𝐓𝐫𝐚𝐝𝐞𝐝 𝐇𝐚𝐩𝐩𝐢𝐧𝐞𝐬𝐬
Yovuzlik...Hech bir zot yomon hilqat bilan dunyoga kelmaydi...Insonni atrofdagilar yovuzlikka undaydi..!
Tong hamma uchun yaxshi kayfiyat bilan boshlansa...Le xonadonida asabiylik bilan boshlanardi
Shovqin-surondan uyg'ongan qiz arang ko'zlarini ochib dushga kirib ketdi
Dushdan chiqib, tayyorlanib pastka tusharkan...Onasi gaplari sabab joyida to'xtadi
Young-Ertaroq harakat qilish kerak edi. Soat to'qqiz bo'ldi. Qachon maktabinga yetib borasan
Yeona-Hech bo'lmasa o'n bo'lsin
Young-Sen odam bo'lmaysan. Singling ketganiga qancha bo'ldi. Sen darsni oxiriga kirib borasan
Qiz indamasdan uydan chiqib ketdi...Yo'l bo'ylab yurib ketarkan maktabga borishini o'ylab qadamlari sekinlardi...
Maktabga kelgach. Kabinet bo'ylab yurarkan huddi arvox ko'rganday joyida to'xtab qoldi. Sevishgan juftlik bir-biridan berilib bo'sa olib Yeonaga e'tibor berishmasdi. Qiz ularga qarab biroz turgach hayolini yiğib sinf xonasiga kirib ketdi. Darslar allaqachon boshlangan edi
Dars o'tayotgan o'qituvchi eshik ochilganini ko'rib asabiy, qizga qaradi
-Demak yana sen...Yana biroz kutsang keyingi darsga kirarding
Qiz boshqa gapirmay ruxsatsiz joyiga borib o'tirdi. Hech kim bilan yaqin bo'lmaydigan, sovuqqun qiz qachonlardir beğubor va yiğloqi bo'lgan. Hozir esa...
Shuni men ko'rishim shartmidi. Sevgan yigitim...Jin ursin hammasini
Hayollari chalkash...eshik taqillashi sabab hayoli bo'lindi. Eshik sekin ochilib mayin tabassum bilan bir qiz kirib keldi
-Kel Minsu...Eshikdan kirishni bazi birovlarga o'rgatsang bo'larkan
Minsu xonaga qadam bosarkan gap Yeona haqida ketayotganini tushunib kulib qo'ydi Yeona u gaplarni e'tiborsiz qoldirib indamadi. Minsu joyiga borib o'tirmasdan Yeonani sabri tugab unga gapirdi
Yeona-Yigitiniyam yetaklab kelmapsanda. Chala qolgan ishingni shu yerda davom ettirarding
Minsu-Yoqmaydigan insonlar bor ekan. Ko'nglini behuzur qilgim kelmadi
Minsu biroz asabiylashdi keyin o'zini bosdi. Yeona esa bu gapdan so'ng azarta partani surib o'rnidan turdi
Minsu-Seni aqldan ozgan desam kamiga quloğing ham yaxshi eshitmas ekan
-Bo'ldi qilinglar! Yeona yana boshladingmi
Yeona jahl bilan Minsu tomon ketayotganda o'qituvchi gaplari sabab to'xtadi
-Uyalmaysizlarmi. Yeona chiqib ket
Yeona-Qachon sizni darsiz boshlanarkan deb kutib o'tirardim. Endi nima qilaman
Qiz kinoya va mazax ohangida gapirib sumkasini olgancha xonadan chiqib ketdi. Eshikni ochayotganda o'qituvchi gapirib uni to'xtatdi
Yeona-Tarbiyamni gapirish sizga qolmagan
Qiz turgan joyida gapirib eshikni zarb bilan yopib chiqib ketdi. Minsu qancha asabiylashmasin o'zini bosib turardi
-Minsu. Shunga tenglashmasang nima bo'ladi. Baribir foydasi yo'q
Minsu-O'zi boshladi. Qanaqaligini bilasizku
Darslar odatdagiday davom etdi. Yeona sinf xonasidan chiqishi bilan yiğlab yubordi. Maktabda qolishni xohlamay yiğlagancha u yerni tark etdi. Ko'z yoshlarini to'xtatishga urinib yerga qarab olgancha yurardi. Maktab darvozasidan chiqayotib o'zi bilmagan holda kimgadur urilib ketdi. Yerdan ko'zlarini olib ro'parasida turgan yigitni ko'rdi-yu o'ylab o'tirmay quchoqlab oldi. Yigit ham uni quchib yupatishni boshladi. Biroz shunday turishgach qiz o'ziga kelib yigitni quchoğidan chiqdi
Hope-Hoy...To'xtachi...Yana yiğladinmi
Hope-Endi nima bo'lganini aytarsan
Hope-Gapni burma. Senga savol berdim
Hope-Yana shu gap...O'sha la'natini debmi
Hope-Nega o'zingni qiynayverasan
