Only you
Qiz va Bangchan uzoq suhbat qurishdi.Bangchan soatga bir nazar tashlagan edi,amaliyot vaqti ham yetib kelgan edi.U praffisional xulq-atvorini saqlagan holda sekingina o'rnidan turdi
-Uzundan uzun suhbat uchun tashakkur.Qani endi kettik.
Talabalar amaliyot uchun tayyor turishar, Bangchan esa ularni boshqarib, jiddiy ohangda tushuntirishlar berar edi. Ular shaharning biroz chekkasida joylashgan “Ruhiy kasalliklar shifoxonasi” tomon yo‘l olishgandi. Ushbu joy — oddiy dars emas, haqiqiy sinov edi.
Bangchan ularni shifoxona hovlisida to‘xtatdi va barchaning ko‘zlariga birma-bir tikilar ekan, qat’iy gapirdi:
— Mana endi sizlar hayotda ilk bor murakkab ruhiy kasalliklarga duch kelasizlar. Shuni biling: bu yerda sizdan faqat bilim emas, hushyorlik va sezgirlik ham talab etiladi.
U bir oz to‘xtab, so‘ng muhim eslatmani ilova qildi:
— Agar qandaydir bemor sizga o‘zidan o‘zi gapira boshlasa yoki nimadandir shikoyat qilsa — unga javob bermang. bu yerda har nimani kutish mumkin. Iloji boricha u yerdan tezroq uzoqlashing. Ular ba’zida realniy hayotni farqlay olishmaydi.
Talabalar bu gaplarni chuqur tinglashar, ayrimlar hatto ko‘zlarida qo‘rquv sezilar edi.
Bangchan ularni avval ochiq ruhiy bo‘lim tomon boshladi. Bu yerda bemorlarning ahvoli nisbatan yengilroq edi — asosan depressiyaga tushgan, hayotga bo‘lgan qiziqishini yo‘qotgan insonlar davolanardi.
Qalin eshikdan o‘tgach, talabalar ro‘parasida ochiq maydon paydo bo‘ldi. Daryo bo‘yidagi sokin bog‘ni eslatuvchi bu joyda bemorlar skameykalarda o‘tirar, ayrimlari kitob o‘qir, ba'zilari esa shunchaki osmonni tomosha qilib, sukut ichida o‘z fikrlari bilan band edi.
Bangchan har bir talabaga bemorlar bilan ehtiyotkor, muloyim ohangda muloqot qilishni tayinladi.
— Bu insonlar ichkarida urinishmoqda. Ularning ko‘zlarida og‘riq bor, ammo ular hali o‘zini butunlay yo‘qotmagan. Yondashuvlaringiz mehrli bo‘lsin. Har bir so‘z — davo yoki jarohat bo‘lishi mumkin.
Ochiq bo‘limdagi sokin sukunat o‘rnini asta-sekin og‘ir havoga, bo‘g‘uvchi jimlik va g‘alati vahimaga qoldirayotgan edi. Talabalar endi navbatdagi manzil — yopiq ruhiy kasallar joylashgan bo‘limga yo‘l olishdi. Bu yerda har bir qadam tashlash bilan yurakda g‘alati titroq paydo bo‘lardi.
Imoratlar... ular kasalxonadan ko‘ra qamoqxonaga o‘xshar, qoraygan devorlari, panjaralangan derazalari bilan bir qarashdayoq begona, tahlikali muhitni sezdirardi. Oynalar singan, ba'zilarining chetlari esa to‘liq mix bilan mahkamlangan. Go‘yo bu joy nafaqat bemorlarni ushlab turish, balki ularning ichidagi g‘azab, iztirob, jinnilikni ham qamash uchun qurilgandek edi.
Har qadamda chinqiriq, ba'zida qahqaha, yana bir lahzada esa g‘alati pichirlashlar quloqqa chalinar, yurakda notinchlik uyg‘otardi. Devorlar go‘yo bu azob-uqubatlarning guvohiga aylangan, ko‘rgan-ko‘rmagan sirlarni yutib yotardi.
Bu yer — inson ruhining eng chuqur, eng qorong‘i, eng begona burchagi edi. Ha, bu yerda chinakam “yo‘qolganlar” yashar edi. O‘zini, dunyoni, hatto vaqtni ham unutgan jonlar. Talabalar esa, ilk bor hayot va aql o‘rtasidagi begona bo‘shliqni shu yerda his qila boshlashgandi...
Qiz Bangchanning ortidan sekin, yuragi hapriqib yurardi. Har bir qadami og‘ir, har bir nafasida qo‘rquv aralash hayajon yashirin edi. Atrofdagi g‘alati tovushlar, devorlar orasidagi g‘ira-shira nur — hammasi unga begona, yot va xavfli tuyulardi.
Bangchan esa bir oz oldinda yurarkan, qizning yurak urishini go‘yo orqasidan eshitayotgandek to‘xtab, yengil jilmaydi. U orqasiga yarim burilib, past ohangda, lekin yurakka urilgudek ta'sirli so‘zlarni aytdi:
— Bunchalik cho‘chimang… yurak urishingiz mengacha eshitilyapti.
