SWEET LIE 17-episod by Yelena
Diqqat! O’qishdan oldin birinchi musiqani qo’yib oling! Sweet lie -1 deb yozib qo’yaman.
Hayot shunday beshavqat narsaki ko’z oldingizda siz sevgan insonni bir zumda boshqa insonga aylantirib qo’ya oladi.
Ba’zida anglagan narsalarimizga ishongimiz kelmaydi. Achchiq haqiqatni qabul qilishdan ko’ra o’zimizni aldashni ma’qul ko’ramiz. Lekin bu shirin yolg’onlarimiz bir kun kelib o’zimizni yeb ado qiladi. Tobora botqoqqa botib borar ekanmiz, tan olish o’rniga jimgina o’lishni afzal ko’ramiz. Ahmoqlik shunday emasmi?!
“Lekin,Taehyung sizga uni omborxonadaligini aytmagan edimku…” degan savolimga uning ko’zlaridan javob oldim. Ha…. yuz ifodasi umuman o’zgarmagan edi, ammo men sevgan nigohlar yo’qolib soniyalar ichida o’rniga umuman notanish inson qarab turardi. Uning qorachiqlari kengayib qop-qora tusga kirganini ko’rishim bilan umurtqamgacha titrab ketdim. Yo’q bunday bo’lishini aqlim qabul qila olmayaptiku qanday yuragimga tushuntiraman. Axir u bunday odam bo’lib chiqishi mumkin emas! O’zimga qayta qayta adashayotganimni uqtirayotgan bir vaqtda undan sado ham chiqmasdi. Na o’zini oqlab vaziyatdan chiqishga harakat qiladi, na aslini namoyon qiladi. Faqat menga tikilib turibdi.
Bu esa hammasidan qo’rqinchli edi. Uning aurasi o’zgargani uchunmi , xona qizib ketgandek tuyildi. Yelkamdan ushlab turgan qo’llarini asta tushirdimda, yengidan beixtiyor g’ijimlab ushladim. Ichimda uyg’ongan to’fonni berkitishga urinib:
- Ha men yomon tush ko’rganman shekilli, lekin hozir hammasi o’tib ketadi. Muhimi undan uyg’ondimku…..men boraqolay, uzr…. -oxirgi so’zlar og’zimdan titrab chiqdi. O’rnimdan turib eshik tomon ildamlar ekanman, huddi oyog’imga kishan solingandek og’ir yurardim. Qanchalik tez bu yerdan chiqib ketsam shunchalik yaxshi deya, eshikka o’zimni urar ekanman, orqadan “ To’xta” degan buyruq meni joyimda toshdek qotirib qo’ydi. Uning ovozida doimgiday muloyimlikdan asar ham yo’q edi. Nafasimni ichimga yutib arang u tomonga o’girildim. Taehyung qo’llarini kissasiga solgancha menga g’alati kulib qarab turardi. Bundan butun tanamga qumursqa o’rmalagandey bo’lib ketdi. U ortidagi stol yoniga asta sekin yaqinlashdida u yerdagi qizil olmani qo’liga olib menga uzatdi.
-Buni senga bermoqchi edim .-dedi ko’zining tagidan qarab.
Taehyung olmaga imlab ko’rsatayotgan bo’lsada mening diqqatim huddi shu stolda turgan pichoqda edi.Nega bu yerda pichoq turibdi? Faqat meva kesish uchunga o’xhsamayapti.
-Olaqol, bu mevani yoqtirar edingku…-dedi yana meni chaqirdi.
Bu xona avval ham qorong’u va qo’rqinchli edimi yoki hozir menga shunday tuyilyaptimi? Har bir narsa menga daxshat solib turardi. Uning ko’z tagidan yeb qo’ygudek tikilib turishi meni battar yomon ahvolga soldi. Butun tanamni qo’rquvdan sovuq ter bosgandi. Tomog’im qaqshab qurib qolganini va o’zimning tez tez nafas olib hansirayotganimni his qildim. Hali ham bir unga bir mevaga keyin pichoqga qarab turibman. Qanday yo’l tutish kerak o’zi???
Ko’ylagimni etagini mahkam siqimlab jur’atsizlik bilan dedim:
-Taehyung… men hozir yegim kelmayapti. Yaxshisi ertaga…
-Nega? Bu senga yoqadi dedim, demak yeb ko’rishing kerak! Kela qol, ol buni!
U manipulyatsiyalovchi ohangda so’zlar ekan, oramizdagi 10 tacha qadam chiqadigan yo’lni bir qadamga qisqartirdi. Uning yaqinlashayotganidan battar vahimaga tushib, yo’q degancha boshimni silkitdim. Namlangan ko’zlarimni chirt yumib, eshik tomon o’girilib bor kuchim bilan o’zimni otdim.Hozir birgina narsa haqida o’ylashim mumkin, bu ham bo’lsa qanday qilib bo’lmasin Yoongining oldiga yetib olishim kerakligi edi.Lekin sochimdan changallab olgan barmoqlar meni ortga keskin siltab tortdida xona burchagiga irg’itib yubordi. Boshim bilan devorga urilib polga yiqilganimni bilaman xalos, ko’zimni ochganimda esa men tomon yaqinlashayotgan qadamlarni ilg’adim. Qattiq zarbadan boshim aylanar men tomon egilib qo’rqinchli kulayotgan Taehyungning yuzini biroz vaqt tiniq ko’rolmadim. Ortga tisarilib borar ekanman yordam chaqirib baqira boshlaganimda og’zimni kafti bilan yopib, gavdamni devorga tiradi.
- Kimnidir yordamga chaqirishdan oldin o’ylab ko’r, bu yerga kelgan odam tirik ketmaydi! -dedi qulog’imga shivirlab..-shunday ekan hech kim zarar ko’rmasin desang meni jim eshitishing kerak.Tushundingmi?!-dedi tahdid ohangida.
Ko’z yoshlarim to’g’ri uning qo’llariga borib quyila boshlagandi.”Tushundingmi” deb qayta baqirib savolini takrorlaganida noiloj hop degandek bosh chayqadim. Uning bo’yin tomirlari bo’rtib chiqib yuzi g’alati qizarib ketganini ko’rib damim ichimga tushib ketdi.
-Yaxshi qizaloq… dedi u biroz bo’shashib jilmaydi. -sen bilan hali ko’p o’yin qilmoqchi edim, ammo o’zing umringni qisqartirding. Boshida o’ldirib yuborishim kerak edi, lekin sen hech kimga shikoyat qilmasdan chidayotganliging meni qiziqtirib qo’ydi.Sabring chegarasiga yetib olmoqchi edim…afsuuuuus-dedi cho’zib.
U birdan yuzimga tushirgan tarsakidan yon tomonga ag’darilib ketdim.
-Joning men o’ylaganimdan qattiqroq ekan, qancha zug’um qildim, miq etmading-a
Taehyung ikkinchi yuzimga ham tarsaki bilan siylar ekan, jinnilarcha kulardi.
-Eng qizig’i qotilni men ekanligimni bilmasliging edi. Seni shu qadar ahmoq qilib, ishonchingga kirdimki, bundan ko’zing ko’r bo’lar darajada meni sevib qolding!
Ketma-ket tushayotgan tarsakidan yanoqlari qizarib, jizzilab og’riq berayotgan qiz yig’lamaslikka qanchalik tirishsa ham ko’z yoshlari ko’zidan quyilib kelardi. Lablarini tishlab umrining oxirgi daqiqalarini uning oldida ojiz bo’lib o’tkazishni xohlmadi. Lekin Taehyungning oxirgi so’zlari barini yo’qqa chiqardi. Uning yoqasiga yopishib ozorlanib dedi:
-Demak bilgansan….hammasini bilib turib qilgansan!-dedi hiqqilab
-Ha, albatta. Axir buni o’zim xohladim. O’ljang senga ishonsa va hatto sevsa uni yo’q qilish qanchalik zavqli bo’lishini bilsang edi. -dedi qizning quloqlariga shivirlab.
-Yein! Uning nima aybi bor edi. Nega uni bu jirkanch o’yningga qo’shding?
-Qo’ysangchi, u uchun qayg’urmasliging kerak. Axir bilib turib sen yoqtirgan insonni boshini aylantirishga harakat qilgan bo’lsa. U o’ziga o’zi chog’ qazidi. Unga achinish o’rniga o’zing haqingda qayg’ur. Xotimang qanday bo’lishini boshqacha rejalashtirgandim. Lekin hozir sen uchun bir nima o’ylab topaman, qadrli singiljonim… deya o’rnidan turib, kamarini yechib qo’liga o’ray boshladi. Yelena nima qilayotganini tushunib jon holatida Taehyungni bir oyog’iga yopishib tortdi. Qizning rejasi bo’yicha qotil zarbadan muvozanatini yo’qotib yiqilishi kerak edi. Lekin qanchalik chiranmasin umuman siljimayotgan yigit Yelenaning sochidan ushlab o’zi tengi ko’tardi va bir zarb bilan yana polga yiqitdi.
