ππ«ππππ πππ©π©π’π§ππ¬π¬
Nahotki...Nahotki qiyin bo'lsa...Nahotki o'zgara olmasang...Hislaringni tan ola olmasang...Qanday yashamoqdasan...
Qiz jim turardi...hattoki kimnidur quchog'ida ekanligini his qilmasdi ham. Notanish erkak. Yeona faqat uni kimligi haqida o'ylardi. Erkak qizni belidan qo'llarini o'tkazgancha unga tobora yaqinlasharkan ismini eshitib bir on to'xtab qoldi
Qiz nihoyat hayollarini yiΔib tezda erkakning quchog'idan chiqdiyu. Hech kimga qaramasdan tez yurib ketib qoldi. Erkak unga qarab jilmaygancha direktor yoniga bordi. Minsu ham Seokjinga bir qarab qo'ydiyu u ham sinfxonasiga ketdi.
Yeona shoshilgancha sinf xonasiga kirib joyiga o'tirdi. Balki hayajon yoki umrida tushmagan vaziyatga tushgani uchun qiz oqarib ketgandi. J Hope havotirlana boshladi. Chunki Yeonani birinchi bor bu xolatda ko'rayotgandi. Yeona va J Hope bitta partada o'tirarkan qiz butunlay hayollar orasiga tushib qolgandi.
Hope-Hoy. Senga gapiryapman. Nima bo'ldi
Hope-Isitmang bormi. Hozir nima deganimni eshitmading
Hope-O'zingda emassan. Direktor nima dedi. Yomon gap aytdimi
Hope-Nimani yashiryapsan. Direktor bilan o'zim gaplashaman
Yigit o'rnidan turib keta boshladi. Qiz uni qo'lidan ushlab qoldi
Yeona-Ahmoqmisan. O'zimni muammoyimni hal qilolaman. Lekin muammoni o'zi yo'q
Hope-Unda nima bo'ldi. Bir axvol kirib kelding
Yeona-Kabinetda yiqilib tushdim. Bori shu
Hope-Seni tilinga tushunish uchun men ham ahmoq bo'lishim kerak
Yeona-Unda nega tushunmayapsan
Hope-Sen gap qaytarish haqida dars olasanmi
Hope-Bo'ldi jimman. Sen bilan tortishib bir nimaga erishmayman
Hope joyiga o'tirdi. Biroz suhbatlashishgach Yeona partaga qo'llarini qo'yib yotib oldi
Xonaga ustoz kirdi sinf salomlasharkan Yeona boshini ko'tarmadi ham. J Hope esa e'tiborsizlarcha telefon o'ynab o'tirardi.
Ustoz Yeona va J Hope o'tirgan oxirgi parta yoniga borib gapirdi. Hope telefondan boshini ko'tardiyu yuzi jiddiylashdi. Ustoz parta ustiga barmog'i bilan ikki mart urdi
Qiz boshini ko'tarmasdan javob berdi. Hope sovuq nigohini erkakdan uzmagan holda qizni sekin turtdi
Qiz so'zini yakunlamasdan yonida Seokjinni ko'rib jim bo'lib qoldi
Jin-Yangi o'qituvchi. Kecha yo'q edinglar. O'zinglarni tanishtiring. Isming nima
Erkak J Hopega yuzlandi. Yigit yuzi battar jiddiylashib sovuq nigohi bilan Seokjinga qaragancha bir so'z aytmay o'tiraverdi
Yeona-Jurnal berishmadimi. Ismlarni ro'yxatdan topasiz
Jin-Demak o'sha mashhur qizlaoq...
