February 24, 2025

Traded Happiness

Yovuzlik...Hech bir zot yomon hilqat bilan dunyoga kelmaydi...Insonni atrofdagilar yovuzlikka undaydi !

1 - qism

Tong...

Tong hamma uchun yaxshi kayfiyat bilan boshlansa...Kanglar xonadonida asabiylik bilan boshlanardi

Shovqin-surondan uyğongan qiz arang ko'zlarini ochib dushga kirib ketdi

Tanishtiruv •

Kang Yeona 16 yosh

Dushdan chiqib, tayyorlanib pastka tusharkan...Onasi gaplari sabab joyida to'xtadi...

Tanishtiruv •

Kang Young 41 yosh Yeonani onasi

Young-Qayerga ketyapsan

Yeona-Maktabga

Young-Shu kiyimdami

Yeona-Yana boshladizmi

Young-Kiyimingni almashtir

Yeona-Kech qolyapman

Young-Ertaroq harakat qilish kerak edi. Soat to'qqiz bo'ldi. Qachon maktabinga yetib borasan

Yeona-Hech bo'lmasa o'n bo'lsin

Young-Sen odam bo'lmaysan. Singling ketganiga qancha bo'ldi...Sen darsni oxiriga kirib borasan

Qiz indamasdan uydan chiqib ketdi...Yo'l bo'ylab yurib ketarkan maktabga borishini o'ylab qadamlari sekinlardi...

Yeona

Maktabga kelgach...Kabinet bo'ylab yurarkan huddi arvox ko'rganday joyida to'xtab qoldi...Sevishgan juftlik bir-biridan berilib bo'sa olib Yeonaga e'tibor berishmasdi...Qiz ularga qarab biroz turgach hayolini yiğib sinf xonasiga kirib ketdi...Darslar allaqachon boshlangan edi

Dars o'tayotgan o'qituvchi eshik ochilganini ko'rib asabiy, qizga qaradi

-Demak yana sen...Yana biroz kutsang keyingi darsga kirarding

Yeona-Ertaga shunaqa qilaman

-Gap qaytarma

Qiz boshqa gapirmay ruxsatsiz joyiga borib o'tirdi...Hech kim bilan yaqin bo'lmaydigan, sovuqqun qiz qachonlardir beğubor va yiğloqi bo'lgan...Hozir esa...

Yeona pov •

-Shuni men ko'rishim shartmidi...Sevgan yigitim...Jin ursin hammasini

Hayollari chalkash...eshik taqillashi sabab hayoli bo'lindi...Eshik sekin ochilib mayin tabassum bilan bir qiz kirib keldi...

Tanishtiruv •

Minsu Sakurai 16 yosh

Minsu-Kirsam bo'ladimi

-Kel Minsu...Eshikdan kirishni bazi birovlarga o'rgatsang bo'larkan

Minsu xonaga qadam bosarkan gap Yeona haqida ketayotganini tushunib kulib qo'ydi Yeona u gaplarni e'tiborsiz qoldirib indamadi...Minsu joyiga borib o'tirmasdan Yeonani sabri tugab unga gapirdi

Yeona-Yigitiniyam yetaklab kelmapsanda...Chala qolgan ishingni shu yerda davom ettirarding

Minsu-Yoqmaydigan insonlar bor ekan...Ko'nglini behuzur qilgim kelmadi

Minsu biroz asabiylashdi keyin o'zini bosdi...Yeona esa bu gapdan so'ng azarta partani surib o'rnidan turdi

Yeona-Hozir nima deding

Minsu-Seni aqldan ozgan desam kamiga quloğing ham yaxshi eshitmas ekan

Yeona-La'nati bitch...

-Bo'ldi qilinglar! Yeona yana boshladingmi

Yeona jahl bilan Minsu tomon ketayotganda o'qituvchi gaplari sabab to'xtadi

-Uyalmaysizlarmi...Yeona chiqib ket

Yeona-Qachon sizni darsiz boshlanarkan deb kutib o'tirardim...Endi nima qilaman

Qiz kinoya va mazax ohangida gapirib sumkasini olgancha xonadan chiqib ketdi...Eshikni ochayotganda o'qituvchi gapirib uni to'xtatdi

-Tarbiyasiz...