-Avvalroq qochib qutilding degani hozir ham uddalaysan degani emas. Yuzimni ko’rmasliging kerak bo’lgani uchun juda ehtiyot bo’lardim, endi esa hammasi tugadi.
Yelena bor kuchini yig’ib shippagini yechdida, u bilan Taehyungning yuziga zarba bermoqchi bo’ldi. Ammo qizning zarbasi yarim yo’lda yo’qqa chiqarilib, metindek barmoqlar orasida tutildi. Taehyung vaziyatdan foydalanib, kamar bog’langan mushti bilan uning qorin qismiga ayamay zarba berdi. Bundan Yelenaning ko’zidan o’t chaqnab ketgudek og’riq bilan yerga qayta yiqilib g’ujanak bo’lib oldi.Shippak bor qo’lini oyog’i bilan sekin asta ezib borar ekan, qiz ingragancha qo’lidagini qo’yib yuborishga majbur bo’ldi.
-Qo’ysangchi, hali endi boshladim. Bunchalik tez taslim bo’lsang qizig’i qolmaydi. Yaxshiyamki Jin va Sugani ish bilan chalg’itib uzoqroqga yuborganman va meni ham boshqa yerda deb o’ylashyapti. Demak sen bilan xohlaganimcha o’yin qilishim, humordan chiqib do’pposlashim mumkin. Baribir hech kim yordam bera olmaydi.-Taehyung uni mazhara qilar ekan, qizning g’inshigancha bir nima demoqchiligini sezib yaqinroq keldi.
-Nima bo’ldi azizam, o’lim oldi sevgingni izhor qilmoqchimisan, armon bo’lib ketmasin, ayta qol!
Yelena butunlay umidsizlik bilan unga qarab titragancha dedi:
-Mennn…..afsusdaman….
-Meni sevganingdanmi?
- Sen tufayli boshqaning ko’nglini og’ritganimdan… uni aybsiz aybdor qilganimdan.Men shunchaki umrimda birinchi marotaba kimnidir ilk bora sevib qolgan va undan shunchaki e’tibor va mehr kutgan oddiy qiz edim. Uni ham sevishlarini xohlaydigan oddiygina qizaloq edim.- Yelena og’ir yutinib ko’z yoshlarini shoshqator oqizib , Taening ko’ziga tik qarab dedi- Agar imkonim bo’lganda edi, undan har bir ko’nglini og’ritib gapirganlarim uchun uzr so’ragan bo’lardim. Men ko’r bo’lgan ekanman, kim yaxshi kim yomonligini ajrata olmaydigan darajada…
-Demak men yomon, Yoongi yaxshi ekanmi?-Taehyung ijirg’anib g’azab bilan savol berdi va darrov qizni bo’ynidan bo’g’ib o’ziga yaqinlashtirdi- Qizaloq qayergan tushib qolganing hali ham tasavvur qila olmayapsan. Shunday joydasanki, bu yerda begunoh odamning o’zi yo’q. Biroz oldin mendan qochib Yoongining yoniga bormoqch edingmi? Bu huddi bir qotildan qochib yana biriga tutilishdek gapku.
-Nima demoqchisan?-dedi ingragancha Yelena.
-Shunchakiiiii, hatto u sen uchun mendan ham ko’proq xavfliroq aslida. Dugonang pul uchun senga ko’p narsalarni aytmadi….masalan oilang haqida…hech nima bilmaysan…ularning o’limi….
-Aldayapsan! Yolg’on gapiryapsan yana! Senga ishonmayman. U bunday qilmaydi.
-Ehhh Yelena, juda soddasan. O’z oilangni yo’q qilgan qotilga ishonasan, seni o’ldirmoqchi bo’lganlarni sevib qolasan. Juda g’alati qizsan shundaymi.
Qiz tobora nafas olishini qiyinlashtiryotgan qo’llarni bo’shatishga urinib, jahl bilan dedi:
-Senga ortiq ishonmayman, aldayapsan!
-Kel unda isbotlayman!-Taehyung shunday dediyu qizni devorga itarib yuborib, cho’ntagidan telefonini olib kerakli raqamni terdi. Bir qancha chaqiruvlardan keyin Yoongining “Nima gap?” degan ovozi yangradi. Taehyung qo’ng’iroqni qiz eshitishi uchun baland ovozda qo’yib gapira boshladi.
-Yoongi sendan bir narsa so’ramoqchi edim. Yelenaning oilasini yo’q qilganingda hammasini o’ldirganingga ishonching komilmidi?Aniq dalillarni yo’qotgandingmi?
- Nega yarim kechasi bu haqida so’rayapsan?
-Shunchaki qizni qo’yib yuborsak, oilasi haqida xabar topasa nima qilarkan deb o’ylab qoldim. Biror yaqini qolgan bo’lsa aytib qo’yishi mumkin axir.
Shu joyida Yelenaning butun vujudi quloqga aylanib eshita boshladi, ich-ichidan bu yo’lg’on bo’lib chiqshini yolvorib iltijo qilardi.
-Taehyung uni hech qachon qo’yib yubormasligimizni o’zing yaxshi bilasanku, oilasiga kelsak ularni tag-tugi bilan yo’q qilganman, hech kim izini ham topolmaydi.
-Mayli shuni so’ramoqchi edim, xayrli tun!
-To’xta sen hozir qayerdasan…
Taehyung Suga gapini tugatmasidan qo’ng’iroqni yakunladi.
Yelena eshitganlaridan aqldan ozay deb qoldi. Barmoqlari bilan quloqlarini yoparkan, tinmasdan “yo’q! yo’q!Aldayapsizlar! Bunday bo’lishi mumkin emas..” degancha jon holatda baqira ketdi. U Taehyungning ko’kragiga mushtalagancha yig’lar ekan, oldida butkul singan qizni ko’rib yigit biroz o’ylanib qoldi. O’rnidan turib yotoq yonidagi javondan to’pponchani qo’liga olib qizga yana bir qarab qo’ydi. Tinmay ularni lanatlab yig’layotgan qiz yoniga qaytib, uning yoqasidan ushlab o’ziga to’g’riladi.
-Ehh Yelena haqiqat shunday achchiq bo’ladi. Qara men sen o’ylaganchalik yomon emasman, yaqinlaringni sog’ingandirsan deb ularni yoniga jo’natmoqchiman.-shunday dediyu qizning peshonasiga sovuq qurolni tiradi.
Yelena yuragi tilka pora bo’lgan bo’lsada, Taehyungga qarab qat’iy javob berdi:
-Otib tashla…meni o’ldir! Rostdan hozir menga yaxshilik qilgan bo’lasan!
Taehyung unga sovuq nigoh bilan tikilib turdida to’pponchani otishga shayladi, qiz ham ko’zlarini yumib ichidan kalimasini qaytara boshlaganda , u yuzini boshqa tomonga burib kulib yubordi.
-Jin ursin! Seni har safar ko’rganimda o’ldirib qo’ygim keladi.Lekin buni qilishimga oz qolganda negadir cho’zaveraman. Huddi seni o’ldirsam zerikib qoladigandekman, aslida ham shundayga o’xshaydi.
Yigit o’ziga cheksiz nafrat bilan tikilib tugani qizga qarab, nima qilishni o’ylay boshladi. Birozdan so’ng to’’ponchani uning peshonasidan olib , ichidagi o’qlarni bitta-bitta chiqarib ola boshladi. Vanihoyat qurolda faqat bittagina o’q qoldi. Yana otishga tayyor qilgan holda qizning qo’liga tutqazib dedi:
-Menda yaxshiroq g’oya paydo bo’ldi. Kel senga imkon beramiz. Bu yerda bir odamni o’ldirishga yetadigan o’q qoldi va bu o’q orqali oilangni qotilini o’ldirishing mumkin.
Yelena u gaplarini tugatmasidan qurolni Taega qaratib nishonga oldi. U esa shunday bo’lishini bilgan holda hotirjam gapini davom etdi.
-Ha, bu orqali meni ham o’ldirishing mumkin, Lekin hozir senga kim ko’proq muhim. Oilangni o’ldirgan qotilmi yoki men? Senga yordam berayapmanku sen bo’lsang meni o’ldirishni o’ylayapsan.
