𝐁𝐞𝐚𝐬𝐭 𝐖𝐢𝐭𝐡𝐢𝐧
Hamma havas qilarli muhabbatmi...Shunday deb o'ylaysanmi...Nega unda baxtli emasman...Sevasan...Nega unda azob beryapsan...Nega hayotni istamayapman
Yeona ~ Ayni damda hech narsani his qilmayapman. Shuncha mehr va e'tibordan keyingi birgina qoʻpollik...fikrlarimni shu qadar chalkashtiryaptiki...qay biri toʻgri ekanligini anglolmay ojizman. Xotiram qaytsa...bari oʻzgarib ketadimi...
Qiz hayol surgancha oynadan shaharni tomosha qilarkan eshik ochilganini sezib ortiga qaradi. Jungkook hech bir soʻz aytmay xonaga kirib qoʻlidagi narsalarni stol ustiga qoʻydi
Jungkook-Menga tikilishni bas qilib ovqatlan. Bir muddat bu yerda boʻlmayman
Yeona-Qornim toʻq. Sizdan ovqat soʻramadim
Jungkook-Senga savol bermadim. Aytganimdek keyin boshqa xonaga koʻchasan
Yeona-Shifoxonada qolmayman ahvolim joyida. Menga buyruq berishni bas qiling
Jungkook-Qaytaraman senga savol bermadim. Ruhsatimsiz xatto shu xonadan chiqmaysan. Ketyapman. Ovqatlanib ol
Yigit soʻzini yakunlab xonadan chiqish uchun ortiga oʻgirilib qadam bosarkan qizni gapi bilan joyida toʻxtadi. Jungkook ortiga oʻgirildi qiz qat'iy turib olgandi. Yigit avvalgidek uni erkalash oʻrniga jiddiy ifoda bilan qizni yoniga bordi
Jungkook qizni yuziga yaqin kelib boʻyniga qoʻlini qoʻydi. Yeonani tanasi muzlagan yigitniki esa iliqlik bilan bosildi. Qizni tushunarsiz hislar egallab yurak urushi tezlashdi. Ortga chekinish uchun joy torlik qiladi. Xatto jur'at yoʻq. Yeona tushunarsiz qoʻrquvni his qildi. Yigit qizdan koʻzini uzmay uni boʻyniga qoʻlini bosgancha turdi. Qiz hatto nafas olmadi. Hayolidan oʻsha ogʻriqli boʻsa ketmadi va koʻzidan yosh tomdi. Qiz buni oʻzi sezmadi lekin yigit uni koʻrib kulgudan oʻzini tiydi. Jungkook oʻsha jiddiy yuzini saqlagan holda qizni boʻynidan qoʻlini olib yumshoqlik bilan boshini silab qoʻydi. Yeona bir on qimirlashni ham unutgan edi
Yigit qizdan uzoqlashib olib kelgan ovqatlarini ocha boshladi. Qiz hech bir harakatsiz uni kuzatdi. Jungkook hammsini tayyorlab boʻlgach stulga oʻtirdi
Jungkook-Ikkinchi marta qaytarmayman
Qiz xohlamasada yigitdan hayiqib yoniga kelib turdi. Jungkook uni oʻziga tortib tizzasiga oʻtqazdi. Qiz qarshilik qilishga urindi lekin yigit uni belini qoʻllari bilan asir etishga ulgurgandi
Jungkook-Kuch ishlatishga majbur qilma
Yeona-Noqulay boʻlyapman qoʻyib yuboring
Qiz turishga urindi yigit battar uni oʻziga tortib belini oxirgi nuqtagacha siqdi
Jungkook-Meni ovqatlantirasan shunda turishinga ruhsat, aqlli qiz boʻl
Yeona undan koʻzini olib qochdi, ilojsiz idishdagi goʻshtni olib yigitni ogʻziga olib bordi. Jungkook jim turdi
Yigit qizni qoʻlini ushlab oʻziga yedirdi
Qiz ilojsiz uni aytganini qildi, yigit uni ogʻzidan ovqatni olib oʻzi yutdi
Jungkook yana qizni belini siqdi. Qiz majbur uni aytganlarini qilib ogʻzidan ovqatlantirishda davom etdi. Boshidanoq qiz koʻz yosh toʻkishni boshlagandi ilojsiz davom etdi. Yigit uni e'tiborsiz qoldirdi
Jungkook-Yaxshi endi yolgʻiz davom ettir. Ketishim kerak
Yigit qizni qoʻyib yuborib oʻrnida turdi. Kiyimlarini toʻgʻirlab ketishga tayyorlandi. Yeona turgan joyidan qimirlamay yigitga qarab turardi. Jungkook xonadan chiqishidan oldin qizga yaqin keldi
Jungkook-Davom etishni xohlaysanmi
Qiz tezda stulga oʻtirib ovqatlana boshladi. Jungkook uni harakatlaridan sezilmas jilmaydi. Yeona yigitni yuziga ham qarashga qoʻrqib shoshilgancha ovqatlanishda davom etdi. Jungkook endi xotirjam boʻlib xonani tark eta boshladi
Jungkook-Hamshira kelib seni olib chiqadi. U olib borgan xonadan bir qadam ham chiqmaysan. Oz vaqt meni koʻrmaysan
Yeona uni gaplarini tinglayotganda yuziga ham qaramay jim turdi. Yigit chiqish uchun eshik yoniga bordi
Jungkook bu gapdan qalbiga nimadur sanchildi. Bir on toʻxtab hech qanday tushuntirishsiz xonadan chiqib ketdi
Jungkook tashqariga chiqishi bilanoq qora kiyimli erkaklar uni yoniga keldi. Yigit hech qanday harakatsiz yurishda davom etdi ular ham ergashishdi
Yigit yonidagi bir erkakga gapirdi. U javoban bosh chayqadi
Jungkook-Bu yerda Taehyungni soyasi koʻrinsa ham oʻylab oʻtirmay jahannamga joʻnat...Uy hal boʻldimi
×-Bu qiyin masala...Shaharni har bir burchagida Taehyungni odamlari bor
Jungkook-Oʻz uyimni avvalgi holatiga qaytar. Yashirinadigan darajada ojiz emasman
Jungkook mashinasiga oʻtirib haydab ketdi. Ortidan yana ikkita odam oʻz mashinalariga minib unga ergashishdi. Qolganlar esa koʻzga koʻrinmaslik uchun atrofga tarqashdi
Siz kimgadur kerak boʻlsangiz u inson sizga soʻz bilan tushuncha emas...Siz uchun oʻzligidan kechib harakat qiladi...Eng goʻzal sukut ham shu aslida...