April 30, 2025

Only you

{{ 𝘌𝘱𝘪𝘴𝘰𝘥𝘦 1 }}

𝗕𝘆 𝘀𝘂𝗻𝘀𝗵𝗶𝗻𝗲)

"Sevgi yoshni tanlamaydi, maqomni ham, mansabni ham. Chin qalbdan sevgan yurak uchun hech qanday chegara yo‘q."

Yana bir tong… Uyg‘onishni istamayman. Ayniqsa, mana shu iliq, quchoqlab turgan joyimdan chiqgim kelmaydi. Go‘yo bu osoyishtalikda abadiy qolgim keladi.Ammo onamning ovozlaridan turishga majbur bo'ldim

-Qizalog'im uyg'on,bu nimasi.Tong allaqachon otib bo'ldi.Bu ketishda sen doktor tugul hamshira ham bola olmaysan.Dugonang 100 marotaba qo'ng'iroq qildi ahir.Qizimm

Onamning bu gaplaridan so'ng o'ylab ham o'tirmay yotog'imdan sakrab turdim

-Jin ursinn...Bugun amalyotim bor ediku.Ming lanat,lanat jin ursin.Bugun ahir yangi amalyot domlamiz keladikuuuu..Ah,ah...sen ahmoqsan Ji-eun..ahmoqq

Qiz beixtiyor o‘rnidan sapchib turdi-da, bir zumda vannaxonaga kirib ketdi. Go‘yo ichidagi tuyg‘ular tinchlik bermayotgandek.

Vannaxonada yuzini yuvarkan, ko‘zlaridagi charchoqni yashirishga urindi. So‘ng vaqt bilan poygaga tushgandek, sumkasiga kalpachog‘i va oq halatini joylashtirdi. Hattoki tonggi choy ham yodidan chiqdi. Kiyimlarini tezda kiydi, mashina kalitlarini qo‘liga ilib, yuragidagi g‘ayritabiiy shoshqaloqlik bilan uydan chiqib ketdi.

Mashinaga o‘tirib, gazni bosgancha eng baland tezlikda hayday boshladi. Ich-ichidan o‘zini ayiblab,
"Rulda baland tezlikda harakatlanarkan, yuragidagi g‘ashlik tiliga aylandi. O‘zini to‘xtovsiz tanqid qilar, har bir so‘zida achchiq nadomat sezilardi.
— Ahmoq! Shu la’nati uyqu tufayli hammasini barbod qilasan! Hozir kech qolishing aniq...

Nihoyat, universitet ko‘zga ko‘rindi. Mashinani darhol to‘xtatib, ichidan chiqdi. Oq halatini yelkasiga tashlab, kalpachog‘ini boshiga shoshib kiyib oldi. Yuragi og‘ziga sig‘may, xonaga tomon chopdi. Eshik oldiga yetgach, titragan qo‘llari bilan eshikni taqillatdi – qo‘rquv va umid aralashgan holda.

Ichkaridan sovuq va qat’iy ohangda: “Kiring,” degan ovoz yangradi. Qiz bu tovushni eshitishi bilan beixtiyor seskanib tushdi.
— Vay... ovozi yuragimni junbushga keltiryapti. Yangi domlamiz juda ham qattiq qo‘lga o‘xshaydi. Ey Xudoyim, faqat O‘zing yordam ber... — deb yurakda duoga o‘xshash so‘zlar titradi.
U ehtiyotkor qadamlar bilan eshikni ochib, boshi egilgancha ichkariga kirdi. Nigohini yerga qadab, muloyim ovozda uzr so‘radi. Xonada sukunat hukmron edi, go‘yo vaqt bir lahzaga to‘xtagandek tuyuldi.

Qiz boshini ko‘tarmagancha turarkan, quloqlariga asta yaqinlashayotgan qadam tovushlari eshitildi. Har bir tovush yuragini yanada tezroq urishga majbur qilardi. Nafasi qisila boshladi.
Bir necha lahzadan so‘ng, yengil, ammo yaqin nafasni his etib, domla allaqachon uning yonida turganini anglab yetdi. Tanasi muzdek bo‘lib ketdi, yuragi esa go‘yo qafasidan otilib chiqmoqchidek urardi.

-Ilk kunimdayoq bunday mas’uliyatsizlik?” — dedi domla sovuqqina ohangda. So‘zlar og‘irlik bilan havoni yordi.
“Bugun esa – sen bilmayapsan shekilli – eng muhim amaliyot kuni.”
Bu so‘zlar qizning yuragini yanada siqib yubordi, go‘yo aybdorlik hissi butun vujudini bosib oldi.

"Menga qara," — dedi domla qat’iy, ammo tiniq ovozda.
Qiz beixtiyor boshini ko‘tardi va nigohlarini domlaning ko‘zlariga qadadi. Shu zahotiyoq yuragi bir lahzaga to‘xtagandek bo‘ldi.
— Yo Xudoyim... bu ko‘zlar-chi? Bu qadar chuqur, jozibali, sokin...
Nahotki bu inson mening domlam bo‘lsa? Nahotki u shu qadar yosh va kelishgan?
Bu... bu ko‘zlar odamni o‘ziga tortadi. Nazarimda, men nafaqat kech qoldim, balki o‘zimni ham yo‘qotdim...

<< sunshine >> | davomi bor