g’irt mastligi yuzidan ma’lum edi.U biroz betartibroq va g’alati ko’rinardi.
Qiz qizarib ketgan ko’zlariga savol nazari bilan qarab turardi lekin undan kelayotgan alkogol hidi sabab burnini chiyirgancha “Uff nima balo aroqga cho’mildingmi?” deb nafas yo’lini yopganida Jungkook “ Bu yerda bo’lmaydi, men bilan mashinaga o’tir senga bir gap aytishim shart.” dediyu bilagidan ushlab mashinasi tomon olib keta boshladi.
-Nima? Qo’yib yubor axir 5 daqiqaga tushasan degandingku? -deya tipirchilab qarshilik qila boshladi.
-Tishshsh.. menga hali rahmat aytasan…qutqarganim uchun.Yelena..
-Nima?...
Jungkook Yelenani zo’rlik bilan mashinaning oldingi o’rindig’iga o’tkazib, o’zi ham haydovchi joyini egalladi.
-Jungkook menga nima bo’layotganini tushuntira olasanmi?
Yigit bo’lsa qoshlarini chimirib ro’lni mahkam siqqancha faqat oldinga qarardi va mashinani o’t oldirdi. Buni ko’rgan Yelena esa Jkning kurtkasidan tortiqlab “aqldan ozdingmi? Akam o’ldiradi seni” degancha qolaverdi. Mashina joyidan endi siljigan ham ediki, to’satdan balonning yorilishidan to’xtab qolib ichida o’tirgan yoshlarni siltab oldinga uloqtirdi. Jungkook, o’zini yo’qotib qo’ymasdan, mashinadan tushdi va eshik oldida hozirgina o’q uzilgan to’pponchani qaytib orqa kamariga joylayotgan Yoongi keskin yaqinlashib borardi. Yelena munkib ketganda oldiga qora daftar tushib qolganini sezib uni olib joyiga qo’ymoqchi bo’ldi. Ammo ustidagi bilinmas “bella” degan yozuv e’tiborini tortdi.U juda qo’rqib ketgan bo’lsada qiziquvchanligi ustun kelib kundalikni bildirmay so’mkasiga solib qo’ydi.
Bu orada tashqarida ikki yigit bir-birining yoqasidan olishga ulgurgan edi. Ularning ko’zidagi g’azab va nafrat qorishib zulmat kabi yutishga tayyordek.
- Bunga jur’at eta ko’rma Jungkook. Uni senga baribir bermayman! -dedi Yoongi tishlarini g’ichirlatib.
Jungkook esa yoqasini siqimlaganiga beparvo masxaralagandek qarab kuldi va:
- Unda qara, uni burning tagidan olib ketaman. Sen va o’sha himoya qilayotgan odamlaring hech nima qila olmaysiz.
-Heyy seni…
Yelena mashinadan tushdi va ularni ajratish uchun yugurdi. Ammo qanchalik harakat qilsa ham bir-birini mahkam yoqasidan olgan ikki erkakga kuchi yetmasdi.Ularning janjali va Yelenaning yolvorishlarini boshqa bir ayol ovozi buzguncha davom etdi.
“YIGITLAR!” bu qat’iy va asabiy ovoz tepadan aniqrog’i Yun xonimning xonasi tomondan eshitildi.
Uchalasi ham birdan yuqoriga qarashar ekan, Yun xonimning balkonda aravachada o’tirganini ko’rishdi.Uning norozi qiyofasi bilan yuz o’girib ichkariga aravasini haydab ketishi yaxshilik alomati emasdi.
Yoongi Jungkookni ortga itargancha yoqasini siltab qo’yib yubordi.
…birozdan so’ng
Yelena “ona”sining xonasi oldida kutib turar ekan, so’mkasidagi kundalik esiga tushib sekin varoqlay boshlashi bilan Jungkook ichkaridan chiqib keldi. Apil-tapil zo’rg’a yashirishga ulgurgan qiz uning e’tiborsizlik bilan yonidan o’tib ketishini ko’rib hayron bo’ldi. Jungkook shu bilan qo’rg’ondan eshikni qarsillatib yopgancha chiqib ketdi. Ichkarida hamon Yoongi va Yun xonim qolgan va ularning uzuq-yuluq ovozlari eshitila boshladi.
“demak siz qizingizni unga ishonib topshira olasiz…” …”u ma’suliyatsiz”…
“Yoongi juda qo’polsan” , “Nega o’ylamay ish qilyapsan” …. “men unga ishonmayman oyi”… “seni deb Bella yana jarohat olishi mumkin edi!”
………
… (jimlik)
Suhbat qiziq joyida uzilib qolgani uchun eshikka tiralib quloq solishga harakat qilayotgan qiz eshikning birdan ochilib ketdi. Yoongining g’azabdan qizarib ketgan yuzi bilan to’qnash kelib qolgan Yelena o’zini keskin ortga olib nima deb bahona qilishni bilmay qoldi. Ammo Yoongi ham bir og’iz gapirmasdan bu yerni tark etdi. Uning ortidan qarab qolgan qizini chaqirgan xonim aravasini stol yoniga haydab suv ichish bilan birga o’zini tinchlantirmoqchi bo’ldi. Yelena buni payqab yugurib onasiga suv quyib berdi.Toki stakan bo’shaguncha onasiga qarab mo’ltirab turdida , asta yoniga tiz cho’kib tizzasiga bosh qo’yib quchoqladi. Buni ko’rgan Yun xonim qizining boshini silab “qo’rqib ketgandirsan, senga hech narsa qilmadimi?” dedi. Yelena bo’lsa unga qarab yo’q degancha boshini chayqadida ichini kemirayotgan savolni berdi:
-Ona.. nega siz Jungkook bilan birga bo’lishimni xohlaysiz, lekin akam qarshi. Xattoki undan nafratlanadigandek tuyiladi.
- Senchi xohlamaysanmi?
-Men bilmayman to’g’risi, hech narsani his qilmayman, hech narsani eslamayman unga nisbatan.-dedi lablarini burib.
Yun xonim kulib uning yanoqlarini siladi.
-Men sevishganlar nima bo’lgan taqdirda ham oxir oqibat birga bo’lishi kerakligiga ishonaman, garchi qancha xiyonat va dilxiralik, kelishmovchilik bo’lgan bo’lsa ham… sen sevganingga erishishga loyiqsan, qizim. Boshida sen azob chekding, endi esa u qiynalyapti. Bilasanmi men ham seni xafa qilgani uchun uni yomon ko’rib qolgandim. Ammo aniq eslayman, sen o’lgan deb dafn qilinganingda, u qabring yonidan ikki kun ketmadi. Uni qayta-qayta uyga olib ketishga harakat qilishdi, ammo u ketmadi. Nega bunday qilayotganini so’rashganda: 'Bella mendan boshqa hech kim bilan yashay olmaydi. Yolg‘iz... u buni uddalay olmaydi. Men uning yonida qolaman,' dedi.”
U buni chin dildan aytdi.
U qabr yonida o‘tirgan edi — go‘yoki sen uni hali ham eshitayotgandek.
U hech nima yemadi. Deyarli gapirmasdi.
Faqat pichirlab bir nimalar aytib turdi — yolg’iz sen tushunadigan so‘zlarni.
Balki u shunday o‘ylagandir:
"Agar u mening ovozimni yetarlicha eshitsa, sovuq va jim tuproq ostida bu qadar qo‘rqmasdi."
