April 30, 2025

Only you

𝘌𝘱𝘪𝘴𝘰𝘥𝘦 1 }}
𝗕𝘆 𝘀𝘂𝗻𝘀𝗵𝗶𝗻𝗲)

"Sevgi yoshni tanlamaydi, maqomni ham, mansabni ham. Chin qalbdan sevgan yurak uchun hech qanday chegara yo‘q."

Yana bir tong… Uyg‘onishni istamayman. Ayniqsa, mana shu iliq, quchoqlab turgan joyimdan chiqgim kelmaydi. Go‘yo bu osoyishtalikda abadiy qolgim keladi.Ammo onamning ovozlaridan turishga majbur bo'ldim
-Qizalog'im uyg'on,bu nimasi.Tong allaqachon otib bo'ldi.Bu ketishda sen doktor tugul hamshira ham bola olmaysan.Dugonang 100 marotaba qo'ng'iroq qildi ahir.Qizimm
Onamning bu gaplaridan so'ng o'ylab ham o'tirmay yotog'imdan sakrab turdim
-Jin ursinn...Bugun amalyotim bor ediku.Ming lanat,lanat jin ursin.Bugun ahir yangi amalyot domlamiz keladikuuuu..Ah,ah...sen ahmoqsan Ji-eun..ahmoqq

Qiz beixtiyor o‘rnidan sapchib turdi-da, bir zumda vannaxonaga kirib ketdi. Go‘yo ichidagi tuyg‘ular tinchlik bermayotgandek. Vannaxonada yuzini yuvarkan, ko‘zlaridagi charchoqni yashirishga urindi. So‘ng vaqt bilan poygaga tushgandek, sumkasiga kalpachog‘i va oq halatini joylashtirdi. Hattoki tonggi choy ham yodidan chiqdi. Kiyimlarini tezda kiydi, mashina kalitlarini qo‘liga ilib, yuragidagi g‘ayritabiiy shoshqaloqlik bilan uydan chiqib ketdi.

Mashinaga o‘tirib, gazni bosgancha eng baland tezlikda hayday boshladi. Ich-ichidan o‘zini ayiblab,
"Rulda baland tezlikda harakatlanarkan, yuragidagi g‘ashlik tiliga aylandi. O‘zini to‘xtovsiz tanqid qilar, har bir so‘zida achchiq nadomat sezilardi.
— Ahmoq! Shu la’nati uyqu tufayli hammasini barbod qilasan! Hozir kech qolishing aniq..

Nihoyat, universitet ko‘zga ko‘rindi. Mashinani darhol to‘xtatib, ichidan chiqdi. Oq halatini yelkasiga tashlab, kalpachog‘ini boshiga shoshib kiyib oldi. Yuragi og‘ziga sig‘may, xonaga tomon chopdi. Eshik oldiga yetgach, titragan qo‘llari bilan eshikni taqillatdi – qo‘rquv va umid aralashgan holda.
Ichkaridan sovuq va qat’iy ohangda: “Kiring,” degan ovoz yangradi. Qiz bu tovushni eshitishi bilan beixtiyor seskanib tushdi.
— Vay... ovozi yuragimni junbushga keltiryapti. Yangi domlamiz juda ham qattiq qo‘lga o‘xshaydi. Ey Xudoyim, faqat O‘zing yordam ber... — deb yurakda duoga o‘xshash so‘zlar titradi.
U ehtiyotkor qadamlar bilan eshikni ochib, boshi egilgancha ichkariga kirdi. Nigohini yerga qadab, muloyim ovozda uzr so‘radi. Xonada sukunat hukmron edi, go‘yo vaqt bir lahzaga to‘xtagandek tuyuldi.
Qiz boshini ko‘tarmagancha turarkan, quloqlariga asta yaqinlashayotgan qadam tovushlari eshitildi. Har bir tovush yuragini yanada tezroq urishga majbur qilardi. Nafasi qisila boshladi. Bir necha lahzadan so‘ng, yengil, ammo yaqin nafasni his etib, domla allaqachon uning yonida turganini anglab yetdi. Tanasi muzdek bo‘lib ketdi, yuragi esa go‘yo qafasidan otilib chiqmoqchidek urardi.
"Menga qara," — dedi domla qat’iy, ammo tiniq ovozda.
Qiz beixtiyor boshini ko‘tardi va nigohlarini domlaning ko‘zlariga qadadi. Shu zahotiyoq yuragi bir lahzaga to‘xtagandek bo‘ldi.
— Yo Xudoyim... bu ko‘zlar-chi? Bu qadar chuqur, jozibali, sokin... Nahotki bu inson mening domlam bo‘lsa? Nahotki u shu qadar yosh va kelishgan? Bu... bu ko‘zlar odamni o‘ziga tortadi. Nazarimda, men nafaqat kech qoldim, balki o‘zimni ham yo‘qotdim...

