July 18, 2025

𝐁𝐞𝐚𝐬𝐭 𝐖𝐢𝐭𝐡

𝐓𝐰𝐨 𝐞𝐩.

Insonni faqat tashqi koʻrinish oʻzgartiradi. Shunday deb oʻylaysizmi unda siz begunoh insonsiz. Yoki juda sodda. Dunyoni ekran ortidan emas oʻz koʻzlaringiz bilan koʻring...

Yeona-Meni kechiring janob. Siz kimsiz

Taehyung-Kino tamom. Rolingdan chiq yolg'izmiz

Yeona-Kimsiz o'zi. Qanaqa kino. Nimalar deyapsiz

Taehyung-Yeona sabrimni sinama

Yigit yurish mobaynida gapirib qizni yoniga keldi. Qiz nima qilishga ikkilanib qoldi. Yigit biroz kuzatib turgach qizni yoniga o'tirib yuziga yaqin keldi. Yeona o'zini ortga tortdi. Yigit jiddiy yuzi bilan qizga yanayam yaqin keldi. Qiz oxiri orqasi bilan devorga tiraldi

Taehyung-Hamon rol o'ynayapsan

Yeona-M...men...Tushun...mayapman

Qiz arang gapirib yuzini boshqa tarafga burdi. Taehyungning har bir nafasi qizni yuziga urildi. Yeona noqulay bo'lib ko'zini yumib oldi. Yigit nihoyat undan uzoqlashdi

Taehyung-So'ngi marta so'rayapman. Rol o'ynashni bas qil !

Yeona-Gaplaringizga tushunmayapman

Taehyung-Yaxshi. Jungkookdan qo'rqyapsanmi

Yeona-Nima. Nega qo'rqishim kerak...

Qiz so'zini yakunlamasdan Taehyung uni yuziga kaftlarini qo'yib o'ziga qaratdi

Taehyung-Men yoningdaman. Jungkook hech narsa qillolmaydi. Bo'ldi o'zinga qayt. Seni unga bermayman. Qo'rqma hopmi

Qiz bir so'z deyolmay qoldi. Faqatgina ongi ostida yigitning gaplarini tahlil qilishga urinib o'zi bilan o'zi gaplashardi. Eshikni kuch bilan ochilishi ikkisini ham hayolini bo'ldi. Jungkook eshikdan kirdiyu ko'z oldidagi holatni ko'rib qo'li mushtlandi. Tomirlari bo'rtib chiqdi uni asabiylashganini anglash uchun shunchaki ko'zlariga qarash kifoya edi. Yigit eshik oldida ko'p turmadi og'ir lekin tezda qadam bosib Taehyungni yoqasidan oldi. Yigit Jungkookni shunchaki hissiyotsiz kuzatib turdi. Qiz esa ikki alanga orasida qoldi. Qaysi tarafni tanlamasin baribir kul bo'ladi. Lekin ayni damda yomg'irga aylanib ikki alangani ham o'chirdi. Yeona yig'lashni boshlagandi. Arzigulik sabab yo'q lekin ko'z yosh to'kmoqda. Jungkook uni ko'rishi bilanoq yigitni siltab qo'yib yubordi. Qiz unga yosh bola kabi qarab turardi. Yigit tezda yoniga o'tirib Yeonani bag'riga tortdi

Jungkook-Kechir seni yolg'iz qoldirmasligim kerak edi. Bu ablax senga zarar yetkazdimi

Taehyung-Kimligingni unutma

Jungkook-Olti soniya. Daf bo'lmasang tanang parchalarini qo'lingda olib ketasan

Taehyung hech qanday hissiyot ko'rsatmadi. Yuzini o'zgartirmagan holda eshik tomon qayrildi. Qadam bosmasidan oldin yonidan konvert chiqarib ortiga otgancha xonadan chiqib ketdi

Jungkook qizni hamon quchgancha boshini silab erkaladi. Qiz oz bo'lsada yig'idan to'xtadi. Sekin yigitni bag'ridan chiqib yuzini qoplagan ko'z yoshlarini yengi bilan artdi

Jungkook-Ahvoling yaxshimi

Yeona-U kim edi

Jungkook-Senga zarar yetkazdimi. Qo'rqittimi. U sabab yig'ladingmi

Yeona-Hech narsa qilmadi lekin...Jin ursin hammasini. Hech narsa yodimga kelmayapti. La'nat bo'lsin. La'nat bo'lsin...

Qiz yana yig'lashni boshlab o'zi Jungkookni quchogʻiga kirdi. Yuzini yigit ko'ksiga bosgancha yig'lashda davom etdi. Yigit uni yosh bola singari boshini silab yupatishga urindi. Qiz nolishlar va uzoq yig'i bilan uxlab yigit bagʻrida uxlab qoldi

Yigit Yeonani sekin yotqizib chekish uchun deraza yoniga bordi. Qizga bir qarab qo'ydiyu oynani ochib chekishni boshladi. Ikkinchi sigaret yarmiga borganda uloqtirib oynani yopdi. Qiz hamon uxlayotgandi. Hozir beg'ubor koʻrinsada qanchalik gunohkor ekanidan bexabar qiz. Shunchaki dunyodan uzoqlashib uxlamoqda. Yigit uni yoniga o'tirib sochlarini siladi. Hatto qo'li bilan lablarini his qildi. Qiz esa sezgani ham yoʻq. Jungkook o'rnidan turib qizni ustini yopib qoʻydi. Yana biroz tikilib qizni peshonasidan o'pib eshikni tomon yura boshladi. Ikkinchi qadamida oyogʻi ostida Taehyung tashlab ketgan konvertni sezdi. Ikkilanib konvertni olib ochishni boshladi. Hali boshlamasidan unga qo'ngʻiroq boʻldi. Asabiylashgancha konvertni choʻntagiga solib gaplashish uchun tashqariga chiqdi

Jungkook-Qaysi aql bilan qoʻngʻiroq qilyapsan. Nima degandim

×-Janob. Kechiring. Bu juda muhim asosiy omborga kelishingiz kerak

Jungkook-Aniqroq gapir

×-Omborni yarmi alanga ichida to'xtatishni iloji yoʻq. Nimadur qilmasak baridan ayrilamiz

Jungkook-La'nati. Bilganlaringni qillaring. Menga baribir

Yigit asabiylashgancha telefonni otib yubordi. Sochlarini ortga tartibsiz qilib xonaga qaytib kirdi

𝐎𝐰𝐞𝐫 𝐭𝐰𝐨 𝐞𝐩.

𝗔𝘃𝘁𝗼𝗿 ༄ 𝚈𝚎𝚘𝚗𝚊 𝙰𝚟𝚎𝚛𝚊

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 ༄ 𝗗𝗜𝗢𝗥_𝗙𝗔𝗡𝗙𝗜𝗖𝗦