Erkak jilmaygancha bir nigoh tashladiyu ortiga o'girilib yurib ketdi. Yeona hech narsa bo'lmagandek yana parta ustiga boshini qo'ydi. J Hope esa Seokjindan ko'z uzmasdi xuddi uni avvaldan taniydigandek. Jin dars o'ta boshladi. Dars davom etarkan Hope telefon o'ynardi Yeona mobil o'yinni qanday o'ynash haqida gapirib o'tiradi
Hope-Hoy aqlli bo'ldi qilsangchi
Hope-Mayli shu aqlingni amalda qo'lla ko'ramiz
Yigit telefonni qizga uzatdi. Yeona telefonni olib o'ynay boshladi birozdan so'ng yoniga o'qituvchi keldi qiz e'tibor bermadi
Yeona telefondan boshini ko'tarmagach Jin uni qo'lidan olib J Hopega tutkazdi
Yeona-Sizni bugun ko'rib turibman nega buyruq beryapsiz
Jin-Endi har kuni ko'rasan. Jim bo'l va aytganimni qil
Yeona-Bo'ldi yetarli buyruqni boshqalarga berasiz darsizni o'ting
Jin-Dars o'tishni sendan boshladim. Misolni ishla
Yeona-Matematikani tushunmayman. Boshqalardan so'rang nega meni tinch qo'ymayapsiz
Jin-Unda doskaga chiq o'rgataman
Qiz o'rnidan turib sumkasini oldiyu tez yurib chiqib keta boshladi. Eshikni ochib ulgurmasidan o'qituvchi gaplari sabab to'xtadi
Jin-Senga topshiriq berishsa doim qochib ketasanmi
Seokjin Yeona tomon qadam tashlay boshladi. Qiz bir on jim turgach ortiga o'girilib sumkasini joyiga otdi
Yeona-Hop mayli. Men hech qachon qochmaganman. Mayli lekin matematikani umuman tushunmayman
Qiz doska yoniga turib oldi. Seokjin uni bu harakatini kulgancha yoniga bordi
Yeona-Qani bir kunlik ustoz o'rgating. Agar eplolsangiz
Jin-Yaxshi. Borni ol va doskaga yoz
Qiz u aytgandek borni olib Jinga qaradi
Yeona-Bir kunlik ustoz nima yozishim kerak yoki yangi ustoz deganim yaxshimi
Seokjin Yeonani qo'lini ushlab doskaga yozilgan misol davomidan yozdira boshladi
Yeona noqulay bo'lib qo'lini tortib olishga urindi lekin Jin majburan ushlab yozdirishda davom etdi. Seokjin qizni qo'lini ushlagan holda oralarida masofa qoldirmadi. Yeona qo'lini tortishga urinarkan kuchi yetmasdi. Xotirasida yiqilayotganda Seokjin tutib qolgan xolat ham tiklanib battar noqulay bo'la boshladi. Qiz bu xolatga qanday tushib qolganini o'zi ham bilmasdi
Qiz pichirlab gapirdi. Yeona boshqalar sezib qolmasligi uchun ham sekin harakat qilib Jinni qo'lidan chiqishga urinardi. Seokjin qizni qo'lini bosim bilan siqib oldi va uni bo'yichalik biroz egildi
Jin-Agar hozir to'xtamasang bu nozik bellaring yana qo'lim asiriga aylanadi
Erkak qizni qulog'iga shivirlagancha o'rniga qaytdi. Yeona bu gaplardan muzlab qolgandi. Xatto harakat qilish yodidan chiqdi. Seokjin uni yozdirib bo'lgach qo'yib yubordi. Yeonani yuragi tez-tez ura boshladi o'zi istamagan holda qo'llari qaltirarkan sezdirmaslik uchun musht qildi
Jin-Yana biror nimani tushunmasang o'rgataman bugunga yetarli o'tirishing mumkin
Yeona butunlay hayollar girdobiga tushib qolgandi Seokjinni gaplarini deyarli eshitmay bir joyda turaverdi
Jin-Tushunmaganga o'xshaysan xohlasang darsni takrorlaymiz
Qiz battar muzlab ketdi va tezda javob qaytardi. Erkak mamnun kuldi Yeona uni yuziga ham qaray olmasdan joyiga borib o'tirdi. J Hope allaqachon hamma narsani tushungan qo'llari musht bo'lgancha o'tirardi
Hope-Biror nima bo'ldimi. Nega oqarib ketding
Qiz undan yashirdi bilishini xohlamadi. Lekin Hope sezib bo'lgan edi buni bildirmadi Yeonani gaplaridan qo'llari battar mushtlandi. Dars tugagunga qadar Seokjin Yeonadan ko'zini uzmadi Hope buni sezib asabiylashgancha sukut saqlardi. Dars tugashi bilanoq Yeona chiqib ketdi. Hope indamadi. Qiz maktab bog'i oldida o'tirip voqealarni tahlil qilishga urinardi.