Yeona-Tarbiyamni gapirish sizga qolmagan

Qiz turgan joyida gapirib eshikni zarb bilan yopib chiqib ketdi...Minsu qancha asabiylashmasin o'zini bosib turardi

-Minsu...Shunga tenglashmasang nima bo'ladi...Baribir foydasi yo'q

Minsu-O'zi boshladi...Qanaqaligini bilasizku

-Shuning uchun aytyapmanda

Darslar odatdagiday davom etdi...Yeona sinf xonasidan chiqishi bilan yiğlab yubordi...Maktabda qolishni xohlamay yiğlagancha u yerni tark etdi...Ko'z yoshlarini to'xtatishga urinib yerga qarab olgancha yurardi...Maktab darvozasidan chiqayotib o'zi bilmagan holda kimgadur urilib ketdi...Yerdan ko'zlarini uzib ro'parasida turgan yigitni ko'rdi-yu o'ylab o'tirmay quchoqlab oldi...Yigit ham uni quchib yupatishni boshladi...Biroz shunday turishgach qiz o'ziga kelib yigitni quchoğidan chiqdi

Yeona-J-Hope...

Tanishtiruv •

J Hope 17 yosh

Hope-Hoy...To'xtachi...Yana yiğladinmi

Yeona-Hope...

Hope-Yaxshimisan

Yeona-Ha

Hope-Endi nima bo'lganini aytarsan

Yeona-Qayoqqa ketayotganding

Hope-Gapni burma...Senga savol berdim

Yeona-O'lgim kelyapti

Hope-Yana shu gap...O'sha la'natini debmi

Yeona-Unaqa dema...

Hope-Nega o'zingni qiynayverasan

Yeona-Hope...Bir narsa so'rayman

Hope-Menga bunaqa qarama...Nima suramoqchiligini tushundim...Hech-qa-chon

Yeona-Hope...

Hope-Yana o'sha isqirtni debmi

Yeona-Unaqa dema Hope

Hope-Tarafini ol...Yeona unut u seni sevmaydi...Esingdan chiqar

Yeona-Sigaret berasanmi yo'qmi

Hope-Yo'q

Qiz hafa bo'lib yurib ketayotganda yigit uni qo'lidan ushlab birga yura boshladi

Yeona-Qo'yvor

Hope-Men bermasam baribir qayodandur topasan...Maktab yonida chekmassan

Qiz hop deb bosh silkib indamay yurib keta boshladi...Ikkisi yurib kichik do'kon orqasiga o'tishdi...Yigit yonidan sigaret chiqarib avval o'zini oğziga soldi...Keyin qizga uzatdi...Sigaretga olov yoqib cheka boshlashdi...Yigit tutunni ichiga tortgancha qizga qaradi

Hope-Qachongacha shunaqa yashamoqchisan

Yeona-Bilmadim...O'zimni ham jonimga tegdi...O'lgim kelyapti

Yigit oxirgi gapni eshitib qizni sochini tortdi

Yeona-Hoy...

Hope-Senga shu gapni aytma degandim

Yeona-Nima deyishim kerak...Hope to'yib ketdim...Meni yoshimda hamma o'ynab kulib yuripti...Men esa shu yoshga kirguncha nimalarni ko'rmadim

Hope-Arzimas insonlarni deb shuncha siqilish shartmi

Yeona-Bo'ldi qil...Meni faqat sen tushunasan...Bilasanku sevardim...

Qiz sigaretni chekib bo'lib yerga tashlab alam bilan gapirdi

Hope-Bo'ldi...O'zingni bos

Yeona-Meni tushuna oladigan yagona odamsan...Hamma mendan kechdi...Faqat sen ham shunday qilma

Hope-Meni o'sha isqirtlarga o'xshatma...Meni bilasan...qizlar bilan faqat vaqt o'tkazish uchun yuraman...Sendan boshqa...Faqat do'st bo'lsakda men uchun muhim insonsan

Yeona-Hope...Seni yaxshi ko'raman...Eng yaxshi do'stimsan

Hope-Oxirgi gapni qo'shmaganingda ajoyib bo'lardi

Yigit lab chetida kulib hazil qildi...Qiz ham uni gapidan kulib yubordi

Hope-Kettikmi

Yeona-Qayoqqa

Hope-Seni kuzatib qo'yaman...Maktabga qaytsang kerak

Yeona-O'zingchi

Hope-Bugun bormoqchimasdim...Dadam uyda shunga chiqib ketdim...boshqa ishlarim bor

Yeona-Mayli kettik

Oralarida faqat do'stlik...Lekin ko'rgan odam sevishganlar deb o'ylaydigan bu juftlik 2 yildan beri birga...