-Bundan senga nima naf? Nega uni o’ldirishimga imkon berayapsan?
-Hmmm…u meni jonimga tegdi deb o’ylashing mumkin. Asosiysi,
uni ham sindira olish mumkinligiga amin bo’lmoqchiman, o’z jonimni xavf ostiga qoldirsamda bu shunga arziydi. Uni boshqa hech qanday qo’lga tushira olmaganman axir.
Yelena unga hamon g’azab bilan qurol o’qtalib turar ekan, qarshisidagi insonning asl maqsadini bu ekanlgiga ishongisi kelmas, buni yana bir aldov deb qabul qilayotgandi.
Lekin eng dahshatlisi dugonasi haqida unutib qo’ygani esiga tushdi va ortga tisarilib xonadan chiqdida oshxonaga qarab chopdi. U yerga kelganida rostdan ham Yein joyida yo’q edi faqat undan qolgan qon izi polda sachrab yotibdi.
-Senga ortiq ishonmayman, aldayapsan!
-Kel unda isbotlayman!-Taehyung shunday dediyu qizni devorga itarib yuborib, cho’ntagidan telefonini olib kerakli raqamni terdi. Bir qancha chaqiruvlardan keyin Yoongining “Nima gap?” degan ovozi yangradi. Taehyung qo’ng’iroqni qiz eshitishi uchun baland ovozda qo’yib gapira boshladi.
-Yoongi sendan bir narsa so’ramoqchi edim. Yelenaning oilasini yo’q qilganingda hammasini o’ldirganingga ishonching komilmidi?Aniq dalillarni yo’qotgandingmi?
- Nega yarim kechasi bu haqida so’rayapsan?
-Shunchaki qizni qo’yib yuborsak, oilasi haqida xabar topasa nima qilarkan deb o’ylab qoldim. Biror yaqini qolgan bo’lsa aytib qo’yishi mumkin axir.
Shu joyida Yelenaning butun vujudi quloqga aylanib eshita boshladi, ich-ichidan bu yo’lg’on bo’lib chiqshini yolvorib iltijo qilardi.
-Taehyung uni hech qachon qo’yib yubormasligimizni o’zing yaxshi bilasanku, oilasiga kelsak ularni tag-tugi bilan yo’q qilganman, hech kim izini ham topolmaydi.
-Mayli shuni so’ramoqchi edim, xayrli tun!
-To’xta sen hozir qayerdasan…
Taehyung Suga gapini tugatmasidan qo’ng’iroqni yakunladi.
Yelena eshitganlaridan aqldan ozay deb qoldi. Barmoqlari bilan quloqlarini yoparkan, tinmasdan “yo’q! yo’q!Aldayapsizlar! Bunday bo’lishi mumkin emas..” degancha jon holatda baqira ketdi. U Taehyungning ko’kragiga mushtalagancha yig’lar ekan, oldida butkul singan qizni ko’rib yigit biroz o’ylanib qoldi. O’rnidan turib yotoq yonidagi javondan to’pponchani qo’liga olib qizga yana bir qarab qo’ydi. Tinmay ularni lanatlab yig’layotgan qiz yoniga qaytib, uning yoqasidan ushlab o’ziga to’g’riladi.
-Ehh Yelena haqiqat shunday achchiq bo’ladi. Qara men sen o’ylaganchalik yomon emasman, yaqinlaringni sog’ingandirsan deb ularni yoniga jo’natmoqchiman.-shunday dediyu qizning peshonasiga sovuq qurolni tiradi.
Yelena yuragi tilka pora bo’lgan bo’lsada, Taehyungga qarab qat’iy javob berdi:
-Otib tashla…meni o’ldir! Rostdan hozir menga yaxshilik qilgan bo’lasan!
Taehyung unga sovuq nigoh bilan tikilib turdida to’pponchani otishga shayladi, qiz ham ko’zlarini yumib ichidan kalimasini qaytara boshlaganda , u yuzini boshqa tomonga burib kulib yubordi.
-Jin ursin! Seni har safar ko’rganimda o’ldirib qo’ygim keladi.Lekin buni qilishimga oz qolganda negadir cho’zaveraman. Huddi seni o’ldirsam zerikib qoladigandekman, aslida ham shundayga o’xshaydi.
Yigit o’ziga cheksiz nafrat bilan tikilib tugani qizga qarab, nima qilishni o’ylay boshladi. Birozdan so’ng to’’ponchani uning peshonasidan olib , ichidagi o’qlarni bitta-bitta chiqarib ola boshladi. Vanihoyat qurolda faqat bittagina o’q qoldi. Yana otishga tayyor qilgan holda qizning qo’liga tutqazib dedi:
-Menda yaxshiroq g’oya paydo bo’ldi. Kel senga imkon beramiz. Bu yerda bir odamni o’ldirishga yetadigan o’q qoldi va bu o’q orqali oilangni qotilini o’ldirishing mumkin.
Yelena u gaplarini tugatmasidan qurolni Taega qaratib nishonga oldi. U esa shunday bo’lishini bilgan holda hotirjam gapini davom etdi.
-Ha, bu orqali meni ham o’ldirishing mumkin, Lekin hozir senga kim ko’proq muhim. Oilangni o’ldirgan qotilmi yoki men? Senga yordam berayapmanku sen bo’lsang meni o’ldirishni o’ylayapsan.
-Bundan senga nima naf? Nega uni o’ldirishimga imkon berayapsan?
-Hmmm…u meni jonimga tegdi deb o’ylashing mumkin. Asosiysi,
uni ham sindira olish mumkinligiga amin bo’lmoqchiman, o’z jonimni xavf ostiga qoldirsamda bu shunga arziydi. Uni boshqa hech qanday qo’lga tushira olmaganman axir.
Yelena unga hamon g’azab bilan qurol o’qtalib turar ekan, qarshisidagi insonning asl maqsadini bu ekanlgiga ishongisi kelmas, buni yana bir aldov deb qabul qilayotgandi.
Lekin eng dahshatlisi dugonasi haqida unutib qo’ygani esiga tushdi va ortga tisarilib xonadan chiqdida oshxonaga qarab chopdi. U yerga kelganida rostdan ham Yein joyida yo’q edi faqat undan qolgan qon izi polda sachrab yotibdi.
U qanchalik narsalardan alamini olishga harakat qilmasin, ichidagi alanga pasayish o’rniga yanada avjlanardi. Hozir uning ko’z o’ngidan butun bolalalik yillari, ota-onasi, opa-singillari o’tmoqda. Ularning endi bu dunyoda yo’qligini o’ylashning o’zi daxshatli edi. Huddiki uni shu paytgacha suyab turgan ustunlari qulagandek bo’ldi. Qurib yorila boshlagan lablarini qimtigancha pichirladi”Hammasi uchun qasos olaman, hech kim jazosiz qolib ketmaydi. Endi ortiq ojiz bo’lmayman, qasam ichaman!Nafas olayapmanmi demak, taslim bo’lmayman”
Tushlikka yaqin payt…. Yun xonim karovotida yarim ochiq ko’zlari bilan qizi xonaning u burchagidan bu burchagiga borib kelyaotganini kuzatib yotibdi. Yelena esa yuziga niqob taqib olgancha(kechagi olgan jarohatlarini yashirish uchun) goh dorilarni tekshirib chiqar goh xonani tartibga keltirish bahonasida o’zini chalg’itishga urinardi. Chunki xonada Yoongi ham “ona”sining yonida o’tirardi. Qiz unga biror marta ham qaramadi, to’g’rirog’i u bilan yuzma-yuz kelsa ichidagi bor alamini to’kib sochmaslikka ko’zi yetmaydi. Bu barini barbod qilardi. Yoongi bo’lsa uning biroz “o’zgarib”qolganini ko’rib hayron qoldi va bari Taehyungning yoniga qaytgani sabab deb o’yladi.
Shu payt xonaga Jin va Taehyung ham kirib kelishdi. Eng qizig’i Tae huddi hech narsa bo’lmagandek, huddi kechagi qotil boshqa odamdek o’zini muloyim tutardi. Onasining peshonasidan o’par ekan, Yun xonimning “singlingni chaqir “deganini eshitdi. Yelena barmoqlarini asabiy qayirgancha ularga yaqinlashdi. Yun xonim qo’llari bilan yoniga o’tirishini ishora qildi. Taehyung unga joy bergancha ortga tisarildi. Qiz onasining yoniga joylashib uning horg’in ko’zlariga qaradi. Yun xonim qizining qo’llarini ushlagancha “Nega niqob taqib olding qizim?” deb so’radi.