Qiz bu so‘zlardan seskanib, bir lahzaga yuragini ushladi. Ammo o‘sha paytda, yigitning ovozi, jilmayishi, hatto yurishidagi sokin ishonch unga g‘alati bir taskin berib, vahimasini bir necha daqiqaligiga bosdi.
Qiz yuragining tez urishidan biroz bezovta bo‘lib, sumkasidan biror narsa olishga harakat qildi. Ammo qo‘llari titrardi, yuragi esa ichkaridan siqayotgandek edi. U to‘xtab, sumkasini kavlashtira boshladi. Har bir harakati shoshqaloq, betartib edi — xuddi vaqti oz, havosi kamdek.
Nihoyat kerakli narsasini topdi. Boshini ko‘targanida esa, Bangchan ancha olg‘a yurib ketganini ko‘rdi. Yuragidagi vahima yana bosh ko‘tardi. U endi tezroq yurishga tushdi. Ammo... aynan o‘sha paytda, orqasidan nimadir — yoki kimdir — uni bellaridan qattiq tortib, birdan orqaga tortdi.
Qizning yuragi joyidan chiqib ketgudek bo‘ldi. U baqirish uchun og‘zini ochgan edi, ammo o‘sha dahshatli quvvatdagi qo‘llar darrov uning og‘zini yopdi. Tana qotib qoldi. Na nafas olish mumkin edi, na baqirish. Ko‘zlari dahshatdan kattalashgan, yuragi esa qulog‘ida urardi.
Atrof sukunatda, ammo uning ichki qichqirig‘i olamni titratayotgandek edi..
Qiz dahshat aralash ko‘z yosh bilan ortiga qaradi. Nigohlari to‘qnash kelgan zahoti, yuragi muzdek bo‘lib ketdi — bu yigit oddiy emas edi. Ko‘zlaridagi o‘zgacha yaltirash, yuzidagi g‘alati ifoda... ha, u bemor edi. Bu darrov sezildi.
Qo‘rquv to‘lqin kabi tanasini qamrab oldi. Tana titradi, nafaslar qisildi. Yigit esa sekin, vahimali sokinlik bilan qo‘lini uning og‘zidan oldi. Ammo bu erkinlik tuyg‘usi faqat bir soniya davom etdi.
— Baqirgudek bo‘lsang... bo‘g‘ib o‘ldiraman, — dedi u pichirlab, ammo har bir so‘z qizning qalbini zir titratdi.
Qiz undan qutilishga urindi, tirishdi, yelkasini bo‘shatishga harakat qildi:
— Qo‘yib yubor meni! — dedi u, ko‘zlarida ikki yoqlama yosh: qo‘rquv va g‘azab aralash.
Yigit esa, go‘yo hech nima bo‘lmaganday, jilmaydi. Undagi befarqlik, xotirjamlik esa vaziyatni yanada qo‘rquvli qilardi.
— Hayotim davomida uchratgan eng nozik va latofatli doktor... — dedi u ohangdor, lekin g‘alati ravishda halovatli tovushda. — Bunchalar go‘zalsan...
Qiz qo‘rquv ichida bo‘lsa-da, ichki kuchini to‘pladi. U bemorning qattiq siqqan qo‘llarini bellaridan itarishga harakat qilar edi. Nafasi tiqilib, yuragi bag‘ridan chiqib ketgudek bo‘lib urar, ammo u o‘zini qo‘rqitishga yo‘l qo‘ymaslikka urinardi.
Ko‘zlarida yosh, yuragida vahima bilan baralla baqirdi:
— Qo‘yib yubor dedim senga! — so‘zlari titrasa-da, unda o‘ziga xos qat’iyat bor edi. Bu uning zo‘rg‘a yig‘ilgan jasorati edi.
Qo‘llari bilan uni o‘zidan itarib, ozod bo‘lishga urinar ekan, butun tanasi bo‘shashgudek charchagan edi. Ammo taslim bo‘lish niyati yo‘q edi.
Qiz barcha kuchi bilan uning qo‘llaridan chiqishga urinar, lekin yigit uni yanada mahkamroq bag‘riga tortdi. Qizning yuragi hamon vahima bilan urar, ko‘zlarida yosh, tanasi esa titrab turardi.
Yigit tahdidli ohangda pichirladi:
— Tipirchlama... baribir qo‘yib yubormayman.
Bu so‘zlar yurakni muzlatib yuboradigan darajada sovuq edi. Yigitning qo‘llari kuchli edi. Bu oddiy qiziqish emas — bu qandaydir notinch, vahimali muhabbat, yoki balki ruhiy notinchlikning ko‘rinishi edi.
Qiz ko‘zlarini yumib, butun kuchi bilan yelkasini bo‘shatishga urinar ekan,ko'nglida faqat bitta nido bor edi: "Iltimos, kimdir kelib qolsa edi…"