Ikkinchi kechasi, kimdir uni shivir-shivir yig‘layotganini ko‘ribdi. Bir qo‘lini qabr tuprog‘iga qo‘ygan holda — xuddi bu sening qo‘li kabi.
U shunday debdi:
"U kechasi yolg‘iz qolishdan har doim qo‘rqardi. Men uni bu yerda yolg‘iz qoldirolmayman... hali emas."
Otasi uni o’zi bilan olib ketmoqchi bo‘ldi.
U qarshilik qilmadi.
Faqat otasiga qaradi — ko‘zlari bo‘sh ham edi, to‘lib turgan ham.
Va men shuni tushunib yetdimki- u sevgini anglab yetishda juda kech qolgandi.
Bu gaplarni eshitib Yelenaning yuragi ezilib ketdi. Yosh yiltillagan ko’zlarini onasiga tikkanida onasi uni yupatib:
-Ammo taqdir seni bizga qaytarib berib yana bir imkon berdi. Sen Jungkookdan xafa bo’lma. Qara u shunchaki o’z tuyg’ularini tushunmagan yosh yigitcha bo’lgan. Hozir qarshingda sen uchun kurashadigan Jungkook turibdi. Sen unga imkon berishing kerak.
Yelena bosh irg’ab hop dedi-da xonasiga chiqib ketdi. Oyoqlarini chalishtirgancha o’tirib uzoq o’yladida qo’liga telefonni olib xabarlar ro’yhatiga kirdi “Kel ertaga tushlik qilamiz” deb yozib ekranga qarab qotib qoldi. Darhol berilgan javobdan yuragi g’alati gupurlab ketdi. –“Hop”.
Yo’q bu odatiy hislar sabab emas, negadir yuragi g’ash bo’lgandi.Balki bunga sabab yana akasidan qanday ruxsat olishni bilmayotganidir? Kafti bilan yuzini berkitib chuqur xo’rsindi va o’zini yotoqqa tashlar ekan, ortidagi so’mka tiralib qoldi va bu uni kundalikni eslashiga turtki bo’ldi.
“Qani ko’raylikchi,Jeon janoblari bu nima ekan?”…
Bir necha soatlardan keyin---------------------------------------------------
Xizmatchilar uchun ajratilgan xonada 6 kishi uxlamoqda. Bittasi og'zi ochiq qolgani uchun xurrak otayotgan ayol bo'lsa , bittasi sovuqdan oyoq -qo'llarini yig'ib olgan. Ustidagi ko'rpa yupqalik qilayotgan aftidan ikkita dugona bir-birini quchib uxlab qolgan. Qorong'u xonani burchakdagi yonayotgan shamchiroq sarg'ish yoritadi. Uning nuri 5 yashar bolasini quchib yotgan onaning orqasiga tushib devorga ulkan soya beradi. Ona-bola xali uxlashmagan, xonadagi xurrak ovoziga bolaning piqqilab yig'layotgan ovozi jo'r bo'ladi. Jozibali shu bilan birga ma'sum yuzli ona o'g'lini yupatish uchun bag'riga olib, boshidan silaydi. Yoqimtoy va ko'zlari yoshdan qizargan bolakay xo'rsinib-xo'rsinib onasidan so'raydi:
-Oyi... ming dollar juda ko'pmi?
-Ko'p..-shivirlaydi ona.
- U bilan bolalar do'kondan o'yinchoq sotib olishlari mumkinmi? Siz menga shuncha pul to'larmidingiz? dedi ko'zlarini pirpiratib bolalarga xos shirin ovozda.
- Ha berardim.
- Unda menga shuncha berib turing,men esa katta bo'lsam sizga qimmatbaho taqinchoq olib beraman.
- Tentakkinam o'zimni, menga hech qanday qimmatbaho taqinchoq kerak emas. Faqat sen keraksan. Mening yagona boyligimsan-deb og'lining yonag'idan chimchilab kulib qo'ydi.
Bolakayning esa ko'zidan hali yosh arimasdi.Yig’idan nafasi tiqilardi. Onasi uning mungli ko'zlaridagi yoshlarni barmoqlari bilan artib qo'yarkan xavotir bilan so'raydi:
-Seokjin, seni qattiq xafa qilishdimi yoki biror joying og'riyaptimi?
O'g'li ayolning bag'riga yanada suqlanib kirar ekan, ojiz ovozi yangradi:
-Mening ularnikidek o'yinchoqim yo'qligi uchun ustimdan kulishdi...yana katta xo'jayin kelib bolalari bilan o'ynaganim uchun menga baqirdi. U meni yomon ko'radi oyi!
Onaning bog'ziga achchiq narsa tiqildi. O'zining yuzidan ham ikki qator yosh oqib o'tdi.
-Kechir og'lim... kechir... senga yaxshiroq hayotni bera olmayotganim uchun.
-Oyijon, men katta bo'lsam shuncha pul topaman-dedb qo'llarini keng yoyib ko'rsatdi.- keyin siz ishlamaysiz, hech kimdan gap eshitmaymiz. O'zimizni uyimiz bo'ladi.
Ayol o’g’lini mahkamroq quchdi, uni yuz ko’zlaridan o’pib qo’ydi.
Telefonning jiringlagan shovqini Seokjinni og’ir tushdan uyg’otib yubordi. Uning peshonasini butkul ter tomchilari qoplagan, chuqur-chuqur nafas olib olis o’tmishning sog’inchli va shu bilan birga og’riqli xotiralaridan chiqishga harakat qilardi.
Hanuz jiringlayotgan telefonga qarab norozi ming’irladi. “shunchalik ham qaysar qiz bo’ladimi?” . Jin telefonida “Yein” nomi bilan kelgan qo’ng’iroqni qizil tugmachani surib qo’yib qo’ydi. Yuvinish xonasiga kirib oqarib ketgan yuzini muzdek suv bilan yuvdi. Rakvinaning chetini ikki qo’li bilan ushlagancha oynadagi aksiga qarab turar ekan, xafsalasiz yuzidan oqayotgan tomchilarni kuzatib jim qoldi.
Uning xonasini yana qo’ng’iroq ovozi tutdi. Jin bu safar asabiylik bilan telefonini qo’lga oldi , ammo bu boshqa odam-Suga ekanligini bilgach javob berishga majbur bo’ldi.
-Jin qayerdasan,ofisda yordaming kerak.
-Uyda dam olayotgandim. Hozir boraman yoningga.-deb gapni qisqa qilib qo’ng’iroqni yakunladi.
Qo’rg’ondan chiqib ketar ekan,birdan to’xtab orqasiga 5-qavatga beixtiyor o’girilib qaradi.Sezganidek, yuqoridagi balkonda Taehyung tirnoqlarini tishlagancha o’tkir nigohlarini qosh tagidan Jinga qadab turardi. Seokjinning ichidan nimadir o’tdiyu, shoshilinch qilingan qo’ng’iroq uni ortga qaytish fikridan qaytardi.
O’ziga xos qora va kulrang ranglar uyg’unligi bilan bezatilgan kompaniya. Unga kirishning o’zi qo’rquv solib turadi. Bunga sabab eshik oldidan boshlab, boshliq kabinetigacha bo’lgan masafoda qo’riqchilarning turishi bo’libgina qolmay, bu yerda odamlar yuzidagi ifoda ham sovuq va ularni birlashtirib turuvchi qandaydir xiralik bor edi. Har bir xodim, har bir ishchi bitta inson tanlovi asosida ishga olingan. Bu ham bo’lsa kichik janob Park. U juda kelishgan yigit va hammaga namuna bo’la oladigan og’il deb e’tirof etilsada, ayyorona jilmayish va kibrga to’la siren ko’zlar sohibi Park Jiminni yaqindan taniydiganlar u bilan o’ynashmaslikni afzal ko’rishadi. Hozir ham kompaniya suv quygandek jimjit. Hech kim ortiqcha tovush chiqarmaydi go’yo taqiqlangandek. Huddi mexanizmlashtirilgandek hamma o’z ishini bilib qiladi.