-Men ozroq shamollaganman shekilli sizlarga yuqmasin dedim oyi.
-O’zingni ehtiyot qil qizalog’im, sen men uchun juda muhimsan, umuman kasal bo’lma iltimos.
-Ho’p oyi siz ham kasal bo’lmang.- shu joyida Yelenaning ichidan bir nima uzilgandek bo’ldi. U bu yerda vahshiylarning onasi uchun harakat qilyapti, lekin o’z oilasini himoya qilolmadi.
- Sendan bir iltimosim bor qizim, bajarasanmi?-dedi Yun xonim uning barmoqlarini mahkam siqgancha iltijoli ovozda.
-Ha onajon nima desangiz shu …
-Ko’zim ochiqligida seni ishonchli qo’llarga topshirmoqchiman, toki o’lsam ham seni himoya qiladigan odam borligini bilib hotirjam ketay…
-Unday demang ona siz ko’p yashaysiz hali-dedi Taehyung gapga aralashib norozi ohangda.
-Meni yaxshilab eshitinglar, mening balki oxirgi iltimosim shu Bellani Jkga turmushga beringlar. Unga ishonaman, Jk qizimni baxtli qila oladi himoya ham qiladi. Eng asosiysi ular bir birini himoya qila oladi.
-Ularning orasida sevgi yo’q ona- dedi birdan g’azab bilan Yoongi- Bu ming yil oldingi gapni deb qanday qizingizni Jkga topshirasiz. Axir Bellani hozir unda ko’ngli yo’q. Jkga ham ishonmayman!
-Men ham shunday deb hisoblayman, Bella bunga rozi bo’lmaydi, majburlay olmaymiz-dedi Taehyung.
-Shundaymi Bella?-degancha ko’zlarini mo’ltiratib qaradi Yun xonim.
Yelena pastga qarab qolgancha o’ylanib turdida birdan :
-Men roziman oyi… siz nima yaxshiligini bilasiz. Xohlasangiz hoziroq borib uzr so’rayman undan.
Yoongining ustida muzday suv quyilgandek bo’ldi. U ko’zlarini katta-katta ochiq qizga qarar ekan, nima deyishni ham bilmay qoldi.
-Gapimni ikki qilmasligingni bilardim sendan faxrlanaman Bella! -deb qizing qo’llarini o’pib qo’ydi.
-Seokjin meni Jungkookni oldiga olib bora olasizmi, bu masalani hoziroq hal qilgan ma’qul menimcha.
Jin bir Sugaga bir Yun xonimga qarab, o’ziga savol nazari bilan tikilgan qizga noiloj “hop”- dedi. Yelena Yoongi “hech qayerga ketmaysan “ degan buyruqni berishiga qaramasdan o’zini eshitmaganlikka olib chiqib ketdi.
Ular xonadan chiqib ketishganda, Tae bilan Yoongi birdaniga “nega bunday qilyapsiz” deb so’roqlashdi. Hozirgina zo’rg’a nafas olib yotgan xonim esa , qizi ketganiga ishonch hosil qilishi bilan o’rnidan qo’zg’alib biroz tiklanib o’tirdi. Yun xonim jilmaygancha kiyimlarini to’g’rilar ekan, hayratdan angrayib qolgan og’illariga qarab “bopladimmi? Endi ular yarashib ketishadi” dedi.
Yoongi nima bo’lganini tushunib battar tutaqib ketdi.
-Bunday qilishingizga nima sabab bo’ldi? Nega bizni ahmoq qildingiz, ona?-dedi baqirgudek bo’lib.
Yun xonim uning ovozini balandlatganini ko’rib o’zini xafa bo’lgandek ko’rsatib.
-Mana nima uchun shunday qilyapman, siz akalari shunday qo’pol va mehrsiz, e’tiborsizlarki singlingizga ozor cheksa ham parvoyingizga kelmaydi. Maqsadim Bellani munosib joyga uzatib, hotirjam yashash. Jungkook menga qizimni ko’z qorachig’iday asrashga va’da berdi.
-Mana gap qayerda siz ikkingiz kelishib olib bizni chuv chushirdingizlar-degancha sochini tutamlab ortga asabiy taradi Yoongi.- Qanday qilib o’z qizingizni Jkdan yaramas odamga ishonib topshirmoqchisiz OYI! -Suga oxirgi gapini qattiq jahl bilan aytgani uchun Taehyung o’rtaga tushib uni tinchlantirishga urindi.
-Nima men qizimni kimga uzatishni hal qila olmaydigan darajada oilamda o’rnimni yo’qotdimmi, menga ovozingni ko’tarishga qanday hadding sig’yapti, Yoongi,meni xafa qilyapsan.
Taehyung Yoongini xonadan ammalab chiqarib yubordi va onasining yoniga qaytib, fikridan qaytarmoqchi bo’ldi. Lekin Yun xonim hech kimni eshitishni xohlamas, aksincha rejasi amalga oshayotganidan o’zida yo’q hursand edi.
Suga bo’lsa allaqachon mashinaga o’tirib qo’rg’ondan chiqib ketgan Jin va Yelenaning ortidan mashinasiga o’tirib haydab ketdi. Ortidan Yoongi kelayotganini ko’rgan Yelena Jinga to’xtamasligini so’radi. U bo’lsa shiddat bilan o’zlariga yaqin kelayotgan mashinani ko’rib qizdan uzr so’rab mashinani chetga oldi.
-Yelena kechir.. lekin baribir gaplashib olishingiz kerak. Shu orada Yoongi kelib Yelena o’tirgan tomondagi mashina eshigini ochdi va qizni pastga tushirdi. Jin esa narigi mashina tomon asta sekin uzoqlashdi. Yoongi tez-tez nafas olarkan, Yelenani qo’lidan ushlab o’ziga yaqinlashtirdi.
-Qayerga ketyapsan , ahmoq qiz? Kimga turmushga chiqaman deding?
-Hoziroq qo’limni qo’yib yubor! -dedi Yelena g’azab bilan uning qo’lini siltab tashlab.
Yoongi uning o’zini tutishi nega bunday o’zgarib qolganini tushuna olmay hayron edi. Qizning kipriklari, qo’llari titrayotganini, ko’zida yosh miltillayotganini sezdi. Uni ortga qaytarib katta xato qilganini tushundi. Yelena bo’lsa unga iloji boricha qaramaslikka harakat qilardi. Yuragi o’z ritmidan chiqib juda notekis ura boshladi. Shunday davom etsa hushidan ketishi ajabmas.
Yoongi u tomon bir qadam yaqinlashganda qiz ham ortga bir qadam tashladi. Yigit bir oz ikkilanib turdida og’ir ho’rsinib dedi:
- Yelena Jungkookga turmushga chiqishga majbur emassan. Men o’zim onam bilan gaplashaman. Unga haqiqatni tan olaman, u albatta tushunadi..
- Haqiqat?! Haqiqatni aytib bermoqchimisan? Ho’sh qaysi birini?-dedi qiz chidayolmasdan jerkib .
Yoongi u bilan nihoyat ko’zlari uchrashganda nafas olishni ham unutdi go’yo. Lekin yana yuragidagilarni aytmasa kech bo’lishini bilardi.
-Haqiqat shundaki… men seni sevib qolganman… deb mo’ltirab qizga qarganada Yelena dovdirab qoldi.-Nega? Chunki sen meni hech qachon his qilmagan tuyg’ular bilan to’ldirding. Sen menga haqiqiy halovat, mehr va sevgi bera olding. G’amxo’rlik qilding. Sen menga o’zimni , yaqinlarimni qadrlashim kerakligini his qildirding. Agar seni bezovta qilayotgan bo’lsam yoki ortiqchalik qilayotgan bo’lsam, uzr so’rayman. Men shunchaki ilgari hech qachon bunday halovatni his qilmaganman. Sen mening halovatimsan, seni sevaman…. Yoongi izhor qilar ekan, tomog’iga nimadir kelib tiqildi. Biroz to’xtab qolib qizga iltijoli qarab gapida davom etdi.
-Meni sevib qolishingga umid qilsam bo’ladimi? Yo’q, yo’q Taehyungni sevgandek emas, albatta. Menga uning yuzdan biri ham kifoya … Yelena! Birga yashashimiz mumkin, uzoq va baxtli oila bo’lib.
Yelena bu gaplarni eshitish borabarida paltosining kissasiga yashirib chiqqan to’pponchani mahkam siqimlab turardi. Suga kelayotganini bilgandayoq unda bir reja paydo bo’ldi. Uni hozir odam kam payti otsachi? Jin ham hozir narida turibdi. Mayli Jin uni o’ldirsin lekin qasos olishga ulguradi. Yoki aksinchami?
