August 7, 2025

𝐁𝐞𝐚𝐬𝐭 𝐖𝐢𝐭𝐡𝐢𝐧

𝐓𝐡𝐫𝐞𝐞 𝐞𝐩.

Sen bilan oʻtgan har bir soniya...Har qanday vaqt...Va xotira...Barini qalbim tubida saqlamoqdaman...Xatto mendan nafratlangan...Menga zarar bergan...Oʻldirishni istasangda...Hamon unutmadim...Sevmoqdaman

Erkak oʻzini tinchlantirishga urinib xonaga kirarkan Yeona oʻrnida emasligini koʻrdi. Atrofga birma-bir qarab chiqqach xojatxona eshigi ochiqligini koʻrdi. Yana o'sha yosh bola kabi ovoz. Qiz yana yigʻlayotgan edi. Jungkook oʻylab oʻtirmay uni yoniga kirdi.

Yeona pastda oʻtirgancha yuzini yopib yigʻlarkan yigit uni koʻrishi bilan yoniga otilib bagʻriga tortdi. Qiz uni yuziga qarab jim boʻldiyu bagʻriga qattiqroq kirdi

Jungkook-Hammasi yaxshi. Men yoningdaman

Yeona-Jung.kook...

Jungkook-Yoningdaman sevgilim

Yeona-Jung.kook siz tiriksiz. Koʻzimni yumishim bilan qoʻrqinchli narsalar koʻrina boshladi. Uygʻonganimda yonimda yoʻq edingiz. Sizni men oʻldirdim

Qizni koʻzi yoshga toʻldi. Yigit uni sochlarini silab yosh bolani ovutgandek ovutdi

Jungkook-Hammasi yaxshi yoningdaman. Shunchaki tush koʻrgansan. Yoningdaman (Demak, xotirang qaytyapti...)

Yigit uni extiyotlab koʻtardi, rakovina yoniga oʻtqazib Yeonani yuzini yuvib qoʻlida koʻtargancha olib chiqib ketdi

Qizni koʻz yoshlari tindi. Tong otarkan oyna orqali xonaga yorugʻlik kirdi. Begʻubor va muhabbatga toʻla tong. Yeona hamon uxlamoqda. Yigit miyyasidagi hayollardan bezovta boʻlib uxlolmasdi

Jungkook quchogʻidagi qizni sekin yotqizib oʻrnidan turdi va yonidan sigaret chiqarib oynani ochdi. Sigaretga olov yoqib tutunni chuqur tortdi. Yigit oʻz hayollari bilan chekishda davom etarkan eshik taqillashi bilan hushyor tortdi

Jungkook-Kir

*-Janob Jungkook sizni soʻrashyapti. Pastda bir yigit turipti tushishingizni aytdi

Jungkook-Boraver

Yigit sigaretni tugatib qizni ustini yopgancha xonadan chiqib ketdi. Oradan 1 daqiqa ham o'tmay xonaga Taehyung kirdi. Yigit eshikni sekin yopib Yeona tomon qadam bosarkan Jungkook qaytib kirdi

Jungkook-Meni shunchalar ahmoq deb oʻylaysanmi

Taehyung-Afsuski unutibman

Jungkook-Koʻzimdan yoʻqol la'nati

Taehyung-Kecha dunyoni anglagan bolakay menga buyruq beryaptimi

Jungkook-Hozir oʻz oyogʻing bilan chiqib ket yoki shu shifoxonaga umrbod mixlanasan

Taehyung-Roziman agara u bilan birga boʻlsam

Yigit uxlab yotgan qizga ishora qilib labini tishladi. Jungkook buni eshitiboq qoʻllari gʻazabdan mushtlandi. Taehyung mazax qilgandek qarab turarkan yigit uni yoqasidan olib eshik tashqarisiga uloqtirdi. Taehyung qarshilik ham koʻrsatmadi uni harakatini mazax qilgandek kuzatdi. Jungkook eshikni orqasidan yopib uni devorga tirab boʻgib oldi

Taehyung-Erkak boʻlib qolipsanmi

Jungkook-Yana bir soʻz va shu yerni oʻzida burdalayman

Taehyung yuzini jiddiylashtirib Jungkookni qoʻlini olib tashladi

Jungkook-Bu yerga yana qadam bosgudek boʻlsang oʻsha kun soʻngi manziling.