O'qituvchi ? Bu nimasi. Bu qanday ustoz bo'ldiki o'z o'quvchisiga bunday munosabatda bo'lsa. Sabab nimada. Nega sinfda shuncha qiz bor aynan Yeona. Yoki maktabdagilar Yeonaga bas kelolishmagach bu yo'lga o'tishdimi
Qiz bir amallab o'zini tinchlantirgach sinfxonasiga qaytib kirdi. Keyingi dars va boshqa o'qituvchi. Yeona joyiga o'tirdi J Hope yo'q edi. Uni ketib qoldi deb o'yladi lekin sumkasi va telefoni o'sha yerda edi. Qiz nima qilishni bilmasdan doimgidek parta ustiga boshini qo'ygancha joylashdi
J Hope kabinetda devorga suyangancha Seokjinni kutardi. Dars boshlangani uchun kebinet bo'sh. Hope yo'lak bo'ylab yurib kelayotgan Jinni ko'rdiyu jiddiy qiyofa bilan yoniga bordi
Hope-Kimligingizni juda yaxshi bilaman navbat bu maktabdagi begunohlargami
Jin-Bilasan ? Unda nega hali ham tiriksan. E ha seni esladim mayda gangster edinga
Hope-La'nat bo'lsin sizdek iflos insonga
Jin-Bolakay og'zinga mahkam bo'l. Tirikliginga raxmat ayt. Ishlarimga aralashma
Jin-Buni eshitmadim deb hisoblaymiz. Otang hamkorim buni bilasan. Ishimga aralashsang o'ylab o'tirmay o'ldiraman. Otangni biznesiga yakun yasaladi
Erkak gapini yakunlab yigitni yonida o'tib ketdi. Hali qadam tashlamasidan yigit gapirib uni to'xtashga majbur qildi.
Erkak ortga qaradi yigit uni yoniga keldi
Hope-Otamni biznesi bilan ishim yo'q. Shu yerda ekansiz iflos ishlarizga halaqit beraman. Yeonadan uzoq yuring
Jin-Yeona ? O'sha qizni ismi shunday ediya. Mayli himoya qilishga urinib ko'r. Tirik qolsang albatta
Hope-O'limdan qo'rqqanimda gangster bo'lolmasdim
Yigit so'zini yakunlab u yerni tark etdi. Sinfxonasiga qaytib Yeonani yoniga o'tirdi. Qiz boshini ko'tarmasdan gapirdi
Hope-Biroz aylanib keldim. Axvoling yaxshimi
Yeona-Unda sen bilan tushimda gaplashyapman
Hope-Anavi yangi ustozdan uzoq yur. U bilan tortishma
Hope-Hoy. Hoy. Yana oqarib ketding
Ikkisi ham boshqa gapirishmadi. Qolgan vaqtni har kungidek o'tkazib maktabdan erta chiqishdi. Sabab yana o'sha la'nati sigaralarni tutatish edi. Joy tanlab o'sha yerda chekisharkan qiz tutunni ichiga tortdiyu qo'lidagi sigaraga qarab achchiq kuldi
Yeona-Bir paytlar bu rasvo narsadan nafratlanardim. Taqdirni qara hozir esa qaram bo'lganman
Hope-Ertaga nima bo'lishini oldindan bilib bo'lmaydi. Muhimi buni tashlashing mumkin harakat qil
Yeona-Istamayman. Bo'ldi kettik hozir yana aqlli gaplaringdan boshlab qolasan
Biroz ko'cha aylanishgach Hope Yeonani uyigacha kuzatib qo'ydi
Hope-Kichkintoy ertagacha o'zingni extiyot qil
Ikkisi hayrlashishgach Yeona uyiga kirib ketdi. Hech narsaga e'tibor qilmay to'g'ri xonasiga chiqib ko'cha tarafga qaragan oyna oldiga bordi. Hope hali ketib ulgurmagan edi.
Yeona-Meni qo'llaydigan yagona yaqinim. Seni bezoriligingni bilaman. O'zingni asra
Qiz uni ortidan jilmaygancha ketgungacha qarab turdi. Yana bir kun yakuniga yetdi.