Yoongi esa shunday sodda va ichidagilarini ochiq oydin gapirardiki, uning so’zlari qizni ikkilantirib qo’yayotgandi.
- Meni qattiq sevishing ham shart emas. Men faqat ….meni tushunishingni, ichimdagilarni ko’zlarimdan o’qib olishingni, ortiqcha savollarsiz, ortiqcha tushuntirishlarsiz bag’ringga bosishingni xohlayman. “Nima bo’ldi?” degan savolingga javob bermasam, ortiq so’roqlamay yanada qattiqroq quchishingni xohlayman.Boshqalardek “ sen tushunarsiz odamsan” demasdan mening oldimda qolishingni, sen uchun boshqa birov bo’lmasligini xohlayman. Men his-tuyg’ularimni birovga yetkazishim juda qiyin. Gapira olmayman, lekin sen bilan bari boshqacha. Lablar sukutda bo’lsa ham qalbning ming xil tili bor, shunday emasmi?! …..-Yoongi quloqlari qizargancha to’lqinlanib gapirardi. Ehtimol hech qachon o’z tuyg’ularini bunchalik ochiq aytmagani uchun hozir unga qiyin bo’layotgandi- Bilmayman, bu sensan axir, bu har doim sen bo’lgansan, qanchalik o’zimni majburlasamda , yuragim o’rniga aqlimga quloq solishga tirishsamda, qanchalik tuyg’ularimni yashirishga urinsamda , qanchalik e’tibor qilmaslikka harakat qilsamda …..mening yarmimga aylanishga ulgurgan aynan sensan.
Yelena muzdek bo’lib ketdi. U soniyalar ichida maqsadini amalga oshirishi mumkin, boshqa bunday imkoniyat bo’lishi ehtimoldan yiroq.Uning ko’zlari g’azabdan ko’r bo’lishga ulgurgandi. Lekin qo’li negadir to’pponchani joyidan chiqara olmasdi. Qiz ikki o’t orasida qolgan -yarmi hoziroq Yoongini o’ldir desa yana bir bunga ishonmaydi. Ammo barini o’z quloqlari bilan eshitgach, shubhaga o’rin qolmagan. Birdan hayoliga o’zgacha qasos usuli kelib qoldi.”Mayli,senga bunday oddiy o’lim bilan qutilishdek yengil jazoni bermayman.Yaxshisi yuragingni asta sekinlik bilan parchlayman, uyalmasdan sevaman deyapsanmi? Demak seni shu orqali yo’q qilaman,Min Yoongi!
Yelena yuz ifodasini sovuqqonlik bilan o’zgartirib, yerga urish ohangidagi so’zlari bilan Yoongini nishonga oldi.
- Haqiqating shumi hali? Meni majbur bo’lyapti deb kim aytdi senga? Men o’z xohishim bilan Jungkookga, haaa… sizlar qo’rqadigan Jkga turmushga chiqaman. U meni vahshiylardan himoya qila oladi.
-Seni o’zim himoya qilaman! -dedi qoshlarini chimirib Yoongi
-Agar himoya qila olganingda shu yergacha kelmasdik. Kulgimni qistatma meni o’zingdan himoya qilasanmi, yoki ortingga yashirib kelayotgan qotildanmi?
Sen kabi aldoqchi va yovuz insonlardan nafratlanaman, hatto sevilishga ham arzimaysan! Tushunishimni xohlaysanmi? Ha men seni juda yaxshi tushunib oldim. Boshqalarga faqat azob keltira oladigan dardisarsan, yaramas yolg’onchi. Qanday qilib seni sevishim mumkin. O’zinga bir qara, seni nimangni sevishim kerak. Shunaqangi baxtiqaro odamsanki sen bilan uchrashganimdan beri boshim tashvishdan chiqmaydi. Sen sevma, chunki sening sevging faqat baxtsizlik olib keladi.
Yelena shunday deya unga orqa o’girib ketdi. Vaqtida ketganligi sababli na u na Yoongi bir birining ko’z yoshlarini ko’ra oldi. Shu onda yigitdan to’g’ri…bir tomchi ham qon oqmadi, hech narsa kelib unga sanchilmadi.Lekin u shu yerning o’zida o’lib bo’lgan edi.
Seokjin Yoongiga achingancha qarab mashinaga o’tirib qizni Jungkookning uyiga olib ketdi. Yelenaga gapirmoqchi bo’lganida shundog’am unsiz yig’layotganini ko’rib jim qoldi.
Jeonlar qo’rg’oni juda hashamatli va ulug’vorligi bilan salvat to’kib turardi. Hattoki Kimlar qo’rg’onidan ham uning yonida oddiydek bo’lib qoladi. Huddi saroyga adashib kirib qolishgandek, xizmatkorlar ham yuqori did bilan kiyingan, har biri harakatlari aniq va nafis edi.
Ular Jungkook mashq qiladigan katta sport zaliga kirishdi. Jk maxsus boks qopida terlab-pishib mashq qilayotgandi. Mehmonlar kelganini payqagandan so'ng nam soch tutamlarini silkitib, o'zini beparvo tutgancha zal markazidagi ringga yaqinlashib, bir sakrab ichiga o'tib oldi.
Yelena unga qarab biroz ikkilanib qoldi. Rostdan ham to'g'ri ish qilyaptimi o'zi, bu yigit qotillardan himoya qiladimi yoki yana bir bosh og'rig'i bo'ladimi? Nima bo’lganda ham endi ortga yo’l yo’q.
Yelena ringga sekin asta yaqinlashdi. Jungkook esa yana bir yigit bilan zarbani mashq qila boshladi. Bu yerda faqat charm qo'lqopning kuch bilan urilishi va Jkning qattiq nafas olishi eshitilardi. Har doim qo’pollik qilib mensimay qaragan yigitning naqadar kuchli ekanligini ko’rib g’alati bo’lib ketdi. Uning har bir zarbasi mohirlik bilan kerakli nuqtaga tushayotgan, keng yelkalaridagi mushaklari bo’rtib ko’zga tashlanardi. Qiz bechora nima deyishini bilmay biroz kalovnalib kuzatib turdida:
-Jeon Jungkook, sen bilan gaplashib olishimiz kerak!
Jungkook huddi hech narsa eshitmagandek mashq qilishda davom etdi.
- Jungkook, senda muhim gapim bor…-dedi yanada balandroq ohangda.Lekin hali ham javob ololmasdi.
-Balki bas qilarsan-dedi o’zi ham ringga ko’tarilib yaqinlasharkan. Jungkook hali ham beparvo mashq qilarkan, bir zarba bilan sherigini yiqitdi. Boshqa bir xizmatchisi yugurib unga suv va sochiq uzatdi.
Yelena uning javob bermayotganligidan asabiylasha boshladi. Jungkook esa suvni qultillatib ichgach , sochiq bilan peshonasidagi terlarni artib , o’rnidan zo’rg’a turayotgan sherigiga qarab dedi:
-Qanday qilib 21 yashar qizaloq o’zidan deyarli 10 yosh katta odamga sensirashi mumkin?! Bunday tarbiyasiz qizga qanday jazo qo’llash kerak ekan? -dedi ko’z qiri bilan Yelenaga qarab qo’yib.
Qizning lablari qimtildi. Jk hamma narsadan xabari borligi esiga tushdi, ha u Belladan ham yosh bo’la turib sensirab gapiradi, bularning bari asabdan, og’zidan chiqib ketganini bilmay qoladi.
- Qadrli qariya do’stim siz bilan gaplashib olsak bo’ladimi? -dedi zaxarxandaligi qolmay qiz.
Jungkook boshini osmonga qaratib kulgancha qiz tomonga burildi.Uning ko’zlarida g’oliblik aks etib turardi.
-Senga hali o’zing ortimdan kelasan degandim yodingdami. Bu hatto kutganimdan ham tez bo’ldi. Faqat bir muammo bor, menga seni shu achchiq tiling yoqmayapti…
-Menga esa turqingiz yoqmaydi, lekin jimman. Shunday ekan , gapni ko’paytirmaylik. Maqsadingiz nima? Nima uchun menga uylanmoqchisiz?
-Sening maqsading nima ?
-Nima?
-Agar senda ham biror maqsad bo’lmasa rozi bo’lmas eding, to’g’rimi? Baribir onang bo’lmagan odam uchun o’zingni qurbon qilar darajada farishta bo’lmasang kerak?!