Qiz yigitning ko‘zlariga uzoq tikilib turdi. Go‘yo bu nigohlar uni o‘ziga tortayotgan, yuragining tub-tubiga kirib borayotgan edi. U ko‘zlarini olib qochmoqchi bo‘ldi, ammo uddalay olmadi — bu nigohlar sehrli edi.

Yigit esa biroz jilmaydi, qattiqqo‘l ohangini yumshatib, ammo jiddiyatini saqlagan holda dedi:
— Yana bir marta kech qolsang... keyingi safar seni bu eshikdan kirg‘azmayman. Kir, o‘tir.

Bu so‘zlar garchi og‘ir tuyulsa-da, unda mehrning, g‘amxo‘rlikning ichki nafasi bor edi. Qiz yuragida nimadir siljigandek bo‘ldi — qo‘rquv bilan aralash ilik iliq tuyg‘u…

Yigit uning harakatlarini diqqat bilan kuzatdi. Qiz joyiga o‘tirishi bilan, u yana jiddiy ohangda, qat’iyat bilan gap boshladi:
— Yana bir bor o‘zimni tanishtiraman. Ismim Bangchan. Sizning yangi amaliyot o‘qituvchingizman. Bundan keyin, qayerga amaliyotga bormaylik, men bilan birga borasizlar.
So‘zlar keskin, aniq va shubhasiz edi. U o‘z mavqeini, mas’uliyatini va talabchanligini ilk daqiqadanoq his qildirdi. Qiz bu so‘zlarni eshitarkan, yuragidagi hayajon yana bir bor avj oldi — bu safar qo‘rquv bilan emas, qiziqish bilan aralashgan holda...

Bangchan nigohini sinchiklab auditoriyadagi har bir talaba yuziga qaratdi. So‘ng sokin, ammo qat’iy ohangda davom etdi:
— Mening birlamchi talabim — vaqt. Har doim men aytgan joyda, belgilangan vaqtda bo‘lishingiz shart. Ikkinchisi — mas’uliyat. Berilgan topshiriqlarni shunchaki bajarish emas, balki ortig‘i bilan ado etish kerak. Bu — sizdan mutaxassis chiqishi uchun birinchi qadamlardir.
Uning ovozi auditoriyadagi har bir yurakka ta’sir qilgandek edi. Qiz esa hamon jim, yuragining gursillashini tinchlantira olmay, domlaning har bir so‘zini diqqat bilan tinglardi...

Yigit hanuz jiddiy ohangni tark etmagancha, auditoriyaga qarab dedi:
— Ho‘sh, savollar bormi?
Bir necha soniyalik sukunatdan so‘ng, orqa qatordan bir qo‘l ko‘tarildi. Bu — aynan o‘sha kechikib kelgan qiz edi.
— Menda bor, — dedi u, ovozida biroz tortinish va hayajon aralash edi.
Yigit unga qarab, qisqagina javob berdi:
— Eshitaman.
Qiz yutunib, nafasini rostlab, nihoyat so‘z boshladi:
— Nega bizga ayol kishi berilmadi? Axir siz erkak kishisiz... bu holat... biroz g‘alati bo‘lmaydimi?
Uning bu savoli zalda to‘satdan kulgiga sabab bo‘ldi. Talabalar boshlarini burib, bir-biriga qarab kulisharkan, ayrimlar qizning jasoratiga hayron, ayrimlar esa shunchaki holatning noqulayligidan zavqlanishar edi.
Bangchan esa jilmayib qo‘ydi. Lekin ko‘zlarida hanuz jiddiyat so‘nmagan edi...