Kompaniyaga kirib kelayotgan “kutilmagan mehmonlar” sabab menejerlar tipirchilab qolishdi. Hech kimga murojaat qilmasdan to’g’ri CEO xonasiga ko’tarilayotgan yigitlar, o’ziga qaratilgan nigohlarga ahamiyat berishmaydi. Uning jiddiyligi hotirjamligi atrofdagilarni bezovta qilayotgandek edi go’yo. Shu onda
Suga va Jin nihoyat boshliq xonasiga yetib kelganda kotiba jilmaygancha ularni qarshi oldi va biroz kutib turishlari kerakligini ma’lum qildi. Yigitlar kompaniya uchun otni qashqasidek tanish bo’lgani sababli kimliklarini so’rab o’tirmadi.
( Shu joyini qisqartirib yozib ketaman, bo’lmasa yana bir hafta cho’zilib ketadi)
Jin bilan Suga Jiminning oldiga u ko’p yillardan beri qo’lga kiritishni xohlayotgan shartnomani o’zlari qo’lga kiritganliklarini, u qo’ygan sotqinlar bizda ham bor degandek aytishadi. Jimin shuncha yillik mehnati bir tiyn bo’lganidan quturib ketadi. Suga uni ustidan kulib ketayotganida Sugani nafsoniyatiga tegadigan gap aytadi. Buni ko’tara olmagan Suga uni do’pposlab ketadi. Jimin ularga shu ishing uchun seni o’ldiraman deb tahdid qilib qoladi.
Jin yangi hamkorlar bilan uchrshuvga tayyorgarlik ko’rar ekan, ortidan tanish ovozni eshitib hayron qoldi.
-Seokjin! Mana qayerda ekansiz.
-Bella? Bu yerda nima qilyapsan? Seni bu ofisga kim olib keldi?
-Hmm meni mehribon akam -dedi kulib
-Ammo Yoongi men bilan ediku, shoshma…
-Bella faqat Yoongini singlisi deb o’ylaysanmi Jin?-degancha ularning qarshisida Taehyung paydo bo’ldi.
Seokjin nimadir demoqchi bo’ldi ammo Taehyung uni kutib o’tirmadi. Yelkasiga qoqib qo’yib, ayyorona jilmaygancha o’z ishlaydigan kabinetiga ketdi.
Jin Yelenaga savol nazari bilan qayta qaradi. Ammo qizning ma’noli ko’zlarini katta-katta ochib pirpiratib turganini ko’rib battar shubhalandi.
-Nimadir xohlayapsan, y..Bella!? Qani ayt nimaga kelding?
Qiz esa javob berishga shoshilmasdan, Jinning kostyumidan go’yo g’ubordan tozalagandek qoqib qo’yish mobaynida o’zini go’likka solib dedi:
-Nima ham xohlardim, Seokjin. Shunchaki uyda zerikib sizlarni ko’rgani keldim. Uydan chiqishga ruxsat bermadingiz, shuning uchun bir o’zim kelmay akam bilan keldim.
- Maqsading faqat shumi?-yuzidan ma’no uqishga harakat qilib so’radi Jin.
-Mmm..balki..
-Bella?
-Menga ruxsat kerak. Jungkook bilan uchrashuvga chiqmoqchiman.
-Nima aqldan ozdingmi?
-Yo’q albatta , axir kap-katta qiz bo’lsam.Onam ham Taehyung akam ham qarshimas bunga.
-Unda nega ruxsat so’ramoqchisan, kimdan Sugadanmi?
- Axir Seokjin , oxirgi marta anglashilmovchilik bo’lgani sabab, bu yana takrorlanishini xohlamayman. To’g’risi akam bilan Jungkook yarashib olishi kerak deb o’ylayapman.
-Bella shunchaki yashab berolmaysanmi-a? Hech narsaga aralashmasdan, hech narsani o’ylamasdan-dedi Jin qo’lini beliga tiragancha kuyunib gapirib. O’sha Jungkook bilan ko’rishma tamom! Hamma baxtli.
- Uff Jin sendan maslahat so’ramayapman, yordaming kerak. Yoongi akamni ko’ndirishga.. -dedi oxirgi so’zlarini yalingansimon.
-Nimaaa!? Hech qachon! -dedi qo’llarini ko’ksiga chalishtirgancha Jin.-Umuman buni iloji yo’q. Yoongi o’lsa ham rozi bo’lmaydi. Sen uyga qaytsang yaxshi bo’lardi.
Yelena arazlagancha qoshlarini chimirib, yuzini burdi. Ammo miyasiga kelgan g’oya sababli, yana unga o’girilib:
Jin ham bo’sh kelmasdan ensasini qotirdi:
-Ko’rsat!
-Unda qarab tur-dedi-yu Yoongining xonasini atrofda o’tib ketayotgan xodimdan so’rab olayotganida Jinning “senga rahmim kelgani uchun gap eshitib chiqganingdan keyin uyga tashlab qo’yaman.”- deb masxaralaganini eshitdi ammo yo’lida davom etdi.
Mana o’sha eshikni topib keldi,uni taqillatishdan oldin biroz ikkilanib qoldi.Jahli chiqib urushib bersa nima bo’ladi? Har nima tavakkal ham kerak degancha ichkariga kirdi.
Ichkarida boshi bilan hujjatlarga sho’ng’igan yigitning ulkan gavdasi ko’rindi. Eshik taqillashiga javoban kiring dedi-yu ammo boshini ko’tarib qaramadi.
Asablari tarang ikki qosh o’rtasiga kelgan Yoongi ichkariga kirib hanuzgacha indamay turgan odamdan g’ashi kelib qarashga majbur bo’ldi. Ammo uni ko’rgan manzarasi kayfiyatini o’zgaritirib qo’ydi. Oldida Yelena jilmayib qarab turar edi.
-Sen..bu yerda…
-Ha aka sizni ko’rgani keldim.-deb uning qarshisidagi divanga joylashib oldi.
- …..
- Nega hayron bo’lasiz? Yonizga kelishim mumkinmasmi? Yoki halaqit beryapmanmi?
- shunchaki bu uchun kimni kallasini olishni o’ylayapman. Birgina odamni eplab qo’riqlay olishmagan!-dedi jiddiy kreslosiga suyanib Yoongi.
-Aka hech kimni jazolash kerakmas. Men o’zim qochib chiqganim yo’q. Taehyung akamni ko’ndirdim, ular meni ofisga olib keldi.
-Taehyung?-deya nigohi o’tkirlashib oldinga qalqidi Yoongi.
-Haa Tae akam-dedi g’ururlanib.
Qiz ammalab suhbatni kerakli nuqtaga bura olganidan xursand bo’lib gapida davom etdi.
-Aka meni yaxshi ko’rasizmi?
Yoongi kutilmagan savoldan yalt etib qizga qaradi. Yelena esa jiddiy nigoh bilan undan javob kutardi. U birdan qizib ketganini his qildi.Tomoqini qirib, ko’zlarini olib qochdi va sekin deraza oldiga borib turib qoldi.
-Akaaa?!