Hope-Mayli Yeona...Men kettim...Siqilishni bas qil...Hamma bilan urushma hopmi... Ertaga ko'rishamiz

Yeona-Mayli amakijon muhim ishlariz sizni kutib qoldi

Qiz hazil qildi...Yigit buni tushunib javoban kuldi

Hope-Amaki ? Ha ya 1 yosh farq borku...Kichkintoy...Maktabga erta kirgan bo'lsang ayb mendami

Yeona-Kichkintoy shimingni ichida... Vaysaqi...Men kettim

Hope-Uyatsiz

Yeona-Seni o'quvchingmanda

Hope-O'zingni extiyot qil

Yeona-Sen ham

Qiz yigitgagina tabassum bilan qarab maktabga kirib ketdi...Ikkinchi dars tugab tanaffus payti...Kimlardur kabinetda, kimlardur keyingi darsga tayyorlanib sinf xonalarida...Yeona maktabga kirishi bilan Minsuni qidirdi...Topgach azarta yoniga borib devorga tirab bo'ğib oldi

Minsu-Q...Q...Qo'yvor...La'nati...

Yeona-Seni eshitmayapman...Aytgancha meni quloğim eshitmaydiku

Minsu nafas olishi qiyinlashsada Yeona to'xtamasdi...Boshqa qizlar ham ularni ajratolmadi...Minsu Yeonani orqa sochini tortib qo'lidan chiqib ketdi...

Yeona-Jin ursin seni...

Minsu-Aqldan ozgan...

×- Nima qilyapsizlar

Uzoqdan ustozni ovozi eshitildi...Ikkala qiz ham ovoz kelgan tarafga qarashdi

×-Yana senlarmi

Yeona-Ana haloskoring keldi...Yaxshi suxbat tilayman

Qiz so'zini yakunladiyu ular tomon kelayotgan ustozini kutmasdan ham ketib qoldi...Maktabdan chiqib biroz ko'cha aylangach o'zi xohlamasada uyiga bordi. Uy eshigini ocharkan onasini asabiy ovozi eshitildi

Young-Yana nima hunar ko'rsatding

Yeona-O'zimdan oldin qilgan ishim yetib keladi...Lanat bo'lsin

Young-Qiz bechorani o'ldirib qo'yay debsan Shu qadar vaxshiymisan. Odam bo'mesan Hayvondan farqin qomadi

Yeona-Sizga aytgandim shu maktabga bormeman deb. Nima qildiz. Majburladiz endi chidesiz. Siz qilyotgan ishlar insoniylik bo'lsa unda hayvon bo'ganim yaxshi

Young-O'chir ovozingni

To'satdan kelgan tarsakidan qiz yerga yiqildi. Bir zum jim turdiyu alam bilan kulgancha o'rnidan turdi

Yeona-Yana...Siz uchun doim yomon inson bo'lganman. O'zgarishga uringandim. Afsus

Young-Gapirishga haqqing yo'q. Hech kim senga o'xshab yigit uchun o'ziga zarar yetkazmed. Baribir o'sha maktabda o'qiysan. O'zingni yig'ishtir

Yeona-Yigit uchun? Mayli siz uchun shunday. Umrizda meni tushunishga urunmagansiz

Qiz asabiy lekin sokinlik bilan gapirib ko'z yoshlarini tutgancha xonasiga chiqib ketdi

Yeona-La'nat bo'lsin

Sumkasini otgancha hech qanday hissiyotsiz o'zini yotoqqa tashladi

Yeona ~

Hayotimni do'zaxga aylantirib mendan yaxshi inson bo'lishimni kutyapsizlarmi. Ko'nikdim. Hayotimni do'zaxdan farqi yo'q iblis bo'lishdan boshqa ilojim bormi. Sizlar ham chidashga majbursizlar