Yeona-Hope...Bir narsa so'rayman
Hope-Menga bunaqa qarama. Nima so'ramoqchiligini tushundim...Hech-qa-chon
Hope-Yana o'sha isqirtni debmi
Hope-Tarafini ol. Yeona unut u seni sevmaydi. Esingdan chiqar
Yeona-Sigaret berasanmi yo'qmi
Qiz hafa bo'lib yurib ketayotganda yigit uni qo'lidan ushlab birga yura boshladi
Hope-Men bermasam baribir qayodandur topasan. Maktab yonida chekmassan
Qiz hop deb bosh silkib indamay yurib keta boshladi. Ikkisi yurib kichik do'kon orqasiga o'tishdi. Yigit yonidan sigaret chiqarib avval o'zini oğziga soldi. Keyin qizga uzatdi. Sigaretga olov yoqib cheka boshlashdi. Yigit tutunni ichiga tortgancha qizga qaradi
Hope-Qachongacha shunaqa yashamoqchisan
Yeona-Bilamdim...O'zimni ham jonimga tegdi. O'lgim kelyapti
Yigit oxirgi gapni eshitib qizni sochini tortdi
Hope-Senga shu gapni aytma degandim
Yeona-Nima deyishim kerak. Hope to'yib ketdim. Meni yoshimda hamma o'ynab kulib yuripti. Men esa shu yoshga kirguncha nimalarni ko'rmadim
Hope-Arzimas insonlarni deb shuncha siqilish shartmi
Yeona-Bo'ldi qil...Meni faqat sen tushunasan. Bilasanku sevardim
Qiz sigaretni chekib bo'lib yerga tashlab alam bilan gapirdi
Yeona-Meni tushuna oladigan yagona odamsan. Hamma mendan kechdi. Faqat sen ham shunday qilma
Hope-Meni o'sha isqirtlarga o'xshatma. Meni bilasan...qizlar bilan faqat vaqt o'tkazish uchun yuraman. Sendan boshqa. Faqat do'st bo'lsakda men uchun muhim insonsan
Yeona-Hope...Seni yaxshi ko'raman. Eng yaxshi do'stimsan
Hope-Oxirgi gapni qo'shmaganingda ajoyib bo'lardi
Yigit lab chetida kulib hazil qildi. Qiz ham uni gapidan kulib yubordi
Hope-Seni kuzatib qo'yaman. Maktabga qaytsang kerak
Hope-Bugun bormoqchimasdim. Dadam uyda shunga chiqib ketdim. Boshqa ishlarim bor
Oralarida faqat do'stlik...Lekin ko'rgan odam sevishganlar deb o'ylaydigan bu juftlik 2 yildan beri birga
Hope-Mayli Yeona. Men ketdim. Siqilishni bas qil. Hamma bilan urushma hopmi. Ertaga ko'rishamiz
Yeona-Mayli amakijon muhim ishlariz sizni kutib qoldi
Qiz hazil qildi. Yigit buni tushunib javoban kuldi
Hope-Amaki? Ha ya 1 yosh farq borku. Kichkintoy. Maktabga erta kirgan bo'lsang ayb mendami
Yeona-Kichkintoy shimingni ichida. Vaysaqi. Men ketdim
Qiz yigitgagina tabassum bilan qarab maktabga kirib ketdi. Ikkinchi dars tugab tanaffus payti. Kimlardur kabinetda, kimlardur keyingi darsga tayyorlanib sinf xonalarida. Yeona maktabga kirishi bilan Minsuni qidirdi. Topgach azarta yoniga borib devorga tirab bo'ğib oldi
Minsu-Q...Q...Qo'yvor...La'nati
Yeona-Seni eshitmayapman. Aytgancha meni quloğim eshitmaydiku
Minsuni nafas olishi qiyinlashsada Yeona to'xtamasdi. Boshqa qizlar ham ularni ajratolmadi. Minsu Yeonani orqa sochini tortib qo'lidan chiqib ketdi
Uzoqdan ustozni ovozi eshitildi. Ikkala qiz ham ovoz kelgan tarafga qarashdi
Yeona-Ana haloskoring keldi. Yaxshi suxbat tilayman
Qiz so'zini yakunladiyu ular tomon kelayotgan ustozini kutmasdan ham ketib qoldi. Maktabdan chiqib biroz ko'cha aylangach o'zi xohlamasada uyiga bordi. Uy eshigini ocharkan onasini asabiy ovozi eshitildi
Young-Yana nima hunar ko'rsatding
Yeona-O'zimdan oldin qilgan ishim yetib keladiya. La'nat bo'lsin
Young-Qiz bechorani o'ldirib qo'yay debsan. Shu qadar vaxshiymisan. Hayvondan farqin qomadi
Yeona-Sizga aytgandim shu maktabga bormeman deb. Nima qildiz. Majburladiz endi chidesiz. Siz qilyotgan ishlar insoniylik bo'lsa unda hayvon bo'ganim yaxshi