-Nima?
-Meni yaxshi ko’rasizmi deb so’radim-dedi qat’iy ohangda qiz.
-….
Endi qiz ham deraza tomon yaqinlashdi. Yoongi unga ort o’girilib xuddi oynadan tashqarini kuzatayotgandek turibdi.
Yelena javob ololmagach dona-dona qilib so’zlay boshladi:
-Taehyung akamning aytishi bo’yicha odam yaxshi ko’rgan insoni uchun hamma narsaga rozi bo’ladi. Shuning uchun meni bu yerga olib keldi.
-Demak mendan nimanidir so’ramoqchisan?-hanuz qimir etmasdan so’radi Yoongi.
-Xullas bugun Jungkook bilan uchrashuvga chiqmoqchiman, lekin sizdan ruxsat olmasdan borishga ko’nglim bo’lmayapti. Ruxsat beriiing..
Yoongi javob bermadi. Shunchaki qandaydir ma’no uqish qiyin bo’lgan ko’zlari bilan unga qaradi.
-Meni yaxshi ko’rmaysizmi? -deb ma’sum jilmaydi qiz.
Yigit boshini chayqab yo’q ishorasini qildi.Qizning qoshlari ko’tarilib, u ham “yo’qmi” degandek qo’shilib boshini chayqadi.Endi Yelena ham bo’sh kelmay, battar uning nigohini ushlab olib, boshini yon tomonga eggancha so’rashda davom etdi.
-Xattoki erkaligim hammi?
Suga yuzidagi kulguni yashirishga urinib dedi:
-Menga qiliqlaring yoqadi.
-Mening sochlarimchi? Ular juda qo’ng’ir rangdami?
- Yo’q menga shunday sochlar yoqadi.
-Unda….hm…Ko’ylagimchi, u sizga ma’qul bo’lmadimi?
-Ko’ylaging juda bejirim-dedi Yoongi miriqib kulib.
-Ovozim ham…
-Menga yoqadi.-deya ta’kidladi yigit.
Yelena bir necha soniya jim qarab turdida:
-Unda nega yaxshi ko’rmayman deysiz?
Yoongi og’ir tin oldi va:
-Chunki sen so’ramoqchi bo’lgan narsaga ruxsat bermoqchimasman.
-Aka.. nega bunchalik Jungkookdan rashk qilasiz. To’g’ri aka singlini yigitlardan rashk qilishi tabiiy hol. Lekin Taehyung akam ham onam ham menga ishonganda siz yo’q deyaverasiz. Menga shunchalik ishonmaysizmi yoki o’zimni xafa qildirib qo’yishimdan xavotir olayotgan bo’lsangiz…
Yoongi uning bidirlab aytayotgan gaplarini eshitmasdi. Faqat unga qarab hayol surayotgandi.” Ba’zida o’ylanib qolaman, qanday qilib boshqalar men senda ko’rayotgan narsalarimni ko’rishmayotganini tushunmayman…ba’zan senga qaraganimda senda yashiringan butun borliq go’zalligini qanday qilib boshqalar sezishmaydi deb shubhalanaman.Yoki bilishadimi? Bu undan ham og’riqli.Men odatda odamlarni tashqi ko’rinishiga e’tibor qilmayman.Muhimi shaxsiyati deb o’ylayman. Ammo jin ursin sening ko’zlaring va jilmayishing meni soniyalar ichida eritib yuboradi.”
Yoongi shu qadar o’yga cho’mib ketganidan keyingi hayolidagi narsalarni hayotga chiqarganini sezmay qoldi. U qizning yanoqlaridan beozor ushlab o’ziga yaqinlashtirdi va qizning kattalashib ketgan ko’zlariga chuqur boqib, og’riqli ammo baland ovozda dedi:
-Seni o'zimdan ham, ko'zlarimdan ham qizg'onaman, Sendan ham zamoningdan ham , makoningdan ham.Agar seni ko'zimda qiyomat kunigacha asrasam ham, bu menga yetarli bo'lmaydi.
Qiz nafas olishni unutdi. Eshitganlari o’tayotgan har bir soniya ichida yuragidagi g’alati bo’ronni alangalatib, oyoq-qo’lini madorini olib qo’ydi. Birdan miyasi muzlab qolgandek go’yo.
Yoongi uning holatini tushunib biroz o’zini ortga olib hazllashgandek kulib dedi:
-Men o’zimni kuchli deb o’ylardim, ammo senga kelganda zaifligimni sezaman. Mayli , u bilan ko’rishishing mumkin.
Ammo unga javoban qiz kulmadi. Aksincha hech narsa demasdan chiqib ketdi. Eshikdan chiqishi bilan telefonda gaplashib kelayotgan Jinga ko’zi tushdi. Jin Yelenani payqashi bilan go’shakni qo’yib, uning ustidan kulishni boshladi:
-Haaa suvga tushgan mushukday bo’lib qolibsanku. Ruxsat ololmagan ekansan meni kutib tur . Ishlarimni bitkazib uyga tashlab qo’yaman.
Yelena uning gaplaridan o’ziga kelib,qoshlari chimirildi. Ammo u ham qolishmay “ Sen ovvora bo’lishingga hojat yo’q, Jungkookning o’zi olib ketadi.” -dediyu yoyilgan sochlarini ataylab Seokjinning yuzini nishonga olib silkitdi.
Yuziga urulgan soch tutamlaridan ham ko’ra uning gapidan jahli chiqqan Jin Yoongining xonasiga bostirib kirdi.
-Sen aqldon ozib qolmadingmi nega unga ruxsat berding.Umuman seni tushunmay qoldim.
Yoongi hamon deraza oldida , qo’llarini orqasiga qilib turardi.Jinning gapidan keyin o’girilib hotirjam ovozda:
- O’zingni bos . Bu og’riqli lekin hammasi joyida. Biz hech kimni o’zimiz sevganimizdek ularni ham sevdirishga majbur qilolmaymiz.
- Axir ikkingiz orangizdagi munosabat…
-Munosabat?!-deb qayrildi Jinga, uning yuzida g’alati tabassum haligacha bor edi.
-yo’q biz hech qachon munosabatda bo’lmaganmiz. Bu shunchaki… -Suga to’xtab bir nuqtaga tikilib qoldi. Endi unda tabassum emas, o’ychanlik ifodasi bor.- Men shunchaki sevmaslik qo’limdan kelmaydigan insonimni sevaman va u bilan birga ham bo’la olmayman. Bu meni ichkaridan yemiryapti. Birga bo’lishimizni xohlayman, ammo qilolmayman.Shunga qaramay xohlayman…men haqiqatdan ham…xohlayman.-uning oxorgi so’zlari alamli yangradi.
Jin hozir nima deyishni ham bilmasdi. U do’stiga juda achinoytagandi, Sugani bunday adolatsizlikka uchrayotganidan battar jahli chiqdi. Qo’llarini musht qilib tugib, xafsalasi pir bo’lgan ovozda yerga qarab:
-Bu qiz qaytadan o’lib tirilsa ham seni sevib qolmaydiganga o’xshaydi. Jin ursin seni Suga, qani edi uni olib uzoqlarga ketib qolsang.
Yoongi kreslosiga yaqinlashib unga bir qo’li bilan suyangancha orqa o’girdi. Og’ir sukunatdan so’ng dedi:
-Nima eng yomoni bilasanmi? Real fikrlaydigan ong va hislarga to’la qalb bir tanada bo’lishi. Bu odatda yaxshilik bilan tugamaydi. Biz kinoda emas real hayotda yashaymiz. Shuning uchun ham eng qiyin narsa bu sevgi. Sening zimmangda boshqa ma’suliyatlar ham bo’ladi.