Tong...Yana onasini baqir-chaqiridan uyğongan qiz uyqisirab dushga kirib ketdi. Dushdan chiqib kiyinib makiyaj qilishni boshladi. Yeona kecha xonasiga kirib eshikni quflaganicha ochgani yo'q. Hali tayyor bo'lmasidan asabiy ovoz eshitildi

Young-Hozir chiqmasen eshikni buzib busayam sudrab chiqaman

Qiz tayyor bo'lib pastga tusharkan faqat onasi nonushta qilib o'tirardi singlisi doimgidek maktabga erta ketgan. Qiz iloji boricha onasiga qaramay chiqib ketayotganda onasi uni to'xtatdi

Young-Bu nima axvol

Yeona-Axvolimga nima qipti

Young-Bor maktab formeni kiyib chiq

Qiz chuqur nafas oldiyu eshitmaganga olib yurib ketdi

Young-Senga odamga o'xshab kiyinib chiq dedim

Yeona-Men odammasmanku

Young-Bezbet. Qani kitobing

Yeona-Men ketdim

Qiz bu safar onasini gapini bo'lib uydan chiqib ketdi. Maktabga kirarkan kechagi janjalni davomi bo'lishini o'yladi. Tahminlari to'ğri chiqib sinfxonasiga kirishi bilan unga gapirishdi

-Seni direktor xonasida kutyapti

Yeona-Kere bo'sam o'zi kesin

Qiz hammaga sovuq qaragancha joyiga borib o'tirdi. Ko'p o'tmay yoniga J Hope kelib o'tirdi

Hope-Salom

Yeona-Senga ham

Hope-Bir marta aytganimni qisen nima bo'lardi axmoq

Yeona-Yana nima qildim

Hope-O'ylab ko'r. Direktor nega chaqirdi

Yeona-Minsu bilan sendan avval urishgandim

Hope-Maktabga qaytib davom ettirding

Yeona-Bo'ldi qil. Asabimga tegyapsan

Hope-Asabinga...

Yeona-Nima

Hope-Yo'q hech nima

Sinf turib salomlashdi xonaga direktor kirgandi. Kirishi bilan Yeonani qidirdi

Direktor-Senga xonamga kirsin degandim. Tez xonamga

Qiz Hopega bir qarab qo'ydiyu ensa qotirgancha o'rnidan turdi

Yeona-Bugunam quyonni rasmini chizsen seni o'ldiraman Hope

Yigitga gapirib xonadan chiqib ketdi. Direktor xonasiga kirarkan Minsuni ko'rdi

Direktor-Demak yana sen. Senga necha marta aytganman o'zini yig'ishtir deb. Yeona shu ketishin bo'lsa seni kaloniyaga jo'nataman

Qiz hech narsaga parvo qime asabga tegish uchun xonadagi narsalarni ushlab ko'rardi. Direktor ancha gapirdi lekin birorta gapi Yeonani qulog'iga kirmadi

Direktor-YEONA. SABRIM TUGADI. YO'QOL XONADAN CHIQ

Yeona-Karmasman baqirmen. Haydasez nimaga chaqirdiz

Qiz shunchaki gapirib eshikni qattiq yopgancha chiqib ketdi

Direktor-Gap ta'sir qimed. Minsu chiqishing mumkin

Minsu ham bosh silkib xonadan chiqdi. Yeona yo'lak bo'ylab yurarkan ortidan ovoz eshitib to'xtadi

Minsu-Shunaqayam bezbet bo'lasanmi. Uzur so'rasen bo'lardi

Yeona-Nima. Aktrisalik seni ishing menimas

Minsu-Senga o'xshan psix bo'lgandan yaxshiroq

Yeona-Urushish joninga tegmadimi. Asabimga tegma kechagidan battar qilaman

Qiz chuqur nafas olib o'zini tinchlantirti. Minsuga gapirish mobaynida orqamachoq yurarkan kimgadur urilib yiqilishiga ozgina qoldi. Yeona qandaydur iliqlikni his qildi. Belidan o'tgan qo'llar uni tutib qoldi. Minsu hayron qarab turarkan Yeona nima bo'lganini anglolmay karaxt bo'lib qolgandi

○○●

1-qism tamom...♡

Avtor: @yeona_oo9

Kanal: @sakuraific