To'satdan kelgan tarsakidan qiz yerga yiqildi. Bir zum jim turdiyu alam bilan kulgancha o'rnidan turdi
Yeona-Yana...Siz uchun doim yomon inson bo'lganman. O'zgarishga uringandim. Afsus
Young-Gapirishga haqqing yo'q. Hech kim senga o'xshab yigit uchun o'ziga zarar yetkazmed. Baribir o'sha maktabda o'qiysan. O'zingni yig'ishtir
Yeona-Yigit uchun ? Mayli siz uchun shunday. Umrizda meni tushunishga urunmagansiz
Qiz asabiy lekin sokinlik bilan gapirib ko'z yoshlarini tutgancha xonasiga chiqib ketdi
Sumkasini otgancha hech qanday hissiyotsiz o'zini yotoqqa tashladi
Hayotimni do'zaxga aylantirib mendan yaxshi inson bo'lishimni kutyapsizlarmi. Ko'nikdim. Hayotimni do'zaxdan farqi yo'q iblis bo'lishdan boshqa ilojim bormi. Sizlar ham chidashga majbursizlar
Tong...Yana onasini baqir-chaqiridan uyğongan qiz uyqisirab dushga kirib ketdi. Dushdan chiqib kiyinib makiyaj qilishni boshladi. Yeona kecha xonasiga kirib eshikni quflaganicha ochgani yo'q. Hali tayyor bo'lmasidan onasi o'shqirdi
Young-Hozir chiqmasen eshikni buzib bo'sayam sudrab chiqaman
Qiz tayyor bo'lib pastga tusharkan faqat onasi nonushta qilib o'tirardi singlisi doimgidek maktabga erta ketgan. Iloji boricha onasiga qaramay chiqib ketayotganda onasi uni to'xtatdi
Young-Bor maktab formeni kiyib chiq
Qiz chuqur nafas oldiyu eshitmaganga olib yurib ketdi
Young-Senga odamga o'xshab kiyinib chiq dedim
Qiz bu safar onasini gapini bo'lib uydan chiqib ketdi. Maktabga kirarkan kechagi janjalni davomi bo'lishini o'yladi. Tahminlari to'ğri chiqib sinfxonasiga kirishi bilan unga gapirishdi
-Seni direktor xonasida kutyapti
Qiz hammaga sovuq qaragancha joyiga borib o'tirdi. Ko'p o'tmay yoniga J Hope kelib o'tirdi
Hope-Bir marta aytganimni qisen nima bo'lardi axmoq
Hope-O'ylab ko'r. Direktor nega chaqirdi
Yeona-Minsu bilan sendan avval urishgandim
Hope-Maktabga qaytib davom ettirding
Yeona-Bo'ldi qil. Asabimga tegyapsan
Sinf turib salomlashdi xonaga direktor kirgandi. Kirishi bilan Yeonani qidirdi
Direktor-Senga xonamga kirsin degandim. Tez xonamga
Qiz Hopega bir qarab qo'ydiyu ensa qotirgancha o'rnidan turdi
Yeona-Bugunam quyonni rasmini chizsen seni o'ldiraman Hope
Yigitga gapirib xonadan chiqib ketdi. Direktor xonasiga kirarkan Minsuni ko'rdi
Direktor-Demak yana sen. Senga necha marta aytganman o'zini yig'ishtir deb. Yeona shu ketishin bo'lsa seni kaloniyaga jo'nataman
Yeona hech narsaga parvo qime asabga tegish uchun xonadagi narsalarni ushlab ko'rardi. Direktor ancha gapirdi lekin birorta gapi Yeonani qulog'iga kirmadi
Direktor-YEONA. SABRIM TUGADI. YO'QOL XONADAN CHIQ
Yeona-Karmasman baqirmen. Haydasez nimaga chaqirdiz
Qiz shunchaki gapirib eshikni qattiq yopgancha chiqib ketdi
Direktor-Gap ta'sir qimed. Minsu chiqishing mumkin
Minsu ham bosh silkib xonadan chiqdi. Yeona kabinet yo'lagi bo'ylab yurarkan ortidan ovoz eshitib to'xtadi
Minsu-Shunaqayam bezbet bo'lasanmi. Uzur so'rasen bo'lardi
Yeona-Nima...Aktrisalik seni ishing menimas
Minsu-Senga o'xshab psix bo'lgandan yaxshiroq
Yeona-Urushish joninga tegmadimi. Asabimga tegma kechagidan battar qilaman
Qiz chuqur nafas olib o'zini tinchlantirti. Minsuga gapirish mobaynida orqamachoq yurarkan kimgadur urilib yiqilishiga ozgina qoldi. Yeona qandaydur iliqlikni his qildi. Belidan o'tgan qo'llar uni tutib qoldi. Minsu hayron qarab turarkan Yeona nima bo'lganini anglolmay karaxt bo'lib qolgandi