-Aytgancha Taehyungni nima qilamiz?
- Uni ishini hal qilib bo’ldik. Orqaga qaytish yo’q Taehyungni chet elda davolatishimiz kerak. Onam qarshi bo’lsa ham.
-Bu uchun ham baloga qolib ketmasang bo’ldi….
Kompaniya oldida turgan qora BMW yon-atrofga qaramasdan yerga qarab o’ychan chiqib kelayotgan qizni ko’rishi bilan signal chaldi. Cho’chib ketib real hayotga qaytgan Yelena mashina oynasi tushirilmasidan tanidi- bu Jungkook.
-Salom yaxshi qiz aylantirib kelaymi? -dedi Jungkook qiz tomondagi eshikka biroz engashib tirjaygancha.
Yelena hayollarini quvishga urinib, chuqur nafas olib chiqardida, mashinaning oldiga joylashdi. Ammo yana ongini egallab olgan chalkash tuyg’ularga taslim bo’lib , o’yga toldi. U bezovtalanib barmoqlarini qayirar, goh tirnoqlarini tishlab, goh sochlarini asabiy to’g’rilab qo’yardi.
Jungkook ham uning g’alati bo’lib qolganini hattoki bir og’iz savoliga javob bermayotganidan asabiylasha boshladi. Umuman olganda yigitning ham kayfiyati yaxshi emas edi. Shuning uchun diqqati oshib yonidan sigaret chiqarib o’t oldirdi. O’pkasiga kirgan nikotin biroz bo’lsa ham tinchlantira boshladi. Ko’p o’tmasdan yonidagi qiz yo’talib ko’zlari achishgancha noliyotganini eshitdi.
-Nega chekayapsan?-uning ko’zlari allaqachon tutundan yoshlangandi.
-Bu shunchaki labim va qo'llarimni band qilib turish uchun odat.-dedi oldindan ko’zini uzmay, bir qo’li bilan rulni boshqarib borar ekan.
-Hech shu odatingni tashlashni o'ylab ko'rmaganmisan?
-Agar o'zing band qilaman desang bugunoq to'xtatishim mumkin, babygirl!-deya ko’z qiri bilan qizni g’ashiga tegar darajada suzilib.
Qiz u aytgan gapning ma’nosini anglashi bilan kaftini peshonasiga tirab boshini egib afsus bilan “e xudoyim qaysi gunohim uchun?” deya pichirladi.
-Hop deyapsanmi, yaxshi eshitilmadi?-ovozini balandlatdi Jk.
-Oynani och ko’nglim aynib ketdi hididan deyman.-deb qo’pol ohangda.
Mashina oynasi pastga tushirilishi bilan yuziga urilgan salqin havodan tetiklashgan qiz baribir ichidagi g’alayonni bostira olmadi. Onasi bilan bo’lgan suhbatdan keyin Jkga rahmi kelgan va unga imkoniyat berishga qaror qilgan bo’lsa, kundalikni o’qib chiqib fikrini o’zgartirgandi. Bugungi uchrashuv aslida hammasini to’xtatish uchun reja qilingan bo’lsada, ammo so’nggi bo’lgan voqea ko’z o’ngidan ketmay qoldi. Nimadir ichidan qattiq og’riq bera boshladi. Bu qo’rqinchli va vijdonini qiynaydigan narsadan qochishni istardi. Qochish uchun esa Jk bor edi xalos. Endi umuman nima qilishini bilmayapti. G’alamiz hayollar olib borayotgan shubhaga yo’l qo’ymaslik uchun Jungkookga imkoniyat berishni ham o’ylab qoldi. Afsuski bu ham oson emas. Barchasi murakkabdek ko’rinyapti, umuman chalkash.
Jungkook biron marta ham chehrasi ochilmagan qizga qarab dedi:
- Nima bo’ldi sevgilim, o’zing taklif qilgan uchrashuvdan o’zing norozideksan?
-Ba’zida o’ylab qolaman, nega senga miya kerak bo’lgan joyda yuragimni berganman deb.- ko’zlarini o’qraytirib qarab
-Juda kulguli Bella…nima desang ham sen yuragimda…
-Iltimos yuragimdasan dema, menga odamlar gavjum joylar yoqmaydi.-dedi qiz ensasini qotirib.
- Nima bo’ldi endi meni sevmaysanmi, babe?-dedi kalaka qilgandek.
- Balki nafratlana boshlayotgandirman ham?!- Yelena asabiylikdan ichidagi gaplari chiqib ketganini bilmay qoldi. Ammo endi baribir. U bilan bo’lsa tilini tiyolmasligi aniq edi.
Jungkook uni gapini juda oddiy qabul qilib hotirjamlikni saqlagan holda mashina haydashda davom etdi:
-Men sevgidan ham ko’proq nafratga ishonaman. Chunki nafratning soxtasi bo’lmaydi. Nafratlansang ham sevsang ham menga farqi yo’q. Sevsang har doim
yuragingda, nafratlansang doim hayolingda bo’laman. Yaxshiku , to’g’rimi?
- Seni eslamasligim mening eng katta baxtim aslida bilasanmi? Qani hech qachon eslamasam.
- Agar meni hayolingdan chiqarib tashlashni xohlasang, boshingni chopib tashla. Senga mensiz miyani nima keragi bor, babe?-deb kulgancha qizni boshidan silab sochini to’zg’itib qo’ydi. - O’zingni befarqdek tutishni bas qil, Bella.
Yelena esa gaplari jiddiy qabul qilinmayotganidan battar tutaqib ketdi.
-Odamlar to'satdan senga befarq bo'lib qolishmaydi.
Ularning ko'zlaridagi qiymatni yo'qotganing uchun unutilasan.
Inson miyasi shunday ishlaydi, Jeon Jungkook!
- Sen miyyangni ishlatmasang ham bo’laveradi shunchaki menga qo’yib ber, hammasini o’zim hal qilaman.
Qiz bir nima deb uzib olgisi keldiyu, lablarini tishladi. U bilan bunday gap talashib yutish amrimahol axir. Yana yuzini yon oynaga burdida tirnog’ini tishlashni boshladi. Biroz sukutdan so’ng past ovozda dedi:
-Seni bag'rimga bosgim keladi lekin jirkanaman , seni ko'rgim keladi lekin or qilaman. Sen bilan gaplashgim keladi ammo nafratlanaman. Mana xiyonatning azobi qanday.
Jungkook bu so’zlarni tanidi. Bellaning kundaligida yozilgan bu so’zlar uning dardini qo’zib yuborgandek bo’ldi. Birdan tormoz berib mashinani to’xtatdi. Indamadi, qayrilib yonidagi qizga ham qaramadi. Shunchaki jim qoldi.U ichidan qanchalik parchalanib ketganini bildirmasdi. Yelena unga qarab qat’iyat va shu bilan birga afsus bilan dedi:
- Jungkook,kundaligimni o'qib tushundimki, men sen hech qachon bo'lmagan insonga oshiq bo'lib kelganman. Bu...sen kim bilandir munosabatda bo'lganingda o'sha insonda katta salohiyatni ko'rishing, yuragiga juda chuqur bog'lanishing, kim bo'lishi mumkinligini bilishing degani.
Lekin u — bolalikdagi jarohatlari, tuzalmagan ruhiy og‘riqlari sabab — o‘zini to‘liq ochib bera olmaydi. Shunday qilib, sen u bir kun kelib qanday inson bo'lishi mumkinligiga oshiq bo'lib qolasan. Yoki hammasini ortda qoldirib ketishing mumkin.
Bu esa bir tavakkal — chunki sen hayoting va vaqtingni biror kishining ulg‘ayib, o‘zligini topishini kutib sarflashing kerak bo’ladi. Bu esa balki hech qachon sodir bo‘lmasligi mumkin.
Lekin menimcha, ko‘pchilik shunday qiladi.— biz haqiqat emas, balki insonning salohiyatiga oshiq bo‘lamiz.
Men seni o'zgarishingni kutib yashaganman, sen bo'lsang mening e'tiborim va mehrimdan foydalangansan. Boshqa qizlar kabi.
Qizarib ketgan yuz va bo’rtib chiqqan bo’yin tomirlar, rulni asabiy siqqan qo’llarga qarab yigitni portlashga tayyor vulqonga o’xshatish mumkin edi.
U birdan qizning bilagidan ushlab qahr to’la ko’zlari bilan tahdid qildi:
-Bu bilan meni tashlab ketaman demoqchimisan, balki xiyonat ham qilarsan?
Qiz qo’lini siltab tortib olib, alam bilan baqirdi.
- Sodiqman, ammo senga muhtojligimdan emas, bu men bo‘lganim uchun.
Yelena arazlab mashinadan tushib ketdi. Jk rulga 1-2 musht tushirib:”Jin ursin” dediyu qizning ortida tushdi. U qayerga ketayotganini bilmasdi, aksiga olib yo’lda ham biror mashina ko’rinmaydi.
Jungkook qizga yetib olib, yelkasidan ushlab o’ziga to’g’riladi.Unga ichidagi bor g’azabini to’kib solishni xohlardi, ammo tiliga chiqqan so’zlar shu bo’ldi:
-Odamlar senga sevaman deb aytishadi. Lekin buning ma'nosi nima ekanligini bilasanmi o’zi? Ular seni yaxshi ko'rishlarida his qiladigan o'z hissiyotlarni sevishadi, yoki sendan nimadir oladiganlarini! Ahmoqona tuyg’ularni ilohiylashtirishni bas qil. Oddiy narsani qiyinlashtiryapsan.Bu dunyoda sevgidan ham ko’ra tirik qolish, yaqinlaring borligi va sinib ketmaslik muhim. Hayoting qanchalik qil ustida turganini tasavvur ham qilolmaysan.-Jungkook shunday deya qizni silkitib gapirardi. Yelena bo’lsa nafas olmay ko’zlariga yosh to’lgancha eshitib turibdi.- To’g’ri men iflos odamman. Hammadan foydalanaman. Sevishga arzimayman.-Jk boshini quyi solib uning yelkasidan ushlagancha jimib qoldi.Keyin qizil qon-tomirlari qizarib bo’rtib ketgan ko’zlarini qayta unga tikib, og’riq bilan dedi:
-Baxtga qarshi, men senga kerakman…va sen ham menga keraksan.
Qizning lablari titrar, bo’g’ziga tiqilgan nimadir nafas olishga qo’ymasdi. U yigitning gaplari haq ekanligini sezsada inkor qilishda davom etdi.
-Yo’q unday emas.
-Ha shunday. -dedi Jungkook baland ovozda.
-Yo’q undaymas!-yig’idan zo’rg’a o’zini tiyib.
- Huddi shunday- qat’iy takidladi yigit.
- Bunday gapirishni bas qil- deb shivirlagancha tan olishni xohlamasdan ko’zidan yosh chiqib ketmasligi uchun qorachiqini u yoq bu yoqqa yurgazgancha qiz.
- Senga g’amxo’rlik qiladigan odam kerak.
-Yo’q menga kerakmas…
-Hammaga kerak- uqtirishdan to’xtamasdi Jk.
Qiz ortiq o’zini to’xtatib turolmadi. Yanoqlaridan oqqan yosh , ho’ngrab yubormasligi uchun qisilgan tishlariga yetmasdan labida qoldi. Endi uning butun badani titrardi. Uni chorasiz qoldirayotgan shubha va Jungkookning gaplari ezib borardi.Afsuski ichidagilarni unga tushuntira olmaydi.Xatto o’zi ham anglashga qo’rqqan narsasini qanday ayta olsin bechora. Yigitning yonib turgan ko’ziga dosh berolmay yig’i ovozi aralash dedi:
- Sen menga o’ylaganingdan ham ko’ra ko’proq keraksan.
-Hammasi joyida- tinchlantirmoqchi bo’ldi Jungkook.
- Yo’q joyida emas!-deya baqirdi qiz- Bunday chalkashlik bo’lmasligi kerak edi.-alam bilan yig’lashda davom etdi. Burni tortgancha pastga boshini egdi va o’zini yomon his qila boshlagani sabab yakun yasashga qaror qildi.- Men ketishim kerak.
-Mayli uyingga olib borib qo’yaman…
-Yo’q o’zim ketaman-dediyu duch kelgan mashinaga qo’lini cho’zib to’xtatdi. Baxtiga taksi ekan, yigitga hech narsa demasdan mashinaga o’tirib ketdi.
Jungkook taksi ufqda ko’zdan g’oyib bo’lguncha qarab qoldida o’zi ham mashinasiga qaytib balonini tepgancha “Jin ursin” deb baqirdi.
Yelena qo’rg’onga krishi bilan xonasiga shoshildi. Ammo zinadan ko’tarilayotib mehmonxonadan tanish ovozlarni eshitib to’xtab qoldi. Ularning gaplarini tahlil qilolmay bir muddat quloq solib turdida, ko’z yoshlarini artib, ortiga qaytdi. Eshikka yaqinlashgan sayin 2 ta erkak va onasining ovozini aniq eshitdi. Ularning aqlga sig’mas kelishuvlaridan dovdiragancha birdan eshikni ochib ichkariga kirdi. Uning kirishi tabiiyki suhbatni uzib qo’ydi.
-Ona bu yerda nima bo’lyapti? Taehyung aka qachon kelishga ulgurdingiz, bu janob kim?-deya bir talay qog’ozlarga Yun xonimni qo’l qo’ydirishga undayotgan 40 yoshlardagi tepakal ,rasmiy kiyinib olgan kishini ko’rsatib.
Taehyung singlisini ko’rishi bilan yuzi o’zgarib xuddi ertalabki mehribon akaga aylanib oldi.
-Seni hali beri kelmaydi deb o’ylagandik, Bella. Uchrashuving erta tugadimi?
Yelena savolga savol bilan javob berdi:
-Bu yerda nima qilyapsizlar dedim!
-Hech nima xonangga chiq, sen bilan keyin gaplashamiz.-dedi Taehyung bosiqlikni saqlagancha.
- Yo’q menga hozir tushuntirib berasizlar!-qaysarlik qildi qiz.
Boyadan beri jim turgan Yun xonim so’zga kirdi. Uning chexrasidan nimadandir afsuslanayotganligi ma’lum edi.
- Qizim, akangga quloq sol. Hozir mehmonimiz bor, keyin gaplashamiz.
-Men hammasini eshitdim, oyi. Yoongi akamni hamma narsadan mahrum qilmoqchisizlar. Lekin nega ? U nima qildi?
-To’g’ri eshitibsan singlim, endi esa yuqoriga chiq, biz ishimizni yakunlashimiz kerak.-deb jiddiylashdi Taehyung.
Qiz unga parvo qilmasdan onasiga yopishdi. Uning qo’llaridan tutib, yolvora boshladi:
-Oyi, nega ularga bunday qildingiz aybi nima ularning, o’z o’g’lingizdan kechishga sabab bo’ladigan nima qildilar o’zi.
Yun xonim lablarini tishladi mungli ko’zlarini qizidan olib qochdi. Uning o’rniga yana Taehyung javob berdi:
-U bizlardan emas, Bella. Uni asrab olishgan. Haqiqiy akang bitta , u ham bo’lsa men, shuning uchun gapimni ikki qilmay yuqoriga chiq!
Ustidan muzdek suv quyilgandek bo’lgan qiz Taehyungning gaplaridan qotib qoldi. Juda ko’p narsalar ko’z oldidan soniyalar ichida o’tib ketdi. U duduqlanganicha hayoliga kelgan savolni berdi:
-Bo’lishi mumkin emas, nima uchun?
-O’gay baribir o’gayligini qiladi. U kompaniyani atayin jarlikka olib borgani yetmagandek, Park oilasi bilan ochiqchasiga urushib, qarindoshlar ichida nizo keltirib chiqardi. U sabab boshimizga kelmagan baloning o’zi yo’q. Maqsadi yo’lida seni ham meni ham ayab o’tirmaydi, Bella. Buni nihoyat onam kech bo’lsa ham tushunib yetdi.
-Ishonmayman -dedi qiz asabiy.-Akam bunday qilmaydi.
-Ishonishing shart ham emas.-dediyu Taehyung uning qo’lidan sudrab xonadan olib chiqib ketdi.
Yun xonim esa boyadan beri kuzatib o’tirgan advokatdan uzr so’rab davom etishini so’radi, ammo borgan sari yuragida og’riq kuchayib borardi.
3-qavatga singlisini sudrab chiqgan Taehyung uni xonasiga itarib yuborarkan “ shu yerda meni kutib tur, tez orada seni navbating keladi” deb eshikni qulflab chiqib ketdi.
Yelena qaltiragancha telefonini qo’liga olib Suga qo’ng’iroq qila boshladi. Ammo uzoq chaqiruv ovozidan keyin faqat bir xil ovoz eshitilaverardi. 10dan ziyod qo’ng’iroqdan keyin noiloj xabar yubordi- “aka tez uyga yetib keling, muammo chiqdi, men qo’rqib ketyapman.”
Advokatni tashqariga kuzatib qo’ygan Taehyung onasining ahvoli yaxshimasligini sabab shifokor chaqirishga majbur bo’ldi.
Roppa-rosa 3 soat davom etgan muhim majlisdan so’ng Yoongi charchagan ko’zlarini ishqalab telefonini qo’liga oldi. 31 ta Yelenadan qabul qilinmagan qo’ng’iroq bo’lganini ko’rib sergaklandi. Undan kelgan xabarni o’qishi bilan telefonining quvvati tugab o’chib qoldi. Yoongining ko’ngli bir yomonlikni sezib darhol ofisidan chiqib mashinasiga o’tirdi. Telefonini shu yerda quvvatga qo’yib, tezda uy tomon haydab ketdi. Yuqori tezlikda ketayotgan bo’lsada, yo’l go’yo qisqarish o’rniga uzayib borardi. Toqatsizlanib, biroz quvvat olgan telefonini yoqib qo’ng’iroq qilish uchun atigi 4-5 soniya ko’zlarini yo’ldan oldi va u tomon birdan yo’nalishini o’zgartirib kelayotgan yuk mashinasini kech payqab qoldi.
Yoongi jon holatda rulni o’ngga burib chap berib qolmoqchi bo’ldi ammo endi kech bo’lgandi. Yuk mashinasi to’g’ri kelib Yoongi o’tirgan mashinaning chap qanotiga zarba berdi. Kuchli urilgan zarbadan avtomobil asfaltda yumalab ketdi. Yoongi ko’rgan oxirgi lahzalar oynalarning chil-chil sinib har tomonga sochilishi va oyoqi osmondan kelgan holda mashinada osilib qolishi bo’ldi.
Og’iz burnidan oqqan qon ta’mini his qilar ekan, quloqlari shang’illab hech narsani eshitmasdi.Qo’llari qonga belangan holda pastga to’g’ri kelib qolgan mashina tomiga tegib osilib turibdi? Ko’zlari sekin asta yumilar ekan. Hayolida shu so’zlar yangradi:
“Yolg'izlik butun umrim davomida meni taqib qilib keldi. Hamma yerda....uyda, ishda...oilamda...maktabimda...bolaligimda..... va hatto xotimamda ham. Lekin sen bilan bu yengilroq bo'lishini umid qilgandim.Yolg'iz yashash emas yolg'iz o'lish qo'rqinchli ekanligini his qilyapman. Tug'ilishim bir xato edi. Sen esa mening eng chiroyli xatoyim bo'lding, Yelena...
Shaxarning eng gavjum va mashxur bari maxsus buyurtma asosida butunlay band qilinganini eshitgan Jhope nihoyat do’stini topganini tushundi. U adashmagandi. Necha soatdan beri bar oldida tinmay ichib o’tirgan Jungkook yoniga joylashgan Jhope bir shisha martini buyurdi. Qattiq mast bo’lsada, xushini yo’qotmagan Jungkook do’stiga og’ir nigohlari bilan qaradi. Bu yer nim qorong’u va tungi klublarga xos bezatilgan chiroqlar yordamida turli xil rangda yonib turardi. Jhope do’stini so’zsiz tushunardi, shuning uchun yonida indamay ichib dalda berishni ko’zladi. Jungkook peshtaxtaga tirsagini tirab chakkasiga suyandi va unga qo’shilib icha boshlagan yigitga qarab:
-Menimcha hammasi tugadi.-dedi og’ir yutinib
Jhope boshiga ko’rsatkich barmog’i to’g’rilab “Bu yerda deb o’ylayapsanmi yoki…-keyin barmog’i bilan yuragiga ishora qilib-Bu yerda tugadi deyapsanmi?” deb so’radi.
Jungkook bir zum o’ylanib qoldida boshini ko’rsatib “bu yerda” dedi.
Jhope bu safar uning yuragiga ishora qilib, “bu yerdachi” deya savol nigohi bilan qaradi.
Jungkook : “hech qachon”.
Avtor: Qachonki kimnidir haqiqatdan sevsangiz, bu sevgi hech qachon tugamaydi.
Yelenaning go’yo odamni yutib yuboradigandek g’urbatga cho’mgan xonasi. Balki bu oddiy xona uning yuragi juda notinchlanib urayotgani uchun yoqimsiz tuyilayotgnadir. Polga o’tirib yotoqiga suyangancha tizzalarini quchib o’zini tinchlantirishga urinsa ham huddi yuragi qafasidan chiqib ketgudek urayotgani uchun madori qochib borardi. Ba’zi insonlar yaqinlariga biron kor-xol bo’lsa ko’ngli darrov sezadi. Buni ko’rinmas rishta deyish mumkin. Bu faqat ruhi ruhiga yaqin insonlar orasida bo’lishi mumkin. Hozir qizni qo’rquv, tushunmovchilik, alam, g’azab va shu bilan birga g’alati bo’shliq qamrab olgandek. Hayolida esa bitta so’z aylanadi: “o’gay”.