-hmmmm, hullas bilasan, qotil...haqida…menga undan himoya qila oladigan odam kerak.
-Seningcha himoyaching bo’lamanmi?-dedi o’ynoqi ko’zlari bilan tikilib.
-Bu sizning nima istashingizga bog’liq. Sizning maqsadingiz nima ? Har holda bunday davlating bo’lib turib pul uchun uylanmasangiz kerak?
Jk jilmaygancha qiz atrofida aylana boshladi.
-Pul? Qizaloq, xohlasam ularni bir kunda kafangado qila olaman. Men faqat xohlagan narsamni olishga o’rganganman xalos. Bu mening hobbiyim desam ham bo’ladi.
-Demak hobbiyingiz birovga majburlab uylanish?
- Kim seni majburlayapti…ana bor menga turmushga chiqishing ham shart emas.
- Men bilan o’yin qilishni bas qiling, Jungkook
-O’yin endi boshlanadi-dedi zalga qahr-u g’azabga to’lib kirib kelayotgan Yoongiga ishora qilib.
Yoongi ko’zlarida o’t yongandek ikkisga qarab jahl bilan ringga chiqib oldi. Ustidagi kostyumini yechib, yigitlarga irg’itdida, qo’lqop berishlarini so’radi.
- Xush kelibsan qarindosh, qanday shamollar uchirdi, yoki men bilan oldingidek mashq qilmoqchimisan. Aytib qo’yay bekorga jang qilmayman. Har doimgi shartdan o’ynaymiz-dedi Jungkook
Yoongi charm qo’lqoplarni kiygach bir birga urib qo’yib tayyor ekanligini bildirdi. U bir so’z demasada , vajohatidan hammani yutib yuborishga tayyorligi ko’rinib turardi.
Yelena ko’zlarini pirpiratib nima qilmoqchiliklarini tushunmayotgan paytda Jk u tomon egilib ogohlantirish berdi.”Qani qizaloq pastga tushib jimgina kuzat, bu yerda tursang lat yeyishing mumkin.”
Yelena tezda ringni ikkisiga bo’shatib berdi.
Ikki do’st, aniqroqi hozir dushman bo’lishga ulgurgan yigitlar bir biriga ikki burchakdan qarab turishardi. Jungkook sokin va kuzatuvchan, Yoongi bo’lsa g’azabdan bo’yin tomirlari bo’rtib chiqqan, tishini g’ichirlatib qisgancha , tezroq ichidagi bor alamini raqibidan olishni xohlardi.
Jang boshlanganda Jungkook raqibining yoniga borishga shoshilmadi, aksincha undan o’zini olib qochib davra aylana boshladi. Yoongi bo’lsa qanday qilib bo’lmasin zarba berish uchun uni tutishga harakat qilardi. Qanchalik burchakka tiralishiga to’g’ri kelmasin Jk chaqqonlik bilan zarbalarga chap bera olardi. U javob qaytarish o’rniga boshiga ataylab”soxta zarbalar berib” Yoongining battar g’azabini qo’zg’atardi.
Yoongi nihoyat himoyani ham yig’ishtirib hujumga o’tganini ko’rgan Jk tez va aniq zarbalar bilan uni gangitib tashladi. Ketma-ket qorniga, ko’krak qafasiga yog’ilayotgan zarbalarni qaytarishga ulgurmagan yigit ringning burchagiga osilib yiqildi. Jungkook uni tinch qo’yib nari ketib kuldi va “ G’azab ko’zingni ko’r qilibdi, boksda miyani ham ishlatish kerak.” -dedi.
Yoongi bu gal ham bor kuchi bilan unga tashlanar ekan, har bir olayotgan zarbasidan , og’riqlaridan rohatlangandek hech himoyanalmasdi. Faqat og’riq qabul qilishni va Jungkookni alam bilan urishni bilardi. Jungkook ham anoyilardan emas edi. Oldida muatay bo’yicha usta turgan bo’lsada, hozir o’zining eng sevimli sport turida jang qilayotgani uchun har tomolama ustun edi.
Lekin Jungkook qanchalik professional bo’lmasin, yo’qatadigan hech narsasi qolmagan inson bilan kurashayapti ham. Yoongining bor kuchi bilan berayotgan zarbalari uni ham chekinishga majbur qila boshladi. Hatto pastdan chaqqonlik bilan nafas yo’liga berigan zarbadan chayqalib ketib o’zini nariga oldi. Shu onda Yoongi oldida nafrat bilan to’la ko’zlarni ko’rib to’xtab qoldi. Yelena unga jirkanib qarab turganini ko’rib, yana bir marta sindi. Aynan shu paytda, Yoongi boshiga kelib urilgan zarbadan o’zini yo’qotib yiqildi. Yiqilish barobarida ham ko’zini qizdan uzmadi.Yelena ortiq chiday olmay zal chetiga ketib qoldi. Quloqlari ostida “Ziiiingggg” etgan tovush sabab hech kimni eshitmay qo’ydi. Yoniga cho’kkalab mazharatomuz kulib turgan Jkga qarab bir necha soniya yotdida, jon-jahdi bilan baqirib unga tashlandi. Yoongining zarbalaridan hayratlangan Jk tezda o’zini o’nglab oldi va unga dars berib qo’yish uchun endi haqiqatdan ham urisha boshladi. Bir zumdan Yoongining yuzi qonga belandi. Jk ayamasdan uning yuzi ko’ziga zarba bera boshladi. Burnidan oqayotgan qon ko’ylaganini bo’yadi. Lekin shunda ham o’zini himoya qilishga urinmasdi, buni o’rniga alamidan chiqquncha urardi va zarba yerdi ham.
Balki shuning uchun ham Lev Tolstoy :”Sevgi bu erkak kishining eng buyuk baxti va shu bilan birga eng daxshatli og’rig’i hamdir” degandir. Huddi shuning uchun Yoongi hozir ichidagi og’riqni yengish uchun jismini boshqa og’riqqa tutib berayotgandir.
Yelena bo’lsa ularning jangini eshitmaslik uchun quloqlarini yopib, ortiga o’girilib oldi. Har bir zarba tovushi unga juda yomon ta’sir qilayotgandi. U bunday narsalarga ta’sirchan bo’lgani uchun ham o’zini yomon his qila boshlagan va yiqilib tushmaslik uchun yonidagi boyagina JK urib mashq qilayotgan qopni ushladi. Lekin qo’liga urilgan iliqlikdan keyin qo’liga nazar tashladi. Kaftlari odam qoni bilan belanganini ko’rib battar ko’ngli behuzur bo’ldi. Nahot yana adashdi? Yana noto’g’ri odamga to’g’ri keldimi? Boks qopi teshigidan esa tomchilab qon oqmoqda edi…….
Kim qo’rg’oni osmonida qora bulutlar to’planib kuchli yomg’ir yog’ishidan darak bermoqda. Atrof ham qorong’ulashib , odamning etini uvishtirib yuboradigan sovuq shamol esmoqda.
Qo’rg’on eshigi tutqichini ushlab endigina ichkariga kirmoqchi bo’lgan qizning ortidan tanish ovoz yangradi.
“Yelena!” deb chaqirgan Yoongi endigina qon to’xtagan burnidan sochiqni olib u tomon tez yurib kela boshladi.
Yelena kipriklariga ilakshib qolayotgan niqobini to’g’rilab qo’ydida, unga norozi qarash qilib o’grildi.
Yoongi yuzi-ko’zi ko’karib ketgan kiyimlari ham bir ahvolda uning qarshisida paydo bo’ldi. Endi u ham Yelenaga nafrat bilan qarayotgan edi.
-Menga tushuntirib berishing kerak, negaaa…?
-Hech narsani tushuntirishga majbur emasman!-gapni cho’rt kesdi qiz.
-Negaaa???? -deb qizni yelkasidan silkitib o’ziga qaratdi. NEGA, menga qarasangchi….-oxirgi savoli ojiz yangradi-neeegaaa?
-Chunki sen yolg’onchisan, zolimsan! Qotilsan!...men sendaylar bilan yashay olmayman…….hammasini bilib oldim. Hamma yo’lg’onlaringni ehtimol….
Yelena uning qo’llarini siltab tashladi va “ yolg’on bilan baxtli qilganingdan ko’ra, haqiqating bilan o’ldirganing ming chandon yaxshi edi.” -dedi hiqqilab.
- Menga hammasini tushuntirmaguningcha qo’yib yubormayman. Axir men sen uchun yonyapman…… sen bo’lsang meni kul hidi uchun ayblayapsan.