Yigit zal bo‘ylab sekin, ammo ishonch bilan u tomon yurib kela boshladi. Uning lablarida yengil kulgi, ammo qadamlarida jiddiyat sezilardi. Auditoriyadagi kulgu sekin-asta tinganida, u qizning yoniga yetib keldi-da, sokin, ammo aniq ohangda dedi:
— Meditsinada “uyat” degan ibora yo‘q. Buni juda yaxshi bilasan. Agar uyalsang — demak, sendan doktor chiqmaydi.
U bu so‘zlarni aytarkan, ko‘zlarini qiznikiga qadadi. Nigohi bevosita edi — o‘rgatish, ogohlantirish va unday bo‘lsa-da, dalda berish ohangi aralash edi.
Zalda yana sukunat hukmron bo‘ldi. Qiz esa bu so‘zlardan so‘ng boshini bir oz egdi — ichida tan olish og‘ir bo‘lsa-da, domla haq edi...

Qiz boshi egilgancha joyiga qaytib o‘tirdi. Yuragi hali ham tinchlanmagan, domlaning so‘zlari qulog‘ida jaranglab turardi. Bu tanbeh emasdi — bu haqiqat edi. Aynan shunday haqiqatki, u bunga tayyor yoki tayyor bo‘lishi kerak edi.
Bangchan esa endi auditoriyaning oldiga qaytib, sinfga nazar tashladi. Uning ovozi yana jiddiylashdi:
— Bu kasbda siz har bir inson hayoti uchun javobgarsiz. O‘zingizni chetga olmaydigan, qo‘rqmaydigan va har qanday holatda sovuqqon bo‘la oladigan bo‘lishingiz shart. Bu — tanlov emas, bu — zarurat.
U auditoriyaning o‘ng burchagidagi devorga qarab qo‘lini cho‘zdi.
— Bugun biz birinchi amaliyotga chiqamiz. Palatada yotgan bemorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda bo‘lasizlar. Kimki ortiqcha hayajon va ikkilanish bilan kirsa — bemorning ishonchini yo‘qotadi. Esingizda bo‘lsin, birinchi taassurot hamisha eng kuchlisidir.
Qiz yana chuqur nafas oldi. Ichida nimadir o‘zgarayotgandek tuyuldi. Bu endi shunchaki dars emasdi. Bu — sinov edi. Hayotga kirish eshigi edi.

Talabalar asta-sekin xona ichidan chiqib ketar, domlaning ko‘zlari esa faqat bitta nuqtaga — o‘sha qizga qadalgan edi. Qiz sumkasini olib o‘rnidan turmoqchi bo‘lganida, Bangchan sokin, ammo qat’iy ohangda to‘xtatdi:
— Sen qol. Biroz tanishib olamiz. Kechikib kelganing uchun tanishishga fursat bo‘lmadi.
Qiz yuragini tutdi. U bu so‘zlarni eshitgan zahoti yana o‘rniga cho‘kdi. Ichida qandaydir g‘alati titroq, noaniq xavotir va qiziqish aralashib ketdi. Ustoz bilan yolg‘iz qolish fikri bir tomondan qo‘rqitar, boshqa tomondan esa qandaydir ajib his uyg‘otar edi.
Bangchan stulga o‘tirib, kaftlarini birlashtirdi. U endi talaba emas, inson sifatida uning ko‘zlariga qaramoqchi edi...

Bangchan sokin va ehtiyotkorlik bilan so‘zlarini davom ettirdi:
— Xo‘sh, yosh xonim, ismingiz nima? Yoshingiz nechada? Balki o‘zingiz haqingizda biroz so‘zlab berarsiz?
Qiz uning so‘zlariga bir oz jim turdi. Yuragidagi noaniqlikni yengib, nihoyat ovoz chiqarishga qaror qildi. Uning ko‘zlari bir lahza domlaning yuziga qaradi, keyin esa uni yonidagi stolga qaratdi.
— Ismim... — u biroz to‘xtab, so‘ngra boshini ko‘tardi. — Ismim Ji-eun.Yoshim 22 da. Men... men hozirgi kunga qadar ko‘plab narsalarni orzu qildim, lekin buni hech qachon tasavvur qilmagan edim.
Bangchan xushmuomala, ammo jiddiy ohangda boshini qimirlatdi, ko‘zlarida qiziqish va ehtiyotkorlik bor edi.
— Yaxshi, Ji-eun. Demak, sen hali yoshsan. Lekin bu kasbni tanlaganingni hisobga olgan holda, oldingdagi yo‘l juda og‘ir va mas’uliyatli bo‘lishini unutmang.
Qizning ko‘zlarida bir muddat g‘alati va murakkab tuyg‘u uyg‘ondi, ammo u domlaning so‘zlarini tinglab, yanada qat’iyatliroq bo‘lishga qaror qildi.

<< sunshine >> | davomi bor