Taehyung-Seningcha qoʻrqamanmi

Jungkook-Soʻngi marta aytaman Yeonani yonida oʻralashma

Taehyung-Yeonam. Yeonam. Begʻubor jinoyatchi. Sen uchun esa...Sodda foxisha

Jungkook oxirgi soʻzga chiday olmay yigitga musht tushirdi. Taehyung baland ovozda kulib yubordi

Taehyung-Hamon ojissan ahmoq. Demak konvertni ochmapsan. Muammo emas

Yigit labidagi qonni artgancha choʻntagidan suratlar chiqarib Jungkookni ustidan sochdiyu orqa oʻgirib ketdi. Jungkook suratlarni koʻrishi bilanoq sochini ortga tartibsiz qilgancha alamini devordan olib qayta-qayta mushtladi

Taehyung-Kimligingni unutma Jeon

Jungkook battar asabiylasharkan yigit ortga qaramagan holda gapirib yoʻlida davom etdi. Yerda sochilib yotgan sur'atlarda Yeona va Taehyung birga oʻtgan baxtli kunlari olingan edi. Beshta sur'at...birida ular bogʻda sayr qilishgan...birida yigit qizni erkalayotgani...qolganlari esa ularni quchoqlashgan va hattoki yotoq ustida birga oʻtirishgani ham bor edi. Jungkook soʻngi marta pastka qaradiyu oyogʻi ostida tepingancha xonaga qaytdi. Qiz hali uygʻonmagandi. Yigit gʻazab va alam sabab boshqaruvni yoʻqotdi. Katta qadamlar bilan qizni yoniga bordi. Yeonani uxlayotganiga ham qaramay yuzini oʻziga qaratib lablarini birlashtirdi. Bu yoqimli va muhabbatga toʻla boʻsa emas rashk va egalig oʻrtasida yaralgan jazo edi. Qiz darhol uygʻonib ketdi. Bir on hech narsani anglolmadi, oʻziga kelgach Jungkookni itarib yelkasiga ura boshladi. Bari foydasiz...yigit gʻazablangan va tinchlanish uchun shunday qilyapti. Qizni lablari allaqachon qonab ulgurgandi. Yigit toʻxtamasdan Yeonani ogʻzini butun tili bilan egallagancha qoʻpollik bilan boʻsa olardi. Qizga havo yetishmay qolsada tinchlanolmadi qarshiliklar gʻazab ostida ojiz edi. Toʻrt daqiqalik qoʻpol boʻsadan soʻng yigit nihoyat qizni lablarini soʻngi bor tishlab qoʻyib yubordi. Yeonani koʻzlari yoshga toʻlib ketgandi Jungkookni bu ishidan hayratda qoldi. Yigit bazor oʻzini tinchlantirdi

Yeona-N...n...nima uchun...

Jungkook-Ovqat buyurtma qilaman yeb boʻlgach boshqa xonaga oʻtasan. Lekin bu shifoxonada ikki kundan ortiq qolmaysan

Yigit hech qanday aybdorlik hissisiz ogʻir qadamlar bilan tashqariga chiqib ketdi. Qiz koʻz yoshlari va cheksiz savollar orasidagi girdobda qoldi...

𝐎𝐰𝐞𝐫 𝐭𝐡𝐫𝐞𝐞 𝐞𝐩.

𝗔𝘃𝘁𝗼𝗿 ༄ 𝚈𝚎𝚘𝚗𝚊 𝙰𝚟𝚎𝚛𝚊

𝗞𝗮𝗻𝗮𝗹 ༄ 𝗗𝗜𝗢𝗥_𝗙𝗔𝗡𝗙𝗜𝗖