Sen yoqtirgan hamma kitoblaringni o’qib chiqdim. Ula
Shu paytda yomg’ir ham shivirlab yog’a boshladi. Ular bo’lsa bunga parvo ham qilmasdan bir biriga nafrat bilan tikilib turardi.
Menga gapirishingdan nafratlanaman, har qilgan yomonliklaringdan, ozorlaringdan, ko’nglimni og’ritishingdan nafratlanaman.Men……vaqti vaqti bilan sochlaringni ortga barmoqlaring bilan tarashingdan nafratlanaman, biror joyga ketadigan bo’lsam izimdan mashinada yetib olishingdan, menga tikilib qarashingdan, kichikina ko’zlaringdagi katta qorachiqlar bilan menga qarab, hayollarimni o’qishingdan nafratlanaman. Meni bir vaqtning o’zida butkul aqldan ozdirib, yana taskin bera olishingdan nafratlanaman. Men nafratlanaman….-duduqlanib gapira boshladi-men sen har doim haq bo’lib chiqishingdan va yolg’on gapirishingdan ham nafratlanaman. Meni kuldira olishingdan, undan ham yomonrog’i yig’latganing uchun ham nafratlanaman.- shu joyida qiz ko’z yoshlarini tutib tura olmadi va yig’i ovozida davom etdi.-men yonimda bo’lmaganingdan, mendan xabar olmaganingdan nafratlanaman. Lekin eng ko’p nafratlanishimning sababi bu……. yig’lab boshini pastga egdi. Keyin og’riq to’la ko’zlar bilan Yoongiga qayta qarab- Men sendan nafratlana olmayapman, ozgina bo’lsa ham, biroz bo’lsa ham hattoki zarracha ham!Uddalay olmayapman….
Yoongi uning yanoqlaridan tutib, bir qo’li bilan yuzidagi niqobni ehtiyotkorlik bilan olib tashladi. Shishib va biroz ko’karib turgan va shoshqator bo’lib oqayotgan ko’z yoshlar sabab namlanib ketgan chakkasini asta silab artdi. U hozir hammasini unutgan, faqat o’ziga qaratilgan to’q jigarrang rangli ko’zlarga, yig’idan qizarib ketgan qovoqlar va burnining uchiga va hamon titrab biror so’z deyishga urinayotgan lablarga qarab qolgandi. Qiz ham qimir etmas, sharros quyayotgan yomg’ir ikkisining ustini butkul shallobo qilishga ulgurdi. Yomg’ir tomchilari yuzidan quyilib kelar ekan, ikkisining nafasidan bug’ ko’tarilardi. Yoongi Yelenaning yanog’ini kafti orasiga olib o’ziga yaqinlashtirdi. - Sen yoqtirgan hamma kitoblaringni o’qib chiqdim. Hattoki ulardan birida “ Inson uchun eng og’ir gunoh – bu uning oldida tizzalab yotgan odamning qalbini toptashdir” deyilgandi. Aytchi menga qanchalik gunohkor ekanligingni bilasanmi? Bizga qilayotganlaring uchun qanday javob bermoqchisan? Yelena keskin o’zini ortga oldi va ichkariga yugurib kirib ketdi.
Yoongi bo’lsa yomg’ir ostida ortida qo’llarini mushtlagancha qolaverdi.
Yelena bor kuchi bilan to’xtamasdan go’yo hamma narsadan qochib ketayotgandek yugurib xonasiga yetdida eshikni berkitib unga suyanib yig’lay boshladi. Kissasidagi qurolni chiqarib polga ulaqtirib yubordi. U butun vujudi qaqshab og’riyotgan odamdek g’ujanak bo’lib olib polga yotib oldi. O’ksib yig’layotgan qiz qarshisida bir juft poyafzal ko’rinish bergandan so’ng hayolini yig’ib yuqoriga , unga yuzini burishtirgancha qarab turgan Taehyungni ko’rdi.Qiz biror so’z demasidan “Meni hafsalamni pir qilding” deb uning bo’g’ziga chang soldi.
Yoongi yomg’irdan nam bo’lishga ulgurgan papirosni yomg’ri tagida telbalardek yoqishga urinardi. Axiyri sabri tugab uni bir chetgaga irg’itdida ortiga o’girildi. Lekin yuqorida kimningdir chinqirib yerga qulayotganini eshitib joyida qotdi va ortiga o’girilib hayotidagi eng daxshatli manzaraga guvoh bo’ldi. Pastda Yelena qonga belanib yotardi, yuqorida esa Taehyung telbalarcha kulib turibdi.
Shahar shifoxonasining jonlantirish bo’limida og’ir bemor kelganligi sababli 10lab shifokorlar jalb qilingan, qon yo’qatayotgan qizni vaqtni behuda sarflamay operatsiya olish payidalar. Tashqaridan oyna orqali ularni kuzatayotgan Yoongi esa ortiq bardosh berolmay kresloga o’tirib qoldi. Qo’llari bilan yuzini berkitib olmoqchi bo’lganida ular butkul qonga botganini ko’rdi. U hozir shok holatda nima qilayotganini ham tushunmas, faqat “tirik qolishing kerak” deb takrorlardi.
Soat ketidan soat o’tsada hechkimdan ichkarida nima bo’layotganini bilib ololmadi. Shunday holda 12 soat operatsiya eshigini tagida qimir etmay o’tirdi. U oldiga dambadam kelib ketib turgan Jinning gaplarini eshitmasdi ham, barcha diqqat e’tibori ichkarida edi. Nihoyat eshik ochilib, u yerdan o’ta darajada charchagan shifokorlar chiqa boshlashdi. Yoongi ularga umid bilan qarab biror yaxshi yangilik eshitish payida edi. Nihoyat bosh shifokorga ko’zi tushgach uni yoniga ildamladi.
-Hammasi yaxshimi doktor, u tirik qoladi-a?
-Biz qo’limizdan kelgan hammasini qildik. Uning boshi qattiq shikastlangan, bir qancha suyaklari singan, qovurg’alari ham ichki sinish bo’lgan, bu sinishlarni tiklay oldik, qonni to’xtatdik, lekin shuncha harakatlarimizga qaramasdan bemor komaga tushib qoldi. Endi nima bo’lsa xudodan, faqat sabr qilib kutishimiz kerak.
-Bu nima deganingiz,nega komaga tushadi? Uni qutqaring xohlaganingizcha pul beraman, faqat qutqaring.
-Ishoning janob qo’limizdan boshqa hech narsa kelmaydi. Hammasi xudoning qo’lida..
-Xudo , xudo, namucha xudoga yopishib olmasang, sen shifokorsan axir, uni saqlab qolishga majbursan-deb doktorning yoqasiga yopishib ketdi.
Jin vaqtida kelib ularni ajratib olmasa, doktorni bir nima qilib qo’yishi hech gap emas edi. Seokjin Yoongini mahkam ushlab bag’riga bosib tinchlantirihsga urindi.”Bo’ldi , Yoongi, o’zingni bos, hammasi yaxshi bo’ladi”
Yoongi o’ksib yig’lagancha “meni ichkariga kirgizinglar , o’z ko’zlarim bilan ko’rmoqchiman, uni ko’rmoqchiman”deb yolvora boshladi. Lekin tartib qoida bo’yicha bemor yoniga hech kimni kirgizishmasdi.
Oradan bir necha soat o’tdi. Yoongi asabiy oyog’ini qimirlatib o’tirar ekan birdan o’rnidan turdida “Seni o’ldiraman,Taehyung, qo’limga tushsang sog’ qolmaysan endi”degancha shifoxonadan chiqib ketdi.
Jin nima bo’lishini tahmin qilib iloji boricha Taedan ham oldin qo’rg’onga borishga harakat qildi. Yoongi gazni oxirigacha bosib, qo’rg’onga yeldek uchib keldi.
Yuqori qavatga Taehyungning xonasiga ko’tiralar ekan, uning ismini ovozi boricha baqirib xonasiga bostirib bordi. Kirishi bilan yotog’I yonida quloqlarini berkitib, yig’lab o’tirgan yigitga ko’zi tushdi. U Yoongini ko’rishi bilan battar qo’rquvga tushib alahsiray boshladi. Yoongi uning yoqasidan olib jag’i musht tushirdi. Pastga ag’darilgan Taehyungni yana ko’tarib zarba bera boshladi. Jin ham tezda ortidan yetib kelib , ularni orasiga tushishga harakat qildi. Lkein Yoongi sira bo’y bermas, Taehyungni tinmay haqoratlab, urishga harakat qilardi. Taehyung esa kaftlari bilan yuzini to’sib tinmay “yo’q,…. yo’q…” deyishni bilardi xalos.