Daqiqa ortidan soatlar yugurib quyosh ham botdi. Ammo undan darak yo’q. Jinga qo’ng’iroq qilganidan uning ham xabari yo’qligini eshitib battar xavotirga tushdi. “uning ahvoli yaxshi bo’lishi kerak, lekin nega kelmayapti? Yoki allaqachon Taehyung akam bilan urushib uydan chiqib ketdimi? Yo’q men bilan uchrashmay ketishi mumkin emas” deya boshini changallab battar xavotirlanadi.
Birdan telefonning jiringlashi hayajondan qo’l oyog’i qaltirab ketishiga sabab bo’ldi. “ Bu o’sha!”-deya shoshib qo’ng’iroqga javob berdi.
- Yoongi aka yaxshimisiz? Nega qo’ng’iroqlarimga javob bermadingiz? Sizdan xavotir oldim axir. Nega jimsiz? Gapiring yoki sizga nimadir bo’ldimi?
Telefon ortida biroz titroqli xo’rsinish ovozi eshitildi. Buni eshitib qizning battar asablari taranglashadi.
-Iltimos bir narsa desangizchi? Biror joyingiz og’riyaptimi?
- To’g’risini aytganda jonim qattiq og'ridi.-Yoongining biroz g'alati titrayotgan ovozi eshitildi.-Mashina urib ketsa og'riydi, pichoqlashsa og'riydi. Olov ichida qolib ketsam ham rosa azob beradi. Lekin...- chuqur xo'rsingan ovoz eshitildi.-bularning hech biri seni yo'qotishdek azob bermaydi.
Hayratdan bir nuqtaga tikilib qolgan Yelena so’radi:
-Qayerdasiz?
- Bu gapni ayta olaman deb o’ylamagandim. Lekin aytdim. Meni kut borayapman.
Yelena go’shakni qo’yib yig’lab yubordi. Endi hammasi aniqdek go’yo.
Vaqt o’tib darvoza ochilganini eshitib boshini ko’tardi. “keldi” deya eshikka yugurdi, lekin qulflangani sabab chiqib ketolmadi. Asabiy eshikni tepib harchand ochishga urinsa ham qulf qilt etmasdi. Uning na chaqiriqlariga javob berishar na bir buyum qulfini sindira olardi. Yelena balkonga chiqar ekan, kimningdir ichkariga kirganini aniq sezdi. Shunda ajoyib fikr paydo bo’ldi. Balkon panjarasiga chiqib Suganing xonasiga ammalab sakrab o’tdi. Yiqilib o’lishiga bir bahiya qolganidan emas ulgurmay qolishidan qo’rqib qaltirab ketdi. Zinalar bo’ylab uchub borar ekan, pastdagi eshik oldida bir to’da qo’riqchilar oldini to’sib turgan Yoongini ko’rdi. Usti boshi bir axvolda tuproqqa qorishgan, peshonasidan qon izi tushgani ko’rinib turardi. Uning qarshisida qizga orqa o’girib Taehyung turardi.
- Taehyung qaytaraman, bu o’yinni bas qil. Menga qarshi chiqishga qanday hadding sig’di? Axir…
-Axir nima? Kim bo’libsanki menga aql o’rgatasan? Aksincha o’rningni ko’rsatib qo’yadigan vaqt keldi. Boya aytganimdek, sen endi oilamiz a’zosi emassan va bu uyga kirishga ham haqqing yo’q. Onam ham shu fikrda.
-TAEHYUNG!-jahl bilan baqirdi Yoongi.
-Kerakli narsalaringni olda ko’zimizdan yo’qol -deya ortidagi qizga qarab qo’ydi Tae. Huddi ortida ham ko’zi bordek sezganidan hayron bo’lgan qiz Sugaga mo’ltirab qaradi.
- Suga ham “yaxshi “ deganicha qo’riqchilarni oralab o’tib to’g’ri borib Yelenani o’ziga tortib yelkasiga bir deganda ortib oldi.Qiz qancha tipirchilasa ham pinagini buzmay uydan olib chiqib ketdi. Uning oldiga chiqib to’xtatmoqchi bo’lgan qo’riqchi yigitlarni Taehyung birgina q’l ishorasi bilan ortiga qaytardi va ikkisining ortidan o’lim tilovchi qarashi bilan kuzatib qoldi.
Yoongi birozdan so’ng yelkasidagi jarohatiga tushgan bosim sabab qizni pastga tushirishga majbur bo’ldi. Ammo tishini-tishiga bosib qizni qo’lidan tutgancha tez-tez qadam tashlab mashinasi tomon olib ketdi. U hech narsani o’ylamasdi, qizni ham eshitmasdi, faqat shu yerdan chiqib ketishni o’ylardi. Borgan sari g;azabdan yonib borar ekan, kaftlari orasidan qizning kafti barmoqlarini o’tkazib mahkam tutganini his qilib birdan to’xtab qoldi.
U bunday harakatni kutmagani uchun g’alati bo’lib ketdi. Yelenaga o’girilib qaradi. Ammo ko’zlariga ishonmadi. Yozning ifori anqib turgan kechaning shamoli uning sochlarini silkitib o’ynamoqda. Oppoq tiniq yuzi, qirmizi lablari, biroz ko’tarilagan qora qosh va uzun kipriklar. Ular birinchi marta Yoongiga bunday qaratilgan. Yigit uchun endi hech qanday og’riq yo’q edi.Yelena unga qarab duduqlanib gapirmoqchi bo’ldi. Ammo Suga uni to’xtatdi.
Seni yaratgan zot haqqi , sening ko'zlaring so'zlaringdan oldin meniki ekanligingni aytdi.
Lekin hamma uchun emas. Hali ko’p voqealar kutib turibdi bizni. Sirlar ochilmay qoldi.
2-sezonda
- Jungkook kimni sevadi?
-Yoongi bilan Yelena baxtli bo’lishadimi, Taehyungdan qutilishadimi?
-Yeinning qismati qanday kechadi. Jin rozi bo’ladimi?
-Yelenaning xotirasi tiklanadimi yoki yo’q?
va eng asosiysi men xohlayotgan fanfic nomini ochib beruvchi xotima qanday bo’ladi? Shularni bilib olamiz. O’zi bu yerda 1-sezon tugamasligi kerak edi. Ammo ko’rishlar sonining 3 dan 1 qismini ham tashkil qilmaydigan reaksiya va fikrlarni ko’rib nimada xato qilyapman deb o’ylab qoldim va fanficni boshidan tahrirlab chiqishga qaror qildim. Tez orada sweet lieni kanaldan o’chirib tashlayman va boshidan yaxshilab ,xatolarini tahrirlab yozib chiqaman. Bellaning o’limi va kundaligidagi youvlarni batafsil ko’rsatgim bor. Jimin obrazi ham yaxshiroq ko’rinadi.
Davomichi deysizmi? Davomi faqat 20-qismning kanaldagi postining kommentariyasiga fikr bildirganlarga tashlayman. Har safar yozib bo’lishim bilan ularning lichkasiga yuborib boraman. Kanalga keyingi qismlar UMUMAN TASHLANMAYDI! Fikr bildirmadingizmi, demak sizga qiziqmas.Lichkada bildirilgan fikrlar ham qabul qilinmaydi. Hech bo’lmasa finalda reaksiya va fikr bildirishingizni xohlardim.Vaqtim va mehnatimni qadrlagan 10-15 angels bilan ham final qilaveraman. Shuning uchun fikr bildirmaydiganlarga alvido deymiz! Sizlar uchun yomon yakun bo’lmadi menimcha. Ha aytgancha 2-sezon tizerini 6 oy burun yasab qo’ygandim, albatta ko’ring.