Jinning nihoyat sabri tugab, Yoongini qattiq itarib baqirdi “Yoongi bas qil, Yun xonim eshitib qolsa nima deymiz? O’zing bos axir Taehyung kasalligini bilasanku!” Yoongi alam bilan undan yuzini burib polga o’tirib oldi. U og’ri nafas olib alamini zo’rg’a bosishga harakat qilardi. Taehyung esa Jinning ortiga berkinib, yosh bolalardek qo’rqib qaltirardi. U Jinning bilagidan ushlab o’ziga tortdi va ma’yus va g’amga nigoh bilan “ Seokjin men , men buni ataylab qilmadim, yo’q buni men qilmadim” deb ishontirishga harakat qilardi. Keyin esa birdan boshini ushlab o’tirib olib g’alati ohangda gaplarini takrorlay boshladi:
-Men singlimni o’ldirdim…men singlimni o’ldirdim…men singlimni yana o’ldirdimmi?- deb goh kulib goh yig’lay boshladi. Yoongi unga ovozingni o’chir degancha qo’liga ilingan narsani uloqtirdi. Bundan battar jazavaga tushgan Taehyung so’zlarni tezlashtirib ayta boshladi. “Men uni o’ldirdim.mmmen uni o’ldirdim singlimni o’ldirdim…”
- Uni shifoxonga jo’natishimiz kerak edi,men haq edim Yoongi-dedi Jin
-Ha haq eding, sen haq eding JIN! Lekin onasiga uning yolg’iz og’li ruhiy kasal ekanligini qanday tushuntirar eding. Qizidan ham ayrilgani yetmagandek, o’g’li ham dardga chalinganini bilsa yetmaganiga qotillik qilishidan xabar topsa , u chiday olarmidi? Buning barchasiga men aybdorman, uning qiliqlariga ko’z yumib keldim, uning ishlarini yashirganim uchun menga berilgan jazo aslida bu degancha gunohkorlarcha tan oldi Yoongi.
Oradan 2 oy o’tdi…. Yelenaning ahvoli yaxshilanmadi, aksincha barcha hayot ko’rsatkichlari bir texnikaga ulanib zo’rg’a ushlab turilibdi. Shifokorining aytishicha komadan chiqish vaqtini aniqlab bo’lmaydi, bemor xohlasa bugun xohlamasa hech qachon uyg’onmasligi mumkin ekan. Hamma gap ham shunda.. Yelena uyg’onishni xohlamayotgandi…..
Shu ikki oy Yoongi uchun 2 asrdek o’tdi go’yo. U har kuni shifoxonaga keladi o’zining shaxsiy joyiga aylanib ulgurgan xona eshigi yonidagi kresloga borib o’rnashadi. Shu vaqt ichida biron marta qizning yoniga kirmadi, kirolmadi. Chunki uning oldida o’zini juda gunohkor his qilayotgandi. U faqat kutadi, uning uyg’onishini va yana bir ovozini eshitishini kutib yashamoqda. Bu yaqin orada Jungkook ham kelib turdi. U Yoongining ahvolini ko’rib achinib ham ketardi. Lekin bir og’iz gaplashmasdan Yelenani ko’rib yana qaytib ketadi. Yun xonimga Yelenani boshqa davlatga o’qishga ketganligini, darslari sabab qo’ng’iroq qila olmasligini aytib aldashdi. Yun xonim buning yolg’onligini sezsada, qiziga bir nima bo’lganligini eshitishdan ko’ras hu yol’gonga ishonib yashashni afzal bildi. U ham telefonini jiringlashini kutib yashadi shu ikki oyni.
Yoongi har doimgiday kresloda o’tirib hayol surar ekan, ichkaridagi apparatning yoqimsiz chiyyilashidan sergaklandi. Tezda hamshiralarni chaqirib kelib duppulab urayotgan yuragini ushlab ming o’lib tirildi. Hamshira palatadan yugurib chiqib boshq a doktorlarni ham chaqiirib keldi, tezda bemorga defebilyator( yurak to’xtab qolganda tok orqali stimul beriadigan apparat) qo’yib jonlantirishga harakat qilishdi. Har tok ovozi eshitilgan Yoongi ham titrab ketardi. U qo’li bilan og’zini yopgancha nafas ham ololmay kutardi. Nihoyat bemorni hayotga qaytarishdi, majburlab…
Hayot ko’rsatkichlarni me’yoriga qaytganiga ishonch hosil qilgan shifokor Yoongining oldiga chiqib horg’in ovozda dedi.
-Bu ikkinchi marotaba sodir bo’lishi,agar yana takrorlansa uni saqlab qololmasligimiz mumkin. Hamma narsaga tayyor turing janob-deya yelkasidan qoqib dalda berib boshqa palataga o’tib ketdi. Yoongi bir nuqtaga tikilib qotib qoldi. Ko’zidan tomchi yosh sizib chiqib to’g’ri poyabzaliga tomdi. U qo’rg’onga qaytib to’g’ri studiyasiga kirdi. U yerdagi qog’ozlarni qo’liga olib ichidagilarni to’ka boshladi….
Bahorning ilk kunlari bo’lsada allaqachon olcha daraxti gullashga ulgurgan… palata derazasidan pushti gul barglar yog’ilib kira boshlagan vaqt. Qushlar ham nihoyat quyoshning iliq taftidan bahra olib o’zgacha sayramoqda….Xonadagi yolg’iz karavotda yuzi oqarib ketgan, o’likdek qimir etmasdan yotgan qiz yoniga bir yigit asta sekinlik bilan yaqinlashdi. Qo’lini uning peshonasiga qo’yib turdida to’zg’igan sochlarini quloqlari ortiga o’tkazib qo’ydi. Yaqinroqdagi stulni ushlab o’ziga tortdida, Yelenaning yonidan joy olib uff tortib qarab qoldi. Ortiga bog’lab olgan Gitarani g’ilofidan avaylab olib sozlay boshladi. Labidagi persingini tishlab qo’ygancha qizga qarab qo’shiq kuylashni boshladi. Jungkook bu qo’shiqni shu qadar dard bilan yozilgani uchunmi ich-ichidan his qilib kuylay boshladi.
DIQQAT SHU JOYIDA PASTDA QOLDIRGAN VIDEOGA KIRIB, SUGA BASTALAGAN “STAY ALIVE” YA’NI “TIRIK QOL’’ QO’SHIG’INI O’ZBEKCHA SUB BILAN KO’RIB OLING.
Yelena qop-qorong’u va turli shovqin va yig’I eshitilayotgan zulmat joy o’rniga sohil bo’yiga kelib qolganini sezdi, bu yer juda yorug’ va issiq edi. Hatto oyoq yalang ham bemalol yurish mumkin edi. U sohilga urilayotgan to’lqinlarga qarab yurib borar ekan, uzoqroqda bir necha odamlar borligini ko’rdi. Ko’zini qamashtirayotgan quyosh nurlarini kafti bilan to’sib yaxshilab qarasa ular aslida uningn oilasi ekanligini bildi. U quvonchdan sakragancha ular tomon yugurib ketdi. “Nihoyat sizlarni topdim, endi doim birga bo’lamiz.’’ -deb takrorlardi. Oilasi ham unga javoban qo’l silkib olqishlab yonlariga chorlashardi. Ularning hammasi oq kiyimda edi, hatto Yelena ham yengil oppoq kiyimda edi. U shu qadar baxtli edki go’yo qanot qoqib borardi. Lekin kimdir uni ortida ismini aytib tinmay chaqira boshladi. Qiz hayron bo’lib ortiga o’girilsa qop qora kostyum shimda Yoongi unga qarab turganini ko’rdi. U qiz tomon yaqinlasha olmas faqat ismini aytib chaqirib allanimalar deyishga harakat qilardi. Yelena unga yaxshilan quloq solib ko'rdi va endi aniq eshita boshladi. “ Ortga qayt sevgilim, qayt!’’
-Qayerga? -dedi qiz hayron bo’lib,
- Yoongi unga sokin qarab kaftini ko’kragiga -yuragining ustiga qo’yib ko’rsatdi “UYGA”!
Bemorning ko'zidan 2 tomchi yosh sizib ikki qulog'i tomon sizib ketdi.
Bilaman bu safar ezib yubordim va bu qismdan keyin savollaringiz ham anchagina bo’lishi tabiiy. Lekin meni ham boshidan qiziqtirgan savol bor. Nahotki o’qib bo’lgach reaksiya bosib fikr bildirib qo’yish qiyin bo’lsa, yoki shunchalik yozganlarim